Ehtimol, passiv daromad haqida avval ham eshitgandirsiz. Agar pullaringizni koʻpaytirmoqchi boʻlsangiz, unda mazkur usul yaxshi yechim boʻlishi mumkin. Keling, bu nima ekanligi va passiv daromadning qanday turlarini oʻzlashtirish mumkinligini bilib olamiz.
Passiv daromad bu – doimiy mehnat qilishingizni talab qilmaydigan daromad. Bunday holda, pulning oʻzi sizga pul keltira boshlaydi. Faol daromadda bari aksincha: pul ishlab topish uchun harakat qilishingiz (masalan, ishlashingiz) kerak.
Eʼtibor bering:
- Odatda passiv daromad bu – unchalik katta boʻlmagan, biroq barqaror ravishda olinadigan pul miqdori.
- Bunday usulda daromad olish uchun sizda sarmoya kiritish uchun maʼlum miqdorda pul mablagʻlari bor boʻlishi muhim.
- Passiv daromad ham ishning bir turi, ammo u sizning faol ishtirokingizni talab qilmaydi. Yangi bilimlarni oʻzlashtirish uchun sizga biroz vaqt talab qilinadi, keyin esa ishlar qanday ketayotganini kuzatish qoladi xolos.
- Xatarlarni baholang. Koʻpincha eng koʻp foyda keltiradigan sarmoya turlari eng xatarli boʻladi.
- Bu yerda sabr-toqat va bardoshlilik muhim, negaki jarayon sekin kechishi mumkin. Biznesingiz va tajribangiz oʻsishi bilan pul aylanmasi ham oʻsib boradi.
Sizga nimalar passiv daromad keltirishi mumkin? Quyida bir nechta eng keng tarqalgan misollarni keltiramiz:
- Ijaraga berish: uy, avtomobil, taʼmirlash uchun uskunalar, mebelni ijaraga berishingiz mumkin.
- Qimmatli qogʻozlarga sarmoya kiritish. Sarmoyani kam pul miqdori bilan ham boshlash mumkin, ammo investitsiyalar mavzusini yaxshi tushunish va xatarlarni toʻgʻri baholashni bilish muhim.
- Sayt yaratish va undagi reklamadan daromad olish. Kompyuterda ishlash koʻnikmalari yaxshi boʻlishi va har kuni kamida 2 soat boʻsh vaqt talab etiladi.
- Koʻchmas mulk: xonadon yoki hovli sotib olish. Uy-joy narxlari oshib boradi, bir necha yildan keyin esa xonadonni boshqacha narxda sotish mumkin.
- Bank omonatlari. Katta daromad keltirmaydigan, ammo jiddiy xatar tugʻdirmaydigan eng mashhur usul. Inflyatsiyani hisobga olgan holda, mazkur variant koʻpincha pulni oshirish uchun emas, balki uni saqlash uchun koʻproq mos keladi.
Shuningdek, oʻzingizning kuchli tomonlaringizni yodda tutish ham muhim. Agar biror isteʼdodingiz boʻlsa, ular sizga passiv daromad keltirishi mumkin. Bu siz yozgan kitob, bastalagan musiqa yoki Internetdagi siz yaxshi biladigan mavzu haqida blog boʻlishi mumkin.
Agar har kunlik xatti-harakatlardan pul ishlashni istasangiz, A-Pay ilovasidan foydalaning! Hamkorlarimizning doʻkonlarida APS-hamyon bilan amalga oshirilgan har bir toʻlov uchun 2 % dan boshlanadigan kafolatlangan keshbek oling, har haftalik topshiriqlarni bajaring va bonuslarga ega boʻling!