Masʼuliyati cheklangan jamiyat – biznes yuritishning ommabop usuli va bu bekorga emas. Tadbirkor maqolamizda yoritib beriladigan anchagina afzalliklarga ega boʻladi.
Kim MChJ ochgani maʼqul?
Biznesning shaklini tanlash – muhim bosqich va tadbirkor bir nechta masalalarni hal qilishi kerak:
- Oʻzining maqsadlari va vazifalarini aniqlab olish;
- Turli xil biznes yuritish shakllarining tafsilotlarini oʻrganib chiqish;
- Oʻzining maqsadlari uchun eng foydali boʻlganini tanlash.
Sizning rejalaringiz uchun quyidagi xususiyatlar toʻgʻri kelsa, MChJ shaklini koʻrib chiqish lozim:
Faoliyat turlari
MChJ faoliyat turini tanlashda deyarli toʻliq erkinlikka ega: har qanday taqiqlanmagan faoliyat turlariga ruxsat berilgan (eksport va import ham). Biroq, baʼzi faoliyat turlari qoʻshimcha litsenziyalar va ruxsatnomalarni talab etadi.
Taʼsischilar
MChJ shakli biznesda 49 tagacha taʼsischilar boʻlishi mumkinligini nazarda tutadi. Ular yuridik shaxs ham, jismoniy shaxs ham boʻlishlari mumkin. Taʼsischi boshqa davlat fuqarosi boʻlishiga ruxsat etiladi. Har qanday jismoniy shaxs, shu jumladan yollangan ishchi ham MChJ rahbari boʻlishi mumkin.
Taʼsischilar shaxsiy mulklari bilan emas, faqatgina kiritilgan oʻz ulushlari bilan javobgar boʻlishadi.
Ishga qabul qilish
MChJ uchun yollangan xodimlar soni boʻyicha cheklovlar yoʻq. Shuningdek, odamlarni mehnat shartnomasi asosida ham, FHT shartnoma boʻyicha ham yollash mumkin.
Foyda va soliqqa tortish
MChJ foydasini dividendlar koʻrinishida taqsimlashi mumkin. Bu kompaniya ustaviga muvofiq va taʼsischilarning qaroriga koʻra har chorakda, har yili amalga oshiriladi. MChJ taqsimlangan dividendlarga qoʻshimcha soliq toʻlashi kerak.
MChJda soliq va moliyaviy hisobotlarni yuritish YaTTga qaraganda murakkabroq, shuning uchun boshidan professional buxgalterlik xizmatlariga murojaat qilgan maʼqul.
Agar shaxsiy buxgalteriyangizni kuzatib borishni xohlasangiz, A-Pay ilovasini yuklab oling!
Siz xarajatlar va kirimlarning hisobini osongina olib borishingiz, hamda butun Oʻzbekiston boʻyicha 30 000 tadan ortiq savdo nuqtalarida APS-hamyon bilan amalga oshirilgan har bir toʻlov evaziga 2%dan boshlanadigan keshbekga ega boʻlishingiz mumkin!