Bayramona va mavsumiy arzonlashtirilgan savdolar hayotimizning odatiy qismiga aylanishiga ulgurdi. Ular yordamida, agar yillik xaridlar rejasiga rioya qilinsa, katta pul tejab qolish mumkin. Bunda inobatga olinishi lozim boʻlgan asosiy aksiyalar toʻplamini tuzdik:
Fevral, may, avgust, noyabr
Har bir mavsumning soʻnggi oylarida ushbu yilda ortiq kerak boʻlmaydigan kiyim-kechaklar uchun yirik chegirmalar eʼlon qilinadi.
Assortiment hali kengligida, mavsumiy chegirmalarning boshlanishiga ulgurishga harakat qiling. Ayni payt urfda boʻlgan modellar kelgusi yilga kelib eskirib qolishi ehtimoli kattaligini unutmang. Universal klassikani tanlagan yaxshiroq.
Yanvar. Dekabrdagi bayramlardan soʻng, bu koʻpchilik doʻkonlar uchun “oʻlik” mavsum sanaladi. Ular oʻtgan yili sota olmagan sovgʻa toʻplamlari va Yangi yil bezaklariga chegirma qilishga majbur boʻladilar.
Keyingi Yangi yil bayrami uchun oʻyinchoqlar va turli bezaklarni olib qoʻyish uchun yaxshi vaqt.
1-14-fevral oraligʻi. Taqinchoqlar, kosmetika, parfyumeriyaga aksiyalar va qoʻshaloq xaridlarga chegirmalar.
1-8-mart kunlari. Shuningdek, parfyumeriya, kosmetika, taqinchoqlar va ayollar kiyimlariga chegirmalar boʻladi, ayniqsa, Xitoy saytlarida.
29-martgacha bir hafta qolganida (AliExpressning tugʻilgan kuni). Xitoy tovarlariga katta chegirmalar boʻladi.
Avgust. Choʻmilish kiyimlari va oʻquv qurollariga chegirmali sotuvlar.
1-12-noyabr oraligʻida. 11-noyabr – Butunjahon xaridlar kuni va unga tayyorgarlik koʻrish asnosida onlayn-doʻkonlar elektron mahsulotlar, maishiy texnika va boshqa koʻplab tovarlar narxini sezilarli darajada pasaytiradilar.
24-26-noyabr kunlari (Barakali juma chegirmasi). Butunjahon arzonlashtirilgan sotuvlar aksiyasi koʻpgina onlayn doʻkonlarda ham, savdo markazlarida ham tashkil qilinadi. Arzonroq narx ilinjida uzoq vaqtdan beri ortga qoldirib kelayotgan xaridlaringiz uchun eng maqbul vaqt.
26-noyabr (Kiber dushanba). Aksiyada aynan onlayn-doʻkonlar ishtirok etib, ushbu kuni texnika va gadjetlarni, shuningdek, axborot mahsulotlarni (masalan, onlayn kurslar) yaxshigina chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.
Dekabr. Yangi yil bayram shukuhi koʻpchilik doʻkonlarni qamrab oladi. Aksiyalarni axborot mahsulotlaridan tortib elektronikagacha boʻlgan hamma narsada uchrata boshlaysiz. Kiyim-kechak, Yangi yil bezaklari va bolalar uchun oʻyinchoqlar ham arzonlashtirib sotiladi.
Mashhur tovarlar bayramlar va muhim sanalar oldidan arzonlashishi ham, qimmatlashishi ham mumkin. Chegirmali narxni shunga oʻxshash mahsulotning boshqa, chegirmalar boʻlmagan doʻkonlardagi narxi bilan solishtiring. Agar farq sezilarli boʻlsa, demak bu «koʻpirtirilgan» chegirma emas, balki haqiqiy aksiya narxi.
Kafolatlangan foyda uchun esa A-Pay ilovasini yuklab oling!
Xaridlaringiz uchun toʻlovlarni hamkorlarimiz doʻkonlarida APS-hamyon orqali amalga oshirib, kafolatlangan 2%li keshbek oling!