Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Oilaviy byudjetni qanday rejalashtirish lozim?

24 Avgust, 2022

Yolgʻiz yoki oilangiz bilan yashayotganingizning ahamiyati yoʻq: daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish — zaruriyat.
Ushbu maqolada biz qanday qilib oilaviy byudjetni toʻgʻri tuzish haqida maslahat beramiz.

Oila qanchalik katta boʻlsa, sarflar shunchalik koʻp boʻladi — rejalashtirilgani ham, kutilmaganlari ham: bu yerda farzandning toʻsatdan kasal boʻlib qolishi ham, adasining yirtilib qolgan qishki etigi ham, yaqin dugonaning yoddan koʻtarilgan tugʻlgan kuni ham bor.
Bunday kutilmagan holatlar va ularni hal qilish toʻgʻrisida biz oldingi maqolalarimizda eslatib oʻtgandik, shuning uchun birinchi maslahat: moliyaviy yostiq yigʻib boring!
Toʻplangan zaxira mablagʻlar paydo boʻlgan muammmoni hal qilishga asosiy daromaddan pul sarflamaslikka imkon beradi.

Ikkinchi maslahat: xarajatlardan qaysinisi asosiy, yaʼni bularsiz iloji yoʻq narsa ekanligini belgilab oling: ovqat, uy-joy ipotekasi yoki ijarasini toʻlash, kreditlar va muddatli toʻlovlarni toʻlash, bolalarning oʻqishiga pul toʻlash, moliyaviy yostiqqa ajratmalar va sh.k.
Endi ish haqingiz va oilangizning boshqa daromadlaridan asosiy xarajatlarni chiqarib tashlang, shunda sizda boshqa xarajatlarga qancha summa qolishi haqida yaqqol tasavvurga ega boʻlasiz.

Uchinchi maslahat: oʻtgan oylar uchun oilaviy sarflarni tahlil qilishga bir-ikki soat ajrating — baʼzan har xil keraksiz, mayda-chuyda narsalarga qancha pul sarflanganiga hayron qolasiz! Kelgusida bu sizga xarajatlarni samaraliroq nazorat qilishingizga yordam beradi.

Toʻrtinchi maslahat: qiyin boʻlmagan maqsadlar qoʻyishni boshlang, masalan, ishga ketayotganda yoʻl-yoʻlakay taom olish oʻrniga, uydagi ovqatni yeyish. Tejalgan pullarni taʼtilga deb ajratib qoʻying.

Nihoyat, oxirgi – beshinchi maslahat: xarajatlarni nazorat qilish va pullaringizni butun saqlash uchun A-Pay ilovasini yuklab oling.

Bepul universal kartaga buyurtma bering, tovarlar va xizmatlar uchun A-Pay elektron hamyonidan toʻlang va 2%lik keshbek oling!

A-Pay bilan yangi usulda pul toʻlang, oʻtkazing, yigʻing!