Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Qanday qilib biznes boshlash mumkin?

24 Fevral, 2023

Har qanday biznes gʻoyadan boshlanadi!

Keyin esa tanlash va mahsulotingiz uchun maqsadli auditoriyani aniqlash kerak boʻladi.

Ushbu maqolada biz sizga oʻz biznesingizni qanday qilib toʻgʻri boshlash va nimaga eʼtibor berish kerakligini aytib oʻtamiz.

1.Bozorni tahlil qiling

Talab va takliflarni oʻrganing. Agar mahsulot yoki xizmat talabga javob beradigan boʻlsa, unda ushbu sohada biznes qurish mantiqan toʻgʻri boʻladi. Boshqa tomondan, koʻp taklif — koʻplab raqobatchilar degani. Shuning uchun bozorga yangi va qiziqarli narsalarni taklif qilish kerak.

2.Maqsadli auditoriyani aniqlang.

Oʻzingizga bir nechta savollar bering:

  • Odamlarning qanday ehtiyojini qondirishingiz mumkin?
  • Odamlar qanday fikrda?
  • Xarid odatda qayerda amalga oshiriladi?
  • Xaridorlarning fazilatlari/oʻziga xosliklari qanday?

Ushbu savollarga javob berib, siz maqsadli auditoriyangizni (MA) aniqlashingiz va unga eʼtibor qaratishingiz mumkin.

3.Qiziqarli narsalarni taklif qiling!

Oʻzingizning noyob savdo taklifingizni (NST) yarating.

Raqobatchilarni oʻrganing: ular nimani taklif qilishadi? Ularning afzalliklari va kamchiliklari nimada? Shunday qilib, siz raqobatchilardan qanday farq qilayotganingizni, qanday kuchli va zaif tomonlaringiz borligini tushunasiz.

4.Oʻz qobiliyatingizni baholang

Bozorda biznesni rivojlantirish istiqbollarini aniqlash uchun siz SWOT-tahlilini oʻtkazishingiz kerak.

Ushbu usul yordamida nimani bilib olasiz:

  • kuchli tomonlaringiz (strengths)
  • zaif tomonlaringiz (weakness)
  • imkoniyatlaringiz (opportunities)
  • sizga tahdid soluvchi xavflar (threats)

Shu tariqa, siz raqobatchilarni va umuman bozorni tahlil qilishingiz mumkin.

Bunday tahlil sizning gʻoyangizning kuchli tomonlarini, qanday zaif tomonlari bilan ishlashingiz kerakligini tushunishga yordam beradi; imkoniyatlar va xavflarni baholashga yordam beradi.

5.Biznes-maqsadni shakllantiring

Xayol qilishdan qoʻrqmang. Dadil maqsadlar qoʻying, lekin realist boʻling. Intilishingizga arziydigan maqsad qoʻying va unga qarab harakatlaning!

Biznesni rivojlantirish va koʻlamini yanada samaraliroq qilish uchun esa A-Pay Biznesga ulaning! Bepul reklama, hamkorlik bonuslari, qulay toʻlovni qabul qilish usullari — savdoyingizni yanada muvaffaqiyatli qiling!