Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

OMMAVIY OFERTA: «A-PAY» TO’LOV XIZMATIDAN FOYDALANISH BO’YICHA

20 Iyun, 2023

Sizga «A-Pay» (Alter pay, Alternative payment) To’lov xizmatidan foydalanish to’g’risidagi Shartnomaning
barcha muhim shartlari bayon etilgan ommaviy ofertaning matni bilan tanishib chiqishni taklif etamiz.
Mazkur hujjat ushbu Shartnomani tuzish huquqiga ega va layoqatli jismoniy shaxsga yo’naltirilgan bo’lib,
direktor Ko Andrey Nikitovich nomidan «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» mas’uliyati
cheklangan jamiyatning O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367- va 369-moddalariga muvofiq
«A-Pay» to’lovlar xizmatidan foydalanish to’g’risidagi rasmiy taklif – ommaviy ofertasi hisoblanadi.
«A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish to’g’risidagi ommaviy oferta Shartnomasining shartlariga rozi
bo’lgan taqdiringizda Sizning tomoningizdan ommaviy ofertada qayd etilgan barcha zarur harakatlar
bajarilganidan so’ng tuzilgan deb hisoblanadi va bu «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish to’g’risidagi
Shartnomasining hamma shartlariga istisnosiz va qo’shimchalarsiz roziligingizni anglatadi.

1. SHARTNOMADA FOYDALANILADIGAN ATAMALAR VA TA’RIFLAR


  • 1.1

    «A-Pay» To’lov xizmati
    – tovarlar va xizmatlar/ishlar uchun bank kartalaridan foydalangan holda xavfsiz
    hisob-kitobni amalga oshirish, shuningdek, servis vazifalarida nazarda tutilgan boshqa
    harakatlarni sodir etishni ta’minlaydigan «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish
    to’g’risidagi Shartnoma doirasida o’tkazmalarni amalga oshirishda apparat vositalarining,
    aloqa kanallari va boshqa axborot-texnologik o’zaro aloqaning o’ziga xos xususiyati.

  • 1.2

    Bank kartasi (Karta)
    – Emitent tomonidan chiqarilgan, tovarlar va xizmatlar uchun, shu jumladan, Internet orqali
    kontaktsiz o’tkazish texnologiyasidan foydalangan holda to’lanadigan bank plastik kartasi.

  • 1.3

    Foydalanuvchi
    – layoqatli va huquqli, Bank kartasiga ega bo’lgan, o’zaro hisob-kitob qilish huquqi va
    majburiyatiga ega bo’ladigan «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish to’g’risida ochiq
    Ofertani (keyin – «Oferta») akseptlagan jismoniy shaxs.

  • 1.4


    Shaxsiy ma’lumotlar

    – jismoniy shaxsga bevosita yoki bilvosita bog’liq bo’lgan, Foydalanuvchi tomonidan taqdim
    etilgan va uning yordamida uning shaxsini tasdiqlashi mumkin bo’lgan har qanday ma’lumot.

  • 1.5


    «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» (bundan keyin – Jamiyat) MChJ

    «A-Pay» To’lov xizmatining Servisni boshqarish, Foydalanuvchilar va to’lov Ishtiroklari
    o’rtasidagi o’zaro axborot va texnologik hamkorligi, uning to’lov va boshqa amaliyotlar
    bo’yicha axborotni yig’ish, topshirish va saqlash yo’li bilan ishlashini ta’minlaydigan
    mutlaqo huquqiga egadir.

2. SHARTNOMA MAZMUNI


  • 2.1

    Mazkur Shartnoma quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun «A-Pay» To’lov xizmatini taqdim
    etish shartlari va tartibini belgilaydi:
  • 2.1.1.
    «A-Pay» To’lov xizmatida mavjud bo’lgan tovarlar, xizmatlar/ishlarni yetkazib beruvchilar
    ro’yxatining foydasiga pul o’tkazish:
  • 2.1.2
    Foydalanuvchining pul mablag’larini o’tkazish bo’yicha ko’rsatmalarini bajarish;
  • 2.1.3
    Foydalanuvchi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari asosida «A-Pay» To’lov xizmatida mavjud
    bo’lgan boshqa amaliyotlarni bajarish;
  • 2.2.
    «A-Pay» To’lov xizmati doirasida Jamiyatning majburiyatlari Foydalanuvchining o’tkazmalarini
    qabul qilish bilan chegaralanadi. Shu bilan birga, Jamiyat Foydalanuvchining Yetkazib beruvchi
    bilan tuzgan bitimining qonuniyligini, uning shartlarini, shuningdek, bitimni tuzish, bajarish
    va bekor qilish faktlari va oqibatlarini tartibga solmaydi va nazorat qilmaydi, bunday bitimlar
    uchun to’lovni qaytarish ham shular jumlasidan. Jamiyat Foydalanuvchining Ta’minlovchilarning
    bitim bo’yicha o’z majburiyatlarini, shu jumladan tovarni yetkazish, xizmat ko’rsatish yoki
    ishlarni bajarish majburiyatlarini bajarmasligi (lozim darajada bajarmaslik) to’g’risidagi
    da’volarini ko’rib chiqmaydi.
  • 2.3
    Foydalanuvchiga «A-Pay» To’lov xizmati xizmatlarini ko’rsatish boshlangan vaqt – Foydalanuvchi
    tomonidan ushbu Shartnomaning 3-bobida nazarda tutilgan ushbu Shartnomani tuzish uchun zarur
    bo’lgan aniq haraktlarni amalga oshirgan payt hisoblanadi.
  • 2.4
    Bitim bo’yicha qabul qiluvchi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida Foydalanuvchining
    bank kartalaridan pul mablag’larini yechib olish uchun zarur bo’lgan Ma’lumotlarni kiritish
    imkoniyati Foydalanuvchiga mazkur Shartnomaning akseptidan keyingina beriladi.
  • 2.5
    «A-Pay» To’lov xizmati Foydalanuvchilarga pullik asosda ko’rsatiladigan xizmatlarni o’z ichiga
    olishi mumkin. Foydalanuvchining xohishiga ko’ra, bunday xizmatlarni faollashtirish uning
    tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

3. AKSEPT TARTIBI

  • 3.1
    Mazkur shartnoma Xizmatda Foydalanuvchi tomonidan to’liq va so’zsiz akseptlangan paytdan boshlab
    tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.
  • 3.2
    Foydalanuvchining «A-Pay» To’lov xizmatidan ro’yxatdan o’tishni amalga oshirishi mazkur Ofertani
    to’liq va so’zsiz aksepti hisoblanadi. To’lov xizmati Android va IOS operatsion tizimlari
    platformalarida va www.a-pay.uz veb adresida mavjud.
  • 3.3
    Shartnoma tuzilgan joy Toshkent shahri hisoblanadi.
  • 3.4
    Mazkur Shartnomani tuzish bilan bir vaqtda Foydalanuvchi «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND
    INNOVATION» MChJga O’zbekiston Respublikasining Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy
    ma’lumotlari (F.I.Sh., uyali aloqa telefonining raqami, bank kartalarining raqamlari, parollari,
    elektron pochta manzillari, to’lovning hisob ma’lumotlari, shuningdek, mazkur Shartnomani ijro
    etishda zarur bo’lgan boshqa shaxsiy ma’lumotlar) ga ishlov berilishiga o’zining muddatsiz
    roziligini berish, shaxsiy ma’lumotlar to’g’risidagi qonunchiligining talablariga muvofiq o’z
    roziligini bildiradi. Foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berilishiga o’zining
    roziligini taqdim etib, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, ularni yozish, saqlash,
    tizimlashtirish, to’plash, ishlov berish, shaxsiy ma’lumotlarni o’zgartirish (yangilash,
    o’zgartirish), yangi materiallarga olish, foydalanish (xususan, axborot almashish va mazkur
    shartnomani bajarish maqsadida uchinchi shaxslarga topshirish), taqdim etish, tarqatish,
    xususiyatlarini yo’qotish, shaxsiy ma’lumotlarni olib tashlash, blokirovkalash, shuningdek,
    O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunida nazarda tutilgan boshqa har qanday harakatlarni
    amalga oshirishga o’zining ruxsatini beradi.
  • 3.5
    «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» MChJ Foydalanuvchini shaxsiy ma’lumotlarini
    himoyalash bo’yicha barcha zarur tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni O’zbekiston
    Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq qo’llanilishini, shaxsiy ma’lumotlarga ishlov
    berish tamoyillari hamda qoidalariga, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlanishiga rioya
    qilinishini, shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi
    me’yorlariga muvofiq xavfsizligi ta’minlanishini kafolatlaydi.

4. MUKOFOT

  • 4.1
    Mazkur Shartnoma doirasida Foydalanuvchiga ko’rsatilgan xizmat uchun Jamiyat uchun mukofot
    Shartnoma ilovasiga muvofiq belgilanadi.
  • 4.2
    Xizmat xizmatlaridan foydalanganlik uchun to’lov miqdori O’zbekiston Respublikasi milliy
    valyutasi hisoblangan «so’m» da belgilanadi. Xizmat Operatori mukofot miqdorini bir tomonlama
    to’liq yoki qisman o’zgartirishga (ko’paytirish, kamaytirish), yangi mukofotni belgilash yoki
    Shartnomada belgilangan mukofotni bekor qilish huquqiga ega. Bunda ko’rsatilgan o’zgarishlar
    www.a-pay.uz. saytida «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish bo’yicha ofertaga Ilovaning
    yangilangan versiyasi e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
  • 4.3
    «A-Pay» To’lov xizmatida to’lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirish Foydalanuvchi tomonidan
    qoplanadi.

5. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


  • 5.1
    Foydalanuvchining huquqi:
  • 5.1.1
    To’lov xizmati belgilangan ketma-ketlikda tegishli amaliyotlarni bajarish orqali harakatlarni
    amalga oshirish zarurligini ko’rsatuvchi «A-Pay» To’lov xizmati xizmatlaridan foydalanish.
    Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tganidan so’ng, «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish huquqi
    istisnoli va o’tkazib bo’lmaydigan hisoblanadi.
  • 5.1.2
    O’z xohishiga ko’ra, «A-Pay» To’lov xizmatidan identifikatsiya ma’lumotlarini kiritish orqali
    foydalanish. «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish Foydalanuvchini «A-Pay» To’lov xizmati
    elementlarini ko’paytirmaslik, takrorlamaslik, sotmaslik va bermaslik, tijorat maqsadlarida
    foydalanmaslik kabi majburiyatlar bilan cheklaydi, shuningdek, uchinchi shaxslarga «A-Pay»
    To’lov xizmatidan foydalanish yoki unga kirish huquqini bermaslik shular jumlasidan.
    Foydalanuvchi «A-Pay» To’lov xizmatiga kirish amalga oshirilgan qurilmaning axborot
    xavfsizligini mustaqil tarzda ta’minlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
  • 5.1.3
    Istalgan vaqtda «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanishni bekor qilish.
  • 5.1.4
    Mazkur Ofertaning 12-bobida ko’rsatilgan rekvizitlarga tegishli yozma xabar yuborib, axborot
    xizmatini qabul qilishdan bosh tortish.
  • 5.1.5
    Arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni mazkur Ofertaning 12-bobida ko’rsatilgan
    tafsilotlardan foydalangan holda yuborish.

  • 5.2
    Foydalanuvchining majburiyatlari:
  • 5.2.1
    Foydalanuvchi mazkur Oferta shartlariga rozilik bildirib, mazkur Ofertaning talablarini
    bajarishga majbur bo’ladi.
  • 5.2.2
    Mazkur Ofertada nazarda tutilgan hollarda, ishonchli va dolzarb bo’lgan ma’lumotlarni, shu
    jumladan identifikatsiyalash tartib-qoidalarini bajarishda ham taqdim etish. Foydalanuvchi taqdim
    etilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga oladi.
  • 5.2.3
    Idenfikatsiya va xabarnomalarni yuborish uchun taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlardagi,
    rekvizitlar va hujjatlardagi ma’lumotlarga kiritilgan o’zgarishlar to’g’risida Jamiyatni o’z
    vaqtida xabardor qilish.

  • 5.2.4

    «A-Pay» To’lov xizmati xizmatlari uchun Shartnoma va Shartnoma Ilovasi tomonidan o’rnatilgan
    miqdorda va tartibda to’lovlarni amalga oshirish.
  • 5.2.5
    Mazkur Ofertani amalga oshirish uchun Foydalanuvchi ushbu Ofertaning amal qilish muddati
    davomida yoki Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini
    qayta ishlashga rozilik beradi. Ushbu rozilik mazkur Ofertaning amal qilish muddati davomida
    amal qiladi va bir tomonlama rad etish bilan Foydalanuvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
    Agar mazkur Ofertani amalga oshirish jarayonida Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning
    ma’lumotlarini taqdim etsa, Foydalanuvchi ushbu ma’lumotlarni qabul qilishning qonuniyligini va
    ularni taqdim etishga ushbu shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining roziligini kafolatlaydi.
  • 5.2.6
    Foydalanuvchi Jamiyatdan harakatlanuvchi radiotelefon aloqasi bo’yicha qisqa matnli xabarlarni
    jo’natish, elektron pochta bo’yicha messenjerlarda xabarlarni yoki kommunikatsiyaning boshqa
    vositalaridan foydalangan holda axborot xizmatini olishga o’zining roziligini bildiradi.
  • 5.2.7
    Foydalanuvchi Jamiyatning oldindan yozma roziligisiz Shartnoma bo’yicha o’z huquq va
    majburiyatlarini uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
  • 5.2.8
    Foydalanuvchi «A-Pay» To’lov xizmatidan firibgarlik yoki boshqa qonunga zid bo’lgan maqsadlarda
    foydalanishga haqli emas.

  • 5.2.9

    Foydalanuvchi tovarlar/ishlar/xizmatlar uchun to’lovlar, pul o’tkazmalarini amalga oshirish
    va/yoki pul mablag’larini to’lashning har biri Foydalanuvchining ixtiyoriy irodasi ekanligini,
    bu uchun u O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq shaxsan javobgarlikni o’z
    bo’yniga oladi.
  • 5.2.10
    Foydalanuvchi xavfsizligi buzilganligi va uchinchi shaxslar Foydalanuvchining profiliga va/yoki
    shaxsiy kabinetiga ruxsatsiz kirganliklari to’g’risidagi barcha holatlar bo’yicha Jamiyatni
    zudlik bilan xabardor qilishi kerak bo’ladi. O’z vaqtida xabar berilmagan taqdirda,
    Foydalanuvchi o’z profili yoki shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilgan harakatlar va/yoki
    oqibatlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

  • 5.3
    Jamiyatning huquqlari:
  • 5.3.1
    Agar Foydalanuvchi mazkur Ofertada ko’rsatilgan tartibda autentifikatsiya qilinmagan bo’lsa,
    amaliyotni o’tkazishni bekor qilish.
  • 5.3.2
    Ushbu to’lov mazkur Oferta shartlariga va «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadni
    legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishini
    moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga zid
    emasligi aniq bo’lmaguncha, shubhali bo’lgan to’lovlarni amalga oshirishni to’xtatib turish.
    Tomonlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bunday to’xtatish mazkur
    Ofertaning buzilishi hisoblanmaydi va mulkiy sanktsiyalar va boshqa salbiy oqibatlarning
    qo’llanilishiga sabab bo’la olmaydi. Shubhali to’lov to’xtatilganligi sababli Foydalanuvchida
    yuzaga kelgan zarar kompensatsiya qilinmaydi.
  • 5.3.3
    Foydalanuvchi tomonidan to’lov rekvizitlarini ko’rsatishda xatoga yo’l qo’yilganda,
    amaliyotlarni o’tkazishda zarur bo’lgan hujjatlar (rekvizitlar) ni taqdim etmaganda yoki
    to’liqligicha taqdim etmaganida, shuningdek, amaliyot O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va
    mazkur Oferta shartlariga zid bo’lgan taqdirda amaliyotni o’ztkazishni rad etishi mumkin.
  • 5.3.4
    Jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilgan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalalashtirish
    va ommaviy qirg’in qurollarini tarqatishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonunchiligida nazarda
    tutilgan axborotni qayd etishda zarur bo’lgan, ma’lumotlar, hujjatlarni taqdim etmagan taqdirida
    Foydalanuvchining ko’rsatmalarini bajarmaslik.
  • 5.3.5
    Foydalanuvchi tomonidan Oferta shartlari buzilgan holatlarda yoki O’zbekiston Respublikasining
    amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarda Ofertani bekor qilish.

  • 5.3.6

    Mazkur Oferta doirasida Tomonlarning o’zaro aloqasida ishlatiladigan interfeys va dasturiy
    ta’minotni ishlab chiqarish.
  • 5.3.7
    Mavjud nosozliklar, xato va muvaffaqiyatsizliklar aniqlanganda, shuningdek, profilaktika
    choralarini o’tkazish maqsadida, ushbu Oferta doirasida Tomonlarning texnik o’zaro ta’sirini
    ta’minlaydigan dasturiy ta’minot va/yoki moslamalarni ishlashini to’xtatib turish.
  • 5.3.8
    Har qanday usulda yig’ish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek, kerak bo’lsa, har qanday
    statistik yoki texnik ma’lumotlarni o’z xohishiga ko’ra uchinchi shaxslarga berish.
  • 5.3.9
    Foydalanuvchi tomonidan shaxsan yoki uchinchi shaxslar tomonidan Ofertani tuzishda yoki amal
    qilish muddati davomida taqdim etilgan Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini Ofertani amalga
    oshirish maqsadida har qanday usulda qayta ishlash.
  • 5.3.10
    O’zgarishlarni www.a-pay.uz. saytida e’lon qilish orqali amaldagi Oferta va Tariflarga bir
    tomonlama tartibda o’zgartirish kiritish. Agar o’zgartirishlar kuchga kiradigan boshqa sana,
    ular e’lon qilinganida qo’shimcha ravishda belgilanmagan bo’lsa, o’zgartirishlar e’lon qilingan
    vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
  • 5.3.11
    O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq o’z faoliyatini amalga oshirish
    maqsadida uchinchi shaxslarni jalb qilish.

  • 5.4
    Jamiyatning majburiyatlari:
  • 5.4.1
    «A-Pay» To’lov xizmatining ishlashini ta’minlovchi ko’chirish moslamalari, mobil ilovalari,
    veb-sayt va/yoki boshqa dasturiy mahsulotlarning ishlashida Jamiyatga bog’liq bo’lmagan sabablar
    tufayli xato va/yoki nosozlik; Foydalanuvchida «A-Pay» To’lov xizmatining ishlashini
    ta’minlovchi dasturiy ta’minotga vaqtinchalik kirish imkoni bo’lmagan; uchinchi shaxslarning
    qonunga zid harakatlari, Foydalanuvchining aybi bilan sodir bo’lgan nosozliklardan tashqari
    boshqa texnik imkoniyatlar mavjudligida «A-Pay» To’lov xizmatining uzluksiz ishlashini
    ta’minlash.
  • 5.4.2
    Foydalanuvchining to’lov, pul o’tkazish bo’yicha buyurmatlarini bajarish. Foydalanuvchining
    mablag’lari hisobidan olingan vaqtdan boshlab Jamiyatning majburiyati to’liq tarzda bajarilgan
    hisoblanadi. Foydalanuvchining xatosi bilan, noto’g’ri qabul qiluvchilarga mablag’ o’tkazib
    yuborganligi uchun Jamiyat javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

  • 5.4.3

    www.a-pay.uz saytida bunday bildirishnoma joylashtirish orqali Foydalanuvchini ushbu Ofertaga
    kiritilgan o’zgartirishlar haqida xabardor qilish (Tariflar va/yoki qo’shimcha xizmatlar
    ko’rsatish shartlari shular jumlasidan).
  • 5.4.4
    Shaxsiy kabinetda mavjud bo’lgan ma’lumotlarga boshqa shaxslarning ruxsatsiz kirishlarini oldini
    olish uchun chora ko’rish.
  • 5.4.5
    Foydalanuvchi haqidagi amaliyotlar va ma’lumotlarni sir saqlash. Foydalanuvchi to’g’risidagi
    operatsiyalar va ma’lumotlar bo’yicha so’rovlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda
    tutilgan hollarda, Foydalanuvchining roziligisiz boshqa shaxslarga taqdim etilishi mumkin.
  • 5.4.6
    Mazkur Oferta ko’zda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

6. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

  • 6.1
    Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmagan va/yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda,
    Tomonlar ushbu Oferta shartlariga va O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq
    javobgar bo’ladilar.
  • 6.2
    Jamiyat Shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarmaslik va/yoki lozim darajada bajarmaganligi
    uchun agar bunday bajarmaslik va/yoki lozim darajada bajarmaslik Foydalanuvchi va/yoki boshqa
    hisob-kitob Ishtirokchilarining aybi bilan sodir bo’lgan bo’lsa javobgar hisoblanmaydi.
  • 6.3
    Jamiyat «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalangan holda Xaridor tomonidan sotib olingan Tovarning
    sifati, to’liqligi, shuningdek, boshqa iste’mol xususiyatlari, ko’rsatilgan xizmat/ish sifatiga
    javobgar emas.
  • 6.4
    Jamiyat Foydalanuvchining ushbu Ofertani shartlari bilan tanishmaganligi va/yoki o’z vaqtida
    tanishib chiqmaganligi va/yoki Shartnoma va uning Ilovasiga mazkur Ofertaning 5. 3. 10., 11. 1.
    bandlarida nazarda tutilgan tartibda kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar bilan
    tanishmaganligi va/yoki o’z vaqtida tanishib chiqmaganligi oqibatida yuzaga keladigan har qanday
    zararlar uchun javobgar hisoblanmaydi.
  • 6.5
    Jamiyat Bank kartalari yo’qolgan/o’g’irlangan yoki Bank kartalari rekvizitlari va PIN-kodni fosh
    qilish holatlarida Jamiyat tomonidan bunday ma’lumotni oshkor qilishining isbotlanmagan faktlari
    bo’lmagan taqdirda javobgarlikni olmaydi. Bank kartasining, bank rekvizitlarning va PIN-kodning
    yo’qolishi/o’g’irlanishi to’g’risida tegishli yozma xabarni olmaguncha, Jamiyat bank kartasi,
    bank kartasi rekvizitlari va PIN-koddan ruxsatsiz foydalanish natijasida Foydalanuvchiga
    yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi (bank kartasidagi mablag’ hisobidan
    to’lovlarni amalga oshirish shular jumlasidan). Xabar tegishli tarzda pochta orqali yoki shaxsan
    yetkazilgan taqdirda, u Jamiyat tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

7. MAXFIYLIK

  • 7.1
    Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari «Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida»gi O’zbekiston
    Respublikasi Qonuni va mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq qayta ishlanadi.
  • 7.2
    Foydalanuvchi Jamiyatga uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash, yig’ish, tizimlash,
    to’plash, saqlash, aniqlashtirish, xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida ma’lumotlardan
    foydalanish, marketing statistik tadqiqotlarini o’tkazish, ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlarni
    tarqatishga to’g’ridan-to’g’ri rozilik beradi. Shu bilan birga, Foydalanuvchining
    xohish-irodasini erkin ifoda etishini qo’shimcha tasdiqlash uchun yozma shakldagi yoki boshqa
    dalillar talab qilinmaydi. Foydalanuvchi uning roziligi aniq, ma’lumotli va vijdonan ekanligini
    tasdiqlaydi.
  • 7.3
    Foydalanuvchining taqdim etilgan ma’lumotlari quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: mazkur
    Shartnoma yoki boshqa shartnomalarni bajarish va amalga oshirish, Buyurtmachiga Saytda taqdim
    etiladigan xizmatlar to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, yuqorida ta’kidlangan
    Shartnomaga ko’ra, tijorat ma’lumotlarini, shu jumladan, elektron pochta orqali,
    sms-xabarlar,messenjerlardagi yoki shunga o’xshash boshqa aloqa vositalari, telefon
    qo’ng’iroqlari orqali yuborish.
  • 7.4
    Foydalanuvchi, agar mazkur ofertada ko’rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lsa, uning
    shaxsiy ma’lumotlari 3-shaxslarga berilishi mumkinligiga rozilik beradi. Foydalanuvchi Ijrochi
    va uning kontragentlariga o’zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga ruxsat beradi.
  • 7.5
    Agar Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etsa, bunday hollarda, u
    uchinchi tomonni bunday ma’lumotlardan foydalanilayotgani to’g’risida xabardor qilish va
    tegishli rozilikni olish uchun javobgardir.
  • 7.6
    Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan
    holda ham, bunday vositalardan foydalanmagan holda ham qayta ishlash mumkin.
  • 7.7
    Jamiyat axborot tarqalishining oldini olish va bunday xavflarni minimallashtirish uchun axborot
    xavfsizligi bo’yicha barcha texnik va tashkiliy choralarni ko’radi.
  • 7.8
    Ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq oshkor etish
    majburiyatlarning buzilishi deb hisoblanmaydi. Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarni amalga
    oshirish maqsadida, Jamiyat bilan shartnoma asosida ish olib borayotgan uchinchi shaxslarga
    Jamiyat tomonidan ma’lumot berish buzilish hisoblanmaydi.

8. FORS-MAJOR

  • 8.1
    Agar mazkur Shartnoma bo’yicha majburiyatlarni tomonlar yong’in, suv toshqini, zilzila, harbiy
    harakatlar, davlat idoralarining qarorlari, qonunchilikdagi o’zgarishlar, mazkur Shartnomaning
    akseptidan keyin yuzaga kelganda, va mazkur vaziyatlar Tomonlarning o’z majburiyatlarini
    bajarishlarisha bevosita ta’sir qilgan taqdirda tomonlar o’z majburiyatlarini qisman yoki to’liq
    bajarmaslik javobgarligidan ozod etiladi.
  • 8.2
    O’z majburiyatlarini bajara olmaydigan Tomon, ko’rsatilgan holatlarning boshlanishi va tugashi
    to’g’risida boshqa Tomonni xabardor qiladi, lekin har qanday holatda ham, ularning amal qilish
    muddati boshlangandan so’ng 10 (o’n) kundan kechiktirmay, fors-major holatini tasdiqlovchi
    hujjat taqdim etilishi kerak bo’ladi. Fors-major holati to’g’risida o’z vaqtida xabardor
    qilmaslik tegishli Tomonni ushbu holatlar tufayli o’z majburiyatlarini bajarmaganligi uchun
    javobgarlikdan ozod qilish huquqidan mahrum qiladi.

9. NIZOLARNI HAL QILISH

  • 9.1
    Tomonlar mazkur Shartnoma doirasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan baxsli nizolarni muzokaralar
    orqali da’vo tartibida hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko’radi. Da’voga javob berish
    muddati – 10 (o’n) ish kuni. Shartnoma asosida xizmatlar ko’rsatish ular to’liq hal bo’lgunga
    qadar to’xtatiladi.
  • 9.2
    Agar Tomonlar baxsli masalalarni muzokaralar orqali hal qila olmasa, u holda kelishmovchiliklar
    O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, Toshkent tumanlararo iqtisodiy
    sudida ko’rib chiqiladi.

10. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA BEKOR QILISH TARTIBI

  • 10.1
    Mazkur Ofertaning 3-bobida nazarda tutilgan harakatlar Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan
    taqdirda, Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertaning barcha shartlariga hech qanday istisnosiz
    qabul qilinishi va Foydalanuvchi va Jamiyat o’rtasida ushbu Oferta shartlariga ko’ra
    Shartnomaning tuzilishi hisoblanadi. Shartnoma noma’lum muddatga yoki uning amal qilish muddati
    tugagunga qadar amal qiladi.
  • 10.2
    Agar Shartnomaning bir yoki bir necha qoidalari O’zbekiston Respublikasining amaldagi
    qonunchiligiga o’zgartirish kiritilishi munosabati bilan haqiqiy emas deb hisoblansa yoki shunga
    aylansa, u holda Shartnomaning boshqa qoidalarining amal qilinishini to’xtatish uchun asos
    bo’lib hisoblanmaydi. Yaroqsiz qoidalar qonuniy ravishda ma’qullanadigan, ma’nolari
    o’zgartirilganlarga yaqin bo’lgan qoidalarga yaqin bo’lishi lozim.
  • 10.3
    Foydalanuvchi istalgan vaqtda «A-Pay» To’lov xizmatidagi akkauntini o’chirib Shartnomani rad
    etishga haqli. Akkaunt o’chirilgandan vaqtdan boshlab Shartnoma darhol bekor qilingan
    hisoblanadi.
  • 10.4
    Jamiyat foydalanuvchi tomonidan Shartnoma majburiyatlari, maxfiyligi, «A-Pay» To’lov xizmatidan
    foydalanish to’g’risidagi talablarni buzgan taqdirda, ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda
    bekor qilishga haqli.

11. BOSHQA SHARTLAR


  • 11.1

    O’zgarishlar, xizmatlar ko’rsatish tarkibi va shartlarining kengayishi, Jamiyat tomonidan
    ko’rsatiladigan yangi xizmatlarning paydo bo’lishi, Oferta Shartnomasining o’zgarishi, xizmatlar
    narxining o’zgarishi Jamiyat tomonidan bir tomonlama amalga oshiriladi va tegishli o’zgarishlar
    www.a-pay.uz rasmiy saytida e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
  • 11.2
    Ushbu Shartnoma shartlari Aksepti Foydalanuvchi tomonidan mazkur Shartnomaning barcha
    shartlarini hech qanday istisnosiz va/yoki cheklovlarsiz to’liq va so’zsiz qabul qilishni
    anglatadi va «A-Pay» To’lov xizmatidan foydalanish to’g’risida ikki tomonlama yozma shartnoma
    tuzishga tengdir.
  • 11.3
    Mazkur Shartnomada tartibga solinmagan barcha masalalarda, Jamiyat va Foydalanuvchi O’zbekiston
    Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amal qiladi.

TO’LOV TASHKILOTI
ООО «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY
AND INNOVATION» MChJ.
«A-Pay» ELEKTRON PULLAR
TIZIMI OPERATORI.

100090, O’zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
A. Qahhor ko’chasi,
9-tor ko’cha, 1a-uy

STIR: 306 344 019
h/r: 2020 8000 9050 6594 4001

AKB «TENGE BANK»

FAA:
01176,
Bank STIRi: 207 297 973
IFUT:
58290
Tel: (+99855) 500 11 10