Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Qanday qilib tanglik vaqtida moliyaviy muammolarga chap berish mumkin?

18 Noyabr, 2022

Tanglik va pul qadrsizlanishi sharoitlarida oʻz xarajatlarini boshqa vaqtlardagiga qaraganda koʻproq nazorat qilish va moliyaviy faoliyatingizni tahdid ostiga qoʻyuvchi tavakkalga bormaslik oʻta muhim.

Bu maqolada biz hayotning beqaror davrlarida yoʻl qoʻymaslik lozim boʻlgan narsalar haqida soʻz yuritamiz.

  1. Kafillik.
    Kafillik shartnomasiga imzo chekish hatto iqtisodiy barqaror vaqtda ham juda tavakkalga asoslangan holat boʻlishi mumkin: agar qarz oluvchi kreditni toʻlay olmasa, buni kafil amalga oshirishiga toʻgʻri keladi!
    Kafil ham, xuddi qarz oluvchi kabi, toʻsatdan ishdan yoki qoʻshimcha daromad manbalaridan ayrilib qolishi mumkinku, axir.
  2. Ipoteka.
    Agar siz beqaror iqtisodiy vaziyatda xonadon yoki uyni ipotekaga olmoqchi boʻlsangiz, bir oz kutib turganingiz yaxshiroq.
    Hech kim ishda xodimlarni qisqartirishdan sugʻurtalanmagan, kechiktirilgan toʻlovlar esa sizning kredit reytingingizni tushirib yuborishi mumkin — bu esa kelajakda kredit olishingizni qiyinlashtiradi.
  3. Yangi kredit.
    Mashina sotib olish yoki taʼlimga toʻlash uchun pul — moliyaviy farovonlikka xavf boʻlmagan hollarda yaxshi gʻoya boʻlib, siz nafaqat kreditni qiynalmasdan toʻlashingiz, balki barcha oylik toʻlovlarni amalga oshirishingiz ham mumkin. Afsuski, bu tanglik vaziyatiga taalluqli emas.
  4. Ish.
    Iqtisodiy tanglik davrlarida ishni saqlab qolish juda muhim, shuning uchun, agar siz ishdan boʻshamoqchi boʻlsangiz, buni yaxshiroq vaqtlar kelgunga qadar ortga surib turganingiz maʼqul.
  5. Tavakkalli investitsiyalar.
    Bu maslahat — biznes egalari uchun. Garchi tajribali tadbirkorlar har doim hammasini oldindan rejalashtirishsada va hisobga olib qoʻyishsada, tanglik — istisnosiz hamma uchun juda oldindan aytib boʻlmaydigan va beqaror davr va investitsiyalar uchun eng yaxshi boʻlmagan vaqtdir!

Eng asosiysi: iqtisodiy vaziyatdagi oʻzgarishlar — vahima uchun emas, balki moliyaviy masalalarni hal qilish yoki ularni bartaraf etish uchun sababdir!

Daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish va rejalashtirish uchun koʻproq vaqt ajrating, qoʻshimcha daromadlarning yangi variantlarini oʻylab koʻring.
Tushumlar va chiqimlarni, shuningdek, kuch sarflamasdan pul ishlab topishni nazorat qilish va monitoroning qilish — A-Pay ilovasida!

Google Playʼdan A-Payʼni yuklab oling tovarlar hamda xizmatlarga elektron hamyondan onlayn tarzda yoki hamkorlarimizda toʻlov qiling va 2% dan boshlanadigan kafolatlangan keshbek oling!