Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

OMMAVIY OFERTA ELEKTRON PULLARDAN FOYDALANGAN HOLDA HISOB-KITOB ISHTIROKCHILARI O’RTASIDA AXBOROT VA TEXNOLOGIK O’ZARO HAMKORLIKNI TA’MINLASH BO’YICHA XIZMAT KO’RSATISH

20 Iyun, 2023

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367- va 369-moddalariga muvoq mazkur Shartnoma yuridik
shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (bundan keyin matnda – Merchant) qaratilgan direktor Ko Andrey
Nikitovich (bundan keyin matnda – Tizim Operatori) vakili bo’lgan «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND
INNOVATION» mas’uliyati cheklangan jamiyatning Ommaviy ofertasi hisoblanadi.«CENTER FOR DIGITAL
TECHNOLOGY AND INNOVATION» MChJ O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 09. 01. 2021 yildagi
21-sonli Litsenziyasi asosida To’lov Tashkiloti maqomiga ega, To’lov tashkilotlari Reyestrida ro’yxatdan
o’tgan, «A-Pay» Elektron pullar Tizimining Operatori hisoblanadi. Ushbu Ofertaning matni bilan batafsil
tanishib chiqing va uning qaysidir bandiga rozi bo’lmagan taqdiringizda «A-Pay» elektron pullar
Tizimining Operatori (bundan keyin matnda – Operator, Tizim operatori) Sizga mazkur Ofertaning akseptini
rad etishingizni taklif etadi.Mazkur shartnoma u Merchant tomonidan imzolangan paytdan boshlab tuzilgan
hisoblanadi. Mazkur Shartnoma maqsadlarida aksept deganda asosida «A-Pay» elektron pullar tizimida
Merchantning ro’yxatdan o’tganlik holati va ushbu Ofertaning shartlariga roziligini bildirishi
tushuniladi. Tizim Operatori ro’yxatdan o’tish vaqtida taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish va mazkur
Ofertaning akseptini rad etish huquqini o’zida olib qoladi.

1. UMUMIY QOIDALAR


  • 1.1

    «A-Pay» Elektron pullar tizimi (bundan keyin matnda – Tizim, «A-Pay» Tizimi) O’zbekiston
    Respublikasi qonunchiligi doirasida «A-Pay» tizimi ichida Elektron pullardan foydalangan holda
    to’lovlarni amalga oshiradi.

  • 1.2

    «A-Pay» Tizimi servis sifatida faoliyat olib borib, undan foydalanish https://www.A-Pay.uz
    manzilida joylashgan saytdagi Shaxsiy kabinet, «A-Pay» mobil ilovasi orqali yoki «A-Pay» tizimi
    Agenti dasturiy ta’minoti yordamida amalga oshiriladi.

  • 1.3

    «A-Pay» Elektron pullar Tizimi yordamida tovarlar va xizmatlar taqdim etuvchi tijorat va
    notijorat tashkilotlar foydasiga to’lovlarni, shuningdek, jismoniy shaxslar o’rtasida Elektron
    pullar jo’natmasini amalga oshirish mumkin.

  • 1.4

    Mazkur Shartnomada va unga bo’ladigan Qo’shimchalar va ilovalarda, shuningdek, ushbu Shartnoma
    bo’yicha har qanday yozishmalardagi barcha atamalar va ta’riflar Tizim Sayti va (yoki) mobil
    ilova orqali kirish mumkin bo’lgan «A-Pay» Elektron pullar Tizimining Qoidalariga (bunday keyin
    matnda – Qoidalar, Tizim Qoidalari) muvoq talqin etiladi.

  • 1.5

    Tizim Operatori va Merchant o’rtasidagi munosabatlar mazkur Shartnoma, «A-Pay» Tizimi Qoidalari,
    Tariflari, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvoq tartibga solinadi.

  • 1.6

    Mazkur Ofertaning aksept maqsadlarida Merchant Operator tomonidan belgilangan shakl bo’yicha
    «A-Pay» Tizimida ro’yxatdan o’tadi va Oferta shartlariga o’zining roziligini bildiradi. Merchant
    tomonidan mazkur Shartnomaning barcha shartlarini istisnosiz qabul qilinishi akseptni anglatadi.

  • 1.7

    Tizim Operatori tomonidan Oferta aksepti rad etilgan taqdirda Operator bu haqda yuridik shaxs
    yoki yakka tartibdagi tadbirkorni aloqaning har qanday vositasi bilan akseptning rad etilish
    sababini tushuntirmagan holda 5 (besh) ish kunida ma’lum qiladi.

  • 1.8

    Tizim Operatori Merchantga to’lovlar xizmatini taqdim etish doirasida axborot-texnologik yordam
    ko’rsatadi. Mazkur shartnomaning shartlari Tizim Operatori tomonidan belgilanadi va Merchant
    tomonidan mazkur Shartnomaning Aksept yo’li bilan to’laligicha, istisnolarsiz va cheklovlarsiz
    qabul qilinishi mumkin.

  • 1.9

    Tizim operatori bir tomonlama tartibda Shartnoma, Tizim Qoidalari, Tariflar, komission
    rag’batlantirishlar (bundan keyin matnda – Tariflar) shartlariga o’zgartirishlar kiritish
    huquqiga ega. Mazkur Shartnoma shartlari, Tariflari, Tizim Qoidalariga o’zgarishlar kiritilgan
    taqdirda Tizim Operatori Shartnoma, Tariflar, Tizim Qoidalarining yangi tahriri kuchga kirguniga
    qadar o’zgartirilgan tahrir matnini Tizimning Sayti va (yoki) mobil ilovasida e’lon qiladi,
    bunday o’zgarishlarning kuchga kirish muddatini ular e’lon qilingan kundan boshlab 15 (o’n besh)
    kalendar kundan kam bo’lmagan tartibda belgilaydi. Kiritilgan o’zgartirishlar bilan tanishish
    uchun berilgan muddat ichida ayrim bandlarga rozi bo’lmagan taqdirda Merchant Tizim Operatoriga
    u va Tizim Operatori o’rtasida tuzilgan Elektron pullarni ishlatgan holda hisob-kitob
    ishtirokchilari o’rtasida axborot va texnologiya hamkorligini ta’minlash bilan bog’liq xizmatlar
    ko’rsatish Shartnomalari bekor qilinganligi to’g’risida xabar yuborish huquqiga ega. Xabar
    jo’natilganda Shartnoma yangi tahrirdagi Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab bekor qilingan
    hisoblanadi.

  • 1.10

    Merchant yangi tahrirdagi Shartnoma kuchga kirgan sanadan keyin Tizimdan foydalanishning har
    qanday shakli, shu jumladan, Tizim hamkorlarining infratuzilmalari orqali foydalanish,
    Shartnoma, Tariflar, Tizim Qoidalariga kiritilgan o’zgartirishlarga so’zsiz roziligini anglatadi
    va qabul qiladi. Shartnomaning yangi qoidalari, Tariflar, Tizim Qoidalari eski tahrirdagi
    qoidalarning oldida mutlaqo ustunlikka egadir. Shartnomaga Qo’shimcha kelishuvlar tuzilmaydi.

2. SHARTNOMA PREDMETI


  • 2.1

    Mazkur Shartnoma Tizim Operatori va Merchant o’rtasidagi «A-Pay» Elektron pullar Tizimidagi
    ishtiroki, Merchantning Elektron pullar Egalaridan – jismoniy shaxslardan fuqarolik-huquqiy
    bitimlar bo’yicha to’lov sifatida Elektron pullarni olishi va Emitent tomonidan Merchantning
    Elektron pullarini qaytarishi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Merchant va Tizim
    Operatori o’rtasidagi o’zaro aloqa mazkur Shartnoma va Tizim Qoidalari asosida amalga
    oshiriladi.
  • 2.2.
    Tizimi Operatori Merchanga haq to’lash asosida quyidagi xizmatlarni ko’rsatadi:
  • 2.2.1
    «A-Pay» Tizimi Ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro axborot va texnologik aloqalarni ta’minlash
    bo’yicha;
  • 2.2.2
    Elektron pullar bilan bog’liq amaliyotlarning hisob-kitob ishtirokchilari uchun axborotni
    yig’ish, ishlov berish va tarqatish bo’yicha;
  • 2.2.3
    Merchantga Elektron hamyon ochish va unga Tizim doirasida to’liq texnik xiziat ko’rsatish
    bo’yicha;
  • 2.2.4
    Shartnoma doirasida Merchant «A-Pay» Tizimi orqali taqdim etilgan xizmatlar, tovarlar uchun
    to’lov sifatida Egalar-jismoniy shaxslardan Elektron pullarni qabul qiladi;
  • 2.2.5
    Tizim Operatorining ko’rsatmasiga ko’ra, Emitent Bank Merchantdan olingan Elektron pullarni
    uning bank hisob raqamiga teng miqdordagi summani o’tkazish orqali qaytaradi;
  • 2.3
    Tomonlarning har biri uni tegishli shaxs tomonidan taqdim etilishini va O’zbekiston Respublikasi
    qonunchiligiga muvoq Shartnoma doirasida harakat qilish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi.
  • 2.4
    Merchant tomonidan Elektron pullarni ishlatish amaliyotlari Tizimda ro’yxatda o’tganidan va
    masofaviy kirish orqali boshqariladigan Elektron hamyonga kirish huquqini olganidan so’ng amalga
    oshiriladi. Merchant o’zining ochiq elektron hamyoniga Elektron pullarni sotgan tovarlari,
    xizmatlari, ishlari uchun faqat Elektron pullarning Egalari-jismoniy shaxslardan oladi.
  • 2.5
    Elektron pul Egasi Elektron puldan foydalangan holda to’lovni amalga oshirganidan so’ng Tizim
    Elektron pullarning Egasiga mazkur pullarni ishlatgan holda amaliyot amalga oshirilganlik
    holatini tasdiqlovchi elektron chekni elektron xabar shaklida (bundan keyin matnda – savdo
    cheki) taqdim etadi, unda quyidagi majburiy rekvizitlar bo’ladi:
    1. to’lov miqdori;
    2. to’lovni amalga oshirish vaqti (soat, daqiqa, soniya) va sanasi (kun, oy, yil);
    3. tasdiqlovchi hujjatning raqami;
    4. yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxsning nomi (kodi), STIR raqami;
    5. to’lovni identifikatsiya qiluvchi tranzaktsiya kodi;
    6. elektron pullar egasi – jismoniy shaxs hamyonining identikatsion kodi;
    7. boshqa rekvizitlar (zarurat tug’ilganda).
  • 2.6
    Tizim tomonidan Tizim Qoidalarida qayd etilgan asoslar bo’yicha Merchantning Elektron
    hamyonidagi Elektron pullarni Elektron pullarni Egasining elektron hamyoniga qaytarish
    imkoniyati ko’zda tutiladi. Elektron pullarni jo’natuvchining elektron hamyoniga qaytarish
    tartibi, muddati va shartlari Tizim Qoidalarida belgilanadi.
  • 2.7
    Tomonlar Qoidalarning shartlari mazkur Shartnomaning shartlaridan ustun turishini ta’kidlaydilar
    va mazkur Shartnomaning ayrim qoidalari o’rtasida ziddiyat mavjud bo’lgan holatlarda Qoida
    ustunlikka ega hisoblanadi.
  • 2.8
    Tomonlar tizim Operatori oldindan to’lovlarni qabul qilish bo’yicha faoliyatni amalga
    oshirmasligini, shuningdek, bank amaliyotlarining ayrim turlarini hech qanday tarzda
    bajarmasligini alohida sharhlab o’tadilar va tasdiqlaydilar.

3. SHARTNOMANI (OFERTA AKSEPTINI) TUZISH VAQTI

  • 3.1
    Mazkur Shartnomaning matni ommaviy oferta (mazkur shartnomani tuzish takli bilan)
    hisoblanishiga asoslangan holda Merchant «A-Pay» Tizimida Operator tomonidan o’rnatilgan shakl
    bo’yicha ro’yxatdan o’tish mazkur ommaviy ofertaning Aksepti (mazkur shartnomani tuzish taklini
    qabul qilish bilan) hisoblanishini va Oferta shartlariga roziligining ifodasini tan oladi.
  • 3.2
    Mazkur Shartnomaning akseptini amalga oshirib, Merchant Tizimning Qoidalari, Tariflari bilan
    tanishish holatini tasdiqlaydi. Tizimning Qoidalari, Tariflari bilan Merchant
    https://www.A-Pay.uz. elektron manzili orqali tanishish imkoniga ega bo’ladi.

4. MERCHANTNING TIZIMDA RO’YXATDAN O’TKAZISH TARTIBI

  • 4.1
    «A-Pay» Tizimining Merchanti sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ro’yxatdan o’tish
    tartibida o’tishi zarur.
  • 4.2
    Ro’yxatdan o’tish tartibidan so’ng Merchantga «A-Pay» Tizimi doirasidagi lozim bo’lgan maqom
    beriladi va tegishli huquq taqdim etiladi.
  • 4.3
    Merchant Tizimga kirish uchun autentikatsion ma’lumotlar, parol maxy axborot ekanligiga
    rozilik beradi. Merchant Tizim Operatoriga Tizimga kirish huquqiga ega shaxslar haqidagi
    ma’lumotlarni taqdim etadi va Tizim Operatorini mazkur ma’lumotlar o’zgargan taqdirda zudlik
    bilan ogohlantirish majburiyatini oladi.

5. MOLIYAVIY SHARTLAR

  • 5.1
    Tizim Operatori haq to’lash hisobiga axborot-texnologik ko’rinishdagi xizmatlarni ko’rsatadi,
    bunda tizim Operatoriga to’lanadigan haq miqdori Merchant tomonidan mustaqil ravishda tanlangan
    hamda Tizim Operatorining saytida joylashtirilgan tarif bo’yicha belgilanadi. Operatorga haq
    to’lash Elektron pul o’tkazmalarining barcha miqdorlaridan elektron pul shaklida ushlab
    qolinadi. Haq to’lashni ushlab qolish Operator tomonidan Tizimda amaliyotlar o’tkazilayotganda
    amalga oshiriladi.
  • 5.2
    Tizim Operatori har oyda Merchantga bajarilgan ishlar to’g’risidagi dalolatnoma va hisob
    fakturasini elektron ko’rinishda keyingi hisobotga qadar oyning 10 (o’ninchi) sanasidan
    kechikmagan holda taqdim etadi. Merchant 10 (o’n) kalendar kuni davomida qo’yilgan hujjatlarni
    elektron hisob fakturalari operatori orqali imzolash majburiyatini oladi. Merchantda e’tiroz
    mavjud bo’lgan taqdirda u hujjatlar qo’yilganining 10 (o’n) kalendar kunida Tizim Operatoriga
    uni imzolamasligining asoslangan raddiyasini jo’natishi shart. Aks holda dalolatnoma va hisob
    fakturasi imzolangan, tizim Operatorining majburiyatlari to’la hajmda bajarilgan hisoblanadi.
    Tomonlarning ma’lumotlarida tafovut mavjudligida va Merchant tomonidan bajarilgan ish
    dalolatnomasi va hisob fakturasiga imzo chekishni rad etgani to’g’risidagi javobni yuborgan
    paytidan boshlab, 14 (o’n to’rt) kalendar kun ichida bunday tafovutlarni aniqlash va bartaraf
    etish imkoni bo’lmagan taqdirda o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun ushbu
    tafovutlarning sabablari aniqlanguniga qadar Tizim Operatorining ma’lumotlari asos qilib
    olinadi. Ular bartaraf etilganidan so’ng Tomonlar o’zaro to’lovlarning qiymatini tuzatadilar va
    zarurat tug’ilganda hujjatlarga tuzatishlar kiritadi.
  • 5.3
    «A-Pay» Tizimida Elektron pullarning harakatlanish tartibi Tizim Qoidalariga muvoq belgilanadi.

6. ТОМОНЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИ ВА МАЖБУРИЯТЛАРИ


  • 6.1
    Operator:
  • 6.1.1
    Merchant tegishli ro’yxatdan o’tish tartibini amalga oshirganidan so’ng unga elektron hamyon
    ochishga;
  • 6.1.2
    Tizim Qoidalariga muvoq Merchant tomonidan Elektron pullarning Merchantning elektron hamyoniga
    ishlashi va qabul qilinishini ta’minlashga;
  • 6.1.3
    Emitent Bankning Merchant tomonidan qabul qilingan Elektron pullarni Merchantning bank hisob
    raqamiga o’tkazish yo’li bilan yopilishini ta’minlashga majbur. Elektron pul egalari– jismoniy
    shaxslardan olingan Elektron pullarni qaytarish zarurligi to’g’risidagi ariza Merchant tomonidan
    Shartnomada nazarda tutilgan aloqaning elektron kanallari orqali jo’natiladi.
  • 6.1.4
    Merchantning so’rovi bo’yicha Operatorda mavjud va Tizim faolyatiga taaluqli bo’lgan Merchant
    uchun zarur har qanday me’yoriy ma’lumot axborotlarini, shuningdek, telefon, faks va elektron
    pochta bo’yicha maslahat ko’magini taqdim etadi. Ma’lumotlar va texnik vositalarni uchinchi
    shaxslarning qonunga zid harakatlaridan kompleks ravishda himoyalashni amalga oshirish;
  • 6.1.5
    O’zbekiston Respublikasining shaxsiy ma’lumotlar va ularni himoya qilish to’g’risidagi
    qonunchiligida belgilangan Merchant/Merchantning vakolatli shaxslarining shaxsiy ma’lumotlarini
    himoya qilinishini ta’minlovchi shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish; shaxsiy
    ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish holatini bartaraf etish imkoni bo’lmagan taqdirda uni o’z vaqtida
    aniqlash; shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning salbiy oqibatlaorini kamaytirish
    chora-tadbirlarini ko’rish;
  • 6.1.6
    Merchantga Elektron hamyonning interfeysiga tegishli elektron xabar yuborish orqali Elektron
    hamyonni to’ldirish bo’yicha har bir amaliyotning sodir etilishi to’g’risida xabar berish.
  • 6.1.7
    Xabarda Elektron pul Egalarining maqomini ko’rsatgan holda Elektron pul Egalari-jismoniy
    shaxslar tomonidan Elektron pullar bilan bog’liq amaliyotlar sodir etilganda ularning
    identikatsiyalangan va identikatsiyalanmagan sifatida aniqlash imkoniyatini ta’minlash.
  • 6.1.8
    Merchantning yozma so’rovi bo’yicha Elektron pullarni ishlatish amalga oshirilganligi
    amaliyotlari to’g’risidagi hisobotni elektron shaklda (Operator tomonidan ixtiyoriy ravishda
    tanlangan shaklda) so’rov olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kunida taqdim etish.
  • 6.1.9
    Tizimda nosozlik ro’y bergan, xakerlik hujumi oqibatida Bank ma’lumotlari bo’yicha Emitentning
    qoplashi amalga oshiriladigan Reyestrdagi ma’lumotlarning buzilishiga olib kelgan hollarda
    barcha zarur choralarni ko’rish (Operatorning ichki tartibiga muvoq).
  • 6.1.10
    Tizimning ishlashini ta’minlash bo’yicha boshqa majburiyatlarni bajarish, jumladan, Operator
    hamda Emitent o’rtasida tuzilgan shartnoma bo’yicha Operatorga yuklatilgan Tizimdagi Elektron
    pullar bilan amaliyotlarni o’tkazish uchun Tizim Ishtirokchilarini axborot texnologiyalari va
    amaliyotlar bilan ta’minlash.

  • 6.2
    Operator:
  • 6.2.1
    Merchantdan shartnoma majburiyatlarini bajarishini talab qilish;
  • 6.2.2
    Merchant tomonidan Elektron pullarni quyidagi hollarda ishlatish amaliyotlarini sodir etishni
    taqiqlash:
    1. Merchantdandan blokirovkalash zarurligi to’g’risida xabar olish;
    2. mazkur Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning Merchant tomonidan bajarilmasligi;
    3. Merchantning Elektron pullardan foydalanish talablari va shartlarini ga oshirishi;
    4. vakolatli organlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda
      tutilgan asosda Merchantning Elektron pullarini taqiqlab qo’yish;
    5. agar O’zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
      legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini
      tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida» gi Qonunida nazarda
      tutilgan holatlar mavjud bo’lsa;
  • 6.2.3
    Merchantning Tizimda ro’yxatdan o’tishini rad etish, shuningdek, tizimda ro’yxatdan o’tish
    paytida Merchant tomonidan ko’rsatilgan ma’lumotlar va Operatorga taqdim etilgan boshqa
    hujjatlar (shu jumladan, sayt va Merchantning biznesiga nisbatan) ishonchsizligi aniqlangan
    taqdirda Merchantning elektron hamyonini taqiqlash.
  • 6.2.4
    Merchantdan mazkur Shartnoma, Tizim Qoidalari va O’zbekiston Respublikasining amaldagi
    qonunchiligi bo’yicha majburiyatlarini bajarishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni so’rab olish.
  • 6.2.5
    Merchant tomonidan tizim Qoidalari va mazkur Shartnoma shartlariga rioya qilmagan hollar
    aniqlangan taqdirda uning tizimda ishlashini to’xtatib qo’yish
  • 6.2.6
    Uchinchi shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvoq Elektron pullarni
    yopib qo’yish to’g’risida murojaat tushgan taqdirda Merchantning Elektron hamyonidan akseptsiz,
    nizosiz tarzda (Merchantning qo’shimcha buyrug’i/ko’rsatmasisiz) Elektron pullarini olib qo’yish
    huquqlariga ega. Mazkur Shartnomani tuzar ekan Merchant Operator Bank Emitentiga O’zbekiston
    Respublikasi qonunchiligiga muvoq o’zining Elektron hamyonidan Elektron pullarining akseptsiz
    olib qo’yilishiga rozilik beradi.
  • 6.2.7
    Tizim Operatori mazkur Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini bajarish uchun o’zining qisman huquq
    va vakolatlarini uchinchi shaxslarga topshirish huquqiga ega. Operator tomonidan mazkur
    Shartnoma bo’yicha o’zining qisman huquq va vakolatlarini uchinchi shaxslarga topshirishi uni
    shartnoma bo’yicha ishlash majburiyatidan ozod qilmaydi va mazkur shartnoma bo’yicha
    majburiyatlar buzilganligi uchun javobgarlikdan soqit qilmaydi.
  • 6.2.8
    Tizim Operatori tovar, Merchantning xizmatlari, matnli, audiovizual, grak mazmundagi, surat
    ko’rinishidagi reklama axborot materiallari to’g’risidagi axborotni Merchant tomonidan axbrotni
    taqdim etish sharti bilan joylashtiradi. Bunda Operator Merchant tomonidan taqdim etilgan
    ma’lumotlarning qonunchilikka mos kelishini tekshirish va nazorat qilish majburiyatini olmaydi.
  • 6.2.9
    Tizim Operatori Mijozlar tomonidan ishkoyat qilingan, davlat idoralarining Merchantga va
    sotayotgan tovarlarga nisbatan murojaatlari yuzaga kelgan holatlarda barcha vaziyatga oydinlik
    kiritilguniga qadar Merchantning tovari to’g’risidagi axborotni, reklama axborot materiallarini
    joylashtirishni to’xtatib turadi.

  • 6.3
    Merchant quyidagilarga majbur hisoblanadi:
  • 6.3.1
    Mazkur Shartnoma, tizim Qoidalari, Tariflarda bayon etilgan talablar bilan tanishish va ularni
    bajarish.
  • 6.3.2
    Tizim Operatoriga «A-Pay» tizimida ro’yxatdan o’tish va mazkur tizim Merchanti sifatida
    faoliyatni amalga oshirishda ishonchli ma’lumotni taqdim etish. Tizim Operatori Merchant
    tomonidan taqdim etilgan ishonchsiz ma’lumot oqibatida kelib chiqqan zarar uchun javobgar
    hisoblanmaydi.
  • 6.3.3
    Merchantni Tizimda identikatsiyalash uchun Tizim Operatoriga Mijozlardan Elektron pullarni
    qabul qilishda zarur bo’lgan axborotni taqdim etishi.
  • 6.3.4
    Emitent tomonidan Merchantga tegishli bo’lgan Elektron pullar qoldig’i (uning qismi)
    to’laganidan so’ng olingan pul o’tkazmalarini oishirghish uchun kamida bitta bank himob raqamiga
    bo’lishi.
  • 6.3.5
    Tizimdan boshqa Ishtirokchilar, uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini,
    shuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi me’yorlarini buzmagan va ta’sir etmagan holda
    foydalanish.
  • 6.3.6
    Tizimdan foydalanish maqsadida unga Tizim Operatori, shuningdek, Emitent tomonidan berilgan
    maxy axborotni hech kimga bermaslik, shu jumladan, uchinchi shaxslarga o’z Hamyonidan
    foydalanishiga yo’l qo’ymaslik, o’ziga tegishli bo’lgan autentikatsiya ma’lumotlarini fosh
    qilmaslik.
  • 6.3.7
    Tizimga kirish moslamasining ishga layoqatliligi va axborotni himoyalash to’g’risida mustaqil
    ravishda qayg’urish.
  • 6.3.8
    Tizimning dasturiy ta’minotiga mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda
    to’liq yoki qisman o’zgartirishga harakat qilmaslik va kiritmaslik.
  • 6.3.9
    Merchant nomidan tizimga kirish huquqiga ega bo’lgan shaxsning ma’lumotlari o’zgargan taqdirda
    autentifikatsiya ma’lumotlariga o’z vaqtida o’zgarishlarni kiritish, «A-Pay» tizimi Operatorini
    bunday shaxs to’g’risidagi o’zgarish to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilish.
  • 6.3.10
    Elektron pul Egalarining-jismoniy shaxslarning o’tkazgan Elektron pullarini Merchantning
    Elektron hamyoniga ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov sifatida qabul qilish;
  • 6.3.11
    Elektron pul mablag’larini qaytarish to’g’risidagi elektron arizada O’zbekiston Respublikasidagi
    bankda ochilgan bank hisob raqamini pullarni qaytarish hisobiga naqd bo’lmagan shaklda
    hisob-kitob qilinishini ko’rsatish;
  • 6.3.12
    Elektron pullarni uni chiqargan Emitentlardan qat’i nazar, Merchant qabul qilishga majburdir.
  • 6.3.13
    Mijoz oldidagi o’z majburiyatlarini Elektron pullardan foydalanish bo’yicha tuzilgan
    fuqarolik-huquqiy bitimlarga muvoq tegishli tarzda bajarish.
  • 6.3.14
    Mijozga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha zarur rekvizitlar mavjud
    bo’lgan Elektron pullardan foydalanish bo’yicha to’lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi
    savdo chekini taqdim etish.
  • 6.3.15
    Mijozga pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, mazkur Shartnomaning shartlari
    va Tizim Qoidalariga muvoq ravishda qaytarilishini amalga oshirish.
  • 6.3.16
    O’zining autentifikatsion ma’lumotlarining xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlash va bunday
    ma’lumotlardan foydalangan holda Tizimda Merchant nomidan faoliyat olib borishga vakolatli
    hisoblanmagan shaxslarning hamyonlariga kirishini cheklash.
  • 6.3.17
    Amalga oshirilgan amaliyotlar to’g’risidagi ma’lumotlarni va amaliyotlarning amalga
    oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ularga ijro etilganidan so’ng 5 (besh) yildan kam
    bo’lmagan muddatga saqlash.
  • 6.3.18
    Elektron pullarning Egalari – jismoniy shaxslar bilan amaliyotlarni bajarish:
  • 6.3.18.1
    identikatsiya qilingan Elektron pul Egalasi – jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan
    bitta amaliyotning maksimal miqdorida, davlat tomonidan tegishli davr uchun o’rnatilgan 100
    (yuz) BHQ (bazaviy hisoblangan qiymat)ga teng bo’lgan miqdordan oshmagan holda;
  • 6.3.18.2
    identikatsiya qilinmagan Elektron pul Egasi – jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan
    bitta amaliyotning maksimal miqdorida, davlat tomonidan tegishli davr uchun o’rnatilgan 100
    (yuz) BHQ (bazaviy hisoblangan qiymat) ga teng bo’lgan miqdordan oshmagan holda;
  • 6.3.19
    Elektron pulning noto’g’ri o’tkazilishi, yo’qolishi, o’g’irlanishi va Elektron hamyondan
    ruxsatsiz foydalanish aniqlangan taqdirda bu haqda zudlik bilan Operatorga yozma ravishda xabar
    berish va Operatorning Call-markaziga va (yoki) elektron pochta orqali qo’ng’iroq qilib xabar
    berish.
  • 6.3.20
    Mazkur Shartnomaning 5. 1. 9-bandiga ko’ra yuzaga kelgan vaziyatga to’g’ri munosabatda bo’lish
    va Operatorga Reyestrlarning qayta jo’natilishida to’liq yordam ko’rsatish va sodir bo’lgan
    nosozlikning tahlili yakunlari bo’yicha qiymatni o’zaro hisob-kitob qilishni amalga oshirish.
  • 6.3.21
    «A-Pay» tizimi orqali noqonuniy moliyaviy amaliyotlar, noqonuniy savdo, jinoiy faoliyatdan
    olingan daromadlarni legallashtirish bo’yicha amaliyotlar, terrorizmni moliyalashtirish va
    ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishini moliyalashtirish va O’zbekiston Respublikasi
    qonunchiligini buzadigan boshqa amaliyotlarni amalga oshirmaslik.
  • 6.3.22
    Tovarlar/ishlar/xizmatlarni amalga oshirish to’xtatilgan yoki bekor qilingan holda, bu haqda
    Tizim Operatoriga zudlik bilan, biroq bunday harakatlar to’xtatilgan yoki bekor qilingan paytdan
    kechiktirmasdan xabar berish.
  • 6.3.23
    Elektron pul Egasi – jismoniy shaxs va Merchant o’rtasida amalga oshirilgan fuqarolik-huquqiy
    bitim to’xtatilib, Merchant va Elektron pul Egasi Operatorga Qoidalarda bayon etilgan tartibga
    muvoq murojaat etgan, Elektron pullar Merchantga Emitent Bank orqali qaytarilgan bo’lsa, u
    holda Elektron pul Egasi bilan uning Merchantning tovar/ishlar/xizmatlari uchun to’langan
    Elektron pullarning miqdorini qaytarish muddati va tartibini mustaqil (Bank va Opretorni jalb
    etmagan holda) kelishib olish.
  • 6.3.24
    Shaxsiy reklama-axborot materiallarining Tizim orqali tovarlar/ishlar/xizmatlar uchun to’lov
    usullari bilan bog’liq qismida «A-Pay» Tizimi to’g’risidagi ishonchli axborotni, shuningdek,
    Tizim haqidagi har qanday boshqa axborotni joylashtirish va qo’llab-qkuvatlash.
  • 6.3.25
    Merchantning Elektron hamyoni/bank hisob raqamiga noto’g’ri tushgan pullar, shuningdek, Elektron
    hamyonni yo’qotish, o’g’irlash va ruxsatsiz ishlatish bilan bog’liq faktlar aniqlangan taqdirda
    bu haqda Bank va Operatorni har qanday mumkin bo’lgan usullar bilan xabardor qilish.
    Merchantning Bank hisobiga adashib o’tkazilgan puli, noto’g’ri hisoblangan pul aniqlangan kundan
    boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida Bankka qaytarilishi kerak.
  • 6.3.26
    Operatordan Merchantning Elektron hamyoniga noto’g’ri hisoblangan elektron pullar tushganligi
    to’g’risida xabar (ma’lumot) kelib tushgan taqdirda Bankka yozma shaklda yoki elektron xabar
    orqali noto’g’ri summa olinganini tasdiqlash va Elektron hamyonidan mazkur xato mablag’ni
    aksepsiz olib qo’yilishiga roziligini bildirish;
  • 6.3.27
    Tizim operatori, bank Emitenti tomonidan tizim Operatori va Bankning Internet tarmog’idagi
    rasmiy sayti chop qilinayotgan xabarlarni kuzatib borish.
  • 6.3.28
    Tizim Operatoriga tovarlar, xizmatlar, ularga ega bo’lish shartlari, qiymati, to’lov tartibi,
    shuningdek, boshqa axborot to’g’risidagi reklama-axborot materiallarini berish. Merchant
    topshirilgan axborot umumqabul qilingan axloq-odob me’yorlarini buzadigan, O’ shahvoniy,
    pornograya, zo’ravonlik va zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlangan boshqa
    harakatlarni da’vat etuvchi materiallardan tashkil topmaganligini kafolatlaydi. Merchant
    topshirilgan axborotning ishonchliligini kafolatlaydi.
  • 6.3.29
    Merchant Tizim Mijozlari tomonidan tovarlar, xizmatlarni sotish reklama-axborot materiallarida
    aks etgan shartlar bo’yicha amalga oshirilishini kafolatlaydi.

  • 6.4
    Merchant quyidagi huquqlarga ega:
  • 6.4.1
    Tizim Operatoridan mazkur Shartnoma shartlariga muvoq barcha zarur ma’lumotlarni so’rash.
  • 6.4.2
    Elektron pullar egasidan bir tomonlama tartibda tovarlar va xizmatlar/ishlar uchun Elektron
    pullarni agar ular tomonidan qonunchilik va Tizim Qoidalarining talablariga rioya qilmagan,
    shuningdek, to’lov miqdori Elektron pullarning miqdoridan oshib ketgan hollarda qabul qilishni
    rad etishi.
  • 6.4.3
    Emitent Bankdan Operator orqali Elektron pullarning Egalari – jismoniy shaxslardan
    fuqarolik-huquqiy bitimlar bo’yicha to’lov sifatida o’zining elektron hamyoniga kelib tushgan
    Elektron pullarni qaytarishni talab etish.
  • 6.4.4
    O’zining ma’lumotlariga, shuningdek, Tizim Saytidagi Shaxsiy kabineti orqali tovarlar, ishlar,
    xizmatlarni sotish to’g’risidagi ma’lumotlarga o’zgartirishlar kiritish.
  • 6.4.5
    Tizim doirasida Operator bilan qo’shimcha kelishuvlar tuzish yo’li bilan mijozlarning sodiqlik
    (to’g’riligi) dasturini amalga oshirish.
  • 6.4.6
    Merchant Shartnomaga qo’shilish to’g’risidagi Ariza va unga tegishli hujjatlar jo’natilgan
    paytga qadar Tizim Operatori Merchant oldida hech qanday moliyaviy majburiyatni, jumladan, Mijoz
    tomonidan bajariladigan amaliyotlarga ishlov berilishini ta’minlash majburiyatini olmasligini
    tushunadi, anglab etadi va rozilik bildiradi. Merchant uning tomonidan Tizim Operatoriga Ariza
    va elektron hamyonni ochish bo’yicha barcha hujjatlarni taqdim etilishi tasdiqlangan paytga
    qadar Shartnomaning Tomonlarning o’zaro moliyaviy majburiyatlari bilan bog’liq qismi qonuniy
    kuchga kirmasligini tushunadi. Merchant qo’shilish, zarur hujjatlar to’g’risidagi arizani taqdim
    etishdan bosh tortishi, taqdim etmasligi va/yoki to’liq taqdim etmasligi Tomonlar o’rtasidagi
    Shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni ko’rsatish bilan bog’liq har qanday kelishuvlarini
    bekor qilish uchun asos hisoblanadi. Merchant «A-Pay» Tizim Operatori tomonidan ro’yxatdan
    o’tgandan so’ng qo’shilish to’g’risidagi Ariza va so’ralgan ro’yxat bo’yicha hujjatlarni taqdim
    etgan taqdirda to’lovlarni Elektron pullarda qabul qilish huquqi cheklanmasligini tan oladi.

7. ЭЛЕКТРОН ПУЛЛАРНИ ҚАЙТАРИШ ХИЗМАТЛАРИНИ КЎРСАТИШ ТАРТИБИ

  • 7.1
    Elektron pullarni qaytarish Merchantning qaytarish to’g’risidagi Arizasiga muvoq amalga
    oshiriladi. Merchant tomonidan berilgan ariza asosida Operator Emitent Bankka Elektron pullarni
    qaytarish bo’yicha tranzaktsiya reestirini jo’natadi. Operator Merchantning arizasini qabul
    qilib, Emitent bilan tuzilgan shartnomaga asosan Emitent Bank nomidan faoliyat olib boradi.
  • 7.2
    Elektron pullarni qaytarish davlat hokimiyatining vakolatli organlarining ko’rsatmasiga binoan
    majburiy tarzda Merchantni majburiy ogohlantirish orqali amalga oshiriladi.
  • 7.3
    Elektron pullarning ko’rsatilgan miqdorini qaytarishga ruxsat berilganligiga shubha uyg’ongan
    taqdirda Tizim Operatori Merchantdan mavjud reyestr bilan solishtirish maqsadida Merchant o’ziga
    qabul qilgan majburiyatlarni bajarishni tasdiqlovchi hujjatlarini talab qilish huquqiga ega
    bo’ladi.
  • 7.4
    Tizim Operatori tomonidan Merchantning Hamyoni blokirovkalangan taqdirda pulni qaytarish Hamyon
    ochilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas.
  • 7.5
    Elektron pullarni qaytarish tartibi Emitent tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi
    qonunchiligi doirasida mustaqil ravishda belgalinadi va o’rnatiladi.
  • 7.6
    Merchant tomonidan Elektron pullar taqdim etilgan taqdirda Emitent Merchantning bank hisob
    raqamiga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan Elektron pullarni qaytaradi.
  • 7.7
    Elektron pullarni qaytarish deganda: 1)Merchantning Emitentda ochgan bank hisob raqamiga agar
    pullar tranzaktsiyalar Reyestridagi ma’lumotlarga muvoq o’tkazilishi lozim bo’lsa, pullarni
    jo’natish va o’tkazish; 2) Merchantning Emitentdan tashqari boshqa moliyaviy tashkilotlarda
    ochgan bank hisob raqamiga agar pullar tranzaktsiyalar Reyestridagi ma’lumotlarga muvoq
    o’tkazilishi lozim bo’lsa, pullarni jo’natish (o’tkazish emas). Pullarni qaytarish jarayonida
    pullarni Emitent bankidan tashqari boshqa moliyaviy tashkilotlarda ochilgan hisob raqamiga
    o’tkazish tartibi va muddati mazkur moliyaviy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va
    Emitent/Operator bunday moliyaviy tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining muddati
    uchun javobgar hisoblanmaydi.
  • 7.8
    Merchantning Elektron pullarini qaytarish Emitent Bank tomonidan Merchant so’rov jo’natganidan
    va Tizim Operatori Emitent Reyestrga Elektron pullarni qaytarish to’g’risida tranzaktsiya
    jo’natganidan so’ng amalga oshiriladi. Merchantning Elektron pullarni qaytarish to’g’risida
    jo’natilgan Arizasi va Reyestr Emitent ish kunining 16. 00 gacha taqdim etilgan taqdirda Emitent
    o’zining joriy ish kuni davomida Merchantning hisob raqamiga Elektron pullarni qaytarish
    natijasida olingan pul mablag’i jo’natmasini (o’tkazmasini emas) bajaradi. Merchantning Elektron
    pullarni qaytarish to’g’risida jo’natilgan Arizasi va Reyestr Emitent ish kunining 16. 00 gacha
    taqdim etilgan taqdida Emitent o’zining joriy ish kuni davomida merchantning hisob raqamiga
    Elektron pullarni qaytarish natijasida olingan pul mablag’i jo’natmasini, har qanday holatda ham
    soat 12. 00 gacha (o’tkazmasini emas) amalga oshiradi. Emitent Bankida ochilgan hisob raqamiga
    pul mablag’larini o’tkazish Elektron pullarni qaytarish natijasida olingan pul mablag’lari hisob
    raqamiga jo’natilganidan so’ng 1 (bir) soat ichida o’tkaziladi. Pullarni qaytarish jarayonida
    pullarni Emitent bankidan tashqari boshqa moliyaviy tashkilotlarda ochilgan hisob raqamiga
    o’tkazish tartibi va muddati mazkur moliyaviy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va
    Emitent/Operator bunday moliyaviy tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining muddati
    uchun javobgar hisoblanmaydi
  • 7.9
    Merchantning Elektron pullarni qaytarish to’g’risidagi arizasi va tranzaktsiya Reyestri texnik
    integratsiya shaklida axborot kanallari orqali jo’natiladi. Merchant tomonidan qaytarib olish
    uchun taqdim etilgan amaliyotlar Reyestrini yuborishdan oldin Operator Merchantning hamyonidagi
    mavjud Elektron pullarning miqdorini tekshiradi va Elektron pullarni rejalashtirilayotgan
    qaytarishga ishlatmaslik imkoniyatlarini ta’minlaydi.

  • 7.10

    Merchant tomonidan mablag’larni qaytarish to’g’risida Emitent Bankka taqdim etiladigan
    arizasidagi umumiy miqdor Elektron hamyon balansidagi qoldiqdan oshib ketmasligi lozim.
  • 7.11
    Merchantga o’tkazilishi lozim bo’lgan tegishli pul miqdori Merchantning bank hisob raqamiga
    o’tkazmasi amalga oshirilgan paytdan boshlab, u Emitent Bank tomonidan to’langan hisoblanadi.
  • 7.12
    Elektron pullarni ruxsatsiz chiqarish holatlari mazkur Shartnomaning shartlariga nisbatan
    qo’llanilmaydi.

8. ФУҚАРОЛИК-ҲУҚУҚИЙ БИТИМЛАР БЎЙИЧА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ТЎЛОВЛАРНИ ҚАЙТАРИШ ТАРТИБИ

  • 8.1
    Merchant fuqarolik-huquqiy bitimlar bo’yicha to’lovlarni O’zbekiston Respublikasining
    iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaldagi qonunchiligi bo’yicha
    o’rnatilgan hollarda va tartibda amalga oshirish majburiyatini oladi.
  • 8.2
    Merchant agar u va Mijoz o’rtasidagi kelishuvda yanada uzoq muddat belgilanmagan bo’lsa, olingan
    Elektron pullarning qaytarilishini amalga oshirish bo’yicha majburiyatlarni tan olgan paytdan
    boshlab 2 (ikki) ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda qaytarish majburiyatini oladi.
  • 8.3
    Agar Elektron pullarni qaytarish mazkur Shartnomaning 6. 2. bandida ko’rsatilgan muddatda amalga
    oshirilmagan taqdirda Merchant Mijozga to’lovni ular mustaqil ravishda kelishgan boshqa usul
    orqali qaytarish majburiyatini oladi. Agar qaytarish Elektron pullar o’tkazmasidan a’lo darajada
    amalga oshirilgan bo’lsa, Merchant tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda Elektron pullarning
    qaytarilishini amalga oshirish bo’yicha arizani qaytarib olishga haqli hisoblanadi.
  • 8.4
    Qaytarish Qoidalarda nazarda tutilgan tartib va sharoitlarda amalga oshiriladi.

9. TOMONLARNING JAVOBGARLIKLARI

  • 9.1
    Tomonlar Shartnoma bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarini buzganliklari uchun Shartnoma, Tizim
    Qoidalari va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvoq javobgar hisoblanadi.
  • 9.2
    Merchant mazkur Shartnoma, Tizim Qoidalari, Tariflarning shartlari bilan tanishmaganligi
    munosabati bilan ko’rgan har qanday zarari uchun Operator/Bank javobgarlikni o’z zimmasiga
    olmaydi.
  • 9.3
    Operator/Bank Elektron pullarning ruxsatsiz chiqarilishi va Elektron pul Egalari – jismoniy
    shaxslardan sotilgan tovarlar/xizmatlar uchun to’lovlarga bunday pullarni qabul qilishda
    Merchant oldida javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
  • 9.4
    Operator / Bank Shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik
    uchun agar bunday bajarmaslik va/yoki lozim darajada bajarmaslik Merchantning yoki boshqa
    hisob-kitob Ishtirokchilarining aybi bilan sodir bo’lgan bo’lsa javobgar hisoblanmaydi.
  • 9.5
    Operator/Bank Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun agar
    bunday lozim darajada bajarmaslik Merchantning Elektron pullarni qaytarish to’g’risidagi
    Arizasida xato ma’lumotlarni qayd etgani bilan bog’liq bo’lsa, javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
  • 9.6
    Operator/Bank Merchant tomonidan Elektron pullar Egalariga sotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)
    ning sifati, butligi, shuningdek, boshqa iste’molchilik xususiyatlari uchun javobgarlikni
    zimmasiga olmaydi.
  • 9.7
    Tomonlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvoq maxy kalitlar, parollar va
    boshqa maxy axborotlarni saqlanishini ta’minlash, fosh etmaslik va uchinchi shaxslarga
    tarqatmaslik bo’yicha javobgarlikni zimmasiga oladi. Bunda Merchant maxy kalitlarni
    yo’qotganligi yoki maxy kalitlar, parollar va boshqa maxy axborotni yo’q qilganligi munosabati
    bilan Merchantda yuzaga kelgan barcha xarajat va zararlar uchun Merchant mustaqil ravishda javob
    beradi va Bankdan yoxud Operatordan ularni qoplashni talab etish huquqiga ega emas.
  • 9.8
    Tizim Operatori tizimning vaqtincha ishlamay qolishi, apparat yoki dasturiy ta’minotning
    ishlamay qolishi yoki uning aybisiz sodir bo’lgan xatolar uchun javobgar emas va Merchantning
    mumkin bo’lgan zararlari va qo’ldan boy bergan foydalari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga
    olmaydi.
  • 9.9
    Tizim Operatori boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan aloqa yo’nalishlarining sifati va
    unga tegishli bo’lmagan boshqa uskunalar, jumladan, boshqa tashkilotlarga tegishli bo’lgan
    ma’lumotlar uzatishning tranzit tarmoqlarining ishga layoqatsizligi uchvun javobgar
    hisoblanamaydi.
  • 9.10
    Tizim Operatori Merchantning «A-Pay» tizimga kirishni ta’minlaydigan apparat vositalari
    ishlashidagi nosozliklar uchun javobgar emas va buning hisobiga Merchantning foydasiga
    etkazilgan zarar va yo’qotishlar uchun javob bermaydi.
  • 9.11
    Tomonlardan biri Shartnoma shartlarini buzgan taqdirda boshqa Tomon buzilish holati aniqlangan
    paytdan boshlab 2 (ikki) ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda buzilganlik holati, vaqti va
    joyi, shuningdek, Shartnoma shartining buzilish holatini isbotlovchi dalillar ko’rsatgan
    tartibdagi e’tirozni jo’natish majburiyatini oladi. E’tirozni olgan Tomon uni olgan kundan
    boshlab 5 (besh) ish kuni davomida e’tirozga nisbatan asoslangan javobni jo’natishi shart. Agar
    Tomonlar o’zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda ular Toshkent shahrining iqtisodiy masalalar
    bo’yicha tumanlararo sudiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
  • 9.12
    Neustoyka (shartnomadagi biron-bir majburiyatni vaqtida bajarmaganlik uchun jarima), penya,
    jarimani to’lashga aybdor Tomonni Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini tegishlicha
    bajarishdan ozod etmaydi.
  • 9.13
    Dasturiy ta’minotda texnik xatolar aniqlangan taqdirda uning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan
    Tomonlar bunday nosozliklarni bartarf etishning barcha chora-tadbirlarini zudlik bilan ko’rish
    majburiyatini oladi. Agar xatolarni 2 (ikki) hafta davomida bartaraf etish imkoni bo’lmagan
    taqdirda boshqa Tomon 2 (ikki) hafta o’tganidan keyin xatolarni bartaraf etish bo’yicha
    bajarilgan ishlar to’g’risida hisobot berilishini talab qilish huquqiga ega.
  • 9.14
    Mazkur Shartonmaning 8. 13-bandida qayd etilgan holatlar aniqlagan Tomon boshqa Tomonni
    aniqlangan paytdan boshlab 24 (yigirma to’rt) soat davomida xabardor etish majburiyatini oladi.
  • 9.15
    Tomonlar Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini mazkur Shartnomada ko’zda tutilmagan holatlarda
    bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani taqdirida O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
    muvoq javobgarlikka tortiladi.
  • 9.16
    Tizim Operatori o’z xizmatlarini reklama qilishda Agent tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni
    reklama qilish va ushbu Shartnomada qayd etilgan xizmatlarni, savdo belgilarini, xizmat
    ko’rsatish belgilarini, tovarning nomlanishini, tasvirini, Agentning logotipini bepul taqdim
    etish huquqiga ega. Agent bunday savdo belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari, tovarning
    nomlanishi, tasviri, logotiplarini qo’llash uchinchi shaxslarning qonun bo’yicha belgilangan va
    himoyalanadigan huquqlarini buzmasligini kafolatlaydi.
  • 9.17
    Agar Tizim Operatoriga Agent tomonidan taqdim etilgan tasvirlar, logotiplar, tovar belgilari,
    xizmat ko’rsatish belgilari va savdo nomlarini noto’g’ri ishlatishiga nisbatan da’volar va/yoki
    sud da’volari kelib tushsa, u holda Agent nizoni hal qilishda ishtirok etish, bunday
    e’tirozlarni o’z hisobidan hal qilish, jumladan, tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari,
    logotiplar, savdo nomlari, tasvirlarni o’z mablag’i hisobidan noto’g’ri ishlatishi natijasida
    uchinchi shaxslarga, shuningdek, jabrlangan tomonga etkazilgan zararni qoplash majburiyatini
    oladi.

10. FORS-MAJOR HOLATLARI

  • 10.1
    Agar Tomonlardan qaysidir biri Shartnoma bo’yicha majburiyatlarini u engib o’ta olmaydigan
    vaziyat va (yoki) Shartnoma tuzilguniga qadar noma’lum bo’lgan yoki bartaraf etib bo’lmaydigan,
    jumladan, suv toshqini, yong’in, sel kelishi, zilzila, urush, harbiy harakatlar, qamallar,
    eksport va importni taqiqlash, epidemiologik vaziyat kabi favqulodda holatlar yuzaga kelishi
    tufayli mazkur Shartnomada ko’rsatilgan to’liq yoki qisman bajarish layoqatiga ega bo’lmagan
    taqdirida mazkur Shartnomada ko’rsatilgan muddatlar bunday fors-majorli vaziyatlar amal qilish
    muddatiga qadar uzaytirilishi lozim. Agar bunday vaziyatlar yoki ularning oqibatlari 90
    (to’qson) kundan oshsa, Tomonlardan istalgan biri Shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga
    ega bo’ladi.
  • 10.2
    O’z majburiyatlarini bajarishga layoqatsiz Tomon boshqa Tomonni bunday fors-majorli holat paydo
    bo’lgani haqida zudlik bilan ogohlantirishi lozim. Fors-majorli vaziyatning mavjudligini
    tasdiqlash uchun tegishli davlat idorasi tomonidan imzolab berilgan ma’lumotnoma talab qilinadi.
    Mazkur ma’lumotnoma bunday fors-majorli vaziyat yuzaga kelganidan so’ng 10 (o’n) kun davomida
    boshqa Tomonga taqdim etilishi lozim.
  • 10.3
    Agar Tomonlardan biriga nisbatan bunday vaziyat 90 (to’qson) kalendar kunidan ortiq davom etgan
    taqdirda boshqa Tomon mazkur Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega
    bo’ladi, bunda u ikkinchi Tomonni bekor qilgunga qadar 10 (o’ng) kalendar kunidan
    kechiktirmasdan albatta ogohlantirishi lozim bo’ladi. Mazkur bandga muvoq Shartnomani bekor
    qilish shartnoma bekor qilinguniga qadar mavjud bo’lgan o’zaro majburiyatlarning bekor
    qilinishiga olib kelmaydi.

11. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI


  • 11.1

    Mazkur Shartnomada yuzaga kelgan barcha bahsli masalalar muzokaralar va yozma da’vo yuborish
    yo’li bilan hal qilinadi. Da’vo qabul qilgan tomon, qabul qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish
    kuni ichida javob yuborishga majbur. Agar da’vo Tomonlarning rekvizitlari bo’yicha jo’natilgan
    bo’lsa, agar u shaxsan topshirilgan, telefaks orqali jo’natilgan, buyurtma xat yoki kuryerlik
    xizmati orqali jo’natilgan bo’lsa, da’vo tegishli tarzda topshirilgan hisoblanadi
  • 11.2
    Agar muzokaralar yo’li bilan kelishuvga erishilmasa, mazkur Shartnoma bilan bog’liq yoki uning
    buzilishi, bekor qilinishi, haqiqiy emasligi sababli yuzaga kelgan barcha nizolar,
    kelishmovchiliklar, talablar Toshkent shahrining iqtisodiyot bo’yicha tumanlararo sudida hal
    qilinadi (shartnomaviy sudgacha bo’lgan jarayon).

12. MAXFIYLIK

  • 12.1
    Tomonlar tijorat va bank siri hisoblangan ma’lumotlarning maxyligini saqlashlari shart.
  • 12.2
    Tomonlar har bir Tomon uchun maxy bo’lgan mazkur Shartnomani amalga oshirishi jarayonida
    olingan ma’lumotlarni oshkor qilmaslikni o’z zimmalariga oladilar. Mazkur Shartnomada maxylik
    deganda fosh qilinishi Tomonlardan birining zarar ko’rishiga va/yoki ishbilarmonlik nufo’ziga
    ta’sir ko’rsatishga olib kelishi mumkin bo’lgan, hamma o’rganilishi mumkin bo’lmagan ma’lumotlar
    tushuniladi.
  • 12.3
    Merchant maxylikni saqlash va o’zining Tizimga kirish ma’lumotlarini tarqatmaslik uchun
    javobgardir.
  • 12.4
    Merchant mustaqil ravishda o’zining autentikatsiya ma’lumotlarini himoya qilish bo’yicha
    choralar ko’rishi va uning mumkin bo’lgan loqaydligi oqibatida Merchantning ma’lumotlaridan
    foydalangan holda «A-Pay» tizimi resurlariga ruxsatsiz kirish, uchinchi shaxslar tomonidan
    jinoiy tajovuzlar, zararli dasturiy harakatlar yoki ko’zda tutilmagan harakatlarning oldini
    olish majburiyatini zimmasiga oladi.
  • 12.5
    Merchant uning tomonidan autentikatsiya ma’lumotlarini yo’qotishi natijasida tizimdan uchinchi
    shaxslarning foydalanish xav to’g’risida tizim Operatorini zudlik bilan ogohlantirish
    majburiyatni oladi.
  • 12.6
    Tomonlar har qanday uchinchi Tomonning O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik
    hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari tijorat va bank sirini fosh etmaslik bo’yicha
    zarur choralarini ko’rishga majburdir. Olingan ma’lumot bilan faqat Tomonlarning xodimi bo’lgan
    shaxslar va mazkur shartnomaning ijrosi bilan bevosita bog’liq bo’linmalar tanishadilar.
  • 12.7
    Merchant tizim Operatoriga tizimning ishlashini ta’minlash, Merchantning topshiriqlarini
    bajarish, qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish va boshqa zarur hollarda Merchantning har qanday
    rekvizitlarini, Merchantning tizimdagi amaliyotlari haqidagi ma’lumotlarni Emitent bankiga
    berish imkoniyatini taqdim etadi.
  • 12.8
    Shartnomaning 11-bandi uning amal qilish muddati tugaganidan so’ng, 5 yil davomida amal qiladi.

13. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

  • 13.1
    Mazkur Shartnoma ushbu Oferta Aksepti vaqtidan kuchga kiradi va 12 (o’n ikki) oy davomida amal
    qiladi.
  • 13.2
    Tomonlarning hech biri boshqa Tomonga Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan 30 (o’ttiz)
    kun avval, uni bekor qilish to’g’risida yozma xabar yubormagan bo’lsa, Shartnoma noma’lum
    muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
  • 13.3
    Ushbu Ofertaning Merchant tomonidan aksepti deganda Merchantning mazkur Shartnomalar, Tizim
    Qoidalari, Tariflarning shartlarini to’liq va so’zsiz, hech qanday istisnolarsiz va
    cheklovlarsiz qabul qilishini anglatadi va bu ikki tomonlama yozma Shartnoma tuzish bilan
    tengdir.
  • 13.4
    13. 4. Merchant Tizim Operatorining istalgan vaqtda mazkur Shartnomaga, Tariflarga va «A-Pay»
    Tizimi Qoidasiga bir tomonlama tartibda o’zgartirish kiritish huquqiga ega. Shartnoma, Tariflar,
    Tizim Qoidalariga kiritilgan qayd etilgan o’zgarish va qo’shimchalar yangi tahrirdagi Shartnoma,
    Tizim Qoidalari, Tariflar, qayd etilgan o’zgarishlar agar ular Tizim Operatorining saytida
    joylashtirilishida undan ko’proq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, chop etilganidan 15 (o’n besh)
    kalendar kunidan o’tib kuchga kiradi. Shartnoma, Tariflar, Tizimning Qoidalarining dolzarb
    tahriri bilan tanishish majburiyati Merchantga yuklatilgan. O’zgarishlar kuchga kirgandan so’ng
    «A-Pay» tizimidan foydalanish deganda Tomonlar bu o’zgarishlarni so’zsiz qabul qilishi
    tushuniladi.
  • 13.5
    Agar Merchant «A-Pay» Tizimining ishtirokchisi bo’lishni to’xtatsa, bunday hollarda mazkur
    shartnoma avtomatik ravishda bekor qilinadi.
  • 13.6
    Agar Shartnomaning bir yoki bir necha qoidalari O’zbekiston Respublikasining amaldagi
    qonunchiligiga o’zgartirish kiritilishi munosabati bilan haqiqiy emas deb hisoblansa yoki shunga
    aylansa, u holda Shartnomaning boshqa qoidalarining amal qilinishini to’xtatish uchun asos
    bo’lib hisoblanmaydi.
  • 13.7
    Tomonlarning kelishuviga binoan Shartnoma muddatidan avval bekor qilinishi mumkin.
  • 13.8
    Tomonlardan birining Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishi boshqa Tomonning mazkur
    Shartnoma shartlarini 6 oy davomida bir necha marta jiddiy buzishi (ikki yoki undan ortiq)
    holatlarida, bekor qilinishi sanasidan kamida 15 (o’n besh) kalendar kun oldin boshqa Tomonning
    manziliga yozma shakldagi ogohlantirishni jo’natgan holda amalga oshiriladi
  • 13.9
    Tomonlardan birining tashabbusi bilan Shartnomaning muddatidan oldin bekor qilinishi, bunday
    bekor qilish sabablaridan qat’i nazar, boshqa Tomonga bunday bekor qilish sanasidan 30 (o’ttiz)
    kun oldin ogohlantirish yuborish orqali ijro etiladi.
  • 13.10
    Shartnoma, Tariflar, Tizim Qoidalariga o’zgartirish kiritilgan va yangi tahrirdagi Shartnoma,
    Tariflar, Tizim Qoidalarining ayrim shartlari bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda Tomonlar
    qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Shartnomani bekor qilish huquqiga egadirlar.
  • 13.11
    Shartnomaning asoslarning hech birisiz bekor qilinishi Tomonlarning Shartnoma bekor qilinguniga
    qadar bajarilmagan bir-birlari yoki Tizimning boshqa ishtirokchilari oldidagi moliyaviy
    majburiyatlarining, shu jumladan, o’zaro to’lovlar, neustoykalar va zararni qoplash miqdorining
    bekor qilinishiga olib kelmaydi.
  • 13.12
    Agar mazkur Shartnomaning amal qilish muddati tugashi vaqtida Tomonlar o’rtasida yakunlanmagan
    hisob-kitoblar, yoki Tomonlarning boshqa bajarilmagan majburiyatlari mavjud bo’ladigan bo’lsa, u
    holda Shartnoma bunday bajarilmagan majburiyatlar lozim darajada ijro etilguniga qadar amal
    qiladi.

14. TIZIM OPERATORI VA MERCHANTNING O’ZARO TEXNIK HAMKORLIGI

  • 14.1
    Merchantning tizimi bilan o’zaro texnik hamkorlikni sozlash va sinab ko’rish mazkur Shartnoma
    tartibi va shartlariga ko’ra amalga oshiriladi.
  • 14.2
    «A-Pay» Tizimi va Merchantning tizimlari o’rtasidagi o’zaro texnik aloqa billingi yoki
    billingsiz API o’zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi.
  • 14.3
    Merchant texnik o’zaro aloqani sozlash va sinovdan o’tkazilishini amalga oshirish uchun Tizim
    Operatoriga zarur ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi.
  • 14.4
    O’zaro aloqa amalga oshirilayotgan Tizimga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda,
    o’zgartirishlarni kiritgan Tomonlar boshqa tomonni 2 (ikki) haftadan kechikmasdan xabardor
    qilishi shart. Sinovdan o’tkazish takroran olib boriladi.
  • 14.5
    Merchantda billing yoki billingsiz API orqali o’zaro aloqa uchun texnik imkoniyatlar yo’lq
    bo’lmagan taqdirda Merchant Mijozlarning so’rovlariga Merchantning Shaxsiy kabinetida birma-bir
    ishlov berish majburiyatini oladi.

14. BOSHQA SHARTLAR

  • 15.1
    Merchant Shartnoma tuzish orqali Tizim Operatoriga ovozli qo’ng’iroqlarni amalga oshirish
    huquqini beradi, shuningdek, Tizim Operatoridan, shu bilan birga, Tizim Operatorining boshqa
    vakolatli shaxslaridan ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvoq, Merchant tomonidan Tizimda
    ro’yxatdan o’tish vaqtida qayd etilgan Shaxsiy kabinetiga reklama tarqatmalari, sms-xabarlari,
    Abonent raqami/elektron pochtasiga xabarlarni olish huquqini qo’lga kiritadi. Merchant
    shuningdek, Tizim Operatoriga Elektron puldan foydalangan holda to’lovni amalga oshirilganligini
    tasdiqlash to’g’risidagi ma’lumot so’rovlarni olish, Merchantga Elektron pullarini ishlatish
    orqali to’lovning amalga oshirilganlik maqomi to’g’risidagi ma’lumotni jo’natish, Merchantga
    boshqa ma’lumotlarni jo’natish uchun roziligini bildiradi.
  • 15.2
    15. 2. Tizim Ishtirokchilari dasturiy apparat majmui vositasida elektron shaklda to’ldirilgan,
    oddiy yozma shakldagi tegishli hujjatlarga yuridik jihatdan teng bo’lgan hujjatlarni tan oladi.
  • 15.3
    Shartnomaning qandaydir qoidasi yoki sharti haqiqiy emas deb tan olingan taqdirda, mazkur
    vaziyat Shartnomaning qolgan shartlari va qoidalari hamda butun Shartnomani haqiqiy emasligiga
    olib kelmaydi.
  • 15.4
    Merchant mazkur Shartnomani tuzish orqali Tizim Operatoriga Tizimda tovar haqidagi matnli,
    audiovizual, grak mazmundagi ma’lumotlar, axborot materiallarini, xizmatlarini, aktsiyalar va
    boshqalarni taqdim etadi. Merchant tomonidan taqdim etilgan tovar belgilari, xizmat ko’rsatish
    belgilari, tovarlarning vizual belgi vositalaridan foydalanish, to’lovsiz xizmat ko’rsatish
    xizmatlaridan foydalanish huquqini taqdim etadi.
  • 15.5
    Tomonlar 2 (ikki) bank ish kuni davomida bir-birini bank rekvizitlariga o’zgartirishlar
    kiritilganligi to’g’risida ogohlantirish majburiyatini oladi.
  • 15.6
    Shartnomada ko’zda tutilmagan boshqa barcha holatlarda Tomonlar O’zbekiston Respublikasining
    amaldagi qonunchiligiga muvoq harakat qiladilar.

TO’LOV TASHKILOTI
ООО «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY
AND INNOVATION» MChJ.
«A-Pay» ELEKTRON PULLAR
TIZIMI OPERATORI.

100090, O’zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
A. Qahhor ko’chasi,
9-tor ko’cha, 1a-uy

STIR: 306 344 019
h/r: 2020 8000 9050 6594 4001

AKB «TENGE BANK»

FAA:
01176,
Bank STIRi: 207 297 973
IFUT:
58290
Tel: (+99855) 500 11 10