Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

«APS bonus» BONUS DASTURINING QOIDALARI

20 Iyun, 2023

1. UMUMIY QOIDALAR

  • 1.1«APS bonusi» bonus Dasturi «A-Pay» Elektron pul Tizimidan foydalanuvchi Mijozlarni
    ragʻbatlantirish va mukofotlash maqsadida tashkil etilgan hamda Tizim Foydalanuvchilarining
    faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan.
  • 1.2«APS bonusi» bonus Dasturining ushbu qoidalari (bundan keyin matnda – Qoidalar, Dastur)
    Mijozlarning undagi ishtirokining umumiy shartlari va tartibini belgilaydi. «APS bonusi» bonus
    Dasturi Elektron pullarni ishlatgan holda «A-Pay» Elektron pullari Tizimidan (bundan keyin matnda
    – Tizim) toʻlovlar, oʻtkazmalar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanuvchi
    Mijozlar-jismoniy shaxslarga moʻljallangan.
  • 1.3Mijozlarning «APS bonusi» bonus Dasturi (bundan keyin matnda – Dastur)ga kirishi ushbu bonus
    Dasturining Qoidalari koʻrinishida taqdim etilayotgan Ommaviy oferta yoʻli bilan amalga oshiriladi.
    Qoidalar «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» AJ – «A-Pay» Elektron
    pullar Tizimi Operatori (bunday keyin matnda – Operator, Tizim Operatori) (yuridik manzili:
    Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor koʻchasi, 9-tor koʻcha, 1A-uy/STIR 306 344 019 /IFUK
    58290) bundan keyin matnda – Operator, Tizim Operatori)ning Mijozning Oʻzbekiston Respublikasi
    Fuqarolik kodeksi meʼyorlariga muvofiq Dasturda (ommaviy ofertada) qatnashishiga shartnoma
    tuzish uchun rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi.
  • 1.4Operator oʻzining quyidagi manzildagi rasmiy https://a-pay.uz sayti va (yoki) mobil ilovasi orqali
    ushbu Dasturning dolzarb versiyasini joylashtiradi va Mijozni Tizim Operatori va/yoki mobil ilova
    vositasida ushbu Dasturga qoʻshilish imkonini tashkil etadi.
  • 1.5Shartnoma Mijoz tomonidan Dastur Qoidalarida nazarda tutilgan va qoʻshilish shartlarida barcha
    shartlarni hech qanday istisnosiz va cheklovlarsiz qabul qilishni anglatuvchi harakatlar sodir etilgan
    vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.
  • 1.6Mijoz akseptni amalga oshira turib, ushbu Shartnomaning shartlariga rozi boʻladi va ularni qabul
    qiladi hamda Dastur Ishtirokchisiga aylanadi. Ushbu Shartnoma Mijoz tomonidan aksept amalga
    oshirilgan vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va uning qiymati yozma shaklda tuzilgan hujjatga
    tengdir.
  • 1.7Oferta aksepti Mijoz tomonidan har qanday konklyudent harakatlari bilan: «A-Pay» Elektron
    pullar Tizimida roʻyxatdan oʻtish, SMS kodni kiritish, birinchi tranzaksiyani olib borish orqali amalga
    oshiriladi.
  • 1.8Qoidalarda nazarda tutilgan konklyudent harakatlarni amalga oshira turib, Ishtirokchi shu tariqa
    Dastur Qoidalarining toʻliq matni va Qoidalarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan tanishib chiqqanligini,
    Qoidalarning shartlari va tartiblarini toʻliq qabul qilganini, ularga roziligini va rioya qilishini
    tasdiqlaydi.
  • 1.9Dastur doimiy ravishda joriy etiladi, biroq Tizim Operatori bir tomonlama tartibda «APS bonusi»
    bonus Dasturiga oʻzgartirish kiritish, toʻldirish va/yoki Bonus Dasturini bekor qilish huquqini oʻzida
    saqlab qoladi.
  • 1.10Dasturda ishtirok etish ixtiyoriy va bepul hisoblanadi. Operator Dastur Ishtirokchisini marketing
    aksiyalarini joylashtirish qoidalari va shartlari toʻgʻrisida rasmiy internet resurslari va/yoki mobil
    ilovalarida, shuningdek, Ishtirokchi maʼlumot olishi mumkin boʻlgan boshqa usullar bilan xabardor
    qiladi.
  • 1.11«APS bonusi» bonus Dasturi Tizim Operatori tomonidan bir tomonlama tartibda axborotni
    rasmiy saytda va mobil ilovasida joylashtirish yoʻli bilan oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin. Agar
    joylashtirishda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, yangi shartlar ular chop etilgan vaqtdan
    boshlab kuchga kiradi.

2. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR

  • 2.1«APS bonusi» bonus Dasturi – Operator va Hamkorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi
    hududida birgalikda amalga oshiriladigan, Mijozlarning tovarlarni, xizmatlarni sotib olishdagi,
    Qoidalarda belgilangan asoslar boʻyicha Ishtirokchilarga Ballar hisoblanishini nazarda tutuvchi
    «A-Pay» Elektron pul Tizimidan foydalangan holda faolligini oshirishga qaratilgan dasturdir.
  • 2.2.
    Qoidalar – https://a-pay.uz manzili boʻyicha Internet tarmogʻida va/yoki boshqa mobil ilovasida
    joylashtirilgan, marketing kampaniyalarining Tizim Operatori tomonidan olib boriladigan Bonuslarni
    hisoblash, yopish (oʻchirish) va tiklash tartibini belgilash jarayonidagi ommaviy oferta hisoblanuvchi
    haqiqiy hujjat.
  • 2.3
    Dastur Ishtirokchisi (Ishtirokchi) – «A-Pay» Elektron pullar Tizimida qayd etish tartibidan oʻtgan,
    elektron hamyonga kirish huquqi ochilgan va Dasturda Qoidalarda bayon etilgan shartlar asosida
    qatnashuvchi Mijoz.
  • 2.4APS bonus – «A-Pay» Elektron pullar Tizimining Operatori tomonidan Dastur doirasida
    Ishtirokchining bonus hisobiga hisoblanadigan va undan foydalangan taqdirida Mukofot olish
    huquqini beruvchi shartli (virtual) birlik. APS bonuslar toʻlov vositasi hisoblanmaydi va bunday boʻlishi
    ham mumkin emas, ular pul ham, qimmatli qogʻoz ham emas, ularni naqd pulga aylantirish yoki
    meros boʻyicha topshirish ham mumkin emas.
  • 2.5APS bonusining hisoblanishi – Ishtirokchi tomonidan Dastur va/yoki Aksiya qoidalarida nazarda
    tutilgan tartibda amalga oshirgan Operatsiyalari va/yoki boshqa harakatlari natijasida uning Bonus
    hisob raqamidagi Bonuslarining koʻpayishiga olib keladigan jarayon.
  • 2.6APS bonusini qoʻllash – bu shunday jarayon boʻlib, uning natijasida Dastur Ishtirokchisining
    tashabbusi bilan Peshtaxtada taqdim etilgan Tovarlar, xizmatlarni sotib olishda, shuningdek,
    Aksiyalarda ishtirok etish maqsadlarida Ishtirokchining Bonus hisob raqamidagi APS bonuslari
    miqdorining kamayishi yuz beradi.
  • 2.7Hamkor – Operator bilan shartnoma tuzuvchi, Operator bilan birgalikda Ishtirokchilar tomonidan
    tovarlar, xizmatlar evaziga, jumladan, Aksiya doirasida APS bonuslarini mukofot tarzida olish va/yoki
    foydalanish imkoniyati Dasturini amalga oshiradigan yuridik shaxs (merchant).
  • 2.8Aksiya – Dastur doirasida Operator va/yoki Hamkor tomonidan «A-Pay» Elektron pul Tizimidagi
    faollikni oshirish, Ishtirokchilarning Operator, Hamkorning mahsulotlariga nisbatan ishonchini
    shakllantirish va oshirishga qaratilgan ommaviy oferta sharoitida oʻtkaziladigan Ishtirokchiga
    mukofot taqdim etishdan iborat boʻlgan marketing tadbiri.
  • 2.9Aksiya tranzaksiyalari – Dastur shartlari boʻyicha va/yoki tegishli Marketing aksiyalarining
    shartlariga koʻra Bonuslarni hisoblashni nazarda tutuvchi Tranzaksiyalar (yoki Ishtirokchining
    boshqa harakatlari/voqealar).
  • 2.10Mukofotlash (Ragʻbatlantirish) – ragʻbatlantirish shakli, Qoidalar va/yoki Aksiya doirasida taqdim
    etilgan Ishtirokchilarga haq toʻlash.
  • 2.11Bonus dasturini suiisteʼmol qilish – Ishtirokchining tovarlar, xizmatlarni sotib olmasdan turib, shaxsiy
    isteʼmoli maqsadlarida, yoxud noqonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan mablagʻlar hisobiga tranzaksiyani
    amalga oshirish orqali, yoki notoʻgʻri axborot (maʼlumot)ni taqdim etish yoʻli bilan amalga oshirilgan
    tranzaksiyalar toʻgʻrisidagi, yoxud Ishtirokchi tomonidan Dastur va/yoki Aksiya doirasida taqdim
    etiladigan qandaydir imtiyozlar va mukofotlarni qoʻlga kiritishga qaratilgan, maksimal miqdorda
    APS bonuslarini yigʻishga qaratilgan Dastur Qoidalari va/yoki Marketing aksiyalari shartlariga
    (Dastur doirasida oʻtkaziladigan) zid boʻlgan har qanday harakatlari, shuningdek, boshqa insofsiz
    (noqonuniy) harakatlari.

3. BONUSLARNI HISOBLASH VA
FOYDALANISH SHARTLARI

  • 3.1
    «APS bonus» bonus Dasturi Ishtirokchi tomonidan APS bonuslarini (bundan keyin matnda – APS)
    hisoblash koʻrinishida ragʻbatlantirishni qoʻlga kiritish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu Bonus
    Dasturini tatbiq etish shartlari Tizim Operatori tomonidan belgilanadi.
  • 3.2
    Operator Qoidalarda va marketing aksiyalari shartlarida nazarda tutilgan operatsiyalar boʻyicha
    APSni hisobga olish, detalizatsiya va foydalanishni amalga oshiradi.
  • 3.3
    APS pul mablagʻi hisoblanmaydi, uni naqd pul qilish yoki pul mablagʻiga almashtirish mumkin emas.
  • 3.4
    APSning hisobini yuritish va hisoblash maqsadlarida «A-Pay» Elektron pullar Tizimida amalga
    oshirilgan operatsiyalar, shuningdek, ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq keluvchi boshqa
    harakatlar va/yoki voqealar inobatga olinadi.
  • 3.5
    Ishtirokchiga taqdim etilgan APS faqat ushbu Dasturning Qoidalariga muvofiq foydalanilishi mumkin.
  • 3.6
    APSdan foydalanish Qoidalarda belgilangan Bonus Dasturining cheklovchi shartlariga rioya
    qilingan holda amalga oshiriladi.
  • 3.7
    APS oʻtkazilmaydi va boshqa Ishtirokchiga oʻtkazilishi mumkin emas.
  • 3.8365 (uch yuz oltmish besh) kun mobaynida harakat boʻlmaganda va/yoki Tizimdagi elektron
    hamyon yopilganda Ishtirokchining APS qoldigʻi soʻzsiz va shubhasiz tartibda bekor qilinishi lozim va
    barcha hisoblangan bonuslar nolga qaytariladi.
  • 3.9APS miqdori «A-Pay» Elektron pul Tizimida olib borilgan operatsiyaning foizi sifatida va APS
    hisoblash shartlariga muvofiq belgilangan nisbatda hisoblanadi. APS miqdori yaxlitlanmaydi va
    verguldan soʻng ikki kasrga yozilishi lozim.
  • 3.10Hisoblangan APS miqdori APS bonuslarni hisoblash Shartlari va Aksiya Shartlariga muvofiq hisoblanadi.
  • 3.11Hisoblangan va/yoki foydalanilgan APS miqdorini yuritish Qoidalarga muvofiq, maxsus hisobda olib boriladi.
    Operator hisob-kitobni olib boradi va maʼlumotni Ishtirokchiga beradi. Dastur
    Ishtirokchisi oʻz elektron hamyonini mustaqil ravishda va/yoki Operator orqali, va/yoki A-Pay
    Agenti orqali toʻldirganida, bonusli APSlar hisobga yozilishining maksimal chegarasi bir oyda
    400 000 (toʻrt yuz ming) APSni tashkil qiladi. Bonusli APSlar miqdori maksimal oylik chegaraga
    yetganida, bonusli APSlarni Operator tomonidan hisobga yozish keyingi kalendar oyga qadar
    toʻxtatiladi.
  • 3.12Operator tomonidan Ishtirokchining roziligisiz elektron hamyondan foydalanishga urinishlar
    toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olingan yoki aniqlangan, Operator tomonidan Ishtirokchi dasturining
    suiisteʼmol qilinishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan yoki aniqlangan hollarda APS hisoblanishi amalga
    oshirilmaydi (agar alohida Aksiyalarning qoidalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa).
  • 3.13APS hisoblanganidan soʻng Ishtirokchi Qoidalarda va/yoki Aksiya qoidalarida oʻrnatilgan tartibda
    bonuslardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi.
  • 3.14Dastur Ishtirokchisi uning maxsus hisob raqamida maʼlumot aks etgan APSdan faqat Operator
    Peshtaxtasida joylashtirilgan Tovarlar, xizmatlarni sotib olish va Ishtirokchi tomonidan ularga
    buyurtma berish sanasida foydalanish huquqiga ega boʻladi. Ishtirokchi Peshtaxtadagi buyurtmaga
    kirish mumkin boʻlgan APS bonuslarda Tovarlar, xizmatlarning roʻyxati va qiymati haqida
    Operatorning Saytidan va/yoki mobil ilovasidan bilib olishi mumkin. Peshtaxtadagi Tovarlar,
    xizmatlarni olish roʻyxati va shartlarini Operator bir tomonlama tartibda oʻzgartirishi mumkin.
  • 3.15Peshtaxtadagi har bir Tovar, xizmat APSning tegishli miqdoriga teng boʻlgan oʻz qiymatiga ega.
  • 3.16Operator va/yoki Hamkorlar tomonidan Peshtaxtada taqdim etiladigan Tovar, xizmatlar
    Ishtirokchi tomonidan faqat toʻplangan APSlar hisobiga sotib olinishi mumkin. Agar APS miqdori
    Ishtirokchining maxsus hisob raqamida Tovar, xizmatlarni sotib olish uchun yetarli boʻlmasa,
    Ishtirokchi ularni sotib olish imkoniga ega boʻlmaydi.
  • 3.17APSni qoʻlga kiritish uchun Ishtirokchi «A-Pay» Elektron pul Tizimida oʻziga va oʻz manfaatlariga
    qaratilgan harakatlarni amalga oshirishi shart, Tizimdagi operatsiyalar va tranzaksiyalar
    Ishtirokchining shaxsiy tranzaksiyalari boʻlishi lozim. Ishtirokchiga boshqalarning manfaatlari yoʻlida
    har qanday operatsiyalar, tranzaksiyalar olib borish taqiqlanadi. Operator tomonidan unga va/
    yoki Hamkorga turli koʻrinishdagi va darajadagi moddiy, maʼnaviy va boshqa zarar yetkazuvchi
    oqibatlarga olib keluvchi tovlamachilik, yolgʻon va boshqa nayranglar sifatida baholangan harakatlar
    aniqlangan taqdirda, Ishtirokchining Qoidalarga mos kelmaydigan va maksimal miqdordagi
    APS olishga qaratilgan harakatlari fosh qilingan hollarda avval hisoblangan va oʻtkazilgan APSlar
    Ishtirokchini oldindan ogohlantirmagan holda bekor qilinishi yoki tuzatilishi lozim boʻladi.

4. OPERATOR PESHTAXTASIDAGI
TOVARLAR, XIZMATLARGA
BUYURTMALARNI RASMIYLASHTIRISH
TARTIBI

  • 4.1
    Dastur Ishtirokchisi tomonidan Peshtaxtada joylashtirilgan tovarga buyurtmani rasmiylashtirish
    Shaxsiy kabinetdan va/yoki mobil ilovadan foydalangan holda amalga oshiriladi. Foydalanish
    mumkin boʻlgan APS miqdori shaxsiy kabinet va/yoki mobil ilovadan foydalanishga ham mumkin
    boʻladi. Peshtaxtadan Tovar, xizmatlarga buyurtma berishda maxsus hisob raqamning balansi Tovar,
    xizmatlarga buyurtma berish uchun zarur boʻlgan APS miqdoriga qarab kamayadi.
  • 4.2
    Shaxsiy kabinet va/yoki mobil ilova orqali Tovar, xizmatlarga buyurtmani rasmiylashtirishda APSdan
    foydalanish uchun Ishtirokchi «A-Pay» Elektron pul Tizimining identifikatsiyalangan mijozi boʻlishi
    lozim, Peshtaxtadan Tovar, xizmatlarni tanlashi va oʻz buyurtmasini tasdiqlashi zarur.
  • 4.3
    Ishtirokchi tomonidan Tovar, xizmatlarga buyurtmaning tasdiqlanishi uning APSdan Qoidalarda
    koʻrsatilgan tartibda foydalanish vakolati hisoblanadi. Operator va/yoki Hamkor Ishtirokchiga u
    sotib olgan Tovarni oʻtkazishga qaratilgan harakatlar majmuini amalga oshiradilar, jumladan, Tovarni
    yetkazib berish toʻgʻrisidagi masalaga aniqlik kiritish uchun Ishtirokchi bilan bogʻlanishlari mumkin.
    Agar Ishtirokchining aybi bilan yetkazib berish amalga oshirilmagan boʻlsa, u holda Tovarni takroran
    yetkazib berish shartlari va imkoniyati Ishtirokchi hamda Operator/Hamkor bilan qoʻshimcha
    ravishda kelishib olinadi. Bunday hollarda Tovarni takroran yetkazib berish xarajatlari Ishtirokchi
    zimmasiga yuklanadi.
  • 4.4
    Ishtirokchi tomonidan Peshtaxtadan sotib olingan Tovar, xizmatlar Operator va/yoki Hamkorga qaytarilmaydi.
  • 4.5
    Tovarni, xizmatlarni Ishtirokchi joylashgan (turgan) hududga qadar yetkazib berish Operatorning
    majburiyatiga kirmaydi. Tovarni yetkazib berish qiymati Operatorning xohishiga koʻra qoʻshimcha
    ravishda koʻrsatilishi mumkin.

5. ISHTIROKCHINING HUQUQLARI VA
MAJBURIYATLARI

  • 5.1
    Ishtirokchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
  • 5.1.1
    Internet tarmogʻiga kirish uchun mustaqil ravishda toʻlov qilish (shaxsiy pul mablagʻlari
    hisobiga) va Dasturda qatnashish uchun talab qilinadigan boshqa xarajatlarni oʻz zimmasiga
    olib, bu Dasturning tekinligiga va unda qatnashishga taʼsir koʻrsatmaydi.
  • 5.1.2
    Dasturda qatnashish doirasida har qanday boshqa sabablar bilan Operatorga yolgʻon, noaniq,
    toʻqilgan, notoʻgʻri, soxta yoki ishonchsiz maʼlumotlarni taqdim etmaslik;
  • 5.1.3
    Qandaydir noqonuniy yoki insofsizlarcha harakatlarni amalga oshirish maqsadida Operator
    va/yoki Hamkorlar tomonidan Dasturni joriy etishda qoʻllaniladigan dasturiy taʼminotning
    dastlabki kodidan nusxa koʻchirish, qismlarga ajratish yoki boshqa yoʻl bilan qoʻlga kiritishga
    urinmaslik;
  • 5.1.4
    Moddiy va boshqa foydalar olishga, Dastur Ishtirokchilariga zarar, xususan, moddiy zarar
    yetkazishga qaratilgan, shuningdek, «A-Pay» Elektron pul Tizimining ishlashiga salbiy taʼsir
    koʻrsatishga qodir noqonuniy va ruxsat etilmagan harakatlarni (jumladan, turli xil texnik
    usullarni qoʻllagan holda) sodir etmaslik;
  • 5.1.5
    Operatorga APSning xato oʻtkazilishi holati toʻgʻrisida xabar berish va uning qaytarilishiga
    toʻsqinlik qilmaslik;
  • 5.1.6
    Dasturdan tovlamachilik va Operatorga va/yoki Hamkorga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan
    boshqa sabablarda foydalanmaslik;
  • 5.1.7
    Mustaqil ravishda va har kuni Operator tomonidan Operator saytida va/yoki mobil
    ilovasida joylashtirilayotgan axborot bilan, jumladan, Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirishlar va
    qoʻshimchalar toʻgʻrisida maʼlumot olish maqsadida tanishib borish;
  • 5.1.8
    Operatorning talabi boʻyicha unga Operator tomonidan soʻralgan tegishli talabnoma
    joʻnatilgan sanadan boshlab 1-ish kunidan kechikmagan holda axborot va hujjatlarni taqdim
    etish.
  • 5.2Ishtirokchi quyidagi huquqlarga ega:
  • 5.2.1
    Aksiya tranzaksiyalari, operatsiyalarni amalga oshirishda APS olish;
  • 5.2.2
    Qoida shartlarida belgilangan cheklovlarni inobatga olgan holda APSdan toʻliq yoki qisman
    foydalanishni amalga oshirish;
  • 5.2.3
    Hisoblangan APSdan norozi boʻlgan hollarda tranzaksiya, operatsiyalar sodir etilganidan soʻng
    5 kalendar kuni davomida Operatorga koʻrib chiqish uchun yozma ariza joʻnatish;
  • 5.2.4
    Istalgan vaqtda suddan tashqari bir tomonlama tartibda dasturda qatnashishdan bosh tortish
    shular jumlasidandir. Buning uchun Operatorga qatnashishni toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma
    joʻnatish zarur. Operatorning Ishtirokchidan xabarnoma olgan vaqtidan boshlab Dasturda
    qatnashishi toʻxtagan hisoblanadi. Operator APS hisoblanishini toʻxtatadi va Ishtirokchining
    maxsus hisobida avval toʻplangan barcha APSni bahssiz va kelishuvsiz tartibda bekor qiladi.
    Ishtirokchi bekor qilingan APSning qandaydir ekvivalentini olish huquqiga ega emas. Shu
    bilan birga, Dasturda qatnashishi toʻxtagan sanaga qadar Ishtirokchi APSdan foydalangan
    holda Peshtaxtadan Tovar, xizmatlar sotib olish uchun buyurtmani rasmiylashtirgan boʻlsa
    ham Tovar Ishtirokchiga topshirilmaydi, Ishtirokchining Dasturda qatnashishi toʻxtaganligi
    munosabati bilan xizmatlar koʻrsatilmaydi. Dasturda qatnashishning toʻxtatilishi Ishtirokchining
    Dasturda qatnashish davridagi Qoidalarning buzilishi bilan bogʻliq majburiyatlaridan tashqari
    uning va Operatorning dastur doirasidagi boshqa majburiyatlari ham tugashiga olib keladi.
  • 5.3Ishtirokchi oʻzining Hisobga olish qaydlarining nazorati saqlanishi uchun masʼul hisoblanadi va
    Hisobga olish qaydlariga har qanday uchinchi shaxslarning kirmasligini, shuningdek, har qanday
    uchinchi shaxslar tomonidan Ishtirokchining Hisobga olish qaydlariga nisbatan harakatlar sodir
    etilmasligini taʼminlaydi. Avtorizatsiyalanganidan soʻng Hisob qaydlariga nisbatan sodir etilgan har
    qanday harakatlar Ishtirokchi tomonidan shaxsan amalga oshirilgan deb eʼtirof etiladi.

6. OPERATORNING HUQUQLARI VA
MAJBURIYATLARI

  • 6.1
    Operatorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
  • 6.1.1
    Mijozlarga APSni hisoblash shartlariga muvofiq hisoblash;
  • 6.1.2
    Ishtirokchilarga Qoidalarning barcha shartlariga rioya qilgan holda toʻplangan APS sarf
    qilishini taʼminlash;
  • 6.1.3
    Aksiya tranzaksiyasi, operatsiyalar sodir etilganidan soʻng 5 (besh) kalendar kuni davomida
    Ishtirokchidan texnik sabablarga koʻra hisoblanmagan APSni oʻtkazish bilan bogʻliq arizasini
    koʻrib chiqishga qabul qilish;
  • 6.1.4
    Qoidalar, Nizomlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, shuningdek, Bonus Dasturini yopish
    toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda Operatorning rasmiy sayti va/yoki mobil ilovasida tegishli
    axborotni joylashtirish.
  • 6.2
    Operator quyidagi huquqlarga ega:
  • 6.2.1
    Oʻz xohishiga koʻra Operatorning fikriga boʻyicha APSni hisoblash, foydalanish, yopish (oʻchirish)
    uchun zarur boʻlgan, shuningdek, Dasturda qatnashish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun
    Ishtirokchidan har qanday axborot va hujjatlarni soʻrab olish;
  • 6.2.2
    Ishtirokchi tomonidan soʻralgan axborotlar va hujjatlar taqdim etilguniga qadar APS
    hisoblanishini va/yoki ulardan foydalanish imkoniyatini toʻxtatib turish;
  • 6.2.3
    Ishtirokchi tomonidan soʻralgan axborotlar va hujjatlar Qoidalarda nazarda tutilgan muddatda
    taqdim etilmagan holda APS hisoblanishini, ulardan foydalanish imkoniyatini rad etish;
  • 6.2.4
    APS hisoblash va foydalanish bilan bogʻliq ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganda Ishtirokchi
    tomonidan yozma arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar tekshiruvini amalga oshirish;
  • 6.2.5
    Ishtirokchiga APS oʻtkazish va hisobdan chiqarish boʻyicha operatsiyalar olib borishni rad
    etish, shuningdek, avval hisoblangan APSni: tranzaksiyalar oʻtkazilishini tasdiqlovchi elektron
    hujjatni yoʻqligida, tranzaksiya Ishtirokchi tomonidan olib borilganligiga shubha tugʻilganda,
    Ishtirokchi olib borgan operatsiya Qoidalar yoki mazkur operatsiyani amalga oshirish
    boʻyicha Operator tomonidan belgilangan tartibga zid kelsa, operatsiya oʻtkazish uchun
    APSdan foydalanish uchun yetarli miqdorda bonuslar mavjud boʻlmaganida, Bonus Dasturi
    Ishtirokchilari va Tizim ishiga zarar yetkazishga qaratilgan turli xil texnik usullarni qoʻllagan
    holda sodir etilgan ruxsatsiz yoki qonunga zid harakatlar amalga oshirilgan taqdirda qaytarib
    olishi (bekor qilishi, nolga tushirishi);
  • 6.2.6
    Qoidalarga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar (xususan, yangi tahrirlarni belgilash), shu jumladan,
    Qoidalarga ilovalarni kiritish. Bonus Dasturi Ishtirokchilarini xabardor qilish Operator
    tomonidan Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni Operatorning
    veb-saytida va/yoki mobil ilovasida eʼlon qilish yoʻli bilan yoki Ishtirokchiga maʼlumotni olish
    va Operatordan kelganligini aniqlash imkonini beradigan boshqa usul bilan amalga oshiriladi.
    Agar eʼlon qilishda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar ular
    eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
  • 6.2.7
    Operatorning veb-saytida va/yoki mobil ilovasida tegishli maʼlumotni eʼlon qilish orqali yoki
    Ishtirokchiga maʼlumot olish hamda uni Operatordan kelganligini aniqlash imkonini beradigan
    boshqa usul bilan Bonus dasturi Ishtirokchilarini xabardor qilgan holda Bonus Dasturini
    yopish. Operator Dasturni tugatish toʻgʻrisida xabar bergan paytdan boshlab Ishtirokchilar
    Peshtaxtada Tovarlar, xizmatlarni olish uchun buyurtmalarni qoldirishga haqli yemas, Bonus
    Dasturi tegishli maʼlumotlar eʼlon qilingan paytdan boshlab yopiq hisoblanadi;
  • 6.2.8
    Agar Bonus Dasturini suiisteʼmol qilinishida shubha tugʻilgan hollarda Ishtirokchiga APS
    hisoblashni hamda bonuslar sarflanishini toʻxtatish;
  • 6.2.9
    Notoʻgʻri hisoblangan, texnik nosozlik, shuningdek, Ishtirokchi tomonidan tovarlar/xizmatlar
    uchun toʻlov bekor qilinganda va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda APS
    balansini toʻgʻrilash;
  • 6.2.10
    Bir tomonlama, suddan tashqari tartibda Ishtirokchining maxsus hisobini blokirovkalash, avval
    hisoblangan APSni bekor qilish va agar Ishtirokchi:
  • 6.2.10.1
    Qoidalarning shartlarini buzsa va/yoki ularga rioya qilmasa;
  • 6.2.10.2
    Qoidalarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida oʻziga berilgan huquq va
    imkoniyatlarni suiisteʼmol qilsa, shuningdek, noqonuniy harakat qilsa;
  • 6.2.10.3
    Tadbirkorlik faoliyatini bajarishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida Dasturdan foydalansa;
  • 6.2.10.4
    Operatorga notoʻgʻri va/yoki chalgʻituvchi maʼlumotlarni taqdim etsa;
  • 6.2.11
    Aksiyalarda ishtirok etish maqsadida Hamkorlarni jalb etsa;
  • 6.2.12
    Qoʻshimcha APS hisoblanadigan va boshqa Ragʻbatlantirishlar t aqdim etiladigan Aksiyalar oʻtkazsa;
  • 6.2.13
    APS hisoblash va yopish (hisobdan chiqarish) shartlarini belgilasa, ulardan foydalanish limitini
    va boshqa cheklovlarini belgilasa, Ishtirokchini Dastur ishtirokchilari tarkibidan chiqarib
    tashlash (Dasturda ishtirok etishni toʻxtatish);
  • 6.2.14
    Quyidagi hollarda Ishtirokchining maxsus hisobidan APSni bir tomonlama bekor qilish:
    notoʻgʻri hisoblash; Ishtirokchining maxsus hisob raqamiga hisoblangan kundan boshlab,
    365 (uch yuz oltmish besh) kalendar kun ichida APSdan foydalanmaslik; maxsus hisobdagi
    balansda oʻzgartirishlarning va «A-Pay» elektron pullar Tizimidan soʻnggi Operatsiya/
    maxsus hisobdagi balans oʻzgarishi sanasidan boshlab olti oy mobaynida foydalanilgan
    Operatsiyalarning yoʻqligi (ilgari toʻplangan APS toʻliq bekor qilinadi), Dasturda ishtirok etishni
    tugatish; Operator tomonidan maʼlumot olish yoki Ishtirokchi tomonidan Dasturni suiisteʼmol
    qilish holatlarini aniqlash. Agar maxsus hisob varagʻidagi APS soni Qoidalarga muvofiq
    bekor qilinishi lozim boʻlgan mablagʻdan kam boʻlsa, Operator APSning zarur miqdorini ular
    Ishtirokchining maxsus hisobvaragʻida toʻplanganda hisobdan chiqaradi.
  • 6.2.15
    Ishtirokchi Operator tomonidan firibgarlik, yolgʻon yoki boshqa manipulyatsiya deb eʼtirof
    etilgan, Operator uchun turli xil va darajadagi moddiy, maʼnaviy va boshqa zararli oqibatlarga
    olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni sodir etgan yoki sodir etmoqchi
    boʻlgan hollarda Dasturda ogohlantirishsiz ishtirok etishni rad etish (faqat Dastur doirasida
    Ishtirokchiga berilgan huquqlarni suiisteʼmol qilishga qaratilgan). Huquqlarni suiisteʼmol
    qilish deganda Ishtirokchining Qoidalarga mos kelmaydigan va APSning maksimal miqdorini
    olishga qaratilgan noqonuniy harakatlari tushuniladi. Bunday hollarda ilgari hisoblangan va
    oʻtkazilgan APS bekor qilinishi yoki toʻgʻrilanishi lozim.
  • 6.2.16
    Ishtirokchini oldindan ogohlantirmasdan APS toʻplash, foydalanish ehtimolini vaqtincha
    toʻxtatib, profilaktika ishlarini olib borish;
  • 6.2.17
    Ishtirokchining roziligisiz oʻz majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish;
  • 6.2.18
    Ishtirokchini qoʻshimcha ogohlantirmasdan turib Peshtaxtadagi tovarlar, xizmatlar, tovarlar,
    xizmatlar nomini toʻldirish va chiqarib tashlash.
  • 6.3
    Operator oʻz xohishiga koʻra qoidabuzarlik darajasidan kelib chiqib, qoidabuzarlik ilk bor
    aniqlanganda Ishtirokchiga ogohlantirish qoʻllashga haqlidir.
  • 6.4
    Operator tomonidan Ishtirokchining Dasturda qatnashishini Qoidalarda belgilangan tartibda bekor
    qilinishi Ishtirokchi APSini soʻzsiz va muddatsiz bekor qilinishiga, APSdan foydalangan holda Tovar,
    xizmatlarni olish imkonining mumkin emasligiga hamda Operator va/yoki Hamkorning Dastur
    doirasida Ishtirokchi oldidagi majburiyatini bekor qilinishiga olib keladi. Tegishli Ishtirokchining
    Dasturdagi ishtiroki APS bekor qilingandan keyin tugatilgan hisoblanadi. Operator Qoidalarda
    nazarda tutilgan asoslarga koʻra Dasturdagi ishtiroki tugatilgan taqdirda Ishtirokchining Dasturda
    qayta ishtirok etishini rad etishga haqli.
  • 6.5
    Agar Operator Ishtirokchining oʻlimi yoki uni bedarak yoʻqolgan yoki oʻlgan deb eʼtirof etish
    toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgan hollarda ham Ishtirokchining Dasturda ishtirok etishi toʻxtatiladi.
    Bu Ishtirokchi APSning bekor qilinishi, Operator Peshtaxtasidagi Tovar, xizmatlarga buyurtma
    berishning imkoni yoʻqligi va Operatorning Dastur doirasida Ishtirokchi oldidagi majburiyatlari
    bekor qilinishiga olib keladi.
  • 6.6
    Operator quyidagilar uchun javobgar emas:
  • 6.6.1Tizimdan foydalanish yoki Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq holda Ishtirokchiga yetkazilgan
    har qanday moddiy va maʼnaviy zarar;
  • 6.6.2Sabablaridan qatʼi nazar, Tizimning ishlashidagi texnik nosozliklar va tizimning uzluksiz
    ishlashini, shu jumladan APSni hisoblash, undan foydalanishning uzluksiz imkoniyatini
    kafolatlamaydi;
  • 6.6.3Uchinchi shaxslarning Ishtirokchining Hisobga olish raqamiga kirishi, unda uchinchi shaxslar
    tomonidan amalga oshirilgan har qanday harakatlar;
  • 6.6.4Operatorning APSni hisoblash, foydalanish, yechib olishni rad etishi, Ishtirokchining
    Dasturdagi ishtirokini tugatishning har qanday oqibatlari;
  • 6.6.5Ishtirokchining haqiqiy irodasi va Ishtirokchining APSdan foydalanish toʻgʻrisidagi buyrugʻining
    mazmuni oʻrtasidagi nomuvofiqlik, Dasturda ishtirok etishni tugatish;
  • 6.6.6Ishtirokchi tomonidan Dasturda ishtirok etish paytida Qurilmaning oʻzgartirish tufayli dasturiy
    taʼminot xususiyatlari bilan bogʻliq oqibatlari;
  • 6.6.7Dastur Qoidalariga muvofiq sotib olingan tovarlar, xizmatlar Ishtirokchi tomonidan
    olinganidan keyin buyurtmani bajarish muddati uchun javobgar emas.
  • 6.6.8Agar tovarlar Operatorga ham, Hamkorga ham tegishli boʻlsa, tovarning sifati, butligi va
    boshqa kamchiliklari. Operator Ishtirokchi tomonidan tanlangan tovarlarning Operator va/
    yoki Hamkorning omborida yoʻqligi uchun javobgar emas.
  • 6.6.9«A-Pay» Elektron pul Tizimida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnik va texnologik xatolar.
  • 6.7Operatorning Qoidalarni buzganlik uchun Ishtirokchi oldidagi javobgarligi APSni hisoblash bilan
    bogʻliq har qanday daʼvo – Ishtirokchining maxsus hisobiga bonuslarning tegishli miqdorini hisoblash
    bilan cheklanadi.
  • 6.8Ishtirokchi tomonidan Qoidalar buzilgan taqdirda Operatorning harakatsizligi Operatorni
    keyinchalik uning manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli harakatlarni amalga oshirish huquqidan
    mahrum qilmaydi, shuningdek, Operatorning bunday qoidabuzarlik hamda keyinchalik shu yoki
    shunga oʻxshash huquqbuzarliklar sodir etilishi bilan bogʻliq huquqlaridan voz kechishni anglatmaydi.

7. NIZOLARNI HAL ETISH

  • 7.1Ishtirokchining hisoblangan APSga eʼtirozlari boʻlgan taqdirda Ishtirokchi APS hisoblanishi amalga
    oshirilmagan aksiya tranzaksiyasi, operatsiyalar boʻlib oʻtgan vaqtdan boshlab 5 (besh) kalendar kuni
    davomida tegishli arizani yozma shaklda Operator manziliga joʻnatishga haqlidir. Agar koʻrsatilgan
    muddat ichida Operator hisoblangan APSga eʼtirozlar olmasa, bonuslar qoldigʻi tasdiqlangan
    hisoblanadi va keyinchalik Ishtirokchining daʼvolari koʻrib chiqilmaydi va qanoatlantirilmaydi.
  • 7.2Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun Ishtirokchi Aloqa-markaziga
    murojaat qilish huquqiga ega.
  • 7.3Operator va Ishtirokchi oʻrtasidagi «APS bonus» Bonus Dasturi Qoidalari boʻyicha barcha nizolar
    va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi. Agar nizolar va kelishmovchiliklarni
    muzokaralar yoʻli bilan hal qilishning iloji boʻlmasa, nizo Operator joylashgan joydagi sud organlariga
    koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

SHAXSIY MAʼLUMOTLARNI QAYTA
ISHLASHGA VA REKLAMA, AXBOROT
XABARLARINI OLISHGA ROZILIK

  • 8.1Dastur Ishtirokchisi boʻlish orqali Ishtirokchi ushbu Dasturda ishtirok etish shartlariga rozilik bildiradi.
  • 8.2Ishtirokchi quyidagi shaxsiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashga,
    shu jumladan, yigʻish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, (aniqlashtirish, yangilash, oʻzgartirish),
    foydalanish, egasizlashtirish, blokirovka qilish, yoʻq qilishga rozilik bersa-da, lekin quyidagi shaxsiy
    maʼlumotlar bilan cheklanmaydi: Dastur Ishtirokchisini aniqlash, APS bonuslarini toʻplash va ulardan
    foydalanishni hisobga olish tartibini taʼminlash, buyurtmalarni yetkazib berish, reklama, axborot
    xabarlarini tarqatish (har qanday aloqa kanallari orqali, jumladan, pochta, SMS, elektron pochta,
    telefon, mobil ilova, boshqa aloqa vositalari orqali oʻtkazilayotgan aksiyalar va maxsus takliflar)
    maqsadida familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, manzili, aloqa telefon raqami, elektron
    pochta manzili.
  • 8.3Ishtirokchi uning shaxsiy maʼlumotlari shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish maqsadlariga mos
    keladigan, shu jumladan, avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday
    vositalardan foydalanmasdan qayta ishlanishiga rozi boʻladi. Shuningdek, rozilik shaxsiy maʼlumotlar
    toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga toʻliq javob berishiga va Operator tomonidan qabul
    qilinganligini tasdiqlashga imkon berishiga oʻz roziligini bildiradi.
  • 8.4Rozilik Ishtirokchi tomonidan Dasturning toʻliq amal qilish muddati uchun beriladi. Shu bilan
    birga, Ishtirokchi ushbu rozilikning bekor qilinishi uning Dasturdagi ishtirokini avtomatik ravishda
    toʻxtatishi, APS bonuslari bekor qilinishi va bu ulardan foydalana olmaslikni anglatishi, shuningdek,
    Ishtirokchi Tizimdan va Dasturdan qayta foydalanishga qaror qilgan taqdirda shaxsiy maʼlumotlarni
    qayta ishlashga qaytadan rozilik berishi kerakligi haqida xabardor qilinadi va takroran oʻz roziligini
    bildiradi.
  • 8.5Ishtirokchi Operator uning Shaxsiy maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga, Hamkorlarga, shu jumladan,
    transchegaraviy uzatish orqali oʻtkazish huquqiga ega ekanligidan xabardor (Tizim Ishtirokchilari
    tomonidan foydalanish uchun, Dasturda ishtirok etishni taʼminlash, Tovarlarni roʻyxatdan oʻtkazish va
    yetkazib berish, shuningdek, Ishtirokchiga xizmat koʻrsatganlik uchun ragʻbat olish, Ishtirokchining
    huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkoniyatini taʼminlash, shartnomalarni bajarish va
    boshqa maqsadlarda) qilinadi.

9. BOSHQA SHARTLAR

  • 9.1Dasturda ishtirok etish uchun toʻlov amalga oshirilmaganligi sababli Ishtirokchi va Operator
    oʻrtasidagi Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq munosabatlarga Oʻzbekiston Respublikasi
    qonunchiligida nazarda tutilgan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qoidalar
    qoʻllanilishi mumkin emas.
  • 9.2Operator Qoidalarga oʻzgartirishlar kiritish (shu jumladan, yangi tahrirlarni belgilash), xususan,
    Qoidalarga Ilovalar kiritish huquqiga ega. Marketing aksiyalari eʼlon qilingan kundan va/yoki
    Operator tomonidan belgilangan sanadan boshlab kuchga kiradi. Koʻrsatilgan maʼlumotlar
    Operatorning rasmiy veb-saytlari va/yoki mobil ilovalarida joylashtirish (chop etish) orqali Bonus
    dasturi ishtirokchilari eʼtiboriga havola etiladi. Ishtirokchining eʼlon qilingan maʼlumotlar bilan
    tanishish vaqti Ishtirokchi uchun maʼlumot mavjud boʻlgan vaqt hisoblanadi.
  • 9.3Ishtirokchi Operator tomonidan veb-saytda va/yoki mobil ilovada joylashtirilgan maʼlumotlar
    bilan mustaqil ravishda, shu jumladan, Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida
    maʼlumot olish uchun Operatorga murojaat qilish orqali tanishishi shart.
  • 9.4Qoidalarga ular kuchga kirgan paytdan boshlab har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qoidalarga
    qoʻshilgan bonus Dasturining barcha Ishtirokchilariga, shu jumladan, Qoidalarga oʻzgartirishlar
    kuchga kirgunga qadar qoʻshilganlarga nisbatan tatbiq etiladi.
  • 9.5Ishtirokchining bonus Dasturidan voz kechishining yoʻqligi Ishtirokchining Qoidalarning yangi
    tahririga rozi ekinligini anglatadi. Operator tomonidan tasdiqlangan Qoidalarga rozi boʻlmagan
    taqdirda Ishtirokchi Dasturda ishtirok etishni rad etishga haqli.
  • 9.6Dasturda ishtirok etish, shu jumladan, APS hisoblash va undan foydalanish faqat Oʻzbekiston
    Respublikasi hududida va Dasturning amal qilish muddati ichidagina amalga oshirilishi mumkin.
  • 9.7Operator oʻz xohishiga koʻra APS toʻplash chegaralari va muddatlarini, APS ni oʻtkazish va Mukofotni
    olish uchun maxsus hisobda saqlanishi kerak boʻlgan minimal APS miqdorini va boshqa shartlarni
    belgilaydi. Qayd etilgan maʼlumotlar Operatorning rasmiy veb-saytlari va/yoki mobil ilovalarida
    joylashtiriladi.
  • 9.8Agar APS maxsus hisob raqamiga hisoblangan kundan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kun
    ichida Ishtirokchi APS bonuslaridan foydalanmagan boʻlsa, ular avtomatik ravishda maxsus hisobdan
    kelgusida Ishtirokchi tomonidan undan foydalanish huquqisiz yechib olinadi.
  • 9.9«APS bonus» Bonus Dasturiga tegishli barcha savollar boʻyicha Ishtirokchilar Operatorning Callmarkaziga
    quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +998 (55) 500-11-10
  • 9.10Agar u yoki bu sabablarga koʻra Qoidalarning bir yoki bir nechta tartiblari haqiqiy emas yoki yuridik
    kuchga ega emas, deb eʼtirof etilishi Qoidaning qolgan tartiblari haqiqiyligiga yoki qoʻllanilishiga
    taʼsir qilmaydi.
  • 9.11«APS bonus» Bonus Dasturiga qoʻshilish orqali Ishtirokchi mazkur Qoidalarga toʻliq rozi boʻladi.

«CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY
AND INNOVATION» AJ TO’LOV TASHKILOTI
«A-PAY» ELEKTRON PULLAR
TIZIMI OPERATORI.

100090, O zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A.
Qahhor k., 1a-uy
h/r: 2020 8000 0050 659 4001
АКБ «HAMKORBANK»
Bank STIRi: 200 242 936
FAA: 00083 IFUT: 58290
Tel: (+99855) 500 11 10