Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

Kreditga berilgan hayot. Qarz chohidan qanday qutulish mumkin?

16 Noyabr, 2022

Kreditlar zamonaviy hayotning odatdagi qismiga aylandi — hamma narsa pul turadi va buni har doim ham choʻntagimiz koʻtaravermaydi.
Maishiy texnika, mebel, gadjetlar sotib olish, taʼlimga va albatta toʻyga sarflash uchun biz qarzga botamiz!

Oqibatda nima boʻladi?

Mebel sinadi, gadjetlar yoʻqoladi, kredit esa boʻynimizda qolaveradi va uni toʻlashga toʻgʻri keladi.
Yoqimsiz vaziyat, shuning uchun qarzni ertaroq toʻlash va uni xuddi qoʻrqinchli tushdek unutishni istaymiz.

Bu maqolada biz siz uchun qanday qilib kreditlar boʻyicha qarzlarni iloji boricha tez yopish haqida 5 ta maslahatni toʻpladik.

  1. Byudjet.
    Har oyda daromadlaringizning barcha manbalarini tahlil qiling va byudjetni hisoblab chiqing.
    Agar xarajatlar boʻyicha minusga kirib ketayotgan boʻlsangiz, bu sarflarni qisqartirish uchun sababdir.
  2. Har kunlik xarajatlar.
    Ham har oylik, ham har kunlik byudjet tuzing!
    Xavf nafaqat bir martalik yirik xarjlarda, balki ishga keta turib odatdagidek har kuni kofe olishda ham yashiringan!
  3. Hayallamang.
    Agar sizda bekor turgan pullar yigʻilib qolgan boʻlsa, bundan eng yuqori foiz stavkasiga ega majburiyatlardan boshlab, qarzlaringizni toʻlashda foydalaning.
  4. Maslahatlashing.
    Hoynahoy, doʻstlaringiz yoki tanishlaringiz orasida maslahat soʻrab murojaat qilishingiz mumkin boʻlgan moliyaviy ekspert bordir.
  5. Kelishib oling.
    Oʻz hamyoningizga yuklamani kamaytirish uchun kreditorlar bilan kelishuvingizni qayta koʻrib chiqish haqida oʻylab koʻring.
    Qarzlardan qutulish sizga moliyaviy ishonchni qaytarib beradi va maʼnaviy ruhingizni koʻtaradi, shuning uchun sizga hayallamaslikni va barcha kreditlarni iloji boricha tez yopishga harakat qilishni maslahat beramiz.

Xarajatlaringizni nazorat qilish va qoʻshimcha pul ishlab topishda sizga A-Pay yordam beradi!
Ilovani Google Playʼdan yuklab oling, elektron hamyondan onlayn tarzda hamda hamkorlarimizning savdo nuqtalarida toʻlovni amalga oshiring va 2%dan boshlanadigan keshbek oling!