Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Fishing: nimasi bilan xavfli va undan qanday qilib himoyalanish mumkin?

18 May, 2023

Fishing – onlayn firibgarlikning bir turi. Nomi inglizcha “fishing” – baliq ovlash soʻzidan kelib chiqqan. Faqat bu yerda baliq emas, balki kartalaringiz va shaxsiy hisob raqamlaringizning parollari ovlanadi!

Bunday firibgarni qanday qilib tanib olish va uning hiyla-nayranglariga tushib qolmaslik mumkinligi toʻgʻrisida maqolamizda soʻzlab beramiz.

Fishingning mohiyati nimada?

Yovuz niyatli odamlar sizga goʻyoki ishonchli manba nomidan: bankdan, obroʻli tashkilotdan yoki hatto boshqa boʻlimdagi hamkasbingizdan xabar joʻnatishadi.

Bunday xat yoki xabarda ilovani yuklab olishingiz yoki saytga oʻtishingiz kerak boʻlgan havola boʻladi. Tashqi tomondan, sayt manzili Amazon, Facebook yoki xizmatlar uchun toʻlov servisi kabi ziyonsiz tuyuladi.

Biroq! Ushbu sayt soxta boʻlib, hisob raqamingizga kirish imkonini beruvchi shaxsiy maʼlumotlarni yoki kartangizning kodini kiritishni talab qiladi (buni «profilingizni tiklash», «maʼlumotlaringizni tekshirish» yoki «buyurtmani tasdiqlash» kerakligi bilan asoslaydi). Va bu qalbaki saytni ayrim belgilarga qarab farqlash mumkin:

  • Sayt manzili satridagi sayt nomi rasmiy sayt nomidan sal boʻlsa ham farq qiladi.
  • Havolaning boshida “https” yozuvi oʻrniga “http” boʻladi (demak, himoyalanmagan ulanishdan foydalanilgan) – bunday saytga ishonmaslik kerak.
  • Qalbaki sahifada imlo xatolari, sifatsiz dizayn va professional boʻlmagan sahifalashni koʻrish mumkin.

Shubhali havoladan oʻtishning oʻzi ham yoki havolani yuklab olish ham xatarli sanaladi. Axir, ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirganda qurilmaga xavfli dastur oʻrnatilishi mumkin. U toʻlovlaringiz va parollaringiz haqidagi maxfiy maʼlumotlarni toʻplab boradi.

Uni qayerda uchratish mumkin?

Fishingning ayrim turlari juda mashhur. Quyidagi holatlarda ehtiyot boʻling:

  • Oʻzingiz tanimaydigan odamlar yoki tashkilotlardan elektron pochta xabarlarini olasiz. Hatto tanish tashkilotlardan kelgan xabarlar ham manzilida bir nechta belgilar oʻzgartirilgan mahoratli qalbaki xabar boʻlib chiqishi mumkin.
  • Savdo maydonchalarida mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilasiz yoki sotasiz. Toʻlovni amalga oshirish uchun sizdan bank maʼlumotlaringizni kiritish maqsadida soxta saytga oʻtishingiz soʻralishi xavfi juda yuqori.
  • Shubhali qoʻngʻiroqlar va SMSlarni olasiz, ularda har qanday yoʻl bilan bank kartangizning maxfiy kodi yoki haqiqiy bank sizga SMS orqali yuboradigan maxfiy kodni bilib olishga harakat qilishadi.

 

Nima qilsa boʻladi?

Ehtiyot boʻling va hech qachon shoshilmang – firibgarlar koʻpincha shoshilinch va vahima taʼsirini yaratadilar. Va yana ajoyib imtiyozlarni taklif qilishadi.

Notanish havolalarni bosishga yoki fayllarni yuklab olishga shoshilmang. Avvaliga, joʻnatuvchining manzili haqiqatan ham rasmiy kompaniyaga tegishli ekanligiga ishonch hosil qiling. Har qanday shubhali elektron xatni ochmaslik loziim.

Pullaringizni xatardan saqlash uchun A-Payʼning ishonchli himoyasi ostiga kiring!

Ilovani yuklab oling va daromadlaringizni oshiring. Axir hamkorlarimizning savdo nuqtalaridagi xaridlar uchun APS-hamyon orqali toʻlasangiz, 2 %dan boshlanadigan keshbekka ega boʻlasiz!