Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Naqd puldan voz kechgan mamlakatlar.

04 Dekabr, 2023

Annotatsiya:

Dunyoda butunlay naqd pulsiz hisob-kitobga oʻtgan kamida 5 ta mamlakat mavjud ekanligini bilasizmi? Qaysi mamlakatlar naqd puldan voz kechganligini aytib beramiz.

 

Maqola

Naqd puldan voz kechgan mamlakatlar roʻyxati, misli koʻrilmagan tezlik bilan oʻsib bormoqda. Buni tushunish mumkin – chunki naqd pulning afzalliklar juda koʻp. Ulkan “meshdek” hamyonlar oʻrniga yupqa va deyarli joy egallamaydigan kardxolderlar keldi. Qaysi mamlakatlar va nima sababli naqdsiz toʻlovga oʻtishga ulgurganliklarini– maqolamizda oʻqing. 

 

AQSh

AQSh  – butunlay naqdsiz hisob-kitobga oʻtib boʻlgan birinchi mamlakatlardandir. Venmo, Apple Pay, Google Pay va Samsung Pay mobil toʻlov tizimlari, turli xil doʻkonlar, restoranlar va boshqa xizmat koʻrsatish nuqtalarida faol ishlatiladi va qogʻoz pullik toʻlovlarning oʻrnini deyarli bosib boʻlishdi.

Kanada

Kanada ham innovatsiyalar va naqdsiz toʻlovlarning rivojlanishi boshqalardan oldinroq yetib kelgan birinchi mamlakatlar orasidan joy olgan. Bundan tashqari: Kanada – bank kartalariga chip va PIN oʻrnatib, ularning eng yuqori darajadagi xavfsizligini taʼminlagan birinchi mamlakatlardan.

Mamlakatda mahalliy aholi orasida juda ommabop boʻlgan, oʻzining Interac toʻlov tizimi mavjud. Shuningdek, Kanadada onlayn-toʻlovlarni amalga oshirishda PayPal va Apple Pay elektron hamyonlarini juda yaxshi koʻrishadi.  

Shvetsiya

Shvetsiya ham naqdsiz hisob-kitob chetlab oʻtmagan yetakchi mamlakatlardan biridir. Shvetsiyada bank kartasini qabul qilmaydigan doʻkonlar, restoranlar va boshqa xizmatlarni uchratish juda kamyob holat. Shvetsiyada oʻzining yetakchisi – Swish mobil toʻlov servisi mavjud.

Daniya

Daniyada naqdsiz toʻlovlar keng qoʻllaniladi va deyarli barcha sohalar va yoʻnalishlarda qabul qilinadi. Aarxus shahrida transport tashkilotlari naqd toʻlovlarni umuman qabul qilishmaydi  – transport uchun faqat elektron chiptalar, mobil ilovalar va bank kartalari yordamida toʻlash mumkin. Oldingi mamlakatlardagi kabi, daniyaliklarda ham sevimli MobilePay – naqdsiz toʻlovlar uchun servisi mavjud.

Niderlandiya

Qogʻoz pullar va tangalardan butunlay voz kechishga intilayotgan yana bir mamlakat. Mamlakatda mahalliy aholiga ishonchli va tezkor onlayn-toʻlovlarni amalga oshirishga imkon beruvchi, eng ommabop iDEAL toʻlov tizimi mavjud. AQShda  boʻlgani kabi, Niderlandiyada ham tranzaksiyalarni bir zumda amalga oshirish uchun xavfsiz servislar sifatida — Apple Pay va Google Pay juda ommabop.

Naqdsiz toʻlovning barcha afzalliklari – A-Pay ilovasida! Ilovani yuklab oling, ikki daqiqada elektron hamyonga ega boʻling, tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlardan 2%dan boshlanadigan keshbek oling; A-Pay bepul kartasiga buyurtma bering; pullarni hamyondan hamyonga komissiyasiz oʻtkazing!