Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Moliyaviy chek-ap oʻtkazamiz

21 Iyul, 2023

Muntazam ravishda koʻrikdan oʻtish nafaqat salomatligingiz uchun, balki pullaringiz uchun ham oʻta muhim – bu bilan Siz moliyaviy holatingizni toʻliq koʻra olishingiz hamda moliyaviy farovonlikka erishish uchun oʻz vaqtida “davolanish”ga yozilishingiz mumkin.

Mazkur maqolada biz moliyaviy “teshik”larni qanday yopish va oʻz pullaringizning haqiqiy xoʻjayiniga aylanish sirlarini aytib beramiz!

Muammoli zonalarni aniqlaymiz

Yilda bir marotaba moliyaviy holatni tekshiruvdan oʻtkazish maqsadga muvofiq. Shuning uchun ham yaqin 12 oylik taxminiy kirim-chiqimlarni tahlil qilish muhimdir. 

Asosiy daromadlaringizni yozib chiqing, masalan:

  • Oylik maosh va bonuslar, mukofotlar;
  • Qoʻshimcha daromad;
  • Shaxsiy biznesdan tushgan foyda;
  • Passiv daromadlar (bankdagi foizlar, sarmoyalardan yoki savdo/ijaradan tushgan mablagʻlar).

Shuningdek, xarajatlarning taxminiy roʻyxatini tuzing:

  • Uy-joy uchun (ijara, kommunal xizmatlar, internet, mobil aloqa, taʼmirlash, maishiy texnika xarid qilish);
  • Oziq-ovqat uchun (bir oila uchun haftalik oziq-ovqatlar + yengil tamaddi va kafeda ovqatlanishning oʻrtacha narxi);
  • Qarzlar va kreditlar;
  • Jamgʻarmalar (kelgusiga jamgʻarib boriladigan pullar);
  • Avtomobilga xizmat koʻrsatish;
  • Oʻyin-kulgi, sayohat, bayramlar  tashkil etish va sovgʻalar uchun  toʻlovlar;
  • Kiyim-kechak va poyabzal xarid qilish;
  • Tibbiyot uchun rejali xarajatlar;
  • Oilaga yordam, oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar taʼlimi uchun pul.

Keyingi qadamlar:

  1. Kelgusiga qanday jamgʻarmalarni tuzishni aniqlab oling. Soʻng bankda hisob raqam oching va oylik maoshning bir qancha foizini shu hisob raqamida yigʻib boring.
  2. Mablagʻning maʼlum qismini tejash uchun qaysi xarajatlarni olib tashlash mumkinligini tahlil qiling.
  3. Agar kreditingiz boʻlsa, uni toʻlashga eʼtibor qaratish lozim.
  4. Voz kechish mumkin boʻlgan qimmat va unchalik foydali boʻlmagan aktivlarni tahlil qiling: oʻta xashamdor mashina va unga xizmat koʻrsatish hamda yoqilgʻi quydirish uchun xarajatlar; sarmoya talab qiladigan, ammo zavq keltirmaydigan dala hovli; doimiy ravishda pullaringizni  havoga uchiradigan befoyda biznes va h.k.
  5. Daromadlarni qanday oshirish mumkinligini oʻylab koʻring (masalan: yuqori maoshli ishga oʻtish, qoʻshimcha ish olish, jamgʻarmaning bir qismini omonat hisobiga qoʻyish).

Daromadingizni oshirishning yana bir usuli – A-Pay ilovasini yuklab olish!

APS-hamyon orqali to‘lang va hamkorlarimizning savdo nuqtalarida APS-hamyon orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar uchun 2%dan boshlanadigan keshbek oling; haftalik topshiriqlarni bajaring va bonuslarga ega boʻling!