Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Aktivlar: foydami yoki xarajat?

25 Sentabr, 2023

Aktivlar haqidagi bilimlar – moliyaviy savodxonlik va kelgusi oʻsish poydevorining muhim bir qismidir. Agar aktivlar haqida eshitgan va ularning nima ekanligini tushunmagan boʻlsangiz, maqolamizdan keyin koʻp narsa ayon boʻladi!

Aktivlar oʻzi nima?

Bu Siz egalik qiladigan va maʼlum bir vaqt ichida pulga aylantirish mumkin boʻlgan mulk. Aktivlarga misollar:

  • Koʻchmas mulk (xonadon, uy, dalahovli);
  • Avtomashina va boshqa turdagi transport vositalari;
  • Maishiy buyumlar;
  • Xususiy biznes va h.k.

Aktivlarning ikkita turini ajratish mumkin:

  1. Daromadli – sizga pul olib keladiganlari; 
  2. Xarajatli – pul olib kelmaydigan yoki hattoki qoʻshimcha xarajatlarni talab etadiganlari. 

Moliyaviy tomondan barqaror inson – daromadli aktivlarining ulushi katta boʻlgan inson hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, uning mulki oʻziga foyda keltiradi.

Bitta mulkning oʻzi, undan qanday foydalanishingizga qarab xarajatli yoki daromadli boʻlishi mumkin:

Koʻchmas mulk

Xonadon yoki uyga ketadigan xarajatlar hamyonga ziyon qilmasligi uchun turar joyga oylik umumiy xarajatlar oila daromadlarining 25% ulushidan oshiq boʻlmasligi kerak. Agar undan yuqoriroq boʻlsa, aktivingiz xarajatliga aylanadi va moliyaviy oʻsishingizga xalal beradi. Bunday holatda koʻchmas mulkka boʻlgan xarajatlarni qisqartirishingiz mumkin:

  • Haddan tashqari katta turar joyni sotish va kichikroq xonadonga koʻchib oʻtish;
  • Xonadon uchun kreditni tezroq soʻndirish;
  • Uyning foydalanilmaydigan qismini ijaraga berish; 
  • Agar turar joyni ijaraga oladigan boʻlsangiz, tejamkorroq boʻlgan joyni ijaraga olish. 

 

Avtomashina

Mashina xarajatli aktiv boʻlmasligi uchun unga boʻlgan har oylik xarajatlar umumiy daromadning 10% ulushidan oshiq boʻlmagani maʼqul. Agar bu chegaralardan chiqib ketayotgan boʻlsangiz, xarajatlarni qisqartirishning quyidagi usullari haqida oʻylab koʻrish mumkin:

  • Avtomashinani sotib yuborish (agar u ishga yetib olish uchun kerak boʻlsa, ishga yaqinroq boʻlgan xonadonga koʻchish haqida oʻylab koʻrish mumkin); 
  • Avtomashinani tejamkorrogʻiga almashtirish;
  • Mashina va kreditga boʻlgan jami xarajatlar umumiy byudjetingizning 20% ulushidan oshadigan boʻlsa, kreditga mashina olmaslik.

 

Boshqa aktivlar

  • Dala hovlisi va boshqa koʻchmas mulk – ularga boʻlgan xarajatlar qimmatga tushayotgan boʻlsa ijaraga bering yoki sotib yuboring;
  • Maishiy texnika, gadjetlar va kiyim – yil sayin yigʻilib boradigan, eskiradigan vakundalik hayotda xalaqit beradigan buyumlar. Siz hozir ishlatmaydigan koʻp buyumlarni sotib yuborish mumkin: joyni boʻshating va foyda qiling.
  • Inflyatsiya sababli qadrsizlanadigan pullar. Ularni daromadli koʻchmas mulkga yoʻnaltirish yoki bankdagi hisobga qoʻyish haqida oʻylab koʻrish mumkin.

Pul qoʻshimcha foyda keltirishi mumkin – masalan, A-Pay ilovasida!

Ilovani yuklab oling va hamkorlarimizning butun Oʻzbekiston boʻylab savdo nuqtalarida APS-hamyon bilan toʻlovlar uchun 2%dan boshlangan keshbekka ega boʻling!