Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Tejaymiz va ekologiyaga foyda keltiramiz

06 Iyul, 2023

Insoniyat uchun nimaiki foydali boʻlsa, ekologiyamiz uchun ham foydalidir. Kundalik hayotimizdagi aksariyat foydali odatlar mablagʻingizni tejash bilan bir qatorda atrof-muhit muhofazasiga oʻz hissangizni qoʻshishingizga yordam beradi. Quyidagi maqolamiz orqali qaysi yangi odatlar bilan ikki barobar unumdorlikka erishish mumkinligi haqida bilib olasiz!

Sellofan xaltalardan foydalanmang

Oʻrniga bir nechta shopper-sumkalar olib qoʻying. Ular taxlangan holatda koʻp joy olmaydi, siz har safar pulga sotib oladigan yelim xaltalardan ancha qulay va koʻrinishi jihatidan ham chiroyli.

Butilkalardagi suvlardan voz keching

Jazirama va suvga tashnalik mavsumi eshik qoqmoqda. Har safar suvga pul sarflamaslik, shahardagi chiqindilar sonini orttirmaslik uchun maxsus bejirim suv idishini sotib olishingizni tavsiya qilamiz. Uni har safar uyda yoki ofisda boʻlganingizda toʻldirib olishingiz mumkin. Koʻcha-koʻyda doʻkonma-doʻkon suv izlab yurishingizga ehtiyoj qolmaydi.

Avtomobilda emas, aksincha mustaqil harakatlanish

Taksi yoki shaxsiy avtomashina — eng koʻp xarajat talab etuvchi va noekologik harakatlanish vositalari. Imkon qadar jamoat transportidan foydalaning, undan ham yaxshisi piyoda harakatlanishga odatlaning. Ana shunda hech qanday tirbandlik sizga “xavf” solmaydi, oyoq-qoʻlingiz chigili yozilib, tanangiz sizga rahmat aytadi!

Suvi oqib turgan joʻmraklarni taʼmirlab qoʻying

Bunday joʻmraklardan kuniga 25 litrgacha, baklardan esa bir sutkada 2000 litrgacha suv oqib ketishi mumkin! Oʻylab qaralsa, aslida shunchaki suv emas, balki sizning pullaringiz oqib ketyapti. Shuning uchun ham santexnika vositalarini oʻz vaqtida taʼmirlab turing.

Elektr qurilmalariga alohida eʼtibor qarating

Xonalarda foydalanilmayotgan chiroqlarni oʻchirib yurish orqali elektr uchun toʻlov hisobini sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Agar elektr qurilmasidan doimiy ravishda foydalanilmasa, uni tarmoqdan oʻchirib qoʻyish lozim. Buni rozetkadan vilkani chiqarmay, uzaytirgichdagi tumbler yordamida bajarish qulay.

Zamonaviy lampalardan foydalaning

LED va CLF lampalarining narxi odatiy lampalarga nisbatan qimmatroq boʻlishi mumkin, lekin ular elektr energiyasini nisbatan kamroq sarflaydi hamda uzoq muddat xizmatingizda boʻladi. Ular sizning hamyoningiz va ekologiya uchun foydali.

Batareykalar oʻrniga akkumulyatorlardan foydalaning

Аkkumulyatorlar qulay, bir necha marotaba foydalanishdayoq oʻz narxini qoplaydi. Batareykalarni muntazam almashtirish kerak, shu bilan birga ularni utilizatsiya qilish jarayonida atrof-muhitga zarar yetadi.

Ekologiya va daromadingiz muhofazasini taʼminlashning yana bir usuli – elektron pullardan foydalanish.

A-Pay ilovasini yuklab oling! Mablagʻlaringizni ishonchli va qulay elektron hamyonda saqlang!

Unda siz har hafta davomida bajarilgan vazifalar evaziga bonuslarni qoʻlga kiritishingiz, shuningdek, hamkorlarimizning respublika boʻylab joylashgan savdo doʻkonlarida APS-hamyon orqali toʻlovlarni amalga oshirib, har bir xarid uchun 2%dan boshlanadigan keshbekka ega boʻlishingiz mumkin.