Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Bolalar bilan pul haqida qanday toʻgʻri gaplashish lozim?

17 Avgust, 2022

Pul, bu – sehr emas.
Bolalarda pulni juda taʼsirchanlik bilan, xuddi bu qandaydir sehrli, ertaksimon bir narsadek qabul qilishga moyilliklari bor.
Pul haqida gapirganda, unga oqilona va sogʻlom qarash bilan, odatiy narsadek yondoshing.

Salbiy fikrlarga oʻrin yoʻq!

Pul bilan muammolarni taʼsirchan muhokama qilish farzandingizning pullar bilan munosabatiga zarar yetkazishi mumkin.

Choʻntak pullari.

6-7 yoshdanoq bolada shaxsiy ehtiyojlar uchun oʻz puli boʻlishiga harakat qiling.
U pullarni muntazam va soʻzsiz olishi zarur – bola u “yaxshi” boʻlgani uchun emas, balki uni yetarlicha masʼuliyatli deb hisoblaganingiz uchun unga pul berayotganingizni tushunib olishiga erishishingiz muhim.

Bolaning rejalashtirishi va xarajatlariga aralashmang.

Uning oʻzi pulning qadrini aniqlab olishiga qoʻyib bering: hatto u hamma pullarni shokoladlarga sarflaganda ham – bu uni mablagʻlarni yaxshiroq hisoblash va tejashga oʻrgatadi.

Pul ishlab topamiz.

Pulning qadrini tushunishi va oʻz vaqtini sotishni oʻrganish uchun, koʻp bolalar ish qidirishga tushishadi: arzimas pul evaziga bola qoʻshnining itini sayr qildirishi yoki mashinani qordan tozalashi mumkin.

Yigʻamiz va rejalashtiramiz:

  1. Quyidagi sxema boʻyicha bolalarni pul yigʻish va ishlatishga oʻrgatamiz:
    Pul kerak boʻladigan 10 ta istakni yozib qoʻyamiz (velosiped yoki telefonni niyat qilish mumkin).
  2. Ulardan 3 ta eng zarurini tanlaymiz.
  3. Istaklar albomi va har bir istak uchun gʻaladon yasaymiz.
    Albomda sotib olish istalayotgan narsani chizish yoki jurnallardan qirqib olish mumkin.
  4. Gʻaladon. Unga orzu uchun ajratganlarimizni solib turamiz.
    Pul miqdorining ahamiyati yoʻq! Asosiysi – muntazamlik.

Pul saqlashni oʻrganamiz.

Bolani qanday qilib pul saqlashga oʻrgatishning ahamiyati – uni pul ishlab topish va pullarni ishlatishga oʻrgatishdan kam emas.
Pullarni bus-butun saqlash usullari haqida gapirib bering:

  1. Naqd pullarni koʻrpacha ostida yoki kiyim javonida saqlash kerak emas.
  2. Bank depozitlari – ishonchli, ammo har doim ham qulay emas!
  3. Elektron pullar – pullarni ofatlar va oʻgʻirlikdan saqlashning xavfsiz hamda samarali usuli.

Bu maslahatlarga amal qila turib, siz bolani oqilona sarflash va byudjetni rejalashtirishga oʻrgatasiz.
Lekin yodda tuting: bolani moliyaviy jihatdan savodli qilib tarbiyalash uchun, oʻzingiz savodxon boʻlishingiz zarur.

Toʻgʻri tanlov A-Pay ilovasidir!

Ilovani yuklab oling, roʻyxatdan oʻting, bepul universal kartaga buyurtma bering, tovarlar va xizmatlarga A-Pay elektron hamyonidan pul toʻlang va 2% keshbek oling!!

A-Pay bilan yangi usulda pul toʻlang, oʻtkazing, yigʻing!