Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Qanday qilib sayohatlarda pul tejash mumkin?

27 Aprel, 2023

Turistik sayohat bu – atrofdagi barcha narsalar yangicha, notanish va qiziqarli tuyiladigan oʻzgacha davr. Bu payt sarf-xarajatlarni hisoblash hayolingizga ham kelmaydi! Biroq sayohatda byudjetning kattagina qismi ketib qoladi. Qanday qilib sayohatlardan oladigan yoqimli taassurotlarni yoʻqotmay, sarf-xarajatlarni kamaytirish mumkin? Bu haqda maqolamizda soʻzlab beramiz!

Tejamkorlik uydan boshlanadi. Qanchalik puxta tayyorgarlik koʻrsangiz, yangi joyda shunchalik kam pul sarflaysiz. Yukingizni kerak boʻlib qoladigan barcha ikir-chikirlarni inobatga olgan holda yigʻing. Shunda sayohat paytida, unutib qoldirilgan sochiq yoki dorilarni sotib olishga vaqt ham, pul ham sarflashga toʻgʻri kelmaydi.

Yangi joyda asosiy xaridlaringizni rejalashtiring. Sayohat paytida toʻsatdan qaror qabul qilish va tejamkorlik oʻrtasida nozik chegara boʻladi. Oʻzingiz xohlagan narsani sotib olayotib, oʻrtamiyonalik tamoyiliga amal qiling va atalgan pul chegarasidan chiqmang. Oʻzingiz uchun quyidagilarni aniqlashtirib oling:

  • Nimalarni aniq sotib olmoqchisiz;
  • Nimalarni hech qachon sotib olmaysiz;
  • Xaridlar uchun qancha (muayyan summa) sarflashga tayyorsiz.

Chegirmalar haqida surishtiring. Muhim maʼlumotlarni topish mumkin boʻlgan bir nechta variantlar:

Diqqatga sazovor joylar va muzeylarning rasmiy saytlari (bepul yoki tashrif buyurish arzonroqqa tushadigan kunlar haqida maʼlumotni qidiring).

Turistik kartalar. Ular baʼzan diqqatga sazovor joylar va shahar boʻylab turlar uchun chegirmalar taklif qiladilar.

Maʼmuriyatdan soʻrang. Agar talaba yoki nafaqaxoʻr boʻlsangiz, siz uchun transport yoki diqqatga sazovor joylarga imtiyozli narxlar boʻlishi mumkin.

Bepul koʻngilochar mashgʻulotlarni eslang. Sayohatning koʻplab ajoyibotlari uchun bir soʻm ham sarflash shart emas – ulardan baʼzilari quyidagilar:

Koʻcha tomoshalari; 

  • Istirohat bogʻlarida va shahar boʻylab piyoda yurish;
  • Shahar plyajlari;
  • Mahalliy bozorlarga tashriflar;
  • Quyosh botishi va chiqishi manzarasini kuzatish mumkin boʻlgan kuzatuv nuqtalari;
  • Ochiq madaniy tadbirlar.

Toʻlov usullarini oʻrganing. Siz boradigan joyingizda toʻlovni qanday amalga oshirish qulayroq ekanligini bilib oling.

Kartalardan foydalanishda qandaydir imtiyozlar bormi (masalan, keshbek)? Oʻzingiz bilan naqd pul olib yurish xavfsizmi? Pulni almashtirish uchun eng yaxshi joy qayerda?

Marshrutlaringiz yaqinidagi muassasalarni oldindan tanlang. Shunday qilib, siz yangi shaharga toʻliq tayyor boʻlib borasiz hamda narx va sifat nisbatini, shuningdek, muhim obyektlarning joylashgan manzillarini aniq bilib olasiz:

  • Kafe va restoranlar;
  • Transport toʻxtash joylari;
  • Dorixonalar;
  • Oziq-ovqat doʻkonlari va supermarketlar.

A-Pay ilovasi yordamida esa nafaqat oʻz shahringizda, balki butun Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilganingizda ham tejashingiz mumkin! Hamkorlarimizning savdo nuqtalari va xizmat koʻrsatish manzillarida APS-hamyon bilan toʻlasangiz, sizni hamma yerda 2 %dan boshlanadigan kafolatlangan keshbek kutadi.