Mazkur Maxfiylik siyosati “A-PAY” Xizmati, uning dasturlari va uning
mahsulotlaridan foydalanish paytida Foydalanuvchi haqida “CENTER FOR
DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION” AJ olishi mumkin bo‘lgan
barcha ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi.
“A-PAY” Xizmatidan foydalanishdan oldin Foydalanuvchilar ushbu Maxfiylik
siyosati shartlari bilan tanishishlari kerak.
1. ATAMALAR TA’RIFI
- 1.1“Shaxsiy ma’lumotlar” — to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo‘lgan
jismoniy yoki yuridik shaxsga (shaxsiy ma’lumotlar subyektiga) tegishli har qanday ma’lumot. - 1.2“Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash” — avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki
bunday vositalardan foydalanmasdan shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday
harakat (amaliyot) yoki harakatlar (amaliyotlar) majmui, shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish,
tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), chiqarib olish, foydalanish,
uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish), shaxsiylashtirish, blokirovka qilish, o‘chirish, yo‘q qilishni o‘z
ichiga oladi. - 1.3“Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi” — Operator yoki shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega
bo‘lgan boshqa shaxs uchun shaxsiy ma’lumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy
asoslarsiz tarqatilishining oldini olish uchun rioya qilinishi kerak bo‘lgan majburiy talab. - 1.4“Xizmat foydalanuvchisi” – “A-PAY” Xizmatidan internet orqali yoki internetsiz foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lgan va Sayt ma’lumotlari, materiallari va mahsulotlaridan foydalanadigan
shaxs. - 1.5“Shaxsiy ma’lumotlar operatori” yoki “Operator” — “CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND
INNOVATION” aksiyadorlik jamiyati. - 1.6“Axborot” — taqdim etish shaklidan qat’i nazar, ma’lumot (xabarlar, axborotlar).
2. UMUMIY QOIDALAR
- 2.1Foydalanuvchi tomonidan “A-PAY” Xizmatidan foydalanish Maxfiylik siyosati va Foydalanuvchining
shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlarini qabul qilganligini anglatadi. Maxfiylik siyosati
shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi “A-PAY” Xizmatidan foydalanishni to‘xtatishi
kerak. - 2.2.
Maxfiylik siyosati Operatorning “A-PAY” Xizmatida ro‘yxatdan o‘tishda, axborot jo‘natmasiga obuna
bo‘lishda, Xizmatdan foydalanish jarayonida Operatorning so‘roviga binoan Foydalanuvchi taqdim
etadigan shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etmaslik va maxfiyligini muhofaza qilish rejimini ta’minlash
majburiyatlarini belgilaydi. - 2.3
Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy ma’lumotlar
Foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladi (Foydalanuvchi Operatorga veb-saytlari, uchinchi
shaxslar xizmatlari orqali kirish huquqini beradigan shaxsiy ma’lumotlar yoki Xizmatdan
foydalanish jarayonida Foydalanuvchi tomonidan joylashtiriladigan shaxsiy ma’lumotlar). Shu
tarzda olingan shaxsiy ma’lumotlar, xususan, familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami, bank
kartasi raqami, elektron pochta manzili va boshqalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Foydalanuvchiga,
uchinchi shaxslarning ruxsatisiz yoki uchinchi shaxslarning bu kabi shaxsiy ma’lumotlari
Foydalanuvchi tomonidan ommaviy axborot manbalaridan olinmagan bo‘lsa uchinchi shaxslarning
shaxsiy ma’lumotlarini bunday tarzda tarqatish uchun taqdim etish taqiqlanadi. Operator
foydalanuvchilarning olingan shaxsiy ma’lumotlari bilan faqat Saytni yaratish va undan foydalanish
maqsadiga erishish bilan bog‘liq barcha qonuniy zarur harakatlarni amalga oshirishga haqli.
3. FOYDALANUVCHINING SHAXSIY
MA’LUMOTLARINI TO‘PLASH
- 3.1
Operator Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanish
huquqiga ega: - 3.1.1
“A-PAY” Xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchini keyinchalik avtorizatsiya qilish, uning
to‘lovlarini, o‘tkazmalarini amalga oshirish, buyurtmasini rasmiylashtirish va boshqa harakatlar
uchun identifikatsiya qilish. - 3.1.2
Foydalanuvchiga “A-PAY” Xizmatining shaxsiy ma’lumotlariga kirishni ta’minlash. - 3.1.3
Foydalanuvchi bilan teskari aloqa o‘rnatish, shu jumladan “A-PAY” Xizmatidan foydalanish, va
Foydalanuvchining so‘rovlari va buyurtmalarini qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etish,
bildirishnomalar, so‘rovlar jo‘natish. - 3.1.4
Agar foydalanuvchi hisob yozuvi yaratishga rozilik bildirgan bo‘lsa, “A-PAY” Xizmatining
qismlaridan foydalanish uchun hisob yozuvini yaratish. - 3.1.5
Foydalanuvchiga maxsus takliflar, Operatorning mahsulotlari va xizmatlari, Operator hamkorlari
haqida ma’lumot, yangiliklar jo‘natmalarini taqdim etish. - 3.1.6
Statistik ma’lumotlarni to‘plash.
4. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH USULLARI VA MUDDATLARI
- 4.1
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish muayyan bir muddatsiz, har qanday
qonuniy yo‘l bilan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarning axborot tizimlarida avtomatlashtirish
vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladi. - 4.2
Foydalanuvchi, Operator shaxsiy ma’lumotlarni ushbu Maxfiylik siyosatining 3-bo‘limida nazarda
tutilgan maqsadlarda va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq
uchinchi shaxslarga o‘tkazish huquqiga ega ekanligiga rozilik bildiradi. - 4.3
Foydalanuvchi ushbu bilan, Operator “A-PAY” Xizmatidan foydalanishida Foydalanuvchi
tomonidan taqdim etiladigan uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlarini olishi va ulardan
Xizmatning muayyan funksiyalarini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida
xabardor qilinadi va shunga rozilik bildiradi, bunda Foydalanuvchi, Xizmatdan Foydalanuvchi
tomonidan foydalanishda ma’lumotlari taqdim etiladigan uchinchi shaxslarning Operator
tomonidan ushbu Siyosatda nazarda tutilgan maqsadlarda qayta ishlash uchun, shuningdek ushbu
Siyosatda sanab o‘tilgan hollarda bunday ma’lumotlarni uzatish uchun qayta ishlashga roziligi
mavjudligini kafolatlaydi. - 4.4
Bundan tashqari, Foydalanuvchi ushbu bilan, Operator “A-PAY” Xizmatidan foydalanganda
Foydalanuvchining harakatlariga oid statistik shaxsizlashtirilgan (Foydalanuvchiga ulanmagan)
ma’lumotlarni olishi mumkinligi haqida xabardor qilinadi va shunga rozilik bildiradi. - 4.5
Operator Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish,
o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish, shuningdek uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy
harakatlaridan muhofaza qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi. - 4.6
Foydalanuvchi Operatorga bu haqda bildirishnoma yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarni qayta
ishlashga roziligini qaytarib olishga haqli, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Operatorga uning
Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno. - 4.7
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan, uning maxfiyligi saqlanib qoladi,
Foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni cheklanmagan miqdordagi shaxslarga umumiy
kirish uchun ixtiyoriy ravishda taqdim etgan hollar bundan mustasno. Alohida xizmatlardan
foydalanganda, Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarining muayyan bir qismi hamma uchun ochiq
bo‘lib qolishiga rozi bo‘ladi. - 4.8
Foydalanuvchi Maxfiylik siyosatida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar
haqida haqqoniy axborotlarni taqdim etishi shart. Ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, Foydalanuvchi
shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi axborotlarni yangilashi, to‘ldirishi shart.
5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
- 5.1
O‘z majburiyatlarini bajarmaganlikda aybdor bo‘lgan Operator shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy
foydalanish munosabati bilan Foydalanuvchi tomonidan ko‘rilgan haqiqiy zarar uchun O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi. - 5.2
Operator Foydalanuvchi oldida quyidagilar sababli yetkazilgan zararlar uchun javobgar emas:
“A-PAY” Xizmatidan foydalanish yoki foydalana olmaslik, Foydalanuvchining kommunikatsiyalariga
ruxsatsiz kirish; “A-PAY” Xizmatidagi har qanday uchinchi shaxsning xatti-harakatlari. - 5.3
Operator Foydalanuvchi tomonidan “A-PAY” Xizmatida joylashtirilgan har qanday axborot uchun javobgar emas.
6. QO‘SHIMCHA SHARTLAR
- 6.1
Ushbu maxfiylik siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq har qanday nizo yoki kelishmovchiliklar
yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi va Operator ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish uchun
barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar. Nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan taqdirda,
ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinishi kerak.
Sud organlariga murojaat qilishdan oldin nizoni hal qilish uchun da’vo tartibi majburiydir. Da’voni
oluvchi da’vo olingan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida uni ko‘rib chiqib natijalari to‘g‘risida
da’vogarni yozma ravishda xabardor qiladi. - 6.2
Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlari bo‘yicha ushbu rozilik, foydalanuvchi tomonidan
Operatorning elektron pochta manziliga tegishli bildirishnoma yuborish, shuningdek, Operator
tashkilotining yuridik manziliga yozma murojaat yuborish yo‘li bilan qaytarib olinmaguncha
noma’lum muddatga amal qiladi. - 6.3
Operator ushbu Maxfiylik siyosatiga Foydalanuvchining roziligisiz, uni hech qanday maxsus
ogohlantirmasdan o‘zgartirishlar kiritishga haqli. Maxfiylik siyosati uni www.a-pay.uz
veb-manzilida Saytda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. - 6.4
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlashda Operator O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligiga amal qiladi. - 6.5
Mazkur Siyosat, Foydalanuvchi va Operator o‘rtasidagi ushbu Siyosatni qo‘llash bilan bog‘liq holda
yuzaga keladigan munosabatlar, shuningdek, ushbu Siyosat bilan tartibga solinmagan masalalar
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. - 6.6
Amaldagi Maxfiylik siyosati ochiq va ommaviy hujjat hisoblanadi, u internetda www.a-pay.uz
manzilida joylashtirilgan.
TO’LOV TASHKILOTI
«CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY
AND INNOVATION» AJ.
«A-PAY» ELEKTRON PULLAR
TIZIMI OPERATORI.
100090, O zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A.
Qahhor k., 1a-uy
STIR: 306 344 019
h/r: 2020 8000 0050 659 4001
АКБ «HAMKORBANK»
Bank STIRi: 200 242 936
FAA: 00083 IFUT: 58290
Tel: (+99855) 500 11 10