Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Keraksiz narsalarni sotib olishni qanday toʻxtatish mumkin?

10 Fevral, 2023

Sizda ham doʻkonga faqatgina non sotib olish uchun borib, bir nechta sumka bilan qaytib keladigan vaziyatlar boʻladimi? Ushbu maqolada biz sotuvchilarning qaysi hiylalarini tez-tez uchratishimiz va rejalashtirganimizdan koʻproq pul sarflamasligimiz haqida gaplashamiz.

1-hiyla. Rastalar boʻylab

Barcha doʻkonlarning oʻziga xos hiylalari bor. Masalan, oziq-ovqat doʻkonlarida siz yoʻl-yoʻlakay boshqa narsalarni ham olishingiz uchun zarur mahsulotlar (non, sut, tuxum) turli burchaklarga tarqatib qoʻyiladi. Kassa yonida esa eʼtiboringizni aniq jalb qiladigan saqich va shirinliklarning yorqin qadoqlariga duch kelasiz. Kiyim doʻkonlari ham bundan mustasno emas. Ehtimol, siz poyabzal har doim oʻziga mos sumkaning yonida turishini payqagandirsiz, kassada esa doim koʻplab yorqin aksessuarlar osilgan boʻladi.

Nima qilish kerak?

● Olinishi zarur boʻlgan narsalar roʻyxatini yozing;
Och qoringa oziq-ovqat doʻkonlariga bormang!
● Oʻzingiz bilan sarflashga tayyor boʻlgan miqdordagi pulni oling;
● Agar siz doʻkonga bir-ikkita narsa uchun borgan boʻlsangiz, arava yoki savatni olmang;
● Toʻlovdan oldin roʻyxatingizni yana tekshiring — ehtimol ortiqcha narsa olgandirsiz.

2-hiyla. Kamchilikning kuchi

Sotuvchilar xaridorlarning nazarida ularning qiymatini oshirish uchun ataylab tovarlar yetishmovchiligini yaratadilar. Masalan, onlayn-doʻkonlarda biz koʻpincha mahsulot yonida “oxirgi” belgisini koʻramiz. Bu bizda pulni tejash imkoniyatidan mahrum boʻlish qoʻrquvini keltirib chiqaradi.

Bunday holda, darhol qaror qabul qilmaslikka harakat qiling!

3-hiyla. “Foydali aksiyalar”

Doʻkonlar tomonidan eʼlon qilingan chegirmalar va aksiyalar haqiqatdan ham pulingizni tejashingiz kafolati emas. Sotuvchi hech qachon narxni oʻz zarariga kamaytirmaydi. Koʻpincha, yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlardan xalos boʻlish uchun chegirmalar beriladi.

Qanday qilib rostdan ham tejash mumkin?

● Aksiyalar shartlarini diqqat bilan koʻrib chiqing;
● Chekda sizga chegirma berilganligini tekshiring;
● Sizga ikkita bir xil mahsulot kerakmi yoki yoʻqligi haqida oʻylab koʻring;
● Yaroqlilik muddatini tekshiring!

4-hiyla. Sehrli toʻqqizlar

Nima uchun koʻpincha doʻkonlarda tovarlarning narxi butun son bilan koʻrsatilmaydi: masalan, 30 000 emas 29 900? Miyamiz biz bilan oʻyin oʻynashni yaxshi koʻradi, shuning uchun: koʻrsatilgan narx biz uchun avvalgisidan pastroq koʻrinadi.

Qanday qilib aldanmaslik mumkin?

Narxni yaxlitlang. Bu sizga haqiqatga yaqin narxlarni koʻrsatadi.

5-hiyla. Foiz hamma uchun emas

Doʻkon oynalari yonidan oʻtayotganda biz tez-tez “70% gacha chegirma” belgisini koʻramiz, lekin bu chegirma koʻpincha eng arzon narsaga yoki muddati tugagan narsaga tegishli boʻlishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Koʻrgan narsangizga ishonib ketavermang!

Va nafaqat pulni tejash, balki pul ishlash uchun A-Pay ilovasini yuklab oling va APS-hamyon orqali Oʻzbekiston boʻylab 30 000 dan ortiq savdo nuqtalaridagi barcha toʻlovlar uchun 2% DAN boshlanadigan keshbek oling!