Pul hisobni yaxshi koʻradi, axir shu tariqa sarf-xarajatlarni tahlil qilishingiz, xaridlarni rejalashtirishingiz va keraksiz narsalarni olmaslik oʻrganishingiz mumkin. Hammada ham pul hisoblash dek foydali odat boʻlavermaydi – uni oʻzida shakllantirish u qadar oson ish emas. Biroq biz sizga yordam berolamiz!
Ushbu maqolada pullarni nazoratda ushlashni va bunga qanday odatlanish mumkinligi toʻgʻrisida bir nechta maslahat beramiz.
Oʻzingizga oʻzingiz motivatsiya bering
Mazkur yangi odat sizga nima uchun kerakligini oʻylab koʻring. Pulni nimaga toʻplashni xohlaysiz? Moliyaviy ishlaringizda tartib hamda shaffof kirim-chiqim tizimi sizga nima beradi? Agar siz oldin ham pullaringizni nazorat qilishga harakat qilgan boʻlsangiz, nima uchun bundan toʻxtaganingizni tushunish muhim.
Qulay formatni tanlang
Sarf-xarajatlarni qayerga va qanday yozib borasiz? Bu yangi odatni shakllantirishda muhim qadam sanaladi. Birinchi navbatda, bu sizga qulay boʻlishi kerak. Shuning uchun ham, biroz vaqt sarflab, mavjud bir nechta variantdan oʻzingizga mosini tanlagan maʼqul:
Oʻsha eski, qadrdon yon daftarchada. Yozuvlarni qoʻlda qayd qilib borish boshqa usullarga qaraganda koʻproq vaqt talab qilsa-da, koʻpchilik odamlar uchun odatiy sanaladi.
Excel dasturida ochilgan faylda. Tezkor variant, ammo buning uchun formulalar bilan ishlashni bilish kerak.
“Google Drive”da yaratilgan faylda. Oilaviy byudjetni yuritish uchun mos keladi, zero faylga bir vaqtning oʻzida bir nechta odam kirishi mumkin.
Moliyaviy hisobni yuritish ilovalarida. Axborotni tizimga solish va ularni tahlil qilishda yordam beradigan, shuningdek, belgilangan limitdan oʻtib ketganlik toʻgʻrisida eslatadigan koʻplab dasturlar mavjud.
Sarf-xarajatlarni toifalarga ajrating
Pulingizni sarflaydigan asosiy yoʻnalishlarni aniqlash muhim. Birinchi navbatda, majburiy xarajatlarni (kommunal xizmatlar, mobil aloqa, Internet, muddatli toʻlov boʻyicha majburiy toʻlovlar va boshqalar) yozing. Keyin asosiy zarur xarajatlarni yozing – masalan, oziq-ovqat mahsulotlari va transport uchun xarajatlar. Bunday toifalar sizga xarajatlarning asosiy bandlarini eslab qolib, ular haqida maʼlumot kiritishni yodda tutishga yordam beradi.
Toʻlov usuli ahamiyatga ega
Naqd pul bilan toʻlash koʻpincha yangi odatingiz uchun haqiqiy sinovga aylanishi mumkin. Chindan ham, xarajatlaringizni eslab qolishingiz va doʻkonga borib kelganingizdan soʻng, yozib qoʻyishingiz kerak. Cheklarni saqlab qolish va ularni darhol hisob-kitobga kiritish muhim.
Karta orqali toʻlash qulayroq boʻlishi mumkin, ammo banklar har doim ham sarf-xarajatlar haqida batafsil maʼlumot bermaydilar – yana bari bir cheklarga qarab moʻljal olishga toʻgʻri keladi.
Shuning uchun, hisob-kitob yuritishning eng oson yoʻli – sarf-xarajatlarning barcha tafsilotlari aks ettiriladigan toʻlov ilovalaridan foydalanish.
A-Pay ilovasida nafaqat oʻz xarajatlaringizni nazorat qilishingiz, balki pul ishlashingiz ham mumkin! Buning uchun A-Pay ilovasini yuklab oling, onlayn xaridlar va hamkorlarimizning savdo nuqtalaridagi xaridlar uchun APS-hamyon orqali toʻlang va 2 %dan boshlanadigan keshbekka ega boʻling!