Biznes bilan qonuniy ravishda shugʻullanish uchun yuridik shaxs boʻlish shart emas. Kichik ishning endi boshlayotgan shaxs uchun eng yaxshi yechim – yakka tartibdagi tadbirkorlikni tanlash. Biz bu maqolada YaTTning Oʻzbekistondagi imkoniyatlari va shartlari haqida batafsil soʻzlab beramiz.
Yakka tartibdagi tadbirkor – jismoniy shaxs. U bankda hisob raqam ochishi, xom ashyo va tovarlar uchun toʻlashi mumkin. Lekin uning faoliyati ruxsat etilgan tadbirkorlik turlari (ular 88 ta) roʻyxati bilan cheklangan.
YaTT imkoniyatlari:
- 5 tagacha odam yollash mumkin;
- Tadbirkor jismoniy shaxslar bilan ham, yuridik shaxslar bilan ham ishlash, tovarlarni olib kirish va olib chiqish huquqiga ega;
- Soliqlar toʻlangandan keyingi butun foyda tadbirkorning ixtiyori boʻyicha ishlatiladi;
- Dividendlarga soliq yoʻq;
- Korxonaning yillik aylanmasi 100 million soʻmdan oshmasa, soliqqa tortish va hisobot topshirish sodda usulda bajariladi. Bunday tadbirkor soliq hisobotini taqdim qilishga majbur emas va shunchaki belgilangan soliqni toʻlaydi;
- Tadbirkorga koʻpchilik faoliyat turlari uchun alohida yuridik manzil kerak emas. U shunchaki tashkilotni yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazadi va faoliyatini oʻsha joyning oʻzida olib borishi mumkin;
YaTT murakkabliklari:
- Qarzlar vujudga kelgan vaziyatda, tadbirkor shaxsiy mulki va mablagʻlari bilan moddiy javobgar boʻladi;
- Tadbirkor sherikchilikda ishlashi mumkin emas, u faqat biznesning yagona egasi va rahbari boʻlishi mumkin;
- Agar korxonaning yillik aylanmasi 100 million soʻmdan oshiq boʻlsa, uning soliqqa tortilish tizimi murakkablashadi va yordam uchun buxgalterga murojaat qilgan maʼqul.
YaTT kimga toʻgʻri keladi?
Biznes yuritishning toʻgʻri shaklini tanlash – muhim bosqich. Ortiqcha soliq yuklamasi boʻlmasligi shunga bogʻliq. Shuning uchun tashkiliy-huquqiy shaklni tanlashdan oldin biznes-reja tuzish kerak.
- YaTT – kichik doʻkon yoki masalan, kofe sotish boʻyicha koʻchma nuqta ochish rejalashtirilayotgan boʻlsa, yaxshi yechim boʻladi. YaTT biznesni yiriklashtirish va shtatga 5 tadan ortiq odamlarni yollashni rejalashtirmayotganlar uchun qulay.
- Agar yirik kompaniyalar bilan munosabatlar qurishni xohlasangiz, YaTT toʻgʻri kelmasligi mumkin: yuridik shaxs maqomi ularda koʻproq ishonch uygʻotadi va oʻzaro munosabatlar uchun qulayroq boʻladi.
Har qanday shakldagi biznesni samarali yuritish uchun esa A-Pay Biznesga ulaning!
Sizda toʻlovni qabul qilishning qulay usullari, hamda hamkorlik bonuslari va bepul targʻibotdan foydalanish imkoniyati mavjud boʻladi.