Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

OTM kontrakt toʻlovi uchun pullarni qanday qaytarib olish mumkin?

09 Noyabr, 2022

Fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun davlat tomonidan qoʻllaniladigan soliq chegirmalari haqida koʻpchilik bilmaydi. Ular uy sotib olish, davolanish yoki taʼlim olish uchun foydalanish mumkin boʻlgan imtiyozlardir.
Ushbu maqolada OTMlarda taʼlim olish uchun toʻlovlarni amalga oshirishda soliq chegirmalarini qoʻllash toʻgʻrisida soʻz yuritamiz.

OTMlarda taʼlim olish – arzon emas va hamma ham bunga qodir emas: aksariyat ota-onalar farzandlarining taʼlim olishi uchun kredit olishga majbur boʻladilar.
Biroq, 26 yoshgacha boʻlgan farzandlaringizning OTM toʻlovlari uchun sarflagan maoshingiz va boshqa daromadlaringiz soliqqa tortilmaydi – bu esa, keyingi yili, joriy yil uchun toʻlagan kontrakt toʻlovlarini bir qismini qaytarib olishingiz mumkinligini anglatadi! Mana shu “soliq chegirmasi”dir.

Taʼlim uchun quyidagilar yordamida toʻlanganda, imtiyoz qoʻllaniladi:

  1. Oʻz mablagʻlari.
  2. Taʼlim kreditlari.
  3. Yuridik shaxslarning jismoniy shaxslarga qarz qilib berilgan mablagʻlari.

Soliq chegirmasini olish uchun ish beruvchiga yoki davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilish kerak.
Agar ish beruvchiga murojaat qiladigan boʻlsangiz, sizga quyidagi hujjatlar zarur boʻladi:

  1. Daromadni taʼlim uchun toʻlovga oʻtkazish haqidagi ariza.
  2. Talaba va OTM oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnomaning nusxasi.
  3. Farzandning pasporti yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi.
  4. Agar siz tijorat bankidan taʼlim kreditini olgan boʻlsangiz, shartnoma nusxasi zarur boʻladi.

Agar soliq xizmatiga murojaat qiladigan boʻlsangiz, quyidagilar kerak boʻladi:

  1. Jami yillik daromad haqidagi deklaratsiya.
  2. Daromad haqidagi maʼlumotnoma.
  3. Soliq imtiyozi olishga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar.

Oʻqish uchun A-Pay ilovasida tez, qulay va foyda bilan toʻlov qiling!
Elektron hamyondan toʻlang va kafolatlangan 2%lik keshbek oling.