Xufiyona tadbirkorlik davlatga ham, shaxsning oʻziga ham zarar keltiruvchi keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Oʻzini oʻzi band qilish orqali biznesni qonuniylashtirish toʻgʻri va foydali yechimdir. Nima uchun, deysizmi? Bizning maqolamiz orqali shu haqda bilib olishingiz mumkin.
Qonuniylashtirish nima uchun kerak?
Biznesni qonuniylashtirish – har bir tadbirkorning hayotidagi zarur bosqich, hatto u xususiy xizmatlarni taklif qilganda ham, masalan:
- Oʻqitish va repetitorlik;
- Kichik maishiy xizmatlar koʻrsatish;
- Mashinalarni yuvish;
- Landshaft dizayni xizmatlari;
- Bolalar va qariyalarga qarash va gʻamxoʻrlik qilish.
Noqonuniy tadbirkor doimo xavf va ehtimoliy jarimalar haqida qaygʻurishiga toʻgʻri keladi. U qonun bilan himoyalanmaydi, uning mehnati ish stajida hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, tadbirkor soliq toʻlamasligi bilan davlat rivojiga fuqarolik hissasini qoʻshmaydi.
Oʻzbekistonda tadbirkorlar noqonuniy biznesining “xufiyona” zonasidan bemalol chiqib ketishi uchun koʻplab sharoitlar yaratilgan.
Oʻzini oʻzi band qilish nima?
Bu biznes yuritishning eng yangi va oddiy shakli.
Oʻzini oʻzi band qilishning afzalliklari:
- Biznes faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tatbiq etilmaydi;
- Yiliga faqat 1 BHM ijtimoiy soliq toʻlanadi;
- Ish staji yuritiladi;
- Buxgalteriya, soliq va moliyaviy hisobotlarni yuritish shart boʻlmaydi;
- Ham jismoniy, ham yuridik shaxslar bilan ishlash, shuningdek, xorijiy boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish mumkin;
- Yuridik manzil majburiy emas – uydan turib ishlashga ruxsat beriladi.
Oʻzini oʻzi band qilishning kamchiliklari:
- Ruxsat berilgan faoliyatlardagi cheklovlar: ular 97 ta (Toʻliq roʻyxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/ru/docs/4849605);
- Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yollangan xodimlar mehnatidan foydalanishga haqli emas;
- YаTT yoki boshqa tashkilot xodimi oʻzini oʻzi band qilishi mumkin emas, ammo boshqa MChJlarda taʼsischi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.
Oʻzini oʻzi band qilish xufiyona jarayonlarni qonuniylashtirish maqsadida davlat tomonidan yaratilgan ajoyib imkoniyat!
Biznesingizni qonuniylashtirishni soddalashtirish uchun esa A-Pay Businessʼga ulaning!
Sizni yangi imkoniyatlar, hamkorlik bonuslari va bepul reklama, shuningdek, qulay toʻlov usullari kutmoqda!