Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

OMMAVIY OFERTA «A-PAY» ELEKTRON PULLAR TIZIMIDAN FOYDALANISH BO‘YICHA

20 Iyun, 2023

1. UMUMIY QOIDALAR


  • 1.1

    Mazkur Ommaviy shartnoma – O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367- va
    369-moddalariga muvofiq shartnoma tuzish uchun ommaviy oferta (bundan keyin matnda – Shartnoma)
    «A-Pay» Elektron pullar Tizimining Operatori «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION»
    mas’uliyati cheklangan jamiyatning mazkur Shartnomada belgilangan «A-Pay» Elektron pullar
    Tizimidan foydalanish to‘g‘risidagi Shartnomani tuzishga vakolatli, layoqatli va huquqqa ega har
    qanday jismoniy shaxsga (bundan keyin matnda – Mijoz) nisbatan taklifi hisoblanadi.

  • 1.2

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 09.01.2021 yildagi 21-sonli Litsenziyasiga muvofiq
    «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» MChJ To‘lov tashkiloti maqomiga ega.

  • 1.3

    Tizim xizmat sifatida mavjud bo‘lib, undan foydalanish Elektron pulni sotib olish, sotish
    bo‘yicha amaliyotlarni, tovarlar va xizmatlar ko‘rsatadigan notijorat va tijorat tashkilotlari
    foydasiga Elektron pul yordamida to‘lovlarni, shuningdek jismoniy shaxslar o‘rtasida Elektron
    pullar o‘tkazmasini amalga oshirish imkonini beradi.

  • 1.4

    Mazkur Ofertada «A-Pay» Elektron pul tizimi (keyin Tizim, «A-Pay» Tizimi deb yuritiladi)
    doirasida Elektron puldan foydalangan holda naqd pulsiz xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida
    Shartnoma tuzish shartlarini o‘z ichiga oladi.

  • 1.5

    Jismoniy shaxs tomonidan ushbu Ofertada nazarda tutilgan va akseptni anglatadigan harakatlarni
    amalga oshirgan paytdan, ya’ni jismoniy shaxs tomonidan ushbu Ofertaning barcha shartlarini hech
    qanday istisnosiz va cheklovlarsiz qabul qilinganidan so‘ng Shartnoma tuzilgan hisoblanadi va
    kuchga kiradi.

  • 1.6

    «A-Pay» Elektron pullar Tizimi Operatoriga mazkur Shartnoma bo‘yicha xizmatlarni to‘g‘ri taqdim
    etish maqsadida jismoniy shaxs Tizimni ishlatishdan oldin Shartnoma qoidalari, «A-Pay» Elektron
    pul Tizimi Qoidalari va Tariflar bilan tanishib chiqish majburiyatini oladi.

  • 1.7

    «A-Pay» Elektron pul Tizimi doirasida Elektron pul yordamida bajariladigan har qanday
    amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonuni,
    O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarish va muomalasi Qoidalari,
    shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
    legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini
    moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga va boshqa qonunchilik
    hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

2. ATAMALAR VA TAʹRIFLAR

Mazkur Shartnomada, unga kiritilgan Qo‘shimcha va ilovalarda barcha atamalar va ta’riflar Tizim
Saytining https://www.a-pay.uz manzilida yoki mobil ilovada joylashgan «A-Pay» Elektron pul Tizimi
Qoidalari (bundan keyin matnda – Qoidalar, Tizim Qoidalari) ga mos tarzda talqin qilinadi.

3. SHARTNOMA TUZISH

  • 3.1
    Shartnoma jismoniy shaxsni axborot texnologiyalari orqali «A-Pay» elektron pul Tizimi (Qoidalar,
    Tariflar) dan foydalanish shartlari bilan tanishtirish asosida tuziladi. Oferta aksepti mazkur
    Shartnomada (ofertada) ko‘rsatilgan shartlar bo‘yicha Shartnoma tuzish bilan barobar. Tizim
    Operatori tomonidan belgilangan shaklda Tizimdan ro‘yxatdan o‘tgandan va Oferta shartlariga
    roziligini bildirganidan so‘ng, Mijoz ushbu oferta (aksept) shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul
    qilish orqali Operator bilan «A-Pay» Tizimidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzgan
    hisoblanadi.
  • 3.2
    Jismoniy shaxs Oferta mazmuniga to‘liq yoki qisman rozi bo‘lmagan hollarda, Tizim Operatori
    «A-Pay» elektron pul Tizimidan foydalanmaslikni tavsiya qiladi.

4. SHARTNOMA PREDMETI

  • 4.1
    Mijozning Tizimga qo‘shilgan Tizim Foydalanuvchilari (Merchantlar) taklif etgan tovarlar va
    (yoki) xizmatlarni Elektron pullarga sotib olishi maqsadida Tizim Operatori tomonidan Mijoz
    (jismoniy shaxs)ga «A-Pay» elektron pullari orqali xizmat ko‘rsatishi, jismoniy shaxslar
    o‘rtasida Elektron pullar o‘tkazmasini amalga oshirish, shuningdek, Mijozning Tizim sayti va
    (yoki) mobil ilovasida joylashtirilgan mazkur Shartnoma, Tizim Qoidalari shartlaridagi mumkin
    bo‘lgan boshqa amaliyotlarni bajarishi Shartnomaning predmeti hisoblanadi.
  • 4.2
    Ushbu Shartnoma savdo shartnomasi emas. Tizimning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, barcha qayta
    ishlashlar, tuzatishlar, modifikatsiyalar, to‘ldirishlar, yangilashlar va/yoki takomillashtirish
    va to‘ldirish, va shu bilan bog‘liq texnik/ekspluatatsion hujjatlar sotilmaydi, Dasturiy
    Ta’minot ishlab chiqaruvchisining istisnoli mulki hisoblanadi va shunday qoladi.

5. MIJOZNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH VA ELEKTRON HAMYONLAR TURLARI

  • 5.1
    Elektron hamyon ochishni va Tizim Operatorining Mijozi bo‘lishini xohlagan foydalanuvchi, saytda
    va (yoki) «A-Pay» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
  • 5.2
    «A-Pay» Tizimida dastlabki ro‘yxatdan o‘tish uchun Mijoz Tizim Operatori talab qilgan ishonchli
    ma’lumotlarni taqdim etishi zarur.
  • 5.3
    Ro‘yxatga olish jarayonida Mijoz Ochiq shartnoma shartlari, Tizim Qoidalari va Tariflar bilan
    tanishib chiqishi va o‘z rozilgini bildirish kerak. Oferta shartnoma shartlarini qabul qilgan
    vaqtdan boshlab, Mijoz Shartnomada nazarda tutilgan barcha huquqlarga ega bo‘ladi va
    majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
  • 5.4
    Mijoz Tizimda ro‘yxatdan o‘tish uning Oferta shartnomasi, Tizim Qoidalari va Tariflarining
    shartlariga so‘zsiz roziligini tasdiqlashini anglatadi. Shuningdek, Mijoz Operatorga va Elektron
    pullar Emitentiga shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishi roziligini
    bildiradi.
  • 5.5
    Mijoz ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng, Tizimda Elektron pullar egasining «shaxsiy kabineti»
    vazifasiga ega bo‘lgan elektron hamyonga kirish uchun Mijozga o‘zi tomonidan o‘ylab topilgan
    login va parol bilan elektron hamyon ochiladi.
  • 5.6
    Belgilangan tartib bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs Tizimda Elektron pullarning
    identifikatsiyalanmagan egasi maqomiga ega bo‘ladi.
  • 5.7
    Identifikatsiyadan o‘tmagan Elektron pullarning egasi – jismoniy shaxs ushbu shaxs bilan
    Tizimning imkoniyatlarini kengaytirish va hamyon turini o‘zgartirish bo‘yicha xizmatlar
    ko‘rsatish to‘g‘risida Shartnoma tuzish faktini aniqlash va/yoki tasdiqlash imkonini beradigan
    hujjatlarni Operatorga taqdim etish orqali maxsus identifikatsiyalash tartibidan o‘tishi mumkin.
    Tizimda qo‘llaniladigan idenfikatsiya usullari haqidagi ma’lumotlar Shartnomada, Operator
    tomonidan Tizim veb-saytida joylashtirilgan Tizim Qoidalarida va (yoki) mobil ilovalarida aks
    ettirilgan.
  • 5.8
    Ro‘yxatga olish jarayoni elektron hamyonni ochish va Tizimdagi cheklovlarni hisobga olgan holda
    Mijozga Xizmatdan foydalanish imkonini, Tizimda Mijoz uchun mavjud xizmatlarni taqdim etish
    bilan yakunlanadi.
  • 5.9
    Mijoz Elektron pulni Tizimda mavjud bo‘lgan usullar yoki boshqa to‘lov qabul qilish punktlari
    orqali sotib olishi mumkin, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar shuningdek, Tizim veb-saytida va
    (yoki) mobil ilovada ham mavjud.
  • 5.10
    Mijozning elektron hamyoni 2 (ikki) turga bo‘linadi:
  • 5.10.1
    Mijozning (jismoniy shaxsning) aniqlanmagan elektron hamyoni Tizimda bir martalik amaliyotlarni
    bajarish uchun Mijoz ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, identifikatsiya tartibini o‘tkazmasdan
    ochiladi va elektron pulni saqlashga xizmat qiladi;
  • 5.10.2
    Mijozning (jismoniy shaxsning) identifikatsiyadan o‘tgan elektron hamyoni masofadan
    identifikatsiya qilish tartibidan o‘tib, shaxsi aniqlangan Mijoz ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng
    ochiladi va Agentdan sotib olingan elektron pullarni saqlash, Tizim Qoidalari, Shartnoma
    shartlari va O‘zbekistonning qonunchiligiga muvofiq elektron pullardan foydalanish uchun xizmat
    qiladi.

6. «A-PAY» ELEKTRON PULLAR TIZIMIDAN FOYDALANISH SHARTLARI

  • 6.1
    «A-Pay» Elektron pullar Tizimidan foydalanish shartlari, Tizim Ishtirokchilari tomonidan
    ko‘rsatiladigan xizmatlar mazkur Shartnoma, Tizim Qoidalari, amaldagi Tariflar bilan
    belgilangan.
  • 6.2
    Tizim Operatori ushbu hujjatlarning istalgan biriga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish
    huquqiga ega. Bunday o‘zgarishlar va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlar Tizim veb-saytiga
    joylashtirish orqali Mijoz e’tiboriga yetkaziladi.
  • 6.3
    Tizimda elektron hamyon turiga ko‘ra cheklovlarni hisobga olgan holda, Mijoz quyidagi
    xizmatlardan foydalanishi mumkin:
  • 6.3.1
    Agentlardan elektron pullarni sotib olish;
  • 6.3.2
    Agentlarga elektron pullarni sotish;
  • 6.3.3
    Tovar va xizmatlarni taqdim etuvchi Merchantlar foydasiga to‘lovni amalga oshirish;
  • 6.3.4
    Boshqa Mijozlar manziliga elektron pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
  • 6.3.5
    Tugallangan amaliyotlar, elektron hamyonning joriy balansining holati, Tizimning ishlashi
    haqidagi boshqa ma’lumotlarni olish;
  • 6.3.6
    Shartnomada, Tizim Qoidalarida nazarda tutilgan boshqa amaliyotlarni amalga oshirish.
  • 6.4
    Tizim Operatori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq «A-Pay» Tizimidan
    foydalanish usullari va shartlari, mavjud xizmatlar, komission mukofot miqdori, to‘lovlar
    miqdori va o‘tkazmalar miqdori bo‘yicha cheklovlar elektron hamyon turiga, maqomiga va boshqa
    shartlarga ko‘ra belgilanadi.
  • 6.5
    Tizimda Mijozlar tomonidan elektron pul bilan amalga oshiriladigan amaliyot turlari va miqdori
    bo‘yicha quyidagi cheklovlar mavjud:
  • 6.5.1
    Noma’lum elektron hamyon uchun (Identifikatsiyalanmagan Mijozga tegishli bo‘lgan):
  • 6.5.1.1
    Elektron pullarning Identifikatsiyalanmagan egasi hisoblangan – jismoniy shaxs tomonidan amalga
    oshiriladigan bitta amaliyotning maksimal miqdori tegishli davr uchun davlat tomonidan
    o‘rnatilgan 1 BHQ (bir bazaviy hisoblangan qiymat)ga teng bo‘lgan miqdordan oshmasligi lozim;
  • 6.5.1.2
    Elektron pullarning Identifikatsiyalanmagan egasi – jismoniy shaxsning bitta elektron
    moslamasida saqlanadigan maksimal pul miqdori tegishli davr uchun davlat tomonidan belgilangan 5
    BHQ (besh bazaviy hisoblangan qiymat)ga teng bo‘lgan miqdordan oshmaydi;
  • 6.5.2
    Aniqlangan elektron hamyon uchun (Identifikatsiyalangan Mijozga tegishli bo‘lgan):
  • 6.5.2.1
    Elektron pullarning identifikatsiyalangan egasi hisoblangan – jismoniy shaxs tomonidan amalga
    oshiriladigan bitta amaliyotning maksimal miqdori tegishli davr uchun davlat tomonidan
    o‘rnatilgan 100 BHQ (yuz bazaviy hisoblangan qiymat)ga teng bo‘lgan miqdordan oshmasligi lozim;
  • 6.5.2.2
    Elektron pullarning Identifikatsiyalangan egasi – jismoniy shaxsning bitta elektron qurilmasida
    saqlanadigan maksimal pul miqdori tegishli davr uchun davlat tomonidan belgilangan 500 BHQ (besh
    yuz bazaviy hisoblangan qiymat)ga teng bo‘lgan miqdordan oshmaydi;
  • 6.6
    Tizim Operatori Mijozing Elektron pul hamyoni balansiga elektron pulni tushirish to‘g‘risidagi
    ma’lumotni keyinchalik Mijoz tomonidan Tizimda tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni to‘lash yoki
    boshqa Mijozlar – jismoniy shaxslarga o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun, shuningdek, barcha
    amaliyotlarni kayd qilish va Tizim Mijoziga amalga oshirilgan harakatlar to‘g‘risida ma’lumot
    berish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
  • 6.7
    Tizim Operatori Mijoz buyurtmasiga binoan Elektron pulni Merchant foydasiga o‘tkazish orqali
    Merchant manfaati yo‘lida xizmat qilish, shuningdek, qabul qilingan to‘lovlar haqidagi
    ma’lumotlarni Merchantlarga yuborish vakolatiga ega ekanligini kafolatlaydi.
  • 6.8
    Agar Mijoz amaliyotni amalga oshirishda Shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa xizmatlarni ko‘rsatish
    shartlarini qabul qilsa, Tizim Operatori bunday xizmatlarni taqdim etishi mumkin bo‘ladi.
  • 6.9
    Tomonlar Tizim Operatori avans to‘lovlarini qabul qilish bo‘yicha faoliyatni amalga
    oshirmasligini, shuningdek, bank amaliyotlarini hech qanday tarzda bajarmasligini
    tasdiqlaydilar.
  • 6.10
    Amaliyotning ayrim toifalarini bajarayotganda, Operator o‘z majburiyatlarini amalga oshirish
    maqsadida uchinchi shaxslarni jalb qilish huquqiga ega. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish yoki
    to‘lovlarni amalga oshirish orqali Mijoz uchinchi shaxslar ko‘rsatadigan xizmatlarning shartlari
    bilan tanishib chiqqanligi va rozi ekanligini tasdiqlaydi.
  • 6.11
    Mijoz «A-Pay» Elektron pullar Tizimidan tadbirkorlk faoliyatini amalga oshirmaslik, shuningdek,
    uchinchi shaxslar tomonidan bunday foydalanishga ruxsat bermaslikni tasdiqlaydi. Tizim Operatori
    yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslar bilan hamkorlik qilmasligini,
    xususan, Mijoz yoki uchinchi shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda va
    har qanday holatda Mijoz – jismoniy shaxsning hamyonidan foydalangan holda to‘lovlarni amalga
    oshirishda javobgarlikni, shuningdek, bunday jismoniy shaxslarning majburiyatlarini o‘z
    zimmasiga olmasligini tushunadi va bunga o‘zining roziligini bildiradi.

7. MIJOZNI ANIQLASH

  • 7.1
    Noma’lum mijoz mavjud amaliyotlar ro‘yxatini kengaytirish va Elektron pul to‘lovlari va
    o‘tkazmalari bo‘yicha belgilangan cheklovlar hajmini oshirish imkoniyatiga ega. Noma’lum
    elektron hamyonni Identifikatsiya qilingan Mijozga o‘tkazish uchun masofaviy identifikatsiyadan
    o‘tish kerak bo‘ladi.
  • 7.2
    Masofaviy identifikatsiyalash tartibini o‘tkazish uchun Tizim Mijozi – jismoniy shaxs Operatorga
    hujjat egasining surati va hujjatdagi ma’lumotlar aniq ko‘rinib turgan pasportning yoki ID
    kartasining (seriya raqami, FISh, berilgan sanasi va boshqalar) old tomoni skanerlangan/suratga
    olingan, hujjatning yorqin va yopiq joylarisiz, shaklini, shuningdek, identifikatsiyalanadigan
    jismoniy shaxsning yuzi hujjat bilan yoki usiz tushgan surati (selfi)ni taqdim etishi lozim
    (suratga tushish bo‘yicha yo‘riqnoma «A-Pay» ilovasida rasmlar va har bir harakatlarni
    ifodalagan holda ko‘rsatilgan).
  • 7.3
    Mijoz tomonidan identifikatsiya prosedurasi yakunlanganidan so‘ng Tizim Operatori Tizimda bunday
    hamyonlar uchun nazarda tutilgan tegishli huquqlar va imkoniyatlar doirasini tayinlash bilan
    hamyonning turini «Identifikatsiyalangan» turga o‘zgartiradi.
  • 7.4
    Identifikatsiya vaqtida taqdim etilgan, kiritilgan, yuklangan shaxsiy ma’lumotlar
    (identifikatsion) o‘zgargan taqdirda, qo‘shimcha identifikatsiyadan o‘tish (Tizimdagi
    identifikatsion ma’lumotlarni yangilash) maqsadida, Tizimda Elektron pullar yordamida amaliyotni
    amalga oshirishdan oldin, Mijoz Operatorga shaxsni tasdiqlovchi yangi identifikatsion
    ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
  • 7.5
    Operator xizmatlarini olish uchun Mijoz o‘z Hamyonidagi Elektron pul qoldig‘ini to‘ldirishi,
    sotib olishi shart. To‘ldirish Tizim Agenti sifatida faoliyat yuritayotgan Operatordan Elektron
    pullarni sotib olish yo‘li, shuningdek, boshqa Agentlardan Agent terminallari va boshqa mavjud
    usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.

8. OPERATOR XIZMATLARI NARXI VA AMALIYOTLARNI BAJARISH TARTIBI

  • 8.1
    Operatorning «A-Pay» Tizimida taqdim etiladigan xizmatlar bo‘yicha xizmatlari pullik
    hisoblanadi. Mijoz Operator xizmatlari uchun Tizimda o‘rnatilgan amaldagi bo‘lim va Tariflarda
    belgilangan miqdorda hamda tartibda to‘lash majburiyatini oladi.
  • 8.2
    Operator Mijoz tomonidan alohida amaliyotlarni amalga oshirayotganda komission mukofotni oladi,
    shuningdek, Tizim xizmatlaridan foydalanganligi uchun tizim Ishtirokchilariga xizmat komissiyasi
    miqdorini belgilash huquqiga ega. Komission mukofotining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar
    Tariflarda aks ettiriladi va Tizim veb-saytida va/yoki mobil ilovasida joylashtiriladi.
  • 8.3
    Xizmatlar narxi Mijoz tomonidan Tizimda taqdim etilgan Merchantlar foydasiga to‘langan har bir
    to‘lov miqdoriga foiz sifatida belgilanishi ham va to‘lash vaqtida Mijozning Elektron
    hamyonining balansidan Operator tomonidan yig‘ilgan elektron pulning belgilangan miqdori
    ko‘rinishida ham belgilanishi mumkin.
  • 8.4
    Operator xizmatlarining narxi Elektron pulda olinadi.
  • 8.5
    Mijoz Tizimda to‘lovlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan Merchantlar (xizmatlar) ro‘yxati
    mobil ilovada va rasmiy veb – saytida mavjud. Operator Merchantlar tomonidan taqdim etilgan
    tovarlar/xizmatlar uchun to‘lovni qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan Merchantlarning ro‘yxatini
    mustaqil ravishda bir tomonlama tartibda o‘zgartirish huquqiga ega.
  • 8.6
    Hisoblangan xizmatlar narxini ushlab qolish Operator tomonidan tizimda Mijozning to‘lovini/
    o‘tkazmasini amalga oshirganda amalga oshiriladi.
  • 8.7
    Merchant foydasiga har qanday to‘lovlarni, shuningdek, Mijoz tomonidan boshqa mijozlarga
    Elektron pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda Mijoz to‘lov/o‘tkazma rekvizitlarini va
    to‘lov/o‘tkazma miqdorini ko‘rsatadi (yoki Merchant tomonidan o‘rnatilgan to‘lov hisobini qabul
    qiladi), amalga oshirilgan amaliyot rekvizitini kiritgandan so‘ng Operator xizmat narxlarini
    hisoblaydi va Mijozni tasdiqlash uchun mazkur axborotni kiritadi. Faqat Mijoz to‘lov
    tafsilotlarini, shuningdek, Operator xizmatlarining narxiga Mijozning roziligini tasdiqlagan
    taqdirda, Mijoz «To‘lash» yoki «O‘tkazish» tugmasini bosadi. «To‘lash» yoki «O‘tkazish»
    tugmasini bosgandan so‘ng to‘lov, o‘tkazma haqidagi ma’lumot va Elektron pullardagi tegishli
    mablag‘ Mijozning Elektron hamyonidan Merchantning yoki boshqa mijozning elektron hamyoniga
    o‘tadi.

9. ELEKTRON HAMYONNI TO‘LDIRISH VA ELEKTRON PULLARNI O‘TKAZISH

  • 9.1
    Mijoz Elektron pulni o‘ziga tegishli bo‘lgan Hamyon balansiga qo‘yishi, ya’ni hisobni quyidagi
    usullar bilan to‘ldirishi mumkin:
  • 9.1.1
    Agentdan Elektron pullarni sotib olish orqali;
  • 9.1.2
    Emitent tomonidan Elektron pul chiqarish bo‘yicha so‘rovni shakllantirish (agar bunday xizmat
    Mijozlar –jismoniy shaxslar uchun mavjud bo‘lsa);
  • 9.1.3
    Boshqa Mijozdan Elektron pul o‘tkazmasini qabul qilish orqali (agar bunday xizmat Mijozlar –
    jismoniy shaxslar uchun mavjud bo‘lsa);
  • 9.1.4
    Sanab o‘tilgan va Tizim veb-saytida mavjud bo‘lgan boshqa usullar orqali.
  • 9.2
    Tizimdagi Elektron hamyonni to‘ldirish uchun, Mijoz Elektron pul egasining elektron hamyon
    raqamini ko‘rsatishi shart. Elektron hamyon balansini to‘ldirish Tizimda amaldagi hamyon mavjud
    bo‘lgan va belgilangan cheklovlarga rioya qilgan hollarda mumkin bo‘ladi.
  • 9.3
    Uchinchi shaxslar tomonidan Elektron pulni Mijozning elektron hamyoni balansiga kiritilgan
    hollarda, Elektron pulga nisbatan barcha huquq va majburiyatlar Mijozda paydo bo‘ladi, bunday
    harakatlar uchinchi shaxslar tomonidan Mijoz manfaati uchun amalga oshirilgan deb hisoblanadi va
    Tizim Operatorini uchinchi shaxslar bilan o‘zaro majburiyatlar orqali bog‘lamaydi.
  • 9.4
    Foydasiga amaliyot amalga oshirilgan shaxs pulni olgan vaqtdan boshlab Elektron pulni o‘tkazish
    tugallangan hisoblanadi. Elektron hamyon balansini to‘ldirish amaliyotining tugallanishi
    Mijozning elektron hamyoni balansiga tushganligini tasdiqlovchi Tizimda qabul qilingan elektron
    pul miqdori haqidagi ma’lumotlarning aks etishi bilan tasdiqlanadi.
  • 9.5
    Agar amaliyot elektron hamyonning maqomi va turidan yoki belgilangan cheklovning boshqa
    shartlaridan kelib chiqib, texnik imkoniyatlar bilan cheklanmagan bo‘lsa, Mijoz Elektron
    pullarni boshqa Mijozga o‘zining elektron hamyonidagi Elektron pul qoldig‘i nisbatida o‘tkazmani
    amalga oshirishga haqli hisoblanadi.
  • 9.6
    Agar Tizim Operatorida bunday o‘tkazmalarning qonuniy ekanligiga shubha paydo bo‘lsa (shubhali
    amaliyotlarni bajarish), Operator amaliyotni yoki keyingi amaliyotlarni blokirovka qilishga,
    shuningdek, qabul qiluvchi Mijoz tomonidan Elektron pullarni olish, Operatorning talabiga
    binoan, Operatorga tushuntirishlar va/yoki boshqa ma’lumotlar, va (yoki) o‘tkazmaning
    qonuniyligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar taqdim etilmaguncha amaliyotni bajarishni to‘xtatib
    turishga haqli.
  • 9.7
    O‘tkazish uchun ruxsat berilgan Elektron pullarning minimal va maksimal miqdori O‘zbekiston
    Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga va/yoki Operatorning ichki hujjatlariga muvofiq
    Operator tomonidan cheklanadi.
  • 9.8
    Yuboruvchi Mijozning Elektron hamyonidan Elektron hamyonidan pul echilgan va qabul qiluvchi
    Mijozning Elektron hamyonining balansida tegishli miqdordagi Elektron pul aks etgan vaqtdan
    boshlab o‘tkazma amalga oshirilgan hisoblanadi.

10. TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH VA ELEKTRON PULLARNI QAYTARISH

  • 10.1
    Tizim Operatori Mijoz uchun Merchantlar ro‘yxatini belgilaydi va Mijozga tegishli bo‘lgan hamyon
    turiga qarab yoki ushbu Shartnomada va/yoki Tizim Saytida ko‘rsatilgan boshqa cheklovlarga
    asoslanib, uni to‘lov miqdori bilan cheklash huquqiga ega.
  • 10.2
    Operator xizmatni faqat Mijoz ko‘rsatmasi asosida taqdim etadi. Mijoz Elektron hamyonda
    mavjud bo‘lgan Elektron pul yordamida to‘lovni Merchant foydasiga amalga oshirayotganda, ushbu
    amaliyotni o‘tkazishga rozilik beradi. Mijozning To‘lovni amalga oshirish – Elektron pullarni
    Merchantning foydasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi zarur ma’lumotlar – asosiy
    rekvizitlar va Mijozning elektron hamyoni balansini tashkil etuvchi Elektron pullarining qiymati
    yetarli bo‘lganda ijro etilishi lozim.
  • 10.3
    Mijozning identifikatori va Mijoz tomonidan To‘lovni amalga oshirish uchun avans mablag‘lari
    yetarli ekanligi tekshirilganidan so‘ng tekshiruv natijalariga qarab, Operator tegishli to‘lovni
    ijro uchun qabul qilinganligi yoki inkor qilinganligi to‘g‘risida Mijozga xabar beradi.
    Mijozning ko‘rsatmasini bajarayotganda Operator Mijoz tomonidan ko‘rsatilgan Elektron pul
    miqdorini yuboruvchi hamyonidan oladi va Elektron pul qabul qiluvchi shaxsning hamyoniga
    o‘tkazadi, shuningdek, Tizim veb-saytida va/yoki mobil ilovada ko‘rsatilgan amaldagi tariflarga
    muvofiq, Tizim komissiya mukofoti va boshqa komissiyalar (mavjud bo‘lsa) miqdorini ushlab
    qoladi.
  • 10.4
    To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng, Tizim Mijozga savdo cheki/kvitantsiya taqdim etadi
    (O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshirilgan to‘lov haqidagi
    ma’lumotni o‘z ichiga olgan hujjat) – elektron ko‘rinishda Elektron pullar yordamida amalga
    oshirilgan amaliyot to‘g‘risida bildirishnoma/xabar.
  • 10.5
    Mijoz to‘lov bo‘yicha ko‘rsatma berishda xatoga yo‘l qo‘ysa, to‘lovni jo‘natuvchi tomonidan
    xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan ko‘rsatmalarning bajarilishi, shuningdek, Elektron pulni
    jo‘natuvchiga qaytarib bermasligi uchun Emitent ham, Tizim Operatori ham javobgar emas. Mijoz
    tomonidan qabul qiluvchininig ma’lumotlari, hamyon raqami, Merchantga to‘lov amalga
    oshirayotganda esa – to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlar noto‘g‘ri
    to‘ldirilgan bo‘lsa, bular ham xatolar jumlasiga kiradi.
  • 10.6
    Tizimdagi Elektron pulni qabul qiluvchining elektron hamyonidan yuboruvchining elektron
    hamyoniga qaytarish quyidagi hollarda va quyidagi shartlarga rioya qilgan holda amalga
    oshirilishi mumkin:
  • 10.6.1
    Agar Tizimda pul o‘tkazmalarini qabul qiluvchining rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa
    (jo‘natuvchi qabul qiluvchining rekvizitlarini to‘g‘ri ko‘rsatgan hollarda);
  • 10.6.2
    Agar yakunlanmagan to‘lovni yoki o‘tkazmani bekor qilish zarurati dasturiy ta’minotning ishlamay
    qolishi yoki Tizim Operatorining xatosi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa;
  • 10.7
    BoshqahollardaMijozElektronpulniqaytarishzaruratisabablarivaasoslariniko‘rsatganholda pulni
    qaytarish to‘g‘risida ariza yuborish orqali Operatorga murojaat qilishi mumkin. Tizim Operatori
    5 ish kuni ichida Mijozning arizasini ko‘rib chiqadi va agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha
    ma’lumotlarni talab qiladi. Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, Elektron pulni qaytarish uchun
    zarur bo‘lgan harakatlar ko‘rsatilgan murojaatga javob yuboradi, yoki rad etish sabablarini
    tushuntirib, qaytarish amaliyotini o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida xabar beradi.
  • 10.8
    Agar Elektron pulni jo‘natuvchi Elektron pulni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmasida xato qilsa,
    (xususan, qabul qiluvchi elektron hamyonining raqamini noto‘g‘ri ko‘rsatish), Elektron pulni
    yuboruvchi Elektron pulni qabul qiluvchiga noto‘g‘ri yuborilgan Elektron pul miqdorini qaytarish
    to‘g‘risida mustaqil ravishda murojaat qiladi. Komissiyani to‘lash masalasi (qaytarilishi
    munosabati bilan komissiya miqdorini qaytarish) amaliyot ishtirokchilari tomonidan kelishilgan
    holda mustaqil tarzda ko‘rib chiqiladi. Elektron pulni Mijoz-yuboruvchi xatosi bilan
    yo‘riqnomaning bajarilishi uchun, shuningdek Elektron pulni oluvchi jo‘natuvchiga
    qaytarmaganligi uchun Emitent ham, Operator ham javobgar emas. Elektron pulni Tizimga qaytarish
    uchun komissiya olinishi mumkin (amaldagi Tariflarga muvofiq).

11. MIJOZ TOMONIDAN ELEKTRON PULLARNI SOTIB OLISH VA SOTISH


  • 11.1

    Tizim Operatori Tizim Agenti sifatida Mijozga – jismoniy shaxsga Elektron pullarni sotadi.
    Elektron pullarni sotib olish uchun Mijoz Tizimda so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etgan holda
    ariza tuzadi.
  • 11.2
    Mijoz – Elektron pullarning identifikatsiyalangan egasi naqd pul miqdorini Operator ofisiga,
    o‘zining bank hisobiga yoki bank kartasiga olish maqsadida, elektron pul hamyonidan Tizim Agenti
    vazifasini bajaruvchi Operatorga Tizim interfeysi, mobil ilovasi orqali sotish huquqiga ega.
    Elektron pulni sotish amaliyoti identifikatsiyalanmagan Mijoz uchun mavjud emas.
  • 11.3
    Elektron pullarni sotishni amalga oshirish uchun Mijoz Tizimda so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim
    etgan holda ariza tuzishi lozim.
  • 11.4
    Elektron pulni sotishning maksimal va minimal miqdori Operator tomonidan belgilanadi. Komissiya
    miqdori Tizim Operatori veb-saytida joylashtirilgan Tariflarda aks ettirilgan.
  • 11.5
    Mijoz Elektron pulni sotib olish va sotish bo‘yicha amaliyotni bekor qilishning iloji yo‘qligi
    to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinganligini tasdiqlaydi.
  • 11.6
    Mijoz tomonidan tegishli ko‘rsatma Tizimga o‘tkazilgandan so‘ng Mijoz Agentdan Elektron pullarni
    sotish yoki sotib olish jarayonida sotib olish yoki sotish amaliyoti darhol bajarilishiga
    rozilik beradi, Agent esa pul o‘tkazish va/yoki naqd pul berish yo‘li bilan Elektron pulni
    sotish yoki sotib olish majburiyatini bajarishni o‘z zimmasiga oladi.

12. ELEKTRON HAMYONNI BLOKLASH VA YOPISH

  • 12.1
    Mijozning elektron hamyonini blokirovka qilish Operator tomonidan Tizim Qoidalari va mazkur
    Shartnomada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan
    hollarda amalga oshirilishi mumkin. Hamyonni blokirovkalashni yechish Operator tomonidan
    blokirovkalash uchun asoslar bartaraf etilgan va/yoki Mijoz identifikatsiyalash jarayonidan
    o‘tganidan, zarur axborotni tekshirish, Mijozning Elektron pullar unga tegishligini,
    amaliyotning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng amalga oshiriladi.
  • 12.2
    Elektron hamyonni yopish Mijozning tashabbusi bilan yoki Operatorva (yoki) Elektron pul Emitenti
    tashabbusi
    bilan Tizim Qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

13. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


  • 13.1


    Mijozning huquqlari:
  • 13.1.1
    Elektron hamyon turiga, Operator va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa
    cheklovlarga muvofiq Tizim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish;
  • 13.1.2
    Tizimdan Elektron pulni elektron hamyon balansiga tizimda mavjud bo‘lgan istalgan usul bilan
    kiritish, fuqarolik – huquqiy bitimlar bo‘yicha to‘lov o‘tkazish, boshqa Mijozga yoki boshqa
    jismoniy shaxsga talab huquqining topshirilishini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston
    Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, mazkur Shartnoma va Tizim Qoidalariga zid bo‘lmagan
    boshqa usullardan foydalanish.
  • 13.1.3
    Tizim Operatori tomonidan nazarda tutilgan tartibda va shartlarda Tizimning qo‘shimcha
    xizmatlaridan foydalanish;
  • 13.1.4
    O‘tkaziladigan amaliyotlar, Mijozga tegishli elektron hamyon balansining holati, Mijozning
    hamyon balansiga nisbatan harakatlari, amaliyotlar tarixi, Tizimdan foydalanish bilan bog‘liq
    boshqa ahamiyatga ega ma’lumotlarni olish;
  • 13.1.5
    Tizimdan Tizimning boshqa Ishtirokchilari, uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini,
    shuningdek, qonunchilik me’yorlarini buzmagan va ta’sir etmaydigan boshqa usullarda foydalanish;
  • 13.1.6
    Texnik va axborot yordamini olish.

  • 13.2


    Mijozning majburiyatlari:

  • 13.2.1

    Mazkur Shartnoma, Tizim Qoidalari shartlarini va qo‘shimcha xizmatlarni olganda — Tizimda mavjud
    bo‘lgan qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish shartlarini bajarish;
  • 13.2.1
    Tizimdan ro‘yxatdan va identifikatsiyalash tartibidan o‘tish jarayonida Operatorga ishonchli
    ma’lumotlarni taqdim etish. Mijoz tomonidan yolg‘on ma’lumot berish natijasida yuzaga kelgan
    holatlar bo‘yicha da’volar ko‘rib chiqilmaydi;
  • 13.2.2
    O‘zining autentifikatsiya ma’lumotlarini va amaliyot ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga
    bermaslik, Mijozga tegishli elektron hamyondan uchinchi shaxslar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
    Mijoz maxfiy ma’lumotlarning xavfsizligi, Mijoz tomonidan amaliyot ma’lumotlarining
    tarqatilishi, uchinchi shaxslarning jinoiy tajovuzlari, zararli dasturlar va kompьyuter
    viruslari hujumlari va boshqa noqonuniy yoki ehtiyotsiz harakatlar uchun mustaqil tarzda
    javobgar ekanligini tasdiqlaydi;
  • 13.2.3
    O‘zining autentifikatsiya ma’lumotlarini va amaliyot ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga
    bermaslik, Mijozga tegishli elektron hamyondan uchinchi shaxslar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik.
    Mijoz maxfiy ma’lumotlarning xavfsizligi, Mijoz tomonidan amaliyot ma’lumotlarining
    tarqatilishi, uchinchi shaxslarning jinoiy tajovuzlari, zararli dasturlar va kompьyuter
    viruslari hujumlari va boshqa noqonuniy yoki ehtiyotsiz harakatlar uchun mustaqil tarzda
    javobgar ekanligini tasdiqlaydi;
  • 13.2.4
    Tizimga kirish moslamasining ishga layoqatliligi va axborot xavfsizligi to‘g‘risida kerakli
    ravishda qayg‘urish;
  • 13.2.5
    Tizimning dasturiy ta’minotiga mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslarni jalb etgan holda,
    to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga harakat qilmaslik;
  • 13.2.6
    Tizimda yaratilgan elektron hujjatlarni qog‘oz shaklida tuzilgan va O‘zbekiston Respublikasi
    qonunchiligiga muvofiq imzolangan hujjatlar deb tan olish;
  • 13.2.7
    Identifikatsiya ma’lumotlarining har qanday o‘zgarishi to‘g‘risida Tizim Operatoriga o‘z vaqtida
    xabar berish.
  • 13.2.8
    Uyali aloqa Operatori bilan Tizimda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida kiritilgan raqamdan foydalanish
    shartnomasi bekor qilingan taqdirda, o‘z autentifikatsiya ma’lumotlariga vaqtida o‘zgartirishlar
    kiritish;
  • 13.2.9
    Mijozning roziligisiz o‘tkazilgan amaliyot, Mijozning ma’lumotlariga ruxsatsiz kirish,
    autentifikatsiya ma’lumotlarining yo‘qolishi to‘g‘risida Tizim Operatorini darhol xabardor
    qilish;
  • 13.2.10
    Mijoz Tizimdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda foydalanmaslikka, shuningdek, uchinchi
    shaxslar tomonidan bunday foydalanishga ko‘maklashmaslikka majburiyatini oladi.
  • 13.2.11
    Noqonuniy pul o‘tkazmalari va firibgarlik harakatlarini amalga oshirmaslik.

  • 13.3


    Tizim Operatorining huquqlari:
  • 13.3.1
    Dasturiy ta’minotni modifikatsiyalash va eskirgan dasturiy ta’minot yordamida Tizimga kirishni
    taqiqlash. Sayt mazmunini, funktsional imkoniyatlarini o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda
    yangilash;
  • 13.3.2
    Tizimning ishlashini ta’minlashda ishtirok etadigan, dasturiy va/yoki uskuna ta’minoti
    ishlashidagi nosozliklar, xatolar va muvaffaqiyatsizliklar aniqlangan hollarda, shuningdek,
    profilaktika maqsadida va Tizimga ruxsatsiz kirishning oldini olish maqsadida dasturiy va uskuna
    ta’minoti faoliyatini to‘xtatib turish;
  • 13.3.3
    Mijozning maqomidan qat’i nazar, mazkur Shartnoma yoki Qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda
    tutilgan hollarda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish, shuningdek, bunday
    hujjatni talab qiluvchi qo‘shimcha xizmatlarni ulash, Mijozning harakatlarining haqqoniyligiga
    va Tizimdan tegishlicha foydalanishga shubha paydo bo‘lganda, boshqa hollarda Mijozning
    harakatlari Operatorning, Tizimning boshqa Ishtirokchilari yoki uchinchi shaxslarning
    manfaatlariga daxl qilganda, yoxud qonunchilik talablariga muvofiq so‘rab olishi mumkin.
  • 13.3.4
    Agar Elektron pullarning qoldig‘idan oshib ketadigan pul o‘tkazmasini amalga oshirishga
    urinishlar, belgilangan cheklovlardan kelib chiqib bir martali amaliyotlarni amalga oshirishda
    qonun yoki Operator tomonidan belgilangan me’yordan oshib ketgan miqdordagi amaliyotni
    bajarishga harakatlar, Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli servis bilan aloqani ushlab
    turishning imkoni bo‘lmagan hollarda, Mijozning autentifikatsiyalash, identifikatsiyalash
    jarayonidan o‘tishining salbiy natijasida, amaliyotni sodir etish Operator, Merchantlar yoki
    uchinchi shaxslarga zarar olib kelgan boshqa hollarda amaliyot bajarilishini rad etish.
  • 13.3.5
    Mijozning elektron hamyonini, shu jumladan, uning tomonidan Tizimning boshqa Mijozlari yoki
    uchinchi shaxslardan Mijozning ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzadigan
    harakatidan shikoyatlar mavjudligida Operatorning so‘rovnomasiga tegishli tushuntirishlarni
    taqdim etguniga qadar, Mijozlar tomonidan Tizimdan tegishli tartibda foydalanilmaganda, Mijoz
    tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzadigan harakatlar sodir etganda,
    Shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlarda, Mijozni Operatorning xohishiga ko‘ra
    identifikatsiyalash zarur bo‘lgan hollarda, Tizim Operatori tomonidan Mijozning Tizim dasturiy
    ta’minotini o‘zgartirishni amalga oshirishga urinadigan har qanday harakatlari, shuningdek,
    Tizimning faoliyatiga yo‘naltirilgan yoki uning faoliyatiga ta’sir qiluvchi boshqa harakatlarni
    sodir etganda, Mijoz tomonidan Shartnoma yoki Tizim Qoidalarining boshqa shartlari buzilganda
    blokirovkalashni amalga oshirish.
  • 13.3.6
    Mijozning taqdim etgan hujjatlari va (yoki) ularning amaliyotni tahlil qilishi Tizimdan
    foydalanish Oferta, Tizim Qoidalari shartlarini buzgan holda amalga oshirganiga asos bo‘lgan
    taqdirda, Mijoz Operatorga tegishli tekshiruv (xususan, identifikatsiyalashni) uchun ma’lumotlar
    va (yoki) tortganda hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda, O‘zbekiston Respublikasi
    qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda va asoslarda tuzilgan shartnomani bir tomonlama
    tartibda bekor qilish va Hamyonni yopish bilan ishchanlik munosabatlarini to‘xtatish;
  • 13.3.7
    Mijozning elektron hamyonga kirishini vaqtincha blokirovkalash va (yoki) Tizimda Elektron pullar
    bilan amaliyotlarni bajarishni O‘zbekiston Respublikasining jinoiy yo‘l bilan olingan
    daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish ommaviy qirg‘in qurollarini
    tarqatilishini moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq to‘xtatish;
  • 13.3.8
    Mijozning identifikatsiya ma’lumotlarini olish va qayd etish;
  • 13.3.9
    Mijozga Tizimda mavjud bo‘lgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatish;
  • 13.3.10
    Istalgan usulda yig‘ish, saqlash va qayta ishlash va zarur bo‘lgan hollarda, Tizimga kirish
    uchun Mijoz foydalanadigan dasturiy – texnik vositalarning konfiguratsiyasi va boshqa
    xususiyatlar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, amalga oshirish jarayonida Tizim Operatoriga
    avtomatik tarzda uzatiladigan boshqa ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga yuborish;
  • 13.3.11
    Mijoz tomonidan amaliyotlar paytida kiritilgan ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash
    va Shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan hollarda bu ma’lumotlarni Emitent, Merchant va
    Agentlarga o‘tkazish;
  • 13.3.12
    Maqsadli reklama va statistik maqsadlar uchun amalga oshirilgan xaridlar, pullik xizmatlar va
    ishlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash va qayta ishlash. Mijozning shaxsiy
    ma’lumotlarini oshkor qilmasdan, statistik ma’lumotlarni Tizim hamkorlariga o‘tkazish;
  • 13.3.13
    Tizim voqealari to‘g‘risida Mijozni xabardor qilish va Mijoz bilan aloqa qilish uchun Mijoz
    tomonidan taqdim etilgan bog‘lanish uchun ma’lumotlardan foydalanish, shu jumladan, amaliyot
    tashabbuskoriga axborot xabarlari va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida Tizim orqali
    amaliyotni amalga oshirishda Mijozlar kiritgan ma’lumotlardan foydalanish;
  • 13.3.14
    Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan alohida turdagi amaliyotlar uchun komissiya ushlab qolish;
  • 13.3.15
    Tizim Operatori Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va/yoki uchinchi shaxslarning
    tovarlari xizmatlari to‘g‘risidagi reklama – axborot xabarini Saytda va/yoki mobil ilovada
    joylashtirish huquqiga ega.

  • 13.4


    Tizim Operatorining majburiyatlari:
  • 13.4.1
    Operator ushbu Ofertada ko‘zda tutilmagan xatti – harakatlarni bajarish orqali Mijoz tomonidan
    tuzilgan Shartnoma bo‘yicha Tomonlarning o‘zaro huquqlari va majburiyatlarining paydo bo‘lishi,
    o‘zgarishi yoki bekor qilinishini Tizimda qayd etishni o‘z zimmasiga oladi. Mijoz tomonidan
    Elektron pullarni sotib olish, elektron hamyonning balansini to‘ldirish, boshqa Mijozlarning
    talablariga yon bosish huquqi, Merchantlarning tovarlar, ishlar, xizmatlariga
    haq to‘lash, sotuv, qaytarishni hisobga olgan holdagi barcha olib borilgan yoki asos bo‘lgan,
    shuningdek, Mijozning Elektron pullardan foydalangan holda amalga oshirga boshqa amaliyotlarini
    hisobga olish va qaydini yuritish lozim.
  • 13.4.2
    Mijozlarni texnik va axborot bilan qo‘llab – quvvatlash xizmatining ishini ta’minlash;
  • 13.4.3
    Muvaffaqiyatsizliklar, nosozliklar, dasturiy va/yoki uskunaning ishlashidagi xatolar
    aniqlanganda, muammoni bartaraf etish uchun kerakli choralarni ko‘rish;
  • 13.4.4
    Tizimga ruxsatsiz kirish aniqlangan hollarda, Tizim ishtirokchilari hamyoni orqali Elektron
    pullarni o‘tkazish jarayonida uchinchi shaxslarning aralashuvi tahdidi bartaraf etilmaguncha
    amaliyotlarni to‘xtatish;
  • 13.4.5
    Rejalashtirilgan profilaktika ishlari dairasida Tizim ishi to‘xtatilgan taqdirda, Mijozlarga
    bajarilayotgan ishlarning vaqti va davomiyligi to‘g‘risida oldindan xabar berish;
  • 13.4.6
    Mijoz tomonidan ro‘yxatga olishning belgilangan tartibi va ushbu Shartnoma talablariga qilingan
    hollarda, Shartnomada belgilangan tartibda Mijozni ro‘yxatdan o‘tkazish va Operator tomonidan
    belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Mijozga tegishli hajmda Tizim xizmatlariga
    kirishni ta’minlash;
  • 13.4.7
    Mijozning talabi bo‘yicha qayd etilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarning to‘lovini amalga
    oshirish; agar bu mazkur Shartnoma va qonunchilik me’yorlariga zid bo‘lmasa, boshqa Mijozga pul
    o‘tkazmasini amalga oshirish, mazkur Shartnoma Tizim Qoidalariga muvofiq Elektron pullarning
    qaytarilishini bajarish;
  • 13.4.8
    Mijoz qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish shartlariga rozilik bergan hollarda, Mijozga Tizimda
    taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish;
  • 13.4.9
    Shartnoma amal qilish muddati va amal qilish muddati tugagandan so‘ng besh yil mobaynida,
    Mijozning elektron hamyonida mavjud balans holati, o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni saqlash;
  • 13.4.10
    Mijoz tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligini ta’minlash, mazkur
    Shartnomada, Tizim Qoidalarida sanab o‘tilgan, shuningdek, Tizim Operatoriga sud organlari yoki
    boshqa vakolatli davlat organlaridan rasmiy so‘rov yuborish holatlaridan tashqari hollarda,
    uning oshkor etilishga yoki uchinchi shaxslarga berilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • 13.4.11
    Mazkur Shartnomada, Tizim Qoidalarida va/yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, Mijozning
    elektron hamyonini blokirovka qilish;
  • 13.4.12
    Bir tomonlama tartibda mazkur Shartnomaga, Tizim Qoidalariga, Tariflarga o‘zgartirish va
    qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, Shartnomaning, Tizim Qoidalarining, Tariflarning yangi
    nashrini Tizim veb – saytida e’lon qilish;
  • 13.5
    Operator Tizimda taqdim etilgan, Mijoz tomonidan, shu jumladan, Merchantlar tomonidan amalga
    oshirilgan bitimlarning qonuniyligini nazorat qilmaydi va qila olmaydi, bunday bitimlarni
    tuzish, amalga oshirish va bekor qilish oqibatlari uchun javobgar emas.
  • 13.6
    Operator Mijoz oldida Merchantlar va boshqa Mijozlar va Tizim ishtirokchilarining majburiyatlari
    uchun javobgar emas.
  • 13.7
    Operator boshqa Ishtirokchilar o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi haqidagi
    Mijozning da’volarini ko‘rib chiqmaydi, tovarlarni o‘tkazish, ishlarni bajarish va xizmat
    ko‘rsatish majburiyatlari shular jumlasidan.
  • 13.8
    Tomonlarning boshqa huquqlari va majburiyatlari Tizim Qoidalari, O‘zbekiston Respublikasining
    amaldagi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqilishi mumkin.

14. MAXFIYLIK VA XAVFSIZLIK

  • 14.1
    Tomonlar almashinuvi Tizimda amalga oshiriladigan yoki Tomonlarga Tizimdan foydalanganda kirish
    mumkin bo‘lgan axborot va hujjatlarning xavfsizligi va himoyasi uchun barcha kerakli choralarni
    ko‘rish majburiyatini oladilar.
  • 14.2
    Mijoz mustaqil ravishda maxfiylikni saqlash, Tizimdan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish,
    shaxsiy ma’lumotlarini, faollashtirish kodini himoya qilish, Tizim tomonidan taqdim etilgan va
    uning yordami bilan Tizimga ruxsatsiz kirish va Tizimdan foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa
    ma’lumotlarni saqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga majbur.
  • 14.3
    Mijoz tomonidan o‘z ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatish, qasddan Tizimdagi hisobiga
    kirishni ta’minlash yoki Mijoz tomonidan ma’lumotlarning maxfiyligini buzish holatlarida Mijoz
    Operator Mijoz oldida javobgar emasligini tan oladi.
  • 14.4
    Mijoz, agar Mijozga berilgan faollashtirish kodi yo‘qolsa, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
    oqibatlar uchun Operator javobgar emasligini tan oladi.
  • 14.5
    Mijoz Tizim orqali noqonuniy moliyaviy amaliyotlar, noqonuniy savdo, jinoiy yo‘l bilan topilgan
    mablag‘larni qonuniylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan boshqa
    amaliyotlarni amalga oshirmaslik majburiyatlarini oladi;
  • 14.6
    Mijoz Operatorga uning roziligisiz amalga oshirilgan har qanday amaliyotlar to‘g‘risida darhol
    xabar berishga majburdir. Amaliyot amalga oshirilgan va Mijozga tegishli bildirishnoma
    yuborilgan paytdan boshlab 3 (uch) soat ichida, Elektron pul yechilishi bo‘yicha amaliyotlar
    to‘g‘risida
    tegishli bildirishnoma taqdim etilmagan taqdirda, amaliyot Mijoz tomonidan amalga oshirilgan deb
    hisoblanadi. Xato hisoblangan amaliyot Mijozning foydasiga amalga oshirilgan taqdirda
    Mijoz zudlik bunday amaliyot sodir etilganligi holati haqida Operatorni xabardor qiladi va bunga
    shart bo‘lgan asosda olingan har qanday Elektron pullarni qaytarish, jumladan, sotilgan Elektron
    pullarning hisobidan Mijozning Elektron hamyoniga Elektron pullarni xato va/yoki takror
    o‘tkazgan holatlarda, xususan, agar Elektron pullar Mijozning elektron hamyonidan o‘chirilmagan,
    biroq pul ekvivalenti Mijozga o‘tkazilgan va/yoki naqd pul ko‘rinishida unga berilgan bo‘lsa,
    shuningdek, amaliyotni o‘tkazish uchun Mijoz ruxsat olmagan va uchinchi shaxslarga zarar
    keltirgan boshqa holatlarda Elektron pullarni qaytarish majburiyatini oladi. Operator Tizimning
    boshqa Ishtirokchilari tomonidan bunday xato va/yoki takror o‘tkazmalar haqida asosli va hujjat
    bilan tasdiqlovchi xabarlarni olgan taqdirda akseptsiz tartibda Mijozning Elektron hamyonidagi
    Elektron pullar qiymatini bunday xato va/yoki takror o‘ztkazmaning qimatiga teng ravishda
    Mijozni oldindan ogohlantirmagan holda echib olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  • 14.7
    Operator Mijozning shaxsiy ma’lumotlari hammaga ma’lum bo‘lgan; axborot Mijozning talabi
    va ruxsati bilan fosh etilgan; axborot Mijozning kontragenti orqali Oferta shartlarini ijro
    etish uchun zarur hajmda taqdim etilishi lozim bo‘lgan; axborot qonunchilikda nazarda tutilgan
    asosda yoki shubha uyg‘otgan bitimlar bo‘yicha yoki sudning yoki davlat vakolatli idoralaridan
    tegishli so‘rovnoma kelib tushganda fosh etilishi lozim bo‘lgan holatlardan tashqari Mijozning
    shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek, Mijoz Tizimdan foydalanishi munosabati bilan Operatorga ma’lum
    bo‘lgan Mijoz haqidagi boshqa axborotga nisbatan maxfiylikka rioya qilish majburiyatini oladi.
  • 14.8
    Operator Mijozga Tizimdan foydalangan holda amaliyotlarni o‘tkazayotganda Mijozga sabablarini
    ko‘rsatgan holda, jumladan, Mijozning harakatlarining qonuniyligiga asosli shubha paydo bo‘lgan
    hollarda amaliyotni o‘tkazishni rad etuvchi xabarnomani jo‘natish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
    Shu bilan birga, Operator Mijozdan uning faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot (shu
    jumladan, qog‘ozdagi hujjatli ma’lumotlar), Mijozni tasdiqlovchi ma’lumotlarni ko‘rsatuvchi
    hujjatlarni taqdim etish, Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan abonent raqamidan foydalanish bo‘yicha
    xizmatlar ko‘rsatish uchun uyali aloqa operatori bilan shartnoma nusxasini taqdim etishini talab
    qilishga haqli. Bunday ma’lumotni berishdan bosh tortgan yoki Operator tomonidan belgilangan
    muddatda taqdim etilmagan taqdirda, bunday elektron hamyon Operator tomonidan bloklanadi.
  • 14.9
    Mijoz Tizimdan tizimli foyda olishga yoki daromadni berkitishga qaratilgan amaliyotlarni
    bajarishga haqli emas. Mijozga tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ro‘yxatdan
    o‘tkazish qoidalarini buzgan holda, yoki litsenziya talablari va shartlarini buzganlik uchun
    jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilish to‘g‘risida xabardor hisoblanadi.
  • 14.10
    Mijoz tomonidan firibgarlik harakatlari amalga oshirilsa yoki shunday harakatlarda shubha
    qilingan hollarda, Operator hech qanday cheklovlarsiz huquqni muhofaza qilish organlariga
    murojaat qilishi va Tizimda bunday harakatlar va faoliyatlar to‘g‘risida ma’lumot yuborish
    huquqiga ega.
  • 14.11
    Mijoz mazkur Shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, Operator Mijoz
    tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddati mobaynida Mijozning Tizimdan
    foydalanishga kirishini blokirovka qilishga, shuningdek, Shartnomani bir tomonlama tartibda
    bekor qilishga haqli.
  • 14.12
    Mazkur Shartnoma shartlariga rozilik bildirib, Mijoz, Tizim Hamyoniga kirish uchun o‘z
    ma’lumotlarining maxfiyligi va himoyasini ta’minlash majburiyati bilan tanishib chiqganligini,
    yuqorida sanab o‘tilgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishini va Elektron pullardan
    foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar bilan tanish ekanligini tasdiqlaydi
    (uchinchi shaxslarning firibgarlik faoliyati, shaxsiy kabinetga kirish uchun ma’lumotlarni
    yo‘qotish ehtimoli, elektron pullar ustida nazoratni yo‘qotish va boshqalar).
  • 14.13
    Mijoz Operator va Agent ularga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, Mijozning ma’lumotlari
    va/yoki amaliyotlariga ruxsatsiz tegish va/yoki ulardan foydalanish, shuningdek, uchinchi
    shaxslarning xatti – harakatlari va/yoki Mijozning roziligi bilan ushbu amaliyotlardan
    foydalanish natijasida tuzilgan bitimlar uchun javobgar emasligini tasdiqlaydi.

15. SHAXSIY MAʹLUMOTLAR

  • 15.1
    Ushbu Shartnoma shartlarini qabul qilib, Mijoz Operator tomonidan Emitentga shaxsiy
    ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash, saqlash va yuborishga rozilik beradi. Ushbu harakatlar
    orqali Mijoz, uning shaxsiy ma’lumotlari bilan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda
    yoki ushbu vositalardan foydalanmagan holda bajariladigan har qanday harakatlar (amaliyotlar),
    shu jumladan «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq,
    shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash,
    aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), qaytarish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim
    etish, ruxsat berish), depersonalizatsiya, blokirovka, o‘chirish, yo‘q qilish, shuningdek,
    Operator tomonidan Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston hudididagi har qanday uchinchi
    shaxslarga taqdim etish kabi harakatlarga o‘z roziligini beradi.
  • 15.2
    Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish Operator va Emitent bilan shartnoma tuzish, tuzilgan shartnomani
    bajarish, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘larni legallashtirish, terrorizmni va
    ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi
    qonun hujjatlarining talablarini bajarish maqsadida amalga oshiriladi.
  • 15.3
    Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashga mazkur rozilik Operator tomonidan shaxsiy
    ma’lumotlarning foydalanilishining har qanday holatlarida, shu jumladan texnik qo‘llab –
    quvvatlash Xizmatining telefoniga Mijoz tomonidan amalgan oshirilgan qo‘ng‘iroqlarni qayta
    ishlashda ham qo‘llaniladi.
  • 15.4
    Mazkur Shartnoma shartlariga rozilik bildirgan holda, Mijoz shaxsiy ma’lumotlarini Tizim
    Emitentiga shuningdek, Tizim faoliyatini texnologik qo‘llab – quvvatlovchi uchinchi shaxslarga
    cheklovlarsiz o‘tkazishga roziligini tasdiqlaydi.
  • 15.5
    Operator Mijozning qabul qilingan shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
  • 15.6
    Mijozning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga va yuqorida ko‘rsatilgan boshqa harakatlarga
    rozilik Mijoz tomonidan hech qanday cheklovlarsiz taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasining
    «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq, faqat Operator tomonidan shaxsiy
    ma’lumotlardan foydalanish to‘xtatilishi kutilgan sanadan kamida 90 kun oldin, Tizim Operatorini
    uning yuridik manzili orqali yozma ravishda xabardor qilish sharti bilan Mijoz tomonidan rozilik
    bekor qilinishi mumkin.

16. TOMONLARNING JAVOBGARLIKLARI

  • 16.1
    Operator Mijozning Elektron hamyonidagi Elektron pul qoldig‘idan oshmagan miqdor doirasida Mijoz
    oldida javoblikni o‘z zimmasiga oladi.
  • 16.2
    Tizimning vaqtincha ishlamasligi, apparat yoki dasturiy ta’minotdagi nosozliklar va xatolar
    uchun Operator javobgar emas.
  • 16.3
    Operator ularga yolg‘on ma’lumot berish, shuningdek, Mijoz tomonidan Autentifikatsiyasi
    ma’lumotlarining yo‘qotilishi/uzatilishi natijasida yuzaga kelgan Mijozning zarar ko‘rishi va
    yo‘qotishlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
  • 16.4
    Ularning muvaffaqiyatsizligi Shartnoma kuchga kirgandan keyin vujudga kelgan fors-major
    holatlari natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa, yoki Shartnoma tuzilishidan oldin oldini olishni yoki
    oldindan aytishni iloji bo‘lmagan favqulotda hodisalar sodir bo‘lishi kabi holatlarda Shartnoma
    Tomonlari o‘zaro majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
    Fors-major holatlari kuzatilayotgan Tomon bu holatlar yuzaga kelganidan 10 (o‘n) ish kunidan
    kechiktirmay boshqa Tomonni xabardor qilishi shart.
  • 16.5
    Elektron terminallar, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish mashinalari, boshqa qurilmalardan
    foydalanish, dasturiy apparat majmualari, tashqi ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari ishlamay
    qolganda Xizmatlar ko‘rsatishning uzilish, uskunalar, dasturiy ta’minotni almashtirish yoki
    xizmat ko‘rsatish faoliyatini saqlab qolish, dasturiy ta’minot va/yoki texnik vositalarni
    yangilash bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda to‘liq yoki qisman uzilishlar natijasida
    Mijozda yuzaga keladigan bevosita yoki bilvosita zarar uchun Operator javobgar emas.
  • 16.6
    Mijozning Tizimning ishlashini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot yoki uskunalarga kira
    olmasligini, va Mijozning bu bilan bog‘liq yo‘qotishlari uchun Operator javobgar emas.
  • 16.7
    Tizim Operatori Mijoz va Merchant o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi bitimlari, xizmat ko‘rsatish,
    ishlarni va boshqa bitimlarni bajarish Tarafdori emas. Shu munosabat bilan Tizim Operatori
    bitimning qonun talablariga muvofiq ekanligini nazorat qilmaydi, uning shartlariga ta’sir
    qilmaydi, uning tuzilishi, amalga oshirilishi va bekor qilinishi natijalariga javobgar emas, shu
    jumladan, bunday operatsiya bo‘yicha pulni qaytarish masalasida, Mijoz oldida Merchant yoki
    Tizimning boshqa Mijozlaridan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun javobgar bo‘lmaydi, Merchant
    tomonidan o‘z majburiyatlarini, shu jumladan, tovarlani o‘tkazish, ishlarni bajarish va
    xizmatlarni ko‘rsatish majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi to‘g‘risidagi Mijoz
    da’volarini ko‘rib chiqmaydi.
  • 16.8
    Uchinchi shaxslarning Tizimning ishlashiga xalaqit berishga qaratilgan, Mijozning shaxsiy
    ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lmagan qonunga zid harakatlari bo‘lgan taqdirda, Operator
    Mijozning bunday harakatlar boshlangan paytdagi hamyonidagi elektron pullari miqdoridagi zarar
    uchun javobgar hisoblanmaydi. Mijozning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish bilan bog‘liq
    uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlangan taqdirda, Operator javobgar bo‘lmaydi.
  • 16.9
    Shaxsiy ma’lumotlar yo‘qolishi, Tizim tomonidan elektron hamyonning blokirovka qilinishi,
    Tizimga va/yoki Tizim Agentining Dasturiy Ta’minotiga kirishni ta’minlaydigan shaxsiy
    qurilmalarning yo‘qolishi, Mijozning shaxsini aniqlanmasdan, uning oqibatlarini bartaraf etib
    bo‘lmaydigan boshqa hodisalarda Operator Identifikatsiyalanmagan Mijoz oldida yuzaga kelishi
    mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar va keyinchalik Hamyondan foydalana olmasligi uchun javobgar emas.
    Hamyonning noma’lum Mijozga tegishli ekanligini tasdiqlash Operatorga Mijozning uyali aloqa
    operatori bilan shartnomasining asl nusxasini yoki tasdiqlangan nusxasini taqdim etish orqali
    mumkin bo‘ladi.
  • 16.10
    Tomonlar Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini mazkur Shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlarda
    bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga
    muvofiq javobgarlikka tortiladi.

17. NIZOLARNI TARTIBGA SOLISH

  • 17.1
    Tomonlar Mazkur Shartnoma shartlarini bajarishi jarayonida yuzaga kelgan barcha nizolar, ularni
    tartibga solish maqsadida muzokaralar va da’vo arizasi yuborish yo‘li orqali Tomonlar tomonidan
    ko‘rib chiqiladi. Taqdim etilgan da’volar o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
  • 17.2
    Tomonlar o‘zaro kelisha olmagan masalalar ko‘rib chiqish uchun Toshkent tumanlararo iqtisodiy
    masalalar bo‘yicha sudiga yuboriladi.

18. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, BEKOR QILISH VA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI

  • 18.1
    Shartnoma tuzilgan va uning kuchga kirgan paytidan boshlab, Mijoz mazkur Shartnomaning
    shartlarini akseptlangan vaqti hisoblanadi. Mazkur Shartnoma noma’lum muddatga yoki uni bekor
    qilinmagunga qadar amal qiladi.
  • 18.2
    Mijoz tomonidan tuzilgan Shartnoma, unga tegishli bo‘lgan barcha Elektron pullarni mavjud
    bo‘lgan istalgan usullar orqali yopish va (yoki) sotish, elektron hamyonni yopish orqali Mijoz
    tomonidan mustaqil ravishda bekor qilinishi mumkin.
  • 18.3
    Mijoz Operatorning istalgan vaqtda mazkur Shartnomaga, Tizim Qoidalariga, Tariflarga bir
    tomonlama tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega ekanligiga rozilik
    bildiradi. Shartnomaga, Tizim Qoidalariga, Tariflarga ko‘rsatilgan o‘zgartirishlar va
    qo‘shimchalar, agar nashrda boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, mazkur o‘zgartirishlarning yangi
    tahriri Operatorning veb-saytida e’lon qilingan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kuni
    o‘tgach kuchga kiradi.
  • 18.4
    Mijoz tomonidan mazkur Shartnoma shartlari va/yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
    buzilgan bo‘lsa, Operator shartnoma bekor qilinguniga qadar uch kun ichida kechiktirmay, yozma
    ravishda xabardor qilib, Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.
  • 18.5
    Agar Mijoz o‘z tashabbusi bilan Shartnomani bekor qilmoqchi bo‘lsa yoki Mijoz Operator tomonidan
    mazkur Shartnomani bekor qilish to‘g‘risida bildirishnoma olgan taqdirda, Mijoz bir kun ichida
    elektron hamyonida mavjud bo‘lgan Elektron pullarni yopishi yoki sotishi va Tizimdan
    foydalanishni to‘xtatishi shart.

19. BOSHQASHARTLAR

  • 19.1
    Mijoz Shartnomaning barcha shartlari unga tushunarli ekanligini kafolatlaydi shartlarni hech
    qanday bahonalarsiz va to‘liqligicha qabul qiladi.
  • 19.2
    Mijoz Tizimdan Oferta va Tizim Qoidalarida ko‘rsatilganidan boshqa maqsadlarda foydalanmasligini
    kafolatlaydi.
  • 19.3
    Mijozning Tizimdan foydalanish paytida barcha qilgan harakatlari, ularni bajarish vaqti Toshkent
    shahri vaqti bilan belgilanadi.
  • 19.4
    Mijoz tomonidan Oferta shartlari buzilgan taqdirda Operatorning harakatsizligi keyinchalik o‘z
    manfaatlarini himoya qilish huquqidan mahrum qilmaydi, shuningdek, Mijoz kelajakda shu kabi
    qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ysa, Operator o‘z huquqlaridan voz kechishini anglatmaydi.
  • 19.5
    Mijoz ushbu Ofertada aksept amalga oshirib, Mijozning pul mablag‘lari, elektron pullari
    mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan «A-Pay» shaxsiy kontaktsiz to‘lov
    kartasini taqdim etishga rozilik beradi, bu Mijozga Operator Tizimiga bemalol kirish,
    Merchantdan oflayn rejimida to‘lovni amalga oshirish, o‘zining shaxsiy kabineti to‘g‘risidagi
    ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
  • 19.6
    Mijoz ushbu Oferta akseptini amalga oshirib, Operator Xizmatlaridan foydalanganda Tizim
    Operatoridan reklama va axborot xarakteridagi xabarlarni qabul qilishga rozilik beradi.
  • 19.7
    Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan barcha masalalar bo‘yicha Tomonlar O‘zbekiston
    Respublikasi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.
  • 19.8
    Ushbu Shartnomaning bir yoki bir necha qoidalari biron-bir sababga ko‘ra yaroqsiz bo‘lsa va
    yuridik kuchga ega bo‘lmasa, bunday yaroqsizlik Shartnomaning kuchda qoladigan boshqa
    qoidalarining yaroqliligiga ta’sir o‘tkazmaydi.

TO’LOV TASHKILOTI
ООО «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY
AND INNOVATION» MChJ.
«A-Pay» ELEKTRON PULLAR
TIZIMI OPERATORI.

100090, O’zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
A. Qahhor ko’chasi,
9-tor ko’cha, 1a-uy

STIR: 306 344 019
h/r: 2020 8000 9050 6594 4001

AKB «TENGE BANK»

FAA:
01176,
Bank STIRi: 207 297 973
IFUT:
58290
Tel: (+99855) 500 11 10