Yangi yil yaqinlashib qoldi!
Koʻp pul sarflamay, qarzdor boʻlmasdan, yaqinlaringiz uchun ajoyib sovgʻalar olish oson ish emas albatta.
Yaqinlaringizga sovgʻa olish uchun pulingizni qizgʻanayotgandek koʻrinishni xohlamaganingiz uchun ham xarajatlar botqogʻiga botib qolishingiz mumkin. Bu esa moliyaviy yoʻqotishlarga olib keladi va sizning byudjetingizga taʼsir qiladi.
Biz siz uchun barcha yaqinlaringizga sovgʻa olish va pulingizni tejab qolish uchun 6 ta maslahat toʻpladik.
1. Byudjetingizni koʻrib chiqing va oʻzingiz uchun chegaralar oʻrnating.
Doʻkonlarga borishdan oldin, qancha pulingizni sovgʻalarga sarflashingiz mumkinligini hisoblab koʻring. Sovgʻa sotib oladigan har bir yaqiningiz uchun maʼlum bir miqdorni belgilang.
Sovgʻalar berish juda ham yoqimli, lekin sovgʻaning narxi siz uchun qimmatlik qilsa, uning oʻrniga boshqa biror narsa qidirib koʻring, agar xohlasangiz oila aʼzoingiz yoki biror doʻstingiz bilan umumiy sovgʻa berishga kelishib oling.
2.Roʻyxat tuzing.
Sovgʻa berishni xohlagan insonlaringiz roʻyxatini tuzing. Hech qachon “Men hammaga sovgʻa berishga majburman” deb oʻylamang! Birinchi oʻrinda siz uchun eng yaqin va muhim boʻlgan insonlar ismini yozing. Keyin esa, pul ortib qolsa, yana kimlarga sovgʻa berish mumkinligini yozib chiqing. Har bir ism oldiga, roʻyxatdagi barcha odamlar uchun oldindan belgilangan pulni ajratib, unga qancha sarflashingiz mumkinligini yozing.
Har bir yaqiningiz uchun sovgʻa miqdori haqida aniq toʻxtamga kelganingizdan keyin esa, qanday sovgʻalarni xohlayotganingiz va sotib olishingiz mumkinligi haqida oʻylab koʻring.
Agar sizda doʻstlaringiz yoki hamkasblaringiz koʻp boʻlsa, Telegram botda «Maxfiy Santa» oʻyinini oʻynashingiz mumkin. Bu sovgʻalarni tejashga yordam beradi: siz butun jamoa uchun emas, balki faqat bitta odam uchun sovgʻa sotib olasiz.
3.Dekabr tugashini kutib oʻtirmang!
Yodingizda tuting: bayram qanchalik yaqin boʻlsa, sizga yoqadigan sovgʻa sotuvda boʻlishi ehtimoli ham shunchalik past boʻladi, chunki siz sovgʻa sotib olishi kerak boʻlgan yagona inson emassiz 🙂
4.Sovgʻalarni oʻz qoʻlingiz bilan yasang.
Siz oddiygina mazali shirinlik pishirishingiz, sharf toʻqishingiz, taqinchoq yasashingiz yoki yuzni parvarish qilish uchun mahsulotlar tayyorlashingiz mumkin. Misol uchun: skrab, sovun yoki lab uchun balzam.
5.Yordam va unutilmas tuygʻularni sovgʻa qiling!
Oilangizga berishingiz mumkin boʻlgan eng yaxshi sovgʻalardan biri bu — ular bilan oʻtkazayotgan vaqtingiz va yodda qolarli xotiralarni yaratishingizdir! Yaqinlaringiz siz bergan sovgʻalarni esdan chiqarishlari mumkin, lekin siz sovgʻa qilgan his-tuygʻularni albatta eslab qoladilar!
6.Chegirma va aksiyalarni kuzatib boring.
Yangi yil arafasida doimo har xil turdagi chegirmalar va aksiyalar boʻladi.
Lekin aynan chegirma tufayli biror narsani sotib olish fikringizdan qayting!
Bundan tashqari, baʼzida chegirmada boʻlgan mahsulotlar muddatidan oʻtgan yoki sifatsiz boʻlishi mumkin. Mahsulotni tanlashga chin dildan yondashing, aksiyalar bilan oʻzingizni chalgʻitmang va rejalashtirgan sovgʻalar roʻyxatidan uzoqlashmang.
A-Pay sizga bayram uchun tejamkor xaridlar qilishga yordam beradi!
Ilovani Google Play orqali yuklab oling va Oʻzbekiston boʻylab 30 000 dan ortiq hamkorlarimizning savdo nuqtalarida barcha xaridlar uchun APS-hamyondan toʻlab, 2%dan boshlanadigan keshbek oling!
Yangi yilga — A-Pay bilan qadam tashlaymiz!