Uzoq kutilgan taʼtil keldi, dam olishni va hamma narsani unutishni xohlayapsiz.
Ammo siz unutmasligingiz zarur boʻlgan narsa sayohatning moliyaviy qismini tayyorlashdir.
Ushbu maqolada biz sizga taʼtilni tinch va muammosiz oʻtkazishga yordam beradigan baʼzi maslahatlar beramiz.
1. Naqd pul
Koʻpgina mamlakatlarda bank kartalari hali ham hamma joyda qabul qilinmaydi: hatto Yevropa va AQSHda ham oziq-ovqat, esdalik sovgʻalari va boshqa narsalarni sotib olish uchun yoningizda 100-200 yevro/dollar boʻlishi kerak.
Sayohat qilishdan oldin, noxush holatlarning oldini olish uchun pulingizni naqd qilib qoʻyganingizga ishonch hosil qiling!
2. Kartani blokirovka qilish.
Tasavvur qilib koʻring, siz sotib olish uchun kredit karta bilan toʻlashni xohlaysiz, lekin toʻlov amalga oshmadi va karta bloklandi. Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun, keling, nima boʻlganini koʻrib chiqaylik.
Toʻlovni amalga oshirmoqchi boʻlganingizda, bank tranzaksiyaning geolokatsiyasi haqida maʼlumot oladi. Chet elda qilgan toʻlovlarimiz bank tomonidan shubhali deb hisoblanishi mumkin va sizning hisoblaringiz xavfsizligi uchun kartangiz vaqtincha bloklanishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Chet elga ketayotganingiz: qayerga va qancha vaqtga borishingiz haqida bankingizga xabar bering.
Agar sizning kartangiz bloklangan boʻlsa, darhol bankning qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling va operator koʻrsatmalariga amal qiling.
3. Texnik nosozlik
Baʼzida bankning oʻzi yoki toʻlov tizimida ichki nosozlik yuz berishi mumkin, bu esa karta operatsiyalarini toʻxtatib turishiga olib keladi.
Bunday holda, har doim turli banklar va toʻlov tizimlarining bir nechta bank kartalarini oʻzingiz bilan olib keting, shunda texnik nosozlik boʻlsa, sizda kamida 1 ta zaxira variant qoladi.
4. Firibgarlar.
Sizga shuni eslatib oʻtamizki, taʼtilda siz butunlay dam olishni va hamma narsani unutishni xohlaganingizda ham, firibgarlar haqida unutmasiligingiz kerak.
Kartangizni hech kimga bermang — atigi bir necha soniya va karta maʼlumotlari firibgarlarga tushishi mumkin.
Naqd pul olish uchun faqat mehmonxonalar yoki savdo markazlari kabi xavfsiz joylarda joylashgan yirik banklarning bankomatlarini tanlang. Agar siz bankomat bilan bogʻliq muammolarga duch kelsangiz — begonalardan, ayniqsa “tasodifan” yoningizda turganlardan soʻramang.
Har doim bank bilan aloqada boʻling va rasmiy bank dasturini yuklab olganingizga ishonch hosil qiling, agar biror narsa boʻlsa, kartani tezda blokirovka qiling yoki pulingizni boshqa kartangizga oʻtkazib oling.
5. Oʻgʻirlik.
Afsuski, bu koʻpincha sodir boʻladi. Chalgʻiysiz, har tomonga qaraysiz, hamyoningiz esa yoʻq!
Pulni turli joylarda saqlashni odat qiling: kartalarni “card holder”ga solib, oʻzingiz bilan olib yuring, naqd pulning bir qismini qulflangan chamadonda qoldiring.
Qolgan pulni hamyoningizda xavfsiz olib yurishingiz mumkin.
A-Pay dasturi sizga moliyaviy mablagʻlarni samarali himoya qilish va boshqarishda yordam beradi!
Pulingizni APS-hamyonda saqlang, u orqali Oʻzbekiston boʻylab 30 000 dan ortiq savdo nuqtalarida 2%DAN boshlanadigan keshbek bilan tovarlar va xizmatlar uchun toʻlang!