Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Kreditlar — “yoqlovchilar” va “qarshilar”.

22 Avgust, 2022

Hayotimiz davomida koʻpchiligimiz qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qolganmiz, bundan chiqishning yagona yoʻli kredit boʻlgan.
Lekin moliyaviy savodxonlik nuqtayi nazaridan kreditlar olish — yaxshi qaror emas.
Mana nima uchun shunday:

  1. Kreditga olingan pullarning ustiga foizlar qoʻshiladi.
    Toki bu foizlarni toʻlab borar ekansiz, ehtimol, oʻz xarajatlaringizni keskin kamaytirishingizga toʻgʻri kelar, bu esa yana bir kreditga olib kelishi mumkin.
    2. Ishda qisqartirish, sogʻliq holatining yomonlashuvi — qaysi paytda toʻsatdan daromad manbaimizdan ajralib qolishimizni oldindan bashorat qila olmaymiz.
    Shunday boʻlib qolsa, kreditni qaysi pul hisobidan toʻlash lozim?
    3. Oldindan aytib boʻlmaydigan va doimiy oʻsib borayotgan inflyatsiya pullaringizni “yeb qoʻyadi”, bu esa sizni yangi kredit olishga majbur qiladi.

Biroq, baribir kredit haqida qaror qabul qilar ekansiz, siz bu masalaga ongli holda va masʼuliyat bilan yondashishingizga ishonch hosil qiling.
Oʻzingiz uchun quyidagi savollarga javob bering:

  1. Qaysi maqsadlar uchun kredit olmoqchiman?
    2. Maqsadimga kreditsiz erisha olamanmi?
    3. Bu bankda kredit olish haqida hamma narsani bilamanmi?
    4. Shartnomani diqqat bilan oʻrganib chiqdimmi?
    5. Qanday shartlarda kredit olyapman?
    6. Har oyda qancha toʻlab borishim kerak?
    7. Kasal boʻlib qolsam yoki ishimdan ayrilsam, kreditni toʻlab bora olamanmi?
    Bu savollarga halol javob berib, siz oʻz vajlaringiz va haqiqiy imkoniyatlaringizni tushunib olishda oʻzingizga koʻmaklashgan boʻlasiz.

Pullarni koʻpaytirishning yangi va 100% xavfsiz usullarini, shuningdek, xarajatlarni nazorat qilishni maʼqul koʻradiganlarga esa, biz A-Pay ilovasini yuklab olishni tavsiya qilamiz!

Ilovadagi oddiy topshiriqlarni bajarganlik uchun bonuslar, bizning sheriklarimizda har qanday tovarlar va xizmatlarga toʻlov uchun 2% keshbek — bu esa butun Oʻzbekistn boʻylab 30 000 tadan ortiq savdo nuqtalaridir.

A-Pay bilan yangi usulda pul toʻlang, oʻtkazing, yigʻing!