Narxlar oshyapti, xarajatlar koʻpayib boryapti, ish haqi esa hamon oʻsha-oʻsha — millionlab odamlar shunday yashaydi.
Agar siz maoshdan maoshgacha kun koʻrishdan charchagan boʻlsangiz, unda bu maqola siz uchun.
Nimadan boshlash kerak:
- Masʼuliyat.
Oʻz zimmangizga nafaqat yuzaga kelgan muammo uchun, balki uni hal qilish usullari uchun ham masʼuliyatni qoʻlingizga oling. Siz hammasini eplaysiz! - Byudjet.
Mablagʻlarni taqsimlang va kutilmagan sarflarni hisobga oling.
Beixtiyor amalga oshiriladigan xaridlardan saqlaning: agar toʻsatdan nimadir sotib olishni istab qolsangiz, xaridni bir oz ortga suring — tez orada shu xarid aslida sizga kerak yoki kerak emasligini tushunib olasiz.
Doʻkonlarga sotib olish zarur boʻlgan narsalarning roʻyxati bilan boring.
Bularning hammasi xarajatlarni nazorat qilish va ehtimoliy moliyaviy chohlarga tushmmaslikka koʻmaklashadi. - Daromadni koʻpaytiring.
Buni har xil yoʻllar bilan amalga oshirish mumkin: qoʻshimcha ish topish, lavozimni oshirishni soʻrash yoki faoliyatni daromadlirogʻiga almashtirish. - Pul ajratib qoʻying.
Moliyaviy xavfsizlik yostigʻi, bu — siz kutilmagan holatlar uchun yigʻib boradigan pul zaxirasi.
Ozrogʻidan boshlang: masalan, ish haqining 5%ni ajratib qoʻying. - Aksiyalarda ishtirok eting va keshbek-servislardan foydalaning.
Koʻp doʻkonlar vaqti-vaqti bilan tovarlarga yaxshi chegirma bor boʻlgan foydali aksiyalar oʻtkazishadi — ularga eʼtibor qilishni maslahat beramiz!
Har bir xariddan keshbek — faqat yoqimligina emas, balki foydali hamdir: A-Pay ilovasini yuklab oling va ilovadagi elektron hamyondan va hamkorlarimizning savdo nuqtalaridagi toʻlovlardan 2%dan boshlanadigan keshbek oling!