Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

OMMAVIY OFERTA: JISMONIY SHAXSLARGA ELEKTRON PULLARNI REALIZATSIYA QILISH MAQSADIDA TO’LOV XIZMATLARINI KO’RSATISH TO’G’RISIDA

20 Iyun, 2023

Mazkur Shartnoma O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va 369-moddalariga muvoq yuridik
shaxs(bundan keyin matnda – Agent), direktor Ko Andrey
Nikitovich (bundan keyin matnda – Tizim Operatori) vakili bo’lgan «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND
INNOVATION» mas’uliyati cheklangan jamiyatning ommaviy Ofertasi hisoblanadi.«CENTER FOR DIGITAL
TECHNOLOGY AND INNOVATION» MChJ O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 09.01.2021 yildagi 21-sonli
Litsenziyasi asosida To’lov Tashkiloti maqomiga ega, To’lov tashkilotlari Reyestrida ro’yxatdan o’tgan,
«A-Pay» Elektron pullar Tizimining Operatori hisoblanadi. Mazkur Oferta matni bilan batafsil tanishib
chiqing va agar Ofertaning qandaydir bandiga rozi bo’lmagan taqdiringizda «A-Pay» Elektron pullar Tizimi
Operatori Sizga mazkur Ofertaning akseptini rad etishingizni taklif qiladi.Mazkur Shartnoma, u Agent
tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab, tuzilgan hisoblanadi. Ushbu shartnoma maqsadlarida aksept deganda
Agent tomonidan «A-Pay» Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tgan holati va mazkur Oferta shartlariga
o’zining roziligini bildirgani tushuniladi. Tizim operatori ro’yxatdan o’tish vaqtida taqdim etilgan
ma’lumotlar va hujjatlarni tekshirish hamda mazkur Ofertaning aktseptini rad etish huquqiga ega

1. UMUMIY QOIDALAR

  • 1.1«A-Pay» Elektron pullar tizimi (bundan keyin matnda – Tizim, «A-Pay» Tizimi) O’zbekiston
    Respublikasi qonunchiligi doirasida «A-Pay» tizimi ichida Elektron pullardan foydalangan holda
    to’lovlarni amalga oshiradi.
  • 1.2«A-Pay» Tizimi servis sifatida faoliyat olib borib, undan foydalanish https://a-pay.uz
    manzilida joylashgan saytdagi Shaxsiy kabinet, «A-Pay» mobil ilovasi orqali yoki «A-Pay» tizimi
    Agenti Dasturiy ta’minoti yordamida amalga oshiriladi.
  • 1.3«A-Pay» Elektron pullar Tizimi yordamida tovarlar va xizmatlar taqdim etuvchi tijorat va
    notijorat tashkilotlar foydasiga to’lovlarni, shuningdek, jismoniy shaxslar o’rtasida Elektron
    pullar jo’natmasini amalga oshirish mumkin.
  • 1.4Mazkur Shartnomada, unga bo’ladigan qo’shimchalar va ilovalarda, shuningdek, ushbu Shartnoma
    bilan bog’liq har qanday yozishmalarda barcha atamalar va ta’riflar Tizim saytiga va (yoki)
    mobil ilova orqali kirish mumkin bo’lgan «A-Pay» Elektron pullar tizimi Qoidalariga muvoq
    (bundan keyin matnda – Qoidalar, Tizim Qoidalari) talqin qilinadi.
  • 1.5Mazkur Shartnomaning aksepti vaqtida «A-Pay» Elektron pullar tizimi Operatori (bundan keyin
    matnda – Operator, Tizim Operatori) Emitent Bank – Kapital Bank ATBning «Raqamli» liali
    tomonidan taqdim etilgan vakolatlar doirasida Emitent va Elektron pullar tizimi doirasida
    Elektron pullarni chiqarish, foydalanish va qaytarish bo’yicha Operator o’rtasida tuzilgan
    Shartnomaga muvofiq harakat qiladi.
  • 1.6Tizim Operatori va Agent o’rtasidagi munosabatlar mazkur Shartnoma, «A-Pay» Tizimi Qoidalari,
    O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Tariflari bilan tartibga solinadi.
  • 1.7Mazkur Ofertaning aksept maqsadlarida Agent Operator tomonidan belgilangan shaklda «A-Pay»
    tizimida ro’yxatdan o’tadi va Oferta shartlari bilan rozi ekanligini ma’lum qiladi. Agentning
    mazkur Shartnomani barcha shartlari bilan istisnosiz qabul qilishi akseptni anglatadi.
  • 1.8Tizim Operatori tomonidan Oferta aksepti rad etilgan taqdirda Operator bu haqda yuridik shaxs
    yoki yakka tartibdagi tadbirkorni aloqaning har qanday vositasi bilan akseptning rad etilish
    sababini tushuntirmagan holda 5 (besh) ish kunida ma’lum qiladi.
  • 1.9«A-Pay» Elektron pullar tizimi Operatori Agentga to’lov xizmatini taqdim etish doirasida
    axborot-texnologiya ko’magini ko’rsatadi. Mazkur Shartnomaning shartlari «A-Pay» tizimi
    Operatori tomonidan belgilangan va Agent tomonidan mazkur Shartnomaning Aktsept yo’li bilan
    to’laligicha, istisnosiz va cheklovlarsiz qabul qilinishi mumkin.
  • 1.10Tizim operatori bir tomonlama tartibda Shartnoma, Tizim Qoidalari, Tariflar, komission
    rag’batlantirishlar (bundan keyin matnda – Tariflar) shartlariga o’zgartirishlar kiritish
    huquqiga ega. Agar mazkur Shartnoma, Tariflar, Tizim Qoidalariga o’zgartirishlar kiritilgan
    hollarda tizim Operatori Shartnoma, Tariflar, Tizim Qoidalarining yangi tahriri kuchga kirguniga
    qadar o’zgartirilgan tahrir matnini Tizimning sayti va (yoki) mobil ilovasida e’lon qiladi,
    bunday o’zgarishlarning kuchga kirish muddatini ular e’lon qilingan sanadan boshlab 15 (o’n
    besh) kalendar kundan kam bo’lmagan tartibda belgilaydi.

2. SHARTNOMA PREDMETI

  • 2.1Mazkur Shartnomaga ko’ra Agent tizim Operatori tomonidan tizim Emitenti – Emitent Kapital Bank
    ATVning «Raqamli» liali vakolatlari doirasida taqdim etilgan Elektron pullarni ishlatish
    (tarqatish) bo’yicha to’lov xizmatlarini ko’rsatishga jalb etiladi.
  • 2.2.
    2. 2. Mazkur Shartnomani ijro etish maqsadida Agent Emitentdan Elektron pullarni sotib olish
    (tarqatish) bo’yicha «A-Pay» Elektron pullar tizimining Mijozlari – jismoniy shaxslarga Elektron
    pullarni realizatsiya qilish (tarqatish) amaliyotlarini amalga oshirish majburiyatini oladi.
  • 2.3
    Mazkur Shartnoma doirasidagi Elektron pullar bilan bog’liq amaliyotlar O’zbekiston
    Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Tizim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga
    muvofiq olib boriladi.
  • 2.4
    Mazkur Shartnomaga imzo qo’yar ekan Agent «A-Pay» tizimi Qoidalari, Tariflari bilan tanishib
    chiqqanligini va Qoidalar hamda Tariflarning shartlariga roziligini tasdiqlaydi.
  • 2.5
    Agent Mijoz – jismoniy shaxs tomonidan alohida toifadagi amaliyotlarni bajarishi doirasida
    Elektron pulni sotish (tarqatish) ni amalga oshirganida tizim Operatori Agentga o’zining
    infratuzilmasiga kirishni taqdim etish va Elektron pullar bilan bog’liq amaliyotlar bo’yicha
    hisob-kitob ishtirokchilari o’rtasidagi axborot hamda texnologik hamkorlikni ta’minlash
    majburiyatini oladi hamda Tizim Operatori tomonidan to’lanadigan mukofot miqdorini belgilash
    huquqiga ega hisoblanadi. Mukofotni to’lash miqdori va tartibi «A-Pay» tizimining saytida va
    (yoki) mobil ilovasida joylashtirilgan Tariflarga muvoq belgilanadi.
  • 2.6
    Agent uning tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi
    talablariga to’la mos keladi, va uchinchi shaxslar tomonidan tizim Operatori faoliyati bilan
    bog’liq bo’lmagan, jumladan, Agent tomonidan Shartnoma doirasida faoliyatni amalga oshirishi
    holatlari yoki uning natijasi yuzasidan tizim Operatoriga jo’natilgan e’tirozlar mavjudligi
    hollarida Agent yuzaga kelgan nizoni mustaqil ravishda va o’z hisobidan tartibga solishga majbur
    hisoblanadi, shuningdek, bunday e’tirozlar paydo bo’lishi natijasida Agent xizmat ko’rsatishni
    to’xtatgan holda tizim Operatoriga nisbatan qaratilgan har qanday e’tirozni rad etish
    majburiyatini oladi.
  • 2.7
    Agent tomonidan Elektron pullarni sotish O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladi,
    Agent o’z zimmasiga bitimlarning qonuniyligini ta’minlash va O’zbekiston Respublikasi
    qonunchiligining Identikatsiyalangan-Identikatsiyalanmagan Mijozlar – jismoniy shaxslar
    tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotlarda nazarda tutilgan cheklovlar miqdoriga muvoqligi
    qismi talablariga rioya etilishi majburiyatini oladi.
  • 2.8
    Mazkur Shartnoma Mijoz va uning kontragentlari tomonidan bitimlar, yetkazib berish va (yoki)
    tovarlarni sotish shartlari (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish va boshq.) bo’yicha
    belgilangan shartlarga dahl qilmaydi va o’zgartirmaydi. Yuqorida qayd etilgan bitimlarni amalga
    oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi me’yorlariga rioya qilinishi uchun javobgarlik
    bunday bitim ishtirokchilariga yuklatiladi.
  • 2.9
    Tomonlarning har biri uni tegishli shaxs tomonidan taqdim etilishini va O’zbekiston Respublikasi
    qonunchiligiga muvoq Shartnoma doirasida harakat qilish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi.
  • 2.10
    Tomonlar Qoidalarning shartlari mazkur Shartnomaning shartlaridan ustun turishini ta’kidlaydilar
    va mazkur Shartnomaning ayrim qoidalari o’rtasida ziddiyat mavjud bo’lgan holatlarda Qoida
    ustunlikka ega hisoblanadi.
  • 2.11
    Tomonlar tizim Operatori oldindan to’lovlarni qabul qilish bo’yicha faoliyatni amalga
    oshirmasligini, shuningdek, bank amaliyotlarining ayrim turlarini hech qanday tarzda
    bajarmasligini alohida sharhlab o’tadilar va tasdiqlaydilar.
  • 2.12
    Tizim Operatori va Agent o’rtasida tuzilgan Shartnoma Elektron pullar Emitenti bilan uning
    tomonidan Tizim doirasida ishga tushirilgan Elektron pullardan foydalanish bo’yicha tuzilgan
    Shartnomaga tenglashtiriladi.

3. SHARTNOMANI (OFERTA AKSEPTINI) TUZISH VAQTI

  • 3.1
    Mazkur shartnomaning matni ommaviy oferta hisoblanishiga (mazkur shartnomani tuzish takli
    bilan) asoslangan holda Agent «A-Pay» Tizimida Operator tomonidan belgilangan shaklda ro’yxatdan
    o’tish va Oferta shartlariga roziligini bayon etish ushbu ommaviy ofertaning aksepti (mazkur
    shartnomani tuzish taklining qabul qilinishi bilan bog’liq) hisoblanishini tan oladi.
  • 3.2
    Agent mazkur Shartnomaning akseptini amalga oshirar ekan, Tizim Qoidalari, Tariflari bilan
    tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi. Agent tizimning Qoidalari, Tariflari bilan https://www.a-
    pay.uz. elektron manzili orqali tanishish imkoniga ega bo’ladi.

4. AGENTNI TIZIMDA RO’YXATDAN O’TKAZISH TARTIBI

  • 4.1
    «A-Pay» Tizimi Agenti sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun Agent qayd etish tartibidan
    o’tishi zarur.
  • 4.2
    Ro’yxatdan o’tish tartibidan so’ng Agentga «A-Pay» tizimi doirasidagi lozim bo’lgan maqom
    beriladi va tegishli huquq taqdim etiladi.
  • 4.3
    Agent mustaqil ravishda Mijoz – jismoniy shaxsning naqd pullarini qabul qilishning bir vaqtning
    o’zida Tizimga kirish vositalari hisoblangan barcha vositalarini qayd etish va hisobga olish
    majburiyatini oladi hamda Tizim Operatori har qanday vaziyatda ham Agentning mazkur
    majburiyatlari bo’yicha soliq organlari oldida javobgarlikni olmaydi.
  • 4.4
    Tizimga kirish uchun parol maxy ma’lumot hisoblanadi. Agent tizim Operatoriga shaxsning
    ma’lumotlarini taqdim etadi va mazkur ma’lumotlar o’zgargan taqdirda tizim Operatorini zudlik
    bilan ogohlantiradi.

5. MOLIYAVIY SHARTLAR

  • 5.1
    Emitent tomonidan O’zbekiston Respublikasida chiqariladigan Elektron pullar faqat milliy valyuta
    – so’m nominal qiymatiga ega.
  • 5.2
    Tizim Operatori haq to’lash hisobiga axborot-texnologik ko’rinishdagi xizmatlarni ko’rsatadi,
    bunda tizim Operatoriga to’lanadigan haq miqdori Agent tomonidan mustaqil ravishda tanlangan
    hamda tizim Operatorining saytida joylashtirilgan tarif bo’yicha belgilanadi. Operatorga haq
    to’lash Elektron pul bilan bog’liq amaliyotlarning barchasidan ushlab qolinadi. Ushlab qolish
    Operator tomonidan Agent tizimda amaliyotlarni o’tkazishi vaqtida amalga oshiriladi.
  • 5.3
    Tizim Operatori har oyda Agentga bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnoma va elektron
    ko’rinishdagi hisob fakturasini keyingi hisobotga qadar oyning 10 (o’ninchi) sanasidan
    kechikmagan holda taqdim etadi. Agent 10 (o’n) kalendar kuni davomida elektron hisob fakturasi
    orqali qo’yilgan hujjatlarni imzolash majburiyatini oladi. Agar Agentda e’tirozlar mavjud
    bo’lgan taqdirda u hujjatlar qo’yilganining 10 (o’n) kalendar kunida tizim Operatoriga uni
    imzolamasligining asoslangan raddiyasini jo’natishi shart. Aks holda dalolatnoma va hisob
    fakturasi imzolangan, tizim Operatorining majburiyatlari to’la hajmda bajarilgan hisoblanadi.
    Tomonlarning ma’lumotlarida nomutanosiblik mavjudligida va Agent tomonidan bajarilgan ish
    dalolatnomasi va hisob fakturasiga imzo chekishdan rad javobini yuborgan paytidan boshlab 14 o’n
    (to’rt) kalendar kun ichida bunday tafovutlarni aniqlash hamda bartaraf etish imkoni bo’lmagan
    taqdirda o’zaro hisob-kitoblarni oshirish uchun tafovutlarning sabablari aniqlanguniga qadar
    tizim Operatorining ma’lumotlari asos qilib olinadi. Ular bartaraf etilganidan so’ng Tomonlar
    o’zaro to’lovlarning qiymatini tuzatadilar va zarurat tug’ilganda hujjatlarga tuzatishlar
    kiritadi.

6. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


  • 6.1
    Operator quyidagi hollarda majbur hisoblanadi:
  • 6.1.1
    Agent tegishli tartibda ro’yxatdan o’tganidan so’ng unga elektron hamyon ochish va tizim
    Qoidalariga muvoq tizimda faoliyat olib borishini ta’minlash;
  • 6.1.2
    Agentning so’rovi bo’yicha Operatorda mavjud va tizim faoliyatiga tegishli bo’lgan Agent uchun
    zarur bo’lgan har qanday me’yoriy-ma’lumot axborotlarini, shuningdek, telefon, faks va elektron
    pochta orqali maslahat ko’magini taqdim etish;
  • 6.1.3
    Agent/Agentning vakolatli shaxslarining shaxsiy ma’lumotlarini O’zbekiston Respublikasining
    shaxsiy ma’lumotlar va ularni himoya qilish to’g’risidagi qonunchilikda belgilangan, shaxsiy
    ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olishni ta’minlovchi himoya qilish bo’yicha zarur
    chora-tadbirlarni ko’rish; shaxsiy ma’lumotlarga oldi olinmagan ruxsatsiz kirishni o’z vaqtida
    aniqlash; shaxsiy ma’lumotlarga ruxsat kirishning nojo’ya oqibatlarini imkon qadar kamaytirish,
    jumladan, ma’lumlotlarni to’plash va ularga ishlov berish holatlarida shaxsiy ma’lumotlarni yo’q
    qilish yuzasidan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlar va ularni himoya
    qilish to’g’risidagi qonunchiligida belgilangan boshqa hollarda tegishli chora-tadbirlar
    ko’rish;
  • 6.1.4
    Agentga Elektron hamyonning interfeysiga tegishli elektron xabar yuborish orqali Elektron
    hamyonni to’ldirish bo’yicha har bir amaliyotning amalga oshirilganligi to’g’risida xabar
    berish;
  • 6.1.5
    Agentning yozma so’rovi bo’yicha Elektron pullardan foydalanishni amalga oshirish bilan bog’liq
    amaliyotlar to’g’risidagi ma’lumotlardan iborat hisobotni (Operator tomonidan mustaqil ravishda
    tanlangan shakl bo’yicha) elektron shaklda so’rovni qabul kundan boshlab 3 (uch) ish kunida
    taqdim etish;
  • 6.1.6
    Tizimda nosozlik ro’y bergan, xakerlik hujumi oqibatida Bank ma’lumotlari bo’yicha Emitentning
    qoplashi amalga oshiriladigan Reyestrdagi ma’lumotlarning buzilishiga olib kelgan hollarda
    barcha zarur choralarni ko’rish (Operatorning ichki tartibiga muvoq);
  • 6.1.7
    Tizimning ishlashini ta’minlash bo’yicha boshqa majburiyatlarni bajarish, jumladan, axborot
    texnologiyalari va Operator hamda Emitent o’rtasida tuzilgan shartnoma bo’yicha Operatorga
    yuklatilgan Tizimdagi Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirish uchun Tizim
    Ishtirokchilarini operativ ta’minlash;

  • 6.2
    Operator quyidagi huquqlarga ega:
  • 6.2.1
    Agentdan shartnoma majburiyatlarini bajarishini talab qilish;
  • 6.2.2
    Agent tomonidan Elektron pullarni quyidagi hollarda ishlatish amaliyotlarini sodir etishni
    taqiqlash:
    1. agentdan blokirovkalash zarurligi to’g’risida xabar olish;
    2. agent tomonidan mazkur Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarmaslik;
    3. agentning Elektron pullarni ishlatish bilan bog’liq amaliyotlarni Elektron pullardan
      foydalanish talablari va shartlarini buzgan holda amalga oshirishi;
    4. agentning Elektron pullarini vakolatli organlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi
      qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asosda taqiqlab qo’yish;
    5. agar O’zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
      legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini
      tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida» gi Qonunida nazarda
      tutilgan holatlarida;
  • 6.2.3
    Agentdan mukofot olish;
  • 6.2.4
    Agentni Tizimda ro’yxatdan o’tishini rad etish, shuningdek, tizimda ro’yxatdan o’tish paytida
    Agent tomonidan ko’rsatilgan ma’lumotlar va tizim Operatoriga taqdim etilgan boshqa hujjatlar
    (shu jumladan sayt va Agentning biznesiga nisbatan) ishonchsizligi aniqlangan taqdirda Agentning
    elektron hamyonini taqiqlash;
  • 6.2.5
    Agentdan mazkur Shartnoma, tizim Qoidalari va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi
    bo’yicha majburiyatlarini bajarishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rab olish;
  • 6.2.6
    Agent tomonidan tizim Qoidalari va mazkur Shartnoma shartlariga rioya qilmagan hollar aniqlangan
    taqdirda uning tizimda ishlashini to’xtatib qo’yish;
  • 6.2.7
    Uchinchi shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvoq Elektron pullarni
    yopib qo’yish to’g’risida murojaat tushgan taqdirda Agentning Elektron hamyonidan akseptsiz,
    nizosiz tarzda (Agentning qo’shimcha buyrug’i/ko’rsatmasisiz) Elektron pullarini olib qo’yish.
    Mazkur Shartnomani tuzar ekan Agent Operator Bank Emitentiga O’zbekiston Respublikasi
    qonunchiligiga muvoq o’zining Elektron hamyonidan Elektron pullarining akseptsiz olib
    qo’yilishiga rozilik beradi;
  • 6.2.8
    Tizim Operatori mazkur Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini bajarish uchun o’zining qisman huquq
    va vakolatlarini uchinchi shaxslarga topshirish huquqiga ega. Operator tomonidan mazkur
    Shartnoma bo’yicha o’zining qisman huquq va vakolatlarini uchinchi shaxslarga topshirishi uni
    shartnoma bo’yicha ishlash majburiyatidan ozod qilmaydi va mazkur shartnoma bo’yicha
    majburiyatlar buzilganligi uchun javobgarlikdan soqit qilmaydi.

  • 6.3
    Agent quyidagilarga majbur:
  • 6.3.1
    Mazkur Shartnoma, tizim Qoidalari, Tariflarda bayon etilgan talablar bilan tanishish va ularni
    bajarish;
  • 6.3.2
    Tizim Operatoriga «A-Pay» tizimida ro’yxatdan o’tish va mazkur tizim Agenti sifatida faoliyatni
    amalga oshirishda ishonchli ma’lumotni taqdim etish. Tizim Operatori Agent tomonidan taqdim
    etilgan ishonchsiz ma’lumot oqibatida kelib chiqqan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi;
  • 6.3.3
    Tizim Operatoriga Agentni identikatsiyalashi uchun axborotni taqdim etish;
  • 6.3.4
    Tizim Operatoriga Agentning dasturiy ta’minotga kirishning to’liq ro’yxat nuqtasini ularning
    joylashgan hududi va vaqti, ishlashi ko’rsatilgan holda taqdim etish;
  • 6.3.5
    Agentning dasturiy ta’minotga Mijozlar kirishi uchun uskuna vositalarining kirish nuqtasini
    ichki jadvalga muvoq ishlashining vaqti va joyini ko’rsatgan holda uzluksiz ishlashini
    ta’minlash;
  • 6.3.6
    Tizim Operatorining ruxsatisiz bevosita yoki uchinchi shaxslar orqali taqdim etilgan dasturiy
    ta’minotga mazkur harakatlarni amalga oshirish maqsadida o’zgarishlar kiritmaslik;
  • 6.3.7
    Elektron pullarga O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va tizim Qoidalariga
    muvofiq
    ega bo’lish va sotishni amalga oshirish;
  • 6.3.8
    Elektron hamyondagi elektron pullarning balansini kuzatib borish, Agentga tegishli bo’lgan
    hamyonni o’z vaqtida to’ldirib borish. Hamyonni to’ldirishda jiddiy kechikishlarga yo’l
    qo’ymaslik (bir bank kunidan ortiq);
  • 6.3.9
    Mazkur Shartnomaning talablariga muvoq bank hisob raqamining mavjudligini tasdiqlovchi
    hujjatlarni taqdim etish;
  • 6.3.10
    O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, POS-terminallar, Tizimga kirishning boshqa usullari orqali
    Agentning DTga ommaviy kirish imkoniyatini yaratish;
  • 6.3.11
    Mijozga elektron pulni sotish va elektron pulni ro’yxatdan o’tgan Mijozning hamyoniga o’tkazish
    holatini tasdiqlovchi va/yoki Merchant foydasiga O’zbekiston Respublkasi qonunchiligida nazarda
    tutilgan barcha zarur rekvizitlardan iborat to’lovni amalga oshirgan holda sotuv chekini (qog’oz
    yoki elektron shakldagi) shakllantirishda ishtirok etish:
    1. Agent, emitent, operatorning nomlanishi;
    2. amaliyotni amalga oshirish sanasi (kun, oy, yil) va vaqti (soat, daqiqa, soniya);
    3. amaliyotning tartib raqami;
    4. Amalga oshirilgan yoki sanab o’tilgan Elektron pullarning miqdori;
    5. Elektron pul egasiga tegishli bo’lgan Elektron hamyonning identikatsion kodi
    6. Komission haq to’lash miqdori (agar Tariflarda nazarda tutilgan bo’lsa)
  • 6.3.12
    Savdo chekini berish iloji bo’lmagan hollarda – Mijozni mazkur holat haqida oldindan
    ogohlantirish va unga majburiy tartibda Tizimda kelgusida to’lovni identikatsiyalashi uchun
    shaxsiy raqam taqdim etish;
  • 6.3.13
    Mijozga unga Mijoz hamyonini to’ldirish jarayonida Elektron pullarni amalga oshiradigan Emitent
    banki haqida ma’lumotni taqdim etish;
  • 6.3.14
    Jismoniy shaxslar – Elektron pullarning egalaridan Elektron pullarni tizimda Elektron hamyonga
    ega jismoniy shaxslarning Elektron pullarini amalga oshirish yoki yopish maqsadida nominal
    qiymati bo’yicha pullarini sotib olish;
  • 6.3.15
    Unga mazkur Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini bajarishda ma’lum bo’lgan maxy ma’lumotni fosh
    etmaslik;
  • 6.3.16
    O’zining autenkatsion ma’lumotlarining xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlash va bunday
    ma’lumotlardan foydalangan holda Tizimda Agent nomidan faoliyat olib borishga vakolatli
    hisoblanmagan shaxslarning hamyonlariga kirishini cheklash;
  • 6.3.17
    Uchinchi shaxslarga o’zining tizimga kiruvchi rekvizitlarini bermaslik;
  • 6.3.18
    Soliq organlari oldida mustaqil ravishda hisobot berish;
  • 6.3.19
    Tizim Mijozlari – jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pullarning inkassatsiyasini mustaqil
    ravishda tashkillashtirish;
  • 6.3.20
    Tizim operatori tomonidan taqdim etilgan, agar bunday taqdim bo’lgan holda, dasturiy ta’minotni
    mustaqil o’rnatishni amalga oshirish;
  • 6.3.21
    Mijoz – jismoniy shaxsni agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo’yicha talab qilingan
    hollarda identikatsiyalash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha harakatlarni amalga
    oshirish;
  • 6.3.22
    Har qanday amaliyotlarni amalga oshirishda jismoniy shaxslarga «A-Pay» tizimi doirasida
    ko’rsatiladigan xizmatlarning taqdim etish shartlari bilan tanishish va bunday jismoniy shaxsdan
    dolzarb tahriri saytida e’lon qilinadigan va jismoniy shaxsga elektron shaklda etkaziladigan
    standart mijozlar kelishuvi bilan tanishganligining tasdig’ini olish imkonini berish;
  • 6.3.23
    Tizim operatori, bank Emitenti tomonidan tizim Operatori va Bankning Internet tarmog’idagi
    rasmiy sayti chop qilinayotgan xabarlarni kuzatib borish.
  • 6.3.24
    Tizimdan boshqa Ishtirokchilar, uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini,
    shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi me’yorlarini buzmagan va ta’sir etmagan holda
    foydalanish.
  • 6.3.25
    Tizim Operatori, shuningdek, Tizimdan foydalanish maqsadida Emitent tomonidan unga berilgan
    maxy ma’lumotlarni bermaslik;
  • 6.3.26
    Tizimga kirish moslamasining ishga layoqatliligi va axborot himoyalash to’g’risida mustaqil
    ravishda qayg’urish;
  • 6.3.27
    Tizimning dasturiy ta’minotiga mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda
    to’liq yoki qisman o’zgartirishga harakat qilmaslik va kiritmaslik;
  • 6.3.28
    Agent nomidan tizimga kirish huquqiga ega bo’lgan shaxsning ma’lumotlari o’zgargan taqdirda
    autentikatsiya ma’lumotlariga o’z vaqtida o’zgarishlarni kiritish, «A-Pay» tizimi Operatorini
    bunday shaxs to’g’risidagi o’zgarish to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish;
  • 6.3.29
    Tizimga kirish uchun Agentning rekvizitlaridan uchinchi shaxslarning qonuniy foydalanishlari va
    egalik qilishlarini istisno etuvchi zarur tashkiliy-texnik tadbirlarni (shu jumladan, zararli
    dasturlar ta’siridan himoyalash uchun dasturiy ta’minotdan qonuniy tarzda foydalanish);
  • 6.3.30
    Tizimga kirish uchun Agentning rekvizitlaridan noqonuniy foydalanishi bilan bog’liq unga ma’lum
    bo’lgan yoki shaxsiy shubhalangan holatlari to’g’risida Tizim Operatorini ogohlantirish;
  • 6.3.31
    Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq komission to’lovlarni, shuningdek, boshqa to’lovlarni
    to’lash;
  • 6.3.32
    Agentning Elektron hamyoni/bank hisob raqamiga noto’g’ri tushgan pullar, shuningdek, Elektron
    hamyonni yo’qotish, o’g’irlash va ruxsatsiz ishlatish bilan bog’liq faktlar aniqlangan taqdirda
    bu haqda Bank va tizim Operatorini har qanday mumkin bo’lgan usullar bilan xabardor qilish.
    Agentning Bank hisobiga adashib o’tkazilgan puli, noto’g’ri hisoblangan pul aniqlangan kundan
    boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida Bankka qaytarilishi kerak;
  • 6.3.33
    Operatordan Agentning Elektron hamyoniga noto’g’ri hisoblangan elektron pullar tushganligi
    to’g’risida bildirishnoma kelib tushgan taqdirda Operatorga/Bankka yozma shaklda yoki elektron
    xabar orqali noto’g’ri summa olinganini tasdiqlash va Elektron hamyonidan mazkur xato mablag’ni
    aksepsiz olib qo’yilishiga roziligini bildirish;
  • 6.3.34
    «A-Pay» tizimi orqali noqonuniy moliyaviy amaliyotlar, noqonuniy savdo, jinoiy faoliyatdan
    olingan daromadlarni legallashtirish bo’yicha amaliyotlar, terrorizmni moliyalashtirish va
    ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishini moliyalashtirish va O’zbekiston Respublikasi
    qonunchiligini buzadigan boshqa amaliyotlarni amalga oshirmaslik;
  • 6.3.35
    Amalga oshirilgan amaliyotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni va amaliyotlarning amalga
    oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ularga ijro etilganidan so’ng 5 (besh) yildan kam
    bo’lmagan muddatga saqlash;

  • 6.4
    Agent quyidagi huquqlarga ega:
  • 6.4.1
    Tizim Operatoridan mazkur Shartnoma shartlariga muvoq barcha kerakli bo’lgan ma’lumotlarni
    so’rash;
  • 6.4.2
    Emitent tomonidan Elektron pullarning chiqarilishiga turtki berish;
  • 6.4.3
    «A-Pay» Tizimi Mijozlariga – jismoniy shaxslarga Elektron pullarni sotish;
  • 6.4.4
    «A-Pay» Tizimi Emitentlarida bittadan ortiq bank hisobiga ega bo’lish, turli xil «A-Pay» Tizimi
    Emitentlaridan Elektron pullarni sotib olish va sotish;
  • 6.4.5
    Pulni naqd va naqd bo’lmagan shaklda sotilgan Elektron pullar uchun to’lov sifatida qabul
    kilish;
  • 6.4.6
    Elektron pullarning sotilganligi to’g’risidagi barcha amaliyotlar, shuningdek, Mijozning
    Agentning dasturiy ta’minotdan foydalangan holda amalga oshirgan amaliyotlari haqida
    hisobotlarni olish;
  • 6.4.7
    Operatordan 5 (besh) yil muddatgacha amalga oshirilgan amaliyotlar to’g’risida hisobot so’rash
    va so’rov yuborilgan sanadan boshlab 10 (o’n) kun ichida ushbu hisobotni olish;
  • 6.4.8
    Shartnomaga, Tizim Qoidalariga, Tariflarga o’zgartirishlar kiritilganidan keyingi o’n kun
    ichida, Shartnomaning yangi tahriri, Tizim Qoidalari, Tariflari bilan rozi bo’lmagan hollarda,
    Tizim Operatoriga Shartnomani bekor qilish to’g’risida xabar yuborish. Agar Tizim Operatoriga
    bunday xabar yuborilmagan bo’lsa, bunday hollarda, barcha o’zgarishlar Agent tomonidan qabul
    qilingan hisoblanadi;
  • 6.4.9
    Tizim veb-saytida, Shaxsiy kabinet orqali shaxsiy ma’lumotlarga o’zgartirish kiritish mumkin;
  • 6.4.10
    Tizim Operatoridan dasturiy ta’minot faoliyati bo’yicha maslahat xizmatlarini olish.

7. ELEKTRON PULLARNI ISHGA TUSHIRISH VA YOPISH

  • 7.1
    «A-Pay» tizimida Elektront pullarni chiqarish «A-Pay» tizimidagi Elektron pullarning Emitenti
    hisoblangan bank tomonidan tizim Operatori bilan tuzgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
  • 7.2
    Agent o’z hisob raqamidagi mablag’ni Emitent Bankning Ixtisoslashtirilgan hisob raqamiga
    jo’natadi. Elektron pullarni chiqarish Emitent tomonidan Agentdan olingan pul mablag’lari
    doirasida amalga oshiriladi.
  • 7.3
    «A-Pay» tizimi Emitentdan Emitentning Ixtisoslashtirilgan hisob raqami va Agentning rekvizitlari
    to’ldirilgan summa haqidagi ma’lumotni oladi.
  • 7.4
    «A-Pay» tizimi Emitent tomonidan chiqarilgan Elektron pullarni Agentning hamyoniga
    o’tkazilishini avtomatik tarzda amalga oshiradi.
  • 7.5
    Elektron pullarni chiqarish Agentdan Tariflarda bayon etilgan kommission mablag’ni olish orqali
    amalga oshiriladi.
  • 7.6
    Elektron pullarni yopish Agentning bank hisob raqamida Agent tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga
    muvofiq bajariladi.
  • 7.7
    Agentning Elektron pullarini qaytarish Emitent Bank tomonidan Agentning so’rov jo’natganidan va
    tizim Operatori Emitent Reyestrga Elektron pullarni qaytarish to’g’risida tranzaksiya
    jo’natganidan so’ng amalga oshiriladi. Agentning Elektron pullarni qaytarish to’g’risida
    jo’natilgan Arizasi va Reyestr Emitent ish kunining 16.00 gacha taqdim etilgan taqdirda Emitent
    o’zining joriy ish kuni davomida Agentning hisob raqamiga Elektron pullarni qaytarish natijasida
    olingan pul mablag’i jo’natmasini (o’tkazmasini emas) bajaradi. Agentning Elektron pullarni
    qaytarish to’g’risida jo’natilgan Arizasi va Reyestr Emitent ish kunining 16.00 gacha taqdim
    etilgan taqdida Emitent o’zining joriy ish kuni davomida Agentning hisob raqamiga Elektron
    pullarni qaytarish natijasida olingan pul mablag’i jo’natmasini, har qanday holatda ham soat
    12.00 gacha (o’tkazmasini emas) amalga oshiradi. Emitent Bankida ochilgan hisob raqamiga pul
    mablag’larini o’tkazish Elektron pullarni qaytarish natijasida olingan pul mablag’lari hisob
    raqamiga jo’natilganidan so’ng 1 (bir) soat ichida o’tkaziladi. Pullarni qaytarish jarayonida
    pullarni Emitent bankidan tashqari boshqa moliyaviy tashkilotlarda ochilgan hisob raqamiga
    o’tkazish tartibi va muddati mazkur moliyaviy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va
    Emitent/Operator bunday moliyaviy tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining muddati
    uchun javobgar hisoblanmaydi.
  • 7.8
    Agentning Elektron pullarni qaytarish to’g’risidagi arizasi va tranzaksiya Reyestri texnik
    integratsiya shaklida axborot kanallari orqali jo’natiladi. Agent tomonidan qaytarib olish uchun
    taqdim etilgan amaliyotlar Reyestrini yuborishdan oldin Operator Agentning hamyonidagi mavjud
    Elektron pullarning miqdorini tekshiradi va Elektron pullarni rejalashtirilayotgan qaytarishga
    ishlatmaslik imkoniyatlarini ta’minlaydi.
  • 7.9
    Agent tomonidan mablag’larni qaytarish to’g’risida Emitent Bankka taqdim etiladigan arizasidagi
    umumy miqdor Elektron hamyon balansidagi qoldiqdan oshib ketmasligi lozim.
  • 7.10Operator belgilangan Tariflarga muvofiq Agent tomonidan Elektron pullarni qaytarish komission
    haqini undirish huquqiga ega.

8. TIZIM MIJOZLARI TOMONIDAN ELEKTRON PULLARNI SOTISH VA ISHLATISH

  • 8.1
    Agent Mijozlarga – jismoniy shaxslarga «A-Pay» Tizimining Elektron pullarini sotishni amalga
    oshiradi.
  • 8.2
    Olingan Elektron pullarni Mijoz o’zining elektron hamyoniga, boshqa ro’yxatdan o’tgan Mijozning
    – Identikatsiyadan o’tgan yoki o’tmagan shaxsning hamyoniga jo’natishi yoki Tizim
    Merchantlarining xizmati to’lovlari uchun ishlatishi mumkin.

9. ТОМОНЛАРНИНГ ЖАВОБГАРЛИКЛАРИ

  • 9.1
    Tomonlar Shartnoma bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarini buzganliklari uchun Shartnoma, Tizim
    Qoidalari va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvoq javobgar hisoblanadi.
  • 9.2
    Agent mazkur Shartnoma, Tizim Qoidalari, Tariflarning shartlari bilan tanishmaganligi munosabati
    bilan ko’rgan har qanday zarari uchun Operator/Bank javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.
  • 9.3
    Tizim Operatori/Emitent Bank Agent o’zi yoki uchinchi shaxslarning Agentning Tizimga kirish
    rekvizitlaridan foydalangan holdagi harakatlari yoki harakatsizliklari natijasida kelib chiqishi
    mumkin bo’lgan har qanday oqibatlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
  • 9.4
    Tizim Operatori/Emitent Bank Agentning tizimga kirish bo’yicha rekvizitlaridan uchinchi shaxslar
    foydalangan holda Agentga yetkazilgan zarar uchun javobgar hisoblanmaydi.
  • 9.5
    Tizim Operatori tizimning vaqtincha ishlamay qolishi, apparat yoki dasturiy ta’minotning
    ishlamay qolishi yoki uning aybisiz sodir bo’lgan xatolar uchun javobgar emas va Agentning
    mumkin bo’lgan zararlari va qo’ldan boy bergan foydalari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga
    olmaydi.
  • 9.6
    Tizim Operatori boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan aloqa yo’nalishlarining sifati va
    unga tegishli bo’lmagan boshqa uskunalar, jumladan, boshqa tashkilotlarga tegishli bo’lgan
    ma’lumotlar uzatishning tranzit tarmoqlarining ishga layoqatsizligi uchun javobgar
    hisoblanmaydi.
  • 9.7
    Tizim Operatori Agentning «A-Pay» tizimga kirishni ta’minlaydigan apparat vositalari
    ishlashidagi nosozliklar uchun javobgar emas va buning hisobiga Agentning foydasiga yetkazilgan
    zarar va yo’qotishlar uchun javob bermaydi.
  • 9.8
    Tizim Operatori Agentning mazkur shartnoma shartlariga rioya qilmaganligi oqibatida yetkazilgan
    zararlar uchun javobgar hisoblanmaydi.
  • 9.9
    Tizim Operatori Agent tomonidan ishonchli bo’lmagan ma’lumot taqdim etilgani yoki Agent
    tomonidan ma’lumotlarga o’z vaqtida o’zgartirish kiritish uchun ma’lumotlarni taqdim etmaganligi
    oqibatida uning foydasiga etkazilgan zarar uchun javob bermaydi.
  • 9.10
    Uchinchi shaxslarning «A-Pay» tizimining ishlashiga xalaqit berishga qaratilgan, Agentning
    autentikatsiya ma’lumotlari bilan bog’liq bo’lmagan qonunga zid harakatlari bo’lgan taqdirda
    Tizim Operatori Agentning bunday harakatlar boshlangan paytdagi Hamyonidagi Elektron pullari
    miqdoridagi zarar uchun javobgar hisoblanadi.
  • 9.11
    Tizim Operatorining aybi bilan tizim ishida xatolar va nosozliklar yuzaga kelgan va bu ayb
    isbotlangan taqdirda tizim Operatori Agentning qayd etilgan nosozlik va xatolarning yuzaga
    kelish paytida Elektron hamyonida mavjud bo’lgan elektron pul miqdoridagi zarar uchun javobgar
    hisoblanadi.
  • 9.12
    Tomonlardan biri Shartnoma shartlarini buzgan taqdirda boshqa Tomon buzilish holati aniqlangan
    paytdan boshlab 2 (ikki) ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda buzilganlik holati, vaqti va
    joyi, shuningdek, Shartnoma shartining buzilish holatini isbotlovchi dalillar ko’rsatgan
    tartibdagi e’tirozni jo’natish majburiyatini oladi. E’tirozni olgan Tomon uni olgan kundan
    boshlab 5 (besh) ish kuni davomida e’tirozga nisbatan asoslangan javobni jo’natishi shart. Agar
    Tomonlar o’zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda ular Toshkent shahrining iqtisodiy masalalar
    bo’yicha tumanlararo sudiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
  • 9.13
    Neustoyka (shartnomadagi biron-bir majburiyatni vaqtida bajarmaganlik uchun jarima), penya,
    jarimani to’lashga aybdor Tomonni Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini tegishlicha
    bajarishdan ozod etmaydi. Har qanday neustoyka va jarimali sanksiyalarni undirib olish
    Tomonlarning majburiyatiga kiritilmagan, neustoykani undirib olish huquqi ularning o’z xohishiga
    ko’ra amalga oshiriladi.
  • 9.14
    Tizim Agent tomonidan taqdim etilgan ma’lumotning mazmuni uchun javobgarlikni o’z zimmasiga
    olmaydi. Bunday mazmundagi ma’lumot uchun barcha javobgarlik, shuningdek, noto’g’ri/xato
    ma’lumot olinishi oqibatida Mijozlarga pul o’tkazmalarini o’z vaqtida o’tkazmaslik uchun Agent
    javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.
  • 9.15
    Mazkur Shartnoma bo’yicha Tizim Operatorida qarzdorlik holati yuzaga kelgan taqdirda Agent har
    bir kechikkan kun uchun 0,1% miqdorida penya hisoblash huquqiga ega, biroq bu muddati o’tgan
    to’lovning 10% idan oshmasligi lozim.
  • 9.16
    Mazkur Shartnoma bo’yicha Agentda qarzdorlik holati yuzaga kelgan taqdirda Tizim Operatori har
    bir kechikkan kun uchun 0,1% miqdorida penya hisoblash huquqiga ega, biroq bu muddati o’tgan
    to’lovning 10%idan oshmasligi lozim.
  • 9.17
    Dasturiy ta’minotda texnik xatolar aniqlangan taqdirda uning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan
    Tomonlar bunday nosozliklarni bartarf etishning barcha chora-tadbirlarini zudlik bilan ko’rish
    majburiyatini oladi. Agar xatolarni 2 (ikki) hafta davomida bartaraf etish imkoni bo’lmagan
    taqdirda boshqa Tomon 2 (ikki) hafta o’tganidan keyin xatolarni bartaraf etish bo’yicha
    bajarilgan ishlar to’g’risida hisobot berilishini talab qilish huquqiga ega.
  • 9.18
    Mazkur Shartonmaning 9.17 -bandida qayd etilgan holatlar aniqlagan Tomon boshqa Tomonni
    aniqlangan paytdan boshlab 24 (yigirma to’rt) soat davomida xabardor etish majbriyatini oladi.
  • 9.19
    Tomonlar Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini mazkur Shartnomada ko’zda tutilmagan holatlarda
    bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani taqdirida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
    muvoq javobgarlikka tortiladi.
  • 9.20
    Tizim Operatori o’z xizmatlarini reklama qilishda Agent tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni
    reklama qilish va ushbu Shartnomada qayd etilgan xizmatlarni, savdo belgilarini, xizmat
    ko’rsatish belgilarini, tovarning nomlanishini, tasvirini, Agentning logotipini bepul taqdim
    etish huquqiga ega. Agent bunday savdo belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovarning
    nomlanishi, tasviri, logotiplarini qo’llash uchinchi shaxslarning qonun bo’yicha belgilangan va
    himoyalanadigan huquqlarini buzmasligini kafolatlaydi.
  • 9.21
    Agar Tizim Operatoriga Agent tomonidan taqdim etilgan tasvirlar, logotiplar, tovar belgilari,
    xizmat ko’rsatish belgilari va savdo nomlarini noto’g’ri ishlatishiga nisbatan da’volar va/yoki
    sud da’volari kelib tushsa, u holda Agent nizoni hal qilishda ishtirok etish, bunday
    e’tirozlarni o’z hisobidan hal qilish, jumladan, tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari,
    logotiplar, savdo nomlari, tasvirlarni o’z mablag’i hisobidan noto’g’ri ishlatishi natijasida
    uchinchi shaxslarga, shuningdek, jabrlangan tomonga etkazilgan zararni qoplash majburiyatini
    oladi.
  • 9.22
    Agar Agent tomonidan Tizim Operatori/Emitent bankning majburiyatlarini bajarmasliklari yoki
    lozim darajada bajarmaganligiga olib kelgan mazkur Shartnomaning shartlarini buzgan taqdirda
    Tizim Operatori/Emitent Bank mazkur Shartnomaning qaysidir shartlarini bajarmaganligi uchun
    javobgar hisoblanmaydi.
  • 9.23
    Tomonlar Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini mazkur Shartnomada ko’zda tutilmagan holatlarda
    bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani taqdirida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
    muvoq javobgarlikka tortiladi.

10. FORS-MAJOR HOLATLARI

  • 10.1
    Agar Tomonlardan qaysidir biri Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini u yengib o’ta olmaydigan
    vaziyat va (yoki) Shartnoma tuzilguniga qadar noma’lum bo’lgan yoki bartaraf etib bo’lmaydigan,
    jumladan, suv toshqini, yong’in, sel kelishi, zilzila, urush, harbiy harakatlar, qamallar,
    eksport va importni taqiqlash, epidemiologik vaziyat kabi favqulodda holatlar yuzaga kelishi
    tufayli mazkur Shartnomada ko’rsatilgan to’liq yoki qisman bajarish layoqatiga ega bo’lmagan
    taqdirida mazkur Shartnomada ko’rsatilgan muddatlar bunday fors-majorli vaziyatlar amal qilish
    muddatiga qadar uzaytirilishi lozim. Agar bunday vaziyatlar yoki ularning oqibatlari 90
    (to’qson) kundan oshsa, Tomonlardan istalgan biri Shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga
    ega bo’ladi.
  • 10.2
    O’z majburiyatlarini bajarishga layoqatsiz Tomon boshqa Tomonni bunday fors-majorli holat paydo
    bo’lgani haqida zudlik bilan ogohlantirishi lozim. Fors-majorli vaziyatning mavjudligini
    tasdiqlash uchun tegishli davlat idorasi tomonidan imzolab berilgan ma’lumotnoma talab qilinadi.
    Mazkur ma’lumotnoma bunday fors-majorli vaziyat yuzaga kelganidan so’ng 10 (o’n) kun davomida
    boshqa Tomonga taqdim etilishi lozim.
  • 10.3
    Agar Tomonlardan biriga nisbatan bunday vaziyat 90 (to’qson) kalendar kunidan ortiq davom etgan
    taqdirda boshqa Tomon mazkur Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega
    bo’ladi, bunda u ikkinchi Tomonni bekor qilgunga qadar 10 (o’ng) kalendar kunidan
    kechiktirmasdan albatta ogohlantirishi lozim bo’ladi. Mazkur bandga muvoq Shartnomani bekor
    qilish shartnoma bekor qilinguniga qadar mavjud bo’lgan o’zaro majburiyatlarning bekor
    qilinishiga olib kelmaydi.

11. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

  • 11.1Mazkur Shartnomada yuzaga kelgan barcha bahsli masalalar muzokaralar va yozma da’vo yuborish
    yo’li bilan hal qilinadi. Da’vo qabul qilgan tomon, qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish
    kuni ichida javob yuborishga majbur. Agar da’vo Tomonlarning rekvizitlari bo’yicha jo’natilgan
    bo’lsa, agar u shaxsan topshirilgan, telefaks orqali jo’natilgan, buyurtma xat yoki kuryerlik
    xizmati orqali jo’natilgan bo’lsa, da’vo tegishli tarzda topshirilgan hisoblanadi.
  • 11.2
    Agar muzokaralar yo’li bilan kelishuvga erishilmasa, mazkur Shartnoma bilan bog’liq yoki uning
    buzilishi, bekor qilinishi, haqiqiy emasligi sababli yuzaga kelgan barcha nizolar,
    kelishmovchiliklar, talablar Toshkent shahrining iqtisodiyot bo’yicha tumanlararo sudida hal
    qilinadi (shartnomaviy sudgacha bo’lgan jarayon).

12. MAXFIYLIK VA XAVFSIZLIK

  • 12.1
    Tomonlar tijorat va bank siri hisoblangan ma’lumotlarning maxyligini saqlashlari shart.
  • 12.2
    Tomonlar har bir Tomon uchun maxy bo’lgan mazkur Shartnomani amalga oshirishi jarayonida
    olingan ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni o’z zimmalariga oladilar. Mazkur Shartnomada maxylik
    deganda fosh qilinishi Tomonlardan birining zarar ko’rishiga va/yoki ishbilarmonlik nufuziga
    ta’sir ko’rsatishga olib kelishi mumkin bo’lgan, hamma o’rganilishi mumkin bo’lmagan ma’lumotlar
    tushuniladi.
  • 12.3
    Agent maxfiylikni saqlash va Tizimga kirish ma’lumotlarini tarqatmaslik uchun javobgardir.
  • 12.4
    Agent mustaqil ravishda o’zining autentikatsiya ma’lumotlarini himoya qilish bo’yicha choralar
    ko’rishi va uning mumkin bo’lgan loqaydligi oqibatida Agentning ma’lumotlaridan foydalangan
    holda «A-Pay» tizimi resurlariga ruxsatsiz kirish, uchinchi shaxslar tomonidan jinoiy
    tajovuzlar, zararli dasturiy harakatlar yoki ko’zda tutilmagan harakatlarning oldini olish
    majburiyatini zimmasiga oladi.
  • 12.5
    Agent uning tomonidan autentikatsiya ma’lumotlarini yo’qotishi natijasida tizimdan uchinchi
    shaxslarning foydalanish xav to’g’risida tizim Operatorini zudlik bilan ogohlantirishi shart
  • 12.6
    12. 6. Tomonlar mazkur Shartnoma shartlari, shuningdek, uni ijro etish vaqtida «A-Pay»
    tizimining texnik tavsigacha bo’lgan olingan ma’lumot maxy ma’lumot hisoblanishini va u amal
    qilayotgan davrda hamda u bekor qilinganidan so’ng 12 (o’n ikki) oy davomida fosh qilinmasligini
    e’tirof etishadi. Tomonlar Agent va tizim Operatorining hamkorligi holati maxy ma’lumot
    hisoblanmasligini va Tomonlar undan reklama maqsadlarida foydalanishlari mumkinligini e’tirof
    etishadi.
  • 12.7
    Tomonlar har qanday uchinchi Tomonning O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik
    hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari tijorat va bank sirini fosh etmaslik bo’yicha
    zarur choralarini ko’rishga majburdir. Olingan ma’lumot bilan faqat Tomonlarning xodimi bo’lgan
    shaxslar va mazkur shartnomaning ijrosi bilan bevosita bog’liq bo’linmalar tanishadilar.
  • 12.8
    Agent tizim Operatoriga tizimning ishlashini ta’minlash, Agentning topshiriqlarini bajarish,
    qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish va boshqa zarur hollarda Agentning har qanday rekvizitlarini,
    Agentning tizimdagi amaliyotlari haqidagi ma’lumotlarni Emitent bankiga berish imkoniyatini
    taqdim etadi.
  • 12.9
    Shartnomaning 12- bandi uning amal qilish muddati tugaganidan so’ng, 5 yil davomida amal qiladi.

13. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

  • 13.1
    Mazkur Shartnoma ushbu Oferta Aksepti vaqtidan kuchga kiradi va 12 (o’n ikki) oy davomida amal
    qiladi.
  • 13.2
    Tomonlarning hech biri boshqa Tomonga Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan 30 kun avval,
    uni bekor qilish to’g’risida yozma xabar yubormagan bo’lsa, Shartnoma noma’lum muddatga
    uzaytirilgan hisoblanadi.
  • 13.3
    Ushbu Ofertaning Agent tomonidan aksepti deganda Agentning mazkur Shartnomalar, Tizim Qoidalari,
    Tariflarning shartlarini to’liq va so’zsiz, hech qanday istisnolarsiz va cheklovlarsiz qabul
    qilishini anglatadi va bu ikki tomonlama yozma Shartnoma tuzish bilan tengdir.
  • 13.4
    Agent Tizim Operatorining istalgan vaqtda mazkur Shartnomaga, Tariflarga va «A-Pay» Tizimi
    Qoidalariga bir tomonlama tartibda o’zgartirish kiritish huquqiga ega. Shartnoma, Tariflar,
    Tizim Qoidalariga kiritilgan qayd etilgan o’zgarish va qo’shimchalar yangi tahrirdagi Shartnoma,
    Tizim Qoidalari, Tariflar, qayd etilgan o’zgarishlar agar ular Tizim Operatorining saytida
    joylashtirilishida undan ko’proq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, chop etilganidan 15 (o’n besh)
    kalendar kunidan o’tib kuchga kiradi. Shartnoma, Tariflar, Tizimning Qoidalarining dolzarb
    tahriri bilan tanishish majburiyati Agentga yuklatilgan. O’zgarishlar kuchga kirgandan so’ng
    «A-Pay» tizimidan foydalanish deganda Tomonlar bu o’zgarishlarni so’zsiz qabul qilishi
    tushuniladi.
  • 13.5
    Agar Agent «A-Pay» Tizimining ishtirokchisi bo’lishni to’xtatsa, bunday hollarda mazkur
    shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.
  • 13.6
    Agar Shartnomaning bir yoki bir necha qoidalari O’zbekiston Respublikasining amaldagi
    qonunchiligiga o’zgartirish kiritilishi munosabati bilan haqiqiy emas deb hisoblansa yoki shunga
    aylansa, u holda Shartnomaning boshqa qoidalarining amal qilinishini to’xtatish uchun asos
    bo’lib hisoblanmaydi.
  • 13.7
    Tomonlarning kelishuviga binoan Shartnoma muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.
  • 13.8
    Tomonlardan birining Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi boshqa Tomonning mazkur
    Shartnoma shartlarini bir necha marta jiddiy buzilishi (ikki yoki undan ortiq) holatlarida,
    bekor qilinish sanasidan kamida 15 (o’n besh) kalendar kun oldin boshqa tomonning manziliga
    yozma shakldagi ogohlantirishni jo’natgan holda amalga oshiriladi.
  • 13.9
    Tomonlardan birining tashabbusi bilan Shartnomaning muddatidan oldin bekor qilinishi, bunday
    bekor qilish sabablaridan qat’i nazar, boshqa Tomonga bunday bekor qilish sanasidan 30 (o’ttiz)
    kun oldin ogohlantirish yuborish orqali ijro etiladi.
  • 13.10
    Shartnoma, Tariflar, Tizim Qoidalariga o’zgartirish kiritilgan va yangi tahrirdagi Shartnoma,
    Tariflar, Tizim Qoidalarining ayrim shartlari bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda Tomonlar
    qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Shartnomani bekor qilish huquqiga egadirlar.
  • 13.11
    Shartnomaning asoslarning hech birisiz bekor qilinishi Tomonlarning Shartnoma bekor qilinguniga
    qadar bajarilmagan bir-birlari yoki Tizimning boshqa ishtirokchilari oldidagi moliyaviy
    majburiyatlarining, shu jumladan, o’zaro to’lovlar, neustoykalar va zararni qoplash miqdorining
    bekor qilinishiga olib kelmaydi.
  • 13.12
    Agar mazkur Shartnomaning amal qilish muddati tugashi vaqtida Tomonlar o’rtasida yakunlanmagan
    hisob-kitoblar, yoki Tomonlarning boshqa bajarilmagan majburiyatlari mavjud bo’ladigan bo’lsa, u
    holda Shartnoma bunday bajarilmagan majburiyatlar lozim darajada ijro etilguniga qadar amal
    qiladi.
  • 13.13
    O’zgartirishlar kiritilganligi bilan tanishish uchun berilgan muddat ichida ayrim bandlar bilan
    qo’shilmaslik holatlari mavjudligida Agent Tizim Operatoriga u va Tizim Operatori o’rtasida
    jismoniy shaxslarga Elektron pullarni realizatsiya qilish (tarqatish) maqsadida to’lov
    xizmatlarini ko’rsatish to’g’risida tuzilgan Shartnomani bekor qilish bo’yicha ogohlantirish
    jo’natish huquqiga ega. Shartnoma uning yangi tahriri kuchga kirgan sanadan boshlab xabardor
    qilinganidan so’ng bekor qilingan hisoblanadi.
  • 13.14
    Agent yangi tahrirdagi Shartnoma kuchga kirgan sanadan keyin Tizimdan foydalanishning har qanday
    shakli, jumladan, Tizim hamkorlarining infratuzilmalari vositasida foydalanish Shartnoma,
    Tariflar, Tizim Qoidalariga kiritilgan o’zgarishlarga so’zsiz rozilikni anglatishini tushunadi
    va qabul qiladi. Sharnomaning yangi qoidalari eski tahrirdagi qoidalariga nisbatan mutlaqo
    ustunlikka ega. Shartnomaga Qo’shimcha kelishuvlar tuzilmaydi.

14. BOSHQA SHARTLAR

  • 14.1
    Agent shartnoma tuzish orqali Tizim Operatoriga ovozli qo’ng’iroqlarni amalga oshirish huquqini
    beradi, shuningdek, Tizim Operatoridan, shu bilan birga, Tizim Operatorining boshqa vakolatli
    shaxslaridan ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvoq, Agent tomonidan Tizimda ro’yxatdan
    o’tish vaqtida qayd etilgan Shaxsiy kabinetiga reklama tarqatmalari, sms-xabarlari, Abonent
    raqami/elektron pochtasiga xabarlarni olish huquqini qo’lga kiritadi. Agent shuningdek, Tizim
    Operatoriga Elektron puldan foydalangan holda to’lovni amalga oshirilganligini tasdiqlash
    to’g’risidagi ma’lumotli so’rovlarni olish, Agentga Elektron pullarini ishlatgan holda
    To’lovning amalga oshirilganlik maqomi to’g’risidagi ma’lumotni jo’natish, Agentga boshqa
    ma’lumotlarni jo’natish uchun roziligini oladi.
  • 14.2
    Tizim Ishtirokchilari dasturiy apparat majmui vositasida elektron shaklda to’ldirilgan, oddiy
    yozma shakldagi tegishli hujjatlarga yuridik jihatdan teng bo’lgan hujjatlarni tan oladi.
  • 14.3
    Shartnomaning qandaydir qoidasi yoki sharti haqiqiy emas deb tan olingan taqdirda, mazkur
    vaziyat Shartnomaning qolgan shartlari va qoidalari hamda butun Shartnomani haqiqiy emasligiga
    olib kelmaydi.
  • 14.4
    Tomonlarning mazkur Shartnoma bo’yicha amalga oshiradigan har qanday harakatlarining sanasi va
    vaqti Toshkent vaqti bilan belgilanadi.
  • 14.5
    Tomonlar 2 (ikki) bank ish kunida bir-birini bank rekvizitlarining o’zgarganligi haqida
    ogohlantirish majburiyatini oladi.
  • 14.6
    Shartnomada ko’zda tutilmagan boshqa barcha holatlarda Tomonlar O’zbekiston Respublikasining
    amaldagi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.

TO’LOV TASHKILOTI
ООО «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY
AND INNOVATION» MChJ.
«A-Pay» ELEKTRON PULLAR
TIZIMI OPERATORI.

100090, O’zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
A. Qahhor ko’chasi,
9-tor ko’cha, 1a-uy

STIR: 306 344 019
h/r: 2020 8000 9050 6594 4001

AKB «TENGE BANK»

FAA:
01176,
Bank STIRi: 207 297 973
IFUT:
58290
Tel: (+99855) 500 11 10