Naqd pulmi yoki karta? Xorijga chiqishda oʻzingiz bilan qaysi birini olganingiz maʼqul?
Ushbu savollar sayohatga yoki xizmat safariga ketayotgan har qanday shaxsga yaxshi maʼlum. Karta yoki naqd pul? Dollar yoki mahalliy valyuta?
Maqolamizdan shu haqda barcha tafsilotlarni bilib oling!
Safarga qanday tayyorgarlik koʻrish lozim?
Boshqa mamlakatga joʻnab ketishdan oldin nimalar qilish maqsadga muvofiq:
- Dastlabki xarajatlar uchun pullaringizni ayirboshlang (aeroportdan shaharga borish, tushlik hamda kichik xaridlar uchun);
- Yevro yoki dollarni eng yaxshi kurs boʻyicha xarid qiling va ularni kartangizga joylashtiring;
- Yangi mamlakatda dollarni aynan kayerda manfaatli ayirboshlashingiz mumkinligini bilib oling (aeroportlar va mehmonxonalarda ayirboshlash tavsiya etilmaydi, u yerda valyuta kursi past boʻladi);
- Siz karta ochgan bankning tariflarini oʻrganib chiqing. Bank valyutalarni konvertatsiya qiladigan kursga hamda xorijdagi tranzaksiyalar uchun komissiya mavjud yoki mavjud emasligiga aniqlik kiriting.
Naqdmi yoki karta?
Yaxshisi, ikkalasini ham olganingiz maʼqul. Turli vaziyatlar yuzaga kelishini hisobga olgan holda, imkon qadar toʻlov variantlariga ega boʻlgan maʼqul. Bu bilan Siz pullaringizni yoʻqotish yoki oʻgʻirlatib qoʻyish xavfini kamaytirgan boʻlasiz.
- Naqd pulning afzalliklari:
Karta orqali toʻlovni amalga oshirish mumkin boʻlmagan vaziyatlarda (toʻlovni qabul qilmaslik, terminal nosozligi, maʼlum sabablarga koʻra bank kartangiz bloklanish holatlari) naqd pul Sizga qoʻl keladi. Kartadan naqd pul yechish odatda foydali emas, chunki (bankomat va kartaga xizmat koʻrsatuvchi) banklarga ikki baravar komissiya toʻlashga toʻgʻri keladi.
- Kartaning afzalliklari:
Qulaylik va xarajatlarni nazorat qilish imkonining mavjudligi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda kartalardan foydalaniladi. Bu toʻlovning xavfsiz usuli, shuningdek, Siz pullaringizni qayerda saqlash toʻgʻrisida qaygʻurmasangiz ham boʻladi.
Qanday karta olib ketgan maʼqul?
Yevropa mamlakatlarida: siz yevro joylashtirgan Mastercard.
AQSH, Kanada, Osiyo va toʻlovni dollar orqali amalga oshirish keng tarqalgan boshqa mamlakatlarda: dollar mavjud boʻlgan Visa kartasi
Yodda tuting: agar Siz asosiy pul birligi yevro va dollar boʻlmagan mamlakatda boʻlsangiz, karta orqali toʻlovni amalga oshirishda ikkilamchi konvertatsiya yuzaga keladi.
Agar boshqa mamlakatda toʻlovni amalga oshirish jarayonida kassir Sizning kartangizdan pulni qaysi valyutada yechib olishni soʻrasa, mahalliy valyutani tanlang. Bu bilan Siz konvertatsiya miqdorini kamaytirasiz.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda to‘lovlarni qulay va xavfsiz amalga oshirish uchun esa A-Pay ilovasini yuklab oling!
Har haftalik topshiriqlarni bajarib, bonuslar olishingiz mumkin. Shuningdek, hamkorlarimizning savdo nuqtalarida APS-hamyondan amalga oshirilgan barcha to‘lovlar uchun 2%dan boshlanadigan keshbek olasiz!