Har bir odam umrida hech boʻlmaganda bir marta pul yigʻishiga toʻgʻri kelgan.
Kimdir yangi telefon sotib olish uchun, kimdir xonadon sotib olish, boshqalar bemuhtoj keksalik uchun pul yigʻishni xohlaydi.Maqsadlar har xil boʻlishi mumkin, lekin biz quyida keltiradigan maslahatlar hammabopdir!
1-layfxak.
Pullarni tartibga keltiring – xarajatlar va daromadlar hisobini yuriting.
Pullaringiz qayerga ketayotganini tushunishingiz zarur.
2-layfxak.
Doʻkonga faqat toʻq holda va xaridlar roʻyxati bilan boring!
Bizni har tomondan tom maʼnoda “Meni sotib ol!” deb qichqirayotgan reklama qurshab olgan.
Sovuqqon boʻling va tayyorlab qoʻyilgan roʻyxat boʻyicha harakatlaning.
3-layfxak.
Moliyaviy yostiq.
Oʻz kelajagingiz haqida qaygʻuring – daromadlardan “Qora kunga” belgilangan foiz ajratib boring.
Oila aʼzolaringizdan kimdir yoki oʻzingiz qay bir paytda ogʻir kasal boʻlib qolishingizni hech qachon bilmaysiz.
4-layfxak.
Ishlab topganingizga qaraganda kamroq sarflang.
Xarajatlar va daromadlar oʻrtasida muvozanat saqlang, shunda daromadlar xarajatlarga qaraganda tezroq koʻpayadi.
5-layfxak.
Oʻzingizda boʻlmagan pullarni sarflamang.
Toʻlashga qurbingiz yetmagan narsani sotib olmang, aks holda moliyaviy oʻraga tushib qolasiz.
Katta zaruriyat boʻlmasa, kreditlar olmang!
Yaxshisi, oʻzingizga kerak boʻlgan summani qaysi yoʻl bilan ishlab topishingiz mumkinligi haqida bosh qotiring.
6-layfxak.
Yangi imkoniyatlar izlang.
Har oyda oʻz daromadingizni oshirishning 10 ta usulini oʻylab toping.
Sizga yangi daromad manbalarini topishga yordam beradigan imkoniyatlarni izlashga chogʻlaning.
7-layfxak.
Moliyaviy savodxonlik.
Oʻzingizning pul bilan muomala qilish koʻnikmangizni rivojlantiring, oshiring: kitoblar, maqolalar oʻqing, ekspertlar bilan maslahatlashing.
8-layfxak.
Ijobiy fikrlash.
Salbiy koʻrsatmalar, masalan: “pul odamni buzadi”, «katta pullar katta mehnat bilan qoʻlga kiritiladi » – bular yoʻlingizdagi toʻsiqlardir.
Gaplaringizga eʼtiborli boʻling, zararli iboralar va siz pul haqida eshitayotgan salbiy narsalarni ildizi bilan sugʻurib tashlang – ularni ijobiy ohangda qayta ifodalang, masalan, “men oson va zoʻriqmasdan boylik toʻplayman”.
9-layfxak.
Oʻzingizga yoqqan ish bilan shugʻullaning.
Agar siz oʻz ishingizni chin dildan yaxshi koʻrsangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz.
Professionallik va fidoyilik moliyaviy mustaqil boʻlishingizga yordam beradi.
10-layfxak.
Sarmoya kiriting!
Maqsadga ega boʻlish va yigʻish yaxshi.
Sarmoya kiritish esa — undan ham yaxshi.
Uzoq muddat yigʻadigan pullaringizni inflyatsiya doim yeb boraveradi.
Sarmoya kiritish usullari va variantlarini oʻrganing, maslahat soʻrab, professionallarga murojaat qiling.
Oxirida yana bir layfxak:
Pullariingizni nazorat qilish va ularni xavfsiz saqlashda sizga A-Pay yordam beradi!
Ilovani yuklab oling, roʻyxatdan oʻting, universal kartaga buyurtma bering va koʻrpacha ostidagi yashirin xazina joyingizni unuting — A-Pay bilan sizning pullaringiz xavfsizlikda.
Shuningdek, tovarlar va xizmatlarga A-Pay elektron hamyonidan pul toʻlang va 2% keshbek oling!
A-Pay bilan yangi usulda pul toʻlang, oʻtkazing, yigʻing!