1. UMUMIY QOIDALAR
- 1.1«A-Pay» Elektron pullar Tizimi Qoidalari (bundan keyin – Qoidalar) O‘zbekiston Respublikasining
«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi hududida
elektron pullarni chiqarish va ishlatish Qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan. - 1.2Mazkur Qoidalar «A-Pay» Elektron pullar Tizimi (bundan keyin – Tizim) faoliyati tartibini, Tizim
Ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tartibini, Tizimning funksional imkoniyatlaridan
foydalanishning yagona shartlari va tartiblarini belgilaydi. - 1.3«A-Pay» elektron pullar tizimi o‘z Ishtirokchilari o‘rtasida Elektron pullardan foydalangan
holda to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. - 1.4«CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» AJ to‘lov tashkiloti Tizim Operatori
hisoblanadi. Operator Tizim Ishtirokchilari bilan shartnomalar tuzishni, Mijozlarni
identifikatsiyalashni va texnologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi (09.01.2021 yildagi
21-sonli litsenziya, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan berilgan). Yuridik
manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, A. Qahhor ko‘chasi, 9-tor ko‘cha, 1a-uy. - 1.5Tizim xizmat sifatida mavjud bo‘lib, undan foydalanish Operatorning mobil ilovasi orqali, Tizim
Operatorining hamkorlari infratuzilmasi yordamida, www.a-pay.uz saytidagi Shaxsiy kabinet orqali
amalga oshiriladi. - 1.6AKB «Kapitalbank»ning «Raqamli» filiali elektron pullarning Bank-Emitenti hisoblanadi. Yuridik
manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 7a-uy. - 1.7Elektron pullar tizimining internetdagi rasmiy sayti: www.a-pay.uz (bunday keyin – Tizim sayti).
Qoidalarning dolzarb nashri Tizimning rasmiy saytida e’lon qilinadi. - 1.8Tizim quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishni ta’minlaydi:
- 1.8.1
Elektron pullarni sotish (tarqatish) va ega bo‘lish xizmatlari; - 1.8.2
Elektron pullardan foydalangan holda amalga oshiriladigan to‘lovlarni qabul qilish va ishlov
berish xizmatlari. - 1.9Tizim Ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Qoidalar
hamda Operator va Tizimning boshqa Ishtirokchilari o‘rtasida tuziladigan shartnomalar bilan
tartibga solinadi. - 1.10Mazkur Qoidalarning amal qilishi Elektron pullarning boshqa tizimlarida to‘lovlarni amalga
oshirish va/yoki Elektron pullardan foydalangan holda boshqa amaliyotlarni bajarish bilan
bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq qilinmaydi va Bank ularda qatnashishni cheklamaydi. - 1.11«A-Pay» elektron pul Tizimining iЧshtirokchilari Emitentlar, Operatorlar, Agentlar, Merchantlar,
jismoniy shaxs-Mijozlardir. - 1.12Mazkur Qoidalar «A-Pay» Elektron pul Tizimining barcha Ishtirokchilari uchun majburiydir.
Ishtirokchilarning har biri boshqa Ishtirokchilarga zarur huquqiy layoqatga ega ekanligini
(subyektlik huquqini), shu bilan birga, mazkur Qoidalarga qo‘shilish uchun zarur va yetarli
bo‘lgan hamda ularning hamma shartlariga muvofiq majburiyatlarni bajarish uchun barcha huquqlar
hamda vakolatlarni kafolatlaydi. - 1.13Operator va tegishli Ishtirokchi o‘rtasidagi kelishuvning mavjudligi/tuzilishi, Tizimda
Ishtirokchi maqomini olishning sharti hisoblanadi. Ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar shartlarini o‘z ichiga olgan aralash shartnomalar tuzilishiga ruxsat beriladi. - 1.14Tizim Ishtirokchilari Tizimga qo‘shilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligiga hamda Operator bilan tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq Qoidalar va o‘z
zimmalariga olgan majburiyatlarga rioya etilishi uchun javobgardirlar. O‘zbekiston
qonunchiligiga rioya qilish Tizim Ishtirokchisining shaxsiy javobgarligi hisoblanadi. - 1.15Agar Operatorda Tizimdan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzishi
mumkinligiga shubha uyg‘otsa, Operator har qanday jismoniy shaxs, yuridik shaxs, yakka
tartibdagi tadbirkorga Shartnoma tuzish va Tizimdan foydalanishni rad etishga haqli. - 1.16«A-Pay» elektron pul tizimida to‘lovlar Qoidalarga muvofiq Elektron pullarni bir Elektron pullar
egasining elektron hamyonidan boshqa elektron pul egasining elektron hamyoniga o‘tkazish yo‘li
bilan amalga oshiriladi. Tizimda har bir Elektron pullar egasi uchun Elektron hamyon
shakllantiriladi. Har bir elektron hamyonga noyob identifikatsiya raqami beriladi, u Tizim
tomonidan ishlab shakllantiriladi va ularni Tizimda dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida
beriladi. - 1.17Qoidalarning shartlari Mijozlar, Agentlar va Merchantlar o‘rtasidagi shartnomalarning
shartlaridan ustunlikka ega. Mijoz, Agent va Merchant o‘rtasidagi shartnomaning ayrim nizomlari
Qoidalarga zid bo‘lgan taqdirda Qoidalar ustuvorlikka ega bo‘ladi. - 1.18Tizimning faoliyati jarayonida Tizim Ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar
bevosita Qoidalar bilan tartibga solinmagan yoki uning chegarasidan chiqib ketgan taqdirda,
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi me’yorlari va Ishtirokchilar o‘rtasidagi tegishli
shartnomalar qo‘llanadi.
2. MAZKUR QOIDALARDA QO‘LLANILADIGAN ATAMALAR VA TA’RIFLAR
Mazkur Qoidalarda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida
nazarda tutilgan tushunchalar, shuningdek, quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
- 2.1
«A-Pay» Elektron pullar Tizimi yoki Tizim, yoki
«A-Pay» Tizimi – Elektron pullar tizimi bo‘lib, Tizim Qoidalariga muvofiq
Elektron pullardan foydalangan holda to‘lovlar va boshqa amaliyotlar uchun o‘zida
dasturiy-ta’minot vositalari, hujjatlashtirish va tashkiliy-texnik tadbirlarning majmui
hisoblanadi; - 2.2.
Elektron pullar tizimining Operatori – O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tgan, Tizimning faoliyatini
ta’minlovchi, hisob-kitob ishtirokchilari o‘rtasidagi axborot va texnologik aloqani,
jumladan, Tizim Qoidalarini belgilaydigan va ularga
rioya qilinishini nazorat qiladigan Elektron pullar bilan bog‘liq amaliyotlar bo‘yicha
hisob-kitob ishtirokchilariga axborotni yig‘ish, ishlov berish va tarqatish bo‘yicha
xizmatlarni ta’minlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND
INNOVATION» AJ; - 2.3
Elektron pullar – elektron shaklda saqlanadigan va Tizimning boshqa
Ishtirokchilari tomonidan Tizimda to‘lov mablag‘i sifatida qabul qilinadigan Elektron pullar
Emitentining so‘zsiz va qaytarilmaydigan pul majburiyatidir; - 2.4
Elektron pullarning Emitenti yoki Emitent – O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq va Operator bilan tuzilgan shartnomaga asosan
Tizimda Elektron pullarni chiqarish va to‘lashni amalga oshiradigan Banklar; - 2.5
Tizim Ishtirokchisi (Ishtirokchi) – tuzilgan shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq Elektron pullarni chiqarish, o‘tkazish, qabul
qilish, sotib olish, sotish, to‘lash, ulardan foydalangan holda boshqa amaliyotlarni amalga
oshirish bo‘yicha huquqi yoki majburiyati yuzaga keladigan Elektron pullar tizimining
subyekti - 2.6
Mijoz – Elektron pullardan foydalangan holda to‘lovlar, o‘tkazmalar va
boshqa amaliyotlarni amalga oshirish maqsadida Tizimdan foydalanuvchi jismoniy shaxs - 2.7
Mijoz maqomi – Mijozning Tizimdagi Elektron pullarni chiqarish tashabbusi,
uzatish, qabul qilish, foydalanish, sotib olish yoki so‘ndirish tashabbusi imkoniyatini
belgilaydigan Tizim doirasidagi holati. - 2.8
Identifikatsiyalanmagan Mijoz – shaxsi O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda aniqlanmagan, ro‘yxatdan o‘tgan Mijoz. Elektron
pullarning identifikatsiyalanmagan egasi – jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan
bitta amaliyotning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdoridan yoki O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan miqdordan oshmasligi lozim. Elektron pullarning
identifikatsiyalanmagan egasi – jismoniy shaxsning elektron moslamalaridan birida
saqlanadigan Elektron pullarning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravar
qiymatidan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan miqdordan oshmasligi
lozim. - 2.9
Identifikatsiyalangan Mijoz – Mijozni Identifikatsiyalash tartibidan
o‘tkazish orqali shaxsi aniqlanadigan, Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan Mijoz. Elektron pullarning
Identifikatsiyalangan egasi – jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan bitta
amaliyotning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan yoki O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan miqdordan oshmasligi lozim. - 2.10
Elektron pullar tizimining Agenti (Agent) – O‘zbekiton Respublikasi
qonunchiligiga muvofiq elektron pullar Emitenti yoxud elektron pullar tizimining Operatori
bilan tuzilgan shartnoma asosida jismoniy shaxslardan Elektron pullarni olish va sotish
huquqiga ega yuridik shaxs. - 2.11
Merchant – Tizimning Ishtirokchisi hisoblanib, tijorat faoliyatini amalga
oshiradigan va jismoniy shaxslardan Elektron pullarni Operator va/yoki Emitentlar bilan
tuzilgan shartnomaga asosan fuqarolik huquqi bitimlari bo‘yicha qabul qiladigan hamda
Mijozga tasdiqlovchi to‘lovni – savdo chekini beradigan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi
tadbirkor - 2.12
Elektron pullarning Egasi (pul Egasi) – a) Emitent, Operator, Agent yoki
Tizim Ishtirokchilarining boshqa jismoniy shaxslaridan Elektron pullarni oluvchi jismoniy
shaxs, b) Agentlar, v) Elektron pullarni jismoniy shaxslardan fuqarolik-huquqiy bitimlar
asosida to‘lov sifatida olgan SXKK. Elektron pullar Egasining huquqi Elektron pullarni olgan
vaqtidan boshlab paydo bo‘ladi. - 2.13
Elektron Hamyon (Hamyon) – Elektron pullar, va/yoki Tizim Ishtirokchilari
ning unga kirishini ta’minlaydigan mikroprosessor chipi, shaxsiy kompьyuterning dasturiy
ta’minoti, boshqa dasturiy- ta’minot vositasi. Hamyonda Elektron pullarning hisoblari aks
etadi. - 2.14
Elektron pullardan foydalanish – elektron pullarni egasi tomonidan
fuqarolik-huquqiy bitimlar bo‘yicha Elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchisiga
to‘lovni va (yoki) elektron pullarga egalik qilish huquqini o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa
amaliyotlarni amalga oshirish maqsadida o‘tkazish; - 2.15
Elektron pullarni chiqarish (Chiqarish) – Emitent tomonidan Elektron
pullarni Mijozlar va Agentlarga ularning nominal qiymatiga teng pullarga almashtirish va
ularni to‘lash majburiyati orqali berishni nazarda tutuvchi to‘lov xizmati. - 2.16
Elektron pullarni to‘lash – Tizim Qoidalari, Ishtirokchilar bilan tuzilgan
shartnomada va/yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlarda
Emitentning Egasi tomonidan taqdim etilgan ularning nominal qiymatiga teng bo‘lgan pul
mablag‘idagi Elektron pullarini almashtirish yoxud ularni taqdim qilmasdanoq to‘lash bilan
bog‘liq amaliyot; - 2.17
Elektron pullar bilan almashuv amaliyotlari – bir Emitent tomonidan
chiqarilgan Elektron pullarni boshqa Emitentga almashtirish bo‘yicha amaliyotlar. - 2.18
To‘lov – Mijozning Merchant oldida sotib olgan tovarlari, ishlari yoki
xizmatlari uchun Merchantga pul o‘tkazmalari orqali majburiyatining bajarilishi. - 2.19
O‘tkazma – Elektron pullarni bitta Elektron hamyondan boshqasiga o‘tkazish.
- 2.20
Elektron hamyonni blokirovkalash – Elektron pullar egasining elektron
hamyonida saqlanayotgan
Elektron pullardan foydalanishni to‘liq yoki vaqtincha taqiqlash. - 2.21
Tariflar – ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llaniladigan Tizim
Operatorining komission mukofotlash tizimi. - 2.22
Autentifikatsiya – «A-Pay» Elektron pullar Tizimi Ishtirokchilarining
identifikatsiyalash ma’lumotlarini tasdiqlash jarayoni. - 2.23
Masofaviy identifikatsiya – Operatorning Mijoz-jismoniy shaxsni uning
shaxsiy ma’lumotlarini kiritgan holda Elektron hamyonning identifikatsiyalangan
foydalanuvchisi sifatida; yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorni so‘ralayotgan
hujjatlar asosida shaxsini aniqlashni o‘z ichiga olgan tartibi. - 2.24
Shaxsiy kabinet – ro‘yxatdan o‘tgan Tizim Ishtirokchisining mazkur
Ishtirokchiga tegishli bo‘lgan Hamyonni boshqarish vositasi bo‘lib, u shaxsiy ma’lumotlar
sozlamalari, Tizimdagi Elektron pul hisobvaraqlari tarixi va balansini aks ettiradi. - 2.25
«A-Pay| Elektron pullar tizimining Qoidalari – (Tizim Qoidalari) –
Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilangan
Tizimning Internet saytida joylashtirilgan qoidalari bo‘lib, unga ko‘ra, Elektron pullarni
chiqarish, sotish, sotib
olish, qabul qilish, o‘tkazish, to‘lash va ulardan Tizimda foydalangan holda boshqa
amaliyotlar amalga oshiriladi. Tizim Qoidalaridan tashqari boshqa ichki hujjatlar Tizim
Ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga solmaydi. - 2.26
Tizim/Operatorning internet-manbasi – https:// www.a-pay.uz
- 2.27
Emitent/Bankning internet-manbasi – https://kapitalbank.uz
3. TO‘LOV TASHKILOTLARI TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN TO‘LOV XIZMATLARINING TA’RIFI
- 3.1
Elektron pullarni sotish (tarqatish) xizmatlari Operator va Agentlar orqali elektron pullarni
sotish hisoblanadi. - 3.1.2.
Tizim Operatori Elektron pullar Emitenti bilan tuzilgan shartnoma asosida «A-Pay» Elektron
pullar Tizimining Agenti sifatida ishtirok etadi. Emitentdan Elektron pullarni olish va ularni
Mijozlar – jismoniy shaxslarga sotish xizmatlarni ko‘rsatish hisoblanadi. Operatorning Elektron
pullarni sotgani uchun komission mukofotlash miqdori Tizim Tariflari va Tizimning saytida aks
etadi. - 3.1.3
Operator Tizimning Agenti sifatida ishtirok etib, Elektron pullarni Mijozlar – jismoniy
shaxslardan ularning to‘lov qiymatini naqd pul mablag‘ida sotib olish, shuningdek, Mijozlar –
jismoniy shaxslardan olinayotgan Elektron pullarni tegishli Mijozlar – jismoniy shaxslar
(Elektron pullarning egalari) ning bank hisob raqamlari va to‘lov kartalariga naqdsiz pul
o‘tkazmalarini amalga oshirish huquqiga ega. - 3.2
Elektron pullardan foydalangan holda amalga oshirilgan to‘lovlarni qabul qilish va ishlov berish
xizmatlari Tizimning faoliyatini ta’minlashni nazarda tutadi (Elektron pullardan foydalangan
holda amaliyotlarni bajarishda shakllanadigan axborotni yig‘ish, ishlov berish va uzatishni
amalga oshirish). - 3.3
Operator Tizimda quyidagi xizmat turlarini ta’minlaydi: - 3.3.1
jismoniy, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni Tizimga ulash (ro‘yxatdan
o‘tkazish) va qayd etilgan shaxslarning Tizimda qatnashishini to‘xtatish; - 3.3.2
Emitent tomonidan Elektron pullarni chiqarish va to‘lash; - 3.3.3
Elektron pullar egalarining Elektron pullarni olishi, sotishi (tarqatish), to‘lashga taqdim
etish; - 3.3.4
elektron pullardan foydalangan holda barcha foydalanuvchilar/ishtirokchilarning
tranzaksiyalari/amaliyotlari haqidagi axborotni yig‘ish, saqlash, ishlov berish va topshirish; - 3.3.5
umuman olganda Tizimning ishi; - 3.3.6
Elektron pullarning qoldiqlarini Ishtirokchilarning hamyonlarida aks etishi va ro‘yxatdan
o‘tishi; - 3.3.7
Ishtirokchilarning hamyonlarida tranzaksiyalarning aks etishi, amalga oshirilgan amaliyotlarga
qarab balansning o‘zgarishi; - 3.3.8
Ishtirokchilarning Elektron pullarning emissiyasi bo‘yicha, Elektron pullarni to‘lash,
Ishtirokchilar o‘rtasida Elektron pullarni o‘tkazish bo‘yicha amaliyotlari; - 3.3.9
Ishtirokchilarning hamyonlari bo‘yicha zarur hisobotni shakllantirish; - 3.3.10
Ishtirokchilar tomonidan Tizim Qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish; - 3.3.11
Ishtirokchilarning (ishtirokchilarga) to‘lov va axborot ma’lumotlariga ishlov berish va berish; - 3.3.12
Ishtirokchi bilan Tizimda qatnashishi bo‘yicha shartnoma tuzish; - 3.3.13
Tizimda tavakkallarni boshqarish tizimini belgilash; - 3.3.14
Axborot xavfsizligini va Tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash choralariga rioya qilish; - 3.3.15Tizim Ishtirokchilarini taqdim etilayotgan xizmatlardan teng va ochiq foydalanishini ta’minlash;
- 3.3.16Ishtirokchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan boshqa majburiyatlarni bajarish.
- 3.4
Tizim Ishtirokchilari uchun yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar ro‘yxati yakuniy emas, ro‘yxat
tegishli shartnomalarga muvofiq Operator sayti va (yoki) mobil ilovada qo‘shimcha axborot
joylashtirish yo‘li bilan to‘ldirilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin, shuningdek, Tizim
rivojlanishidan kelib chiqqan holda to‘ldirilishi mumkin.
4. TIZIM ISHTIROKCHILARIGA TO‘LOV XIZMATLARINI KO‘RSATISHNING TARTIBI VA MUDDATLARI
- 4.1
Elektron pullarni chiqarish Emitent-Bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
talablari, tuzilgan shartnomalarning Qoidalari va shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. - 4.2
Operator Xizmat ko‘rsatishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida Emitent sifatida har qanday
banklarni jalb qilish huquqiga ega. - 4.3
Operatorning Emitent bilan shartnomasi yagona huquqiy va axborot-texnik shartlarni va Tizimda
Elektron pullarni chiqarish, ishlatish va to‘lash bo‘yicha talablarni belgilaydi. - 4.4
Emitent tomonidan chiqariladigan Elektron pullar faqat O‘zbekiston Respublikasining milliy
valyutasida ifoda qilinishi mumkin. Bitta Elektron pullarning nominal qiymati bir so‘mga teng. - 4.5
Emitent Elektron pullarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq muomalaga chiqarish va
to‘lash (qabul qilish) majburiyatini oladi. - 4.6
Emitent Operatordan qabul qilingan pulning umumiy qiymatini uning hisobidagi chiqarilgan
(emissiya qilingan) Elektron pullarning umumiy qiymati bilan o‘zaro mutanosibligini ta’minlaydi. - 4.7
Emitent tomonidan Tizimga Elektron pullarni chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - 4.7.1
Emitent Operatordan, Agentdan Elektron pullarni chiqarish to‘g‘risida buyurtmani qabul qiladi; - 4.7.2
Emitent Elektron pullarni chiqarishni amalga oshiradi; - 4.7.3
Operator Elektron pullarni o‘zining hisobga olish Tizimida taqsimlaydi - 4.8
Operator Emitent nomidan Tizimning boshqa Ishtirokchilari bilan shartnomalar tuzish huquqiga
ega. - 4.9
Operatorning Mijoz bilan Tizimdan foydalanish to‘g‘risidagi Shartnomasi Mijozning Ommaviy
shartnoma (oferta) ga Tizimda elektron hamyonning ro‘yxatdan o‘tishi va ochilishi jarayoni
tugaguncha bo‘lgan muddatda ushbu shartnoma shartlariga rozi bo‘lgan (shartlarni qabul qilgan)
holda qo‘shilishi shaklida tuziladi. Mijozning Ommaviy ofertaga roziligi uning tomonidan
shartnoma shartlarini so‘zsiz to‘liq qabul qilishini anglatadi va ikki tomonlama yozma
shartnomani tuzish bilan teng hisoblanadi. - 4.10
Elektron pullarni sotishda Operator Tizimda qatnashayotgan jismoniy shaxsga Emitent va
Operatorning nomlanishi va joyi, to‘lov tashkiloti litsenziyasining raqami, Elektron pullardan
foydalanish shartlari, Operator tomonidan Elektron pul egasidan pul chiqarganda, ishlatganda va
elektron pullarni yopganda komission mukofot olish tartibi va miqdori, e’tirozlar berish
usullari va ularni ko‘rib chiqish tartibi, Operator bilan aloqa to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
taqdim etadi. - 4.11
Mijozlar – jismoniy shaxslar tomonidan Elektron pullarni sotib olish naqd pullarni to‘lash yoki
Operator, Agentning tegishli hisob raqamiga pulni naqd pulsiz o‘tkazish tartibida amalga
oshiriladi. Mijozlar pul mablag‘larini banklarning kassasi orqali, bank hisob raqamlari va
kartalaridan o‘tkazishlari, Agentlarning terminallari, Operatorning mobil ilovasi orqali,
shuningdek, istalgan mumkin bo‘lgan usullarda kiritishlari mumkin. - 4.12
Operatorga, Agentga pul kiritish yoki o‘tkazishda Mijoz – jismoniy shaxs uning tomonidan sotib
olingan Elektron pullar o‘tkaziladigan Elektron hamyonning identifikatsiyalangan kodini
ko‘rsatadi. - 4.13
Uchinchi shaxslar tomonidan Mijozning elektron hamyoniga pul kiritilgan va Elektron pullar
o‘tkazilgan taqdirda mazkur elektron hamyonning egasida olingan Elektron pullarga nisbatan huquq
va majburiyatlar yuzaga keladi. Uchinchi shaxslarning mazkur harakatlari Emitent tomonidan Mijoz
– jismoniy shaxsning foydasi uchun amalga oshirilgan deb baholanadi va uchinchi shaxslar va
Operator, Agent, Emitent o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi. - 4.14
Elektron pullarning Operator, Agent tomonidan Mijozga sotilishida Agent Mijoz (jismoniy shaxs)
ga uning tomonidan Elektron pullar sotib olganlik holati to‘g‘risida guvohlik beruvchi
kvitansiya (chek) ni berib, bu Mijoz (jismoniy shaxs) Operatorga, Agentga tegishli pullarni
kiritishini tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Kvitansiya (chek) Operator, Agent tomonidan tegishli
Mijozning elektron hamyoniga qog‘oz shaklida ham, elektron usulda ham jo‘natish yo‘li bilan
beriladi - 4.15
Elektron pullarni sotishda beriladigan kvitansiya (chek) da quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak:
Emitent va Operatorning nomlanishi; -
- Amaliyotni bajarish sanasi (kun, oy, yil) va vaqti (soat, daqiqa, soniya); elektron
hamyonning kodi - Amaliyotning tartib raqami;
- Chiqarilgan Elektron pullarning qiymati;
- Elektron pul egasiga tegishli bo‘lgan elektron hamyonning identifikatsion kodi;
- Komission mukofot miqdori (undirilgan holda);
- Amaliyotni bajarish sanasi (kun, oy, yil) va vaqti (soat, daqiqa, soniya); elektron
- 4.16
Tizim Ishtirochilari uchun mumkin bo‘lgan amaliyotlar: - 4.16.1
Tizim Mijozi – jismoniy shaxsga Tizimda ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng quyidagi amaliyotlardan
foydalanish mumkin: -
- qoidalarga muvofiq Elektron pullarni sotib olish, Tizimning boshqa Ishtirokchilari –
jismoniy shaxslardan Elektron pullarni bepul olish va Tizimda Elektron pullar bilan
amaliyotlarni mazkur Qoidalarga muvofiq – kunu tun amalga oshirish; - elektron pullarni Tizimda boshqa Elektron pul egasi – jismoniy shaxsning Elektron
hamyoniga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan
tartibda va shartlarda o‘tkazish; - uning ixtiyorida bo‘lgan Elektron pullarni to‘lashni taqdim etish;
- istalgan vaqt davrida Elektron hamyondagi Elektron pullarning mavjudligi, maqomi,
harakatlanish tarixini ko‘rib turish; - o‘zining Elektron hamyonining balansini ko‘rib turish (so‘rov vaqtidagi dolzarbligidan
kelib chiqib); - tizimning faoliyatiga tegishli ma’lumot va boshqa axborotni olish.
- qoidalarga muvofiq Elektron pullarni sotib olish, Tizimning boshqa Ishtirokchilari –
- 4.16.2
Merchantlar Tizimda ro‘yxatdan o‘tganlaridan so‘ng quyidagi amaliyotlardan foydalanishlari
mumkin: -
- o‘zining Elektron hamyonining balansini ko‘rib turish (so‘rov vaqtidagi dolzarbligidan
kelib chiqib); - elektron pul egasi – jismoniy shaxsdan Elektron pullarni mazkur Qoidalarga muvofiq
olish; - uning ixtiyoridagi Elektron pullarni to‘lashga taqdim etish;
- tizimning faoliyatiga tegishli ma’lumot va boshqa axborotni olish.
- o‘zining Elektron hamyonining balansini ko‘rib turish (so‘rov vaqtidagi dolzarbligidan
- 4.16.3
Agentlar Tizimda ro‘yxatdan o‘tganlaridan so‘ng quyidagi amaliyotlardan foydalanishlari mumkin: -
- o‘zining Elektron hamyonining balansini ko‘rib turish (so‘rov vaqtidagi dolzarbligidan
kelib chiqib); - mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda Elektron pullarni sotib olish,
ularni tarqatish va to‘lashga taqdim etish; - tizimning faoliyatigi taalluqli ma’lumotli va boshqa axborotni olish.
- o‘zining Elektron hamyonining balansini ko‘rib turish (so‘rov vaqtidagi dolzarbligidan
- 4.16.4
Emitent Tizimda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin: -
- tizimda ro‘yxatdan o‘tgan Mijozlar, Agentlar – elektron hamyonlarning egalariga Elektron
pullarni emissiya qilish va sotish; - tizim Ishtirokchilari: Operator, Agent, Merchant va Identifikatsiyalangan mijozlar –
jismoniy shaxslarning Elektron pullarini to‘lash; - emitent tomonidan emitatsiya qilingan va sotilgan Elektron pullarning hisobini olish;
- tizim ishining texnologiyasiga muvofiq Operator bilan axborot almashish;
- tizimda Elektron pullar bilan amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha ma’lumotlarni
ko‘rib chiqish; - operator bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa amaliyotlar.
- tizimda ro‘yxatdan o‘tgan Mijozlar, Agentlar – elektron hamyonlarning egalariga Elektron
- 4.17
Tizim Operatori tomonidan amaliyotlarga ishlov berish, amaliyot topshiriqlarini shakllantirish
va ularni hisob-kitob bankiga berish aniq vaqt rejimida olib boriladi. - 4.18Hisob-kitoblarda vaqtning yagona shkalasi sifatida Toshkent shahrining vaqti e’tirof etiladi.
- 4.19Tizim Operatorining ish kunlari besh kunlik ish haftasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlariga muvofiq
hisoblanadi. - 4.20Tizim Operatorining amaliyot kunlari kalendar kunlari hisoblanib, 00:00:00 dan 23:59:59 ga qadar
bo‘ladi. - 4.21
Ishtirokchilarning ko‘rsatmalarini ijroga olish kunu tun, jumladan, dam olish va bayram kunlari
ham amalga oshiriladi.
5. ISHTIROKCHILARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
- 5.1
Tizim Ishtirokchilari mazkur Qoidalarda, shuningdek, Operator va Tizim Ishtirokchilari
o‘rtasidagi shartnomalarda bayon etilgan talablarga rioya qilishlari majbur. Qoidalarga va
(yoki) shartnomaviy munosabatlarga rioya qilmaslik Tizimda shunga o‘xshash rioya qilmaslik sodir
etgan Ishtirokchining ishtirokini to‘xtatish uchun asos bo‘lishi mumkin. - 5.2
Operator bilan shartnoma tuzganidan so‘ng Emitent Tizim ishtirokchisiga aylanadi. Emitent va
Operator o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Tizimning mazkur
Qoidalar, shuningdek, Emitent va Operator o‘rtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga
solinadi. - 5.3
Tizimdagi faoliyati doirasida Emitent amaldagi qonunchilik va Operator tomonidan belgilangan
cheklovlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda quyidagi amaliyot turlarini amalga oshiradi va
xizmat majburiyatlarini bajaradi: -
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Elektron pullarni
chiqarish
boshlanganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qiladi; - Elektron pullarni chiqarish boshlanishidan oldin Emitentning ixtisoslashtirilgan hisob
raqamini
ochadi; - elektron pullarning chiqarilishi va yopilishini ta’minlaydi, shu jumladan, Tizim
ishtirokchilariga
Emitent tomonidan qayd etilgan to‘lov xizmatlarini taqdim etish shartlarini tegishli
tarzda yetkazadi; - chiqarilgan va yopilgan Elektron pullarning hisobini yuritadi;
- axborot va ma’lumotlarni Operator va Emitent o‘rtasida qabul qilingan shartlar va
tartiblarga
muvofiq Operator bilan almashib boradi; - uning tomonidan chiqarilgan Elektron pullarning umumiy qiymatining Elektron pullarning
egalari
qabul qilgan pulning umumiy qiymatiga muvofiqligini ta’minlaydi; - elektron pullar tegishli bo‘lgan egalari va qiymatlar haqidagi ma’lumotlarni,
shuningdek, davlat
idoralari va vakolatli shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida
nazarda tutilgan asoslar va doirada Elektron pullardan foydalangan holda amalga oshirgan
amaliyotlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. - o‘zining boshqa Ishtirokchilar oldidagi pul majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq
bajaradi. - axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullari to‘g‘risidagi axborot, shaxsiy
ma’lumotlar va
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy muhofaza qilinishi lozim
bo‘lgan
boshqa ma’lumotlarning muhofaza qilinishini ta’minlaydi; - o‘zining autentifikatsiya ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlaydi va Emitent nomidan
Tizimda
faoliyat yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxslarga bunday ma’lumotlardan
foydalanishni
cheklaydi; - bankka oid va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarga rioya etilishini
kafolatlaydi,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq
Elektron
pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirishda ma’lumotlarning himoya qilinishini
ta’minlaydi; - Tizim ishlashi doirasida Operatorga quyidagi vazifalarni bajarish vakolatini beradi:
- Ishtirokchilarni Qoidalar, Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirish tartibi,
Elektron
pullardan foydalanish bilan bog‘liq risklar, Elektron pullardan foydalangan holda
amaliyotlarni amalga oshirishda da’vo qo‘zg‘atish usullari va ularni ko‘rib chiqish
tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish. - Tizimning ishlashi doirasida Agentlar, Mijozlar Merchantlar bilan shartnomalar, shu
jumladan ofertalar shaklida va qo‘shilish shartnomalarini tuzish. - Agent va Operator o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda Elektron pullarni
Agent tomonidan sotish yoki sotib olishda Mijozga uning pul kiritganligini yoki unga pul
summasi berilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatni berishini ta’minlash. - Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirishda Tizim Mijozlarini
Identifikatsiyalangan va Identifikatsiyalanmagan Mijozlar sifatida aniqlash imkoniyatini
ta’minlash. - Ishtirokchilarning so‘roviga ko‘ra, Ishtirokchi tomonidan Tizim doirasida Elektron
pullardan foydalangan holda amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
o‘z ichiga olgan hisobotni taqdim etish. - O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Qoidalar va Ishtirokchilar bilan
tuzilgan tegishli shartnomalarda belgilangan asoslar bo‘yicha Ishtirokchilarning
Elektron Hamyonlarini to‘liq yoki qisman bloklashni amalga oshirish. - Elektron pullar Egasidan Elektron pullarning noto‘g‘ri uzatilganligi, yo‘qolganligi,
o‘g‘irlanganligi va Hamyondan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlanganligi to‘g‘risidagi
bildirishnomalarni qabul qilish. - Ishtirokchilar o‘rtasida Elektron pullardan foydalangan holda amalga oshiriladigan
barcha amaliyotlarni qayd etishni ta’minlash, shuningdek, Elektron pullardan
foydalanishda shakllangan ma’lumotlarni u shakllangan, jo‘natilgan yoki qabul qilingan
formatda uning yaxlitligiga va dahlsizligiga rioya qilgan holda kamida 5 (besh) yil
davomida saqlash. - Emitentning Tizimdagi faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqa
Ishtirokchilarning murojaatlarini qabul qilish va ularga ishlov berishni ta’minlash.
“A-Рay” electron pullar tizimining qoidalari - xavfsizlik taomillari va axborotni tizimga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish Tizimida
qo‘llaniladigan dasturiy-texnik vositalarga ruxsatsiz kirishning oldini olish bo‘yicha
vositalar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish, amalga oshirish. - Elektron pullardan foydalanish miqdori bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan
cheklovlarga rioya etilishini ta’minlash. - Elektron pul egasining so‘roviga binoan Elektron puldan foydalangan holda amalga
oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ko‘chirma taqdim
etish. - O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq firibgarlikni aniqlash va
oldini olish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni
moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish maqsadida Tizimda tashkiliy va amaliy tadbirlarni ta’minlash va amalga
oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; - Agentlarning Tizimda ishtirok etishi bilan bog‘liq faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligi talablariga rioya etishini ta’minlash. - Tizimning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq ishlashini
ta’minlash. - Hamyonlardagi Elektron pullar qoldig‘i va ularning Elektron pullar bilan amalga
oshirilgan
amaliyotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy hisobini yuritish. - Merchantlar tomonidan savdo chekini berishni ta’minlash.
- Elektron pul Egalarining Elektron hamyonlaridan Egasining bank hisobvarag‘iga Elektron
pullar
chiqarilishini ta’minlash; - Tizimning Elektron hamyonlarini Agentlar kanallari orqali to‘ldirishni ta’minlash;
- Mijozga tegishli bildirishnoma yuborish orqali Elektron Pullardan foydalangan holda har
bir
amaliyotning bajarilishi haqida xabardor qilish. - Ishtirokchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida Ishtirokchilardan haq undirishni
amalga
oshirish. - Elektron pullarni Chiqarish va So‘ndirish bilan bog‘liq funksiyalarni bundan mustasno
qilgan
holda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan Emitentga yuklangan boshqa
vazifalar.
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq Elektron pullarni
- 5.4
Emitent quyidagi huquqlarga ega: -
- tuzilgan Shartnomaga muvofiq o‘z vazifalarini Operatorga topshirish;
- tegishli so‘rov yuborilgandan boshlab 45 (qirq besh) kungacha bo‘lgan muddatda shaxsiy
kabinetdagi hisobotlarga kirish huquqiga ega bo‘lish;
- 5.5
Elektron pullar Emitent tomonidan Tizim Ishtirokchisining elektron hamyonida Elektron pullarning
mavjud miqdori to‘g‘risidagi axborot ifoda ettirilgan paytdan boshlab chiqarilgan (berilgan) deb
hisoblanadi. - 5.6
Emitent o‘z zimmasiga uning tomonidan chiqarilgan Elektron pullarni ularning nominal qiymatiga
muvofiq to‘lash bo‘yicha so‘zsiz va qaytarib bo‘lmaydigan pul majburiyatini oladi. Elektron
pullar ruxsatsiz chiqarilgan taqdirda mazkur bandning sharti tatbiq qilinmaydi. - 5.7
Operator Tizim faoliyati doirasida amaldagi qonunchilik va Operator tomonidan o‘rnatilgan
cheklov va imtiyozlarni hisobga olgan holda quyidagi amaliyot turlarini amalga oshiradi va
xizmat majburiyatlarini bajaradi: -
- Tizim Ishtirokchilarining axborot va texnologik munosabatlarini ta’minlaydi;
- ⦁firibgarlik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni
moliyalashtirish
hamda ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish va boshqa noqonuniy
amaliyotlarni aniqlash va oldini olish maqsadida O‘zbekiston qonunchiligi talablari
asosida Tizimda tashkiliy amaliy choralarni ta’minlash va amalga oshirish bo‘yicha
tadbirlarni amalga oshiradi; - Tizimning kechayu kunduz uzluksiz ishlashini, shu jumladan Tizim Ishtirokchilarini
texnik jihatdan va axborot bilan qo‘llab-quvvatlash xizmatining kechayu kunduz
ishlashini ta’minlaydi; - Agentlar, Merchantlar, Emitentlarni jalb qiladi, ularni jalb qilishda Agentlar,
Merchantlar, Emitentlar ro‘yxatini yuritadi; - shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan Agentlar, Merchantlar, Emitentlar Operator
tomonidan jalb qilinganda talablarni, shu jumladan texnologik ta’minot, ma’lumot taqdim
etish bo‘yicha talablarni belgilaydi; - Tizim ishtirokchilariga ushbu Qoidalar va Tizim Ishtirokchilari bilan tuzilgan
shartnomalar shartlariga muvofiq xizmatlar ko‘rsatadi; - Tizim saytining axborotli va amaliy ishlashini ta’minlaydi, Tizim saytida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi; - Tizim Mijozlarini unga uzatilayotgan Elektron pullar Emitentlari to‘g‘risida xabardor
qiladi; - zarurat tug‘ilganda mazkur Qoidalar, Tariflar va tegishli shartnomalarga o‘zgartirish
kiritib, yangi tahrirdagi Qoidalar, Tariflar, Shartnomalarni yoki o‘zgartirish yoki
qo‘shimcha kiritgan
holda Operator resursida chop etadi; - tavakkalchilikni boshqarish tizimlarining mavjudligi va faoliyatini, faoliyatning
uzluksizligi, axborot
xavfsiziligi, ma’lumotlarni himoya qilish va mahfiyligi, jumladan, jinoiy yo‘l bilan
qo‘lga kiritilgan daromadlarni legallashtirish (yuvish) ga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi ichki nazoratni ta’minlaydi; - ⦁tizimning va Tizim Ishtirokchilarining unda joylashgan axborotini uchinchi shaxslarning
ruxsatsiz kirishidan, jumladan, xakerlik hujumidan himoyasini ta’minlaydi; - ⦁tizim faoliyatining tashkiliy-me’yoriy va texnik shartlarini, jumladan, Tizim
ishtirokchilarini ulash (ro‘yxatdan o‘tkazish), ularning Tizimda identifikatsiyalash va
autentifikatsiyalash jarayonlaridan o‘tishini, Tizimga kirish va ishtirokni to‘xtatish,
Tizim vazifasiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilishini belgilaydi hamda boshqaradi; - ⦁operator bilan, shu jumladan Emitentning topshirig‘iga ko‘ra, Tizimning boshqa
ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomaviy kelishuvlarga rioya qilinishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi; - Emitentdan Elektron pullar chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qiladi va
olingan ma’lumotlarni Ishtirokchilarning elektron hamyonlari balansida aks ettiradi; - Qoidalar va tuzilgan Shartnomalar shartlariga muvofiq kiritilgan Elektron pullarni
Mijozning elektron hamyoniga kirim qiladi; - identifikatsiyalash taomillarini amalga oshiradi va Tizim Ishtirokchilarini lozim
darajada tekshirish, shu jumladan Tizim Ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
identifikatsiyalash va muntazam yangilab borish choralarini ko‘radi; - Ishtirokchini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi va Ishtirokchi
ro‘yxatga olishning belgilangan tartibi va ushbu Qoidalarning talablariga rioya qilgan
holda Operator belgilagan cheklovlar mavjudligini hisobga olib Ishtirokchiga Operator
ko‘rsatadigan xizmatlardan tegishli hajmda foydalanish imkoniyatini beradi; - Tizimda Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirayotganda Tizim ishtirokchilari
– jismoniy shaxslarning Tizimda Elektron pullarning identifikatsiya qilingan va
identifikatsiya qilinmagan egalari sifatida aniqlanishini ta’minlaydi; - ⦁Elektron pullar egalarining identifikatsiya qilingan va identifikatsiya qilinmagan
amaliyotlari summalari bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligiga va ushbu Qoidalarga muvofiq
Tizimda cheklovlar o‘rnatilishi va ularga rioya etilishini ta’minlaydi, shuningdek
Tizimda Mijozning maqomidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan
chegaralardan oshib ketadigan Elektron pul summalari bo‘yicha ushbu cheklovlarga rioya
etilishini hamda ularni amalga oshirishning imkonli emasligini nazorat qiladi; - Tizimdagi tranzaksiyalarning Qoidalarga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi va Tizimda
bajariladigan amaliyotlarni qayta ishlaydi; - Elektron pullar o‘tkazmalarini amalga oshirishda, shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq axborotning himoya
qilinishini ta’minlaydi; - O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy muhofaza qilinishi lozim
bo‘lgan axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullari to‘g‘risidagi axborot,
shaxsiy ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi; - Elektron pul egalarining elektron hamyonlaridagi Elektron pul qoldig‘i va ularning
Elektron pullar bilan amalga oshirilgan amaliyotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
hisobini yuritadi; - Elektron pul egasining so‘roviga binoan elektron hamyondan foydalangan holda amalga
oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron ko‘chirma
taqdim etadi. - Tizim Ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumot almashish va Tizim Ishtirokchilari foydasiga
to‘lovlarni amalga oshirish, elektron hamyonlardan pul o‘tkazish, to‘ldirish va
chiqarish uchun o‘zaro hamkorlikning texnik imkoniyatlarini Tizim Ishtirokchilariga
taqdim etadi; - Tizim Ishtirokchilariga Emitent va Operator kanallari orqali Tizimdan foydalangan holda
Tizimning Elektron hamyonlaridan Elektron pullarni so‘ndirish, Elektron hamyonlar
o‘rtasida Elektron
pul o‘tkazish, mahsulotlar/ishlar/xizmatlar uchun Merchantlar foydasiga to‘lovlarni
amalga oshirishning texnik imkoniyatini taqdim etadi; - tizim Ishtirokchilariga ular tomonidan tuzilgan shartnomaviy kelishuvlarga muvofiq,
o‘zlarining elektron hamyonlari va Elektron pullarini boshqarishlarini ta’minlash uchun
talab qilinadigan zaruriyatdan kelib chiqib, axborot va ma’lumotlarga kirishini taqdim
etadi; - tizimning vazifasi va jarayonlarini boshqarish maqsadida Tizim ichida o‘tkaziladigan
amaliyotlar to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, saqlash va ishlov berish, shuningdek, Tizim
Ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini fosh etmagan holda nashrlar uchun statistik
va tahliliy hujjatlarni tayyorlashni amalga oshiradi; - Emitentning so‘roviga ko‘ra, Tizim Ishtirokchilari tomonidan Elektron pullar bilan
amalga oshirilgan amaliyotlarga oid ma’lumotlar va zarur hujjatlarni kelishilgan
muddatda taqdim etadi; - Emitentga Emitentning shaxsiy kabinetidagi Elektron pullar egasi tomonidan amalga
oshirilgan
amaliyotlar va tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlardan doimiy onlayn rejimda
foydalanish
imkoniyatini taqdim etadi; - Tizim Ishtirokchilarining shubhali amaliyotlari to‘g‘risida, shu jumladan ularni amalga
oshirishga
urinishlar to‘g‘risida ular aniqlangan kundan keyingi bir ish kunidan kechiktirmay
belgilangan
tartibda O‘zbekiston Respublikasining maxsus vakolatli davlat organiga xabarlar
yuboradi; - «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari qo‘llaniladigan amaliyotlar to‘g‘risida
ma’lumotlarni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashishga vakolatli organga taqdim etadi; - Tizimga ruxsatsiz kirish holatlari aniqlangan taqdirda, Tizim Ishtirokchilarining
hisobvaraqlari orqali Elektron pullarni ko‘chirish jarayoniga uchinchi shaxslarning
aralashuvi tahdidi bartaraf etilgunga qadar Tizimdagi amaliyotlarni to‘xtatib turadi; - tizimda amalga oshiriladigan turli xil xizmatlarning axborot-texnikaviy
ta’minlanganligi uchun Tizim ishtirokchilaridan Operator tomonidan belgilangan
Tariflarga muvofiq komission mukofot oladi; - tizim Ishtirokchilarini rejali texnik ishlar munosabati bilan Tizimda ishlar
to‘xtatilganligi haqida xabardor qiladi; - Agentlar reestrini yuritadi va Agent tomonidan Operator bilan tuzilgan Shartnoma
shartlariga, O‘zbekiston qonunchiligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi. - jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan daromadlarni legallashtirilishiga, terrorizmni
moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi
kurashish to‘g‘risidagi Qonunda belgilangan talablarning bajarilishini ta’minlaydi; - tizimga kiritiladigan barcha texnologik o‘zgarishlarni mazkur Qoidalarga kiritgan holda
(agar mazkur texnologik jarayonlar ushbu Qoidalar bilan tartibga solingan bo‘lsa) va
Tizimning internet resursiga joylashtirishni Emitent bilan kelishadi. Tizim Qoidalari,
unga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar Tizim Operatori va Ishtirokchilari tomonidan ular
Operatorning rasmiy veb saytida chop etilganidan so‘ng 15 (o‘n besh) kalendar kunida
qo‘llaniladi; - elektron hamyonning holati (qoldig‘i), Elektron pul egasining elektron hamyonga
nisbatan harakatlari, o‘tkazilgan to‘lovlar tarixi, shuningdek Elektron pullardan
foydalangan holda amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlarni
amaliyot bajarilganidan keyin kamida 5 (besh) yil muddat davomida saqlash. Tizimdan
olingan ushbu ma’lumotlar Operator tomonidan O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligi
talablariga muvofiq uchinchi shaxslarga taqdim etilishi mumkin. - Tizimning ishlashi bo‘yicha da’vo ishlarini (kerak bo‘lsa) amalga oshiradi va
Ishtirokchilar bilan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi; - boshqa xizmat majburiyatlarini amalga oshiradi.
- 5.8
Operator quyidagi huquqlarga ega: -
- Dasturiy ta’minotni modifikatsiya qilish va Tizim Ishtirokchilariga eskirgan dasturiy
ta’minot
versiyalaridan foydalangan holda Tizimga kirishni taqiqlash; - Tizimning ishlashini ta’minlashga safarbar etilgan dasturiy va/yoki apparat
vositalarining
ishlashida nosozliklar, xatoliklar va uzilishlar aniqlangan taqdirda, shuningdek,
profilaktika maqsadlarida va Tizimga ruxsatsiz kirishning oldini olish maqsadida o‘z
dasturiy va texnik vositalarining ishlashini to‘xtatib turish; - tizimning mazkur Qoidalariga o‘zgartirish kiritishga;
- ishtirok etish mezonlariga javob bermasa yangi Ishtirokchini Tizimga qo‘shishdan bosh
tortish; - Tizim ichida amalga oshiriladigan amaliyotlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash
va qayta
ishlash; - Foydalanilayotgan tashuvchi va materiallarning joylashtirilishi joyidan qat’iy nazar
Emitent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining reklama-axborot materiallarida
joylashtirish, shu
jumladan Operator xizmatlarini targ‘ib qilish bilan bog‘liq Emitentning tovar belgilari
va/yoki xizmat ko‘rsatish belgilaridan foydalanish. - agentlar, jismoniy shaxslar – hamyondan foydalanuvchilar, Merchantlar, uchinchi
shaxslarni elektron pullar tizimini ishlatishni amalga oshirishga jalb qilgan holda ular
bilan shartnoma tuzish. - tizim Ishtirokchilaridan Operatorning uning saytida Operator tomonidan Tizim
Ishtirokchilariga nisbatan ko‘rsatilgan xizmatlari uchun joylashtirilgan tariflariga
muvofiq tuzilgan shartnomalarning shartlariga ko‘ra komission mukofot, jumladan,
Elektron pullarning Egalari hisoblangan Tizim Ishtirokchilaridan mukofot olish; - Mijozning Maqomidan qat’iy nazar, ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida bevosita nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, Operatorda Mijoz
harakatlarining qonuniyligi va Tizimdan lozim darajada foydalanish, Mijozning
harakatlari Operator, boshqa Ishtirokchilar yoki uchinchi shaxslarning manfaatlariga
dahldor bo‘lgan boshqa hollarda shubha tug‘ilgan hollarda, bunday ishonch hosil qilishni
talab qiluvchi qo‘shimcha xizmatlarni Mijozga taqdim etish uchun identifikatsiya qilish
hujjatlarni so‘rash; - Mijozning elektron hamyonidagi Elektron pul qoldig‘idan ortiq miqdorda amaliyotni amalga
oshirishga urinish, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Operator belgilangan
chegaradan ortiq miqdorda bir martalik operatsiyani Tizimda amalga oshirishga urinish,
Operator oldindan ushbu Mijozni avtorizatsiyalashi, identifikatsiyalashi zarurati
tug‘ilganda, Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra xizmatlar bilan aloqani
saqlab turishning imkoni yo‘qligida, Mijoz autentifikatsiya taomilidan salbiy natija
bilan o‘tganda, amaliyotning amalga oshirilishi Operatorga, boshqa Ishtirokchilarga yoki
uchinchi shaxslarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa hollarda Mijoz bilan
amaliyotlarni amalga oshirishni rad etish; - Ishtirokchilar tomonidan Qoidalar, tegishli kelishuvlar shartlari buzilishi mumkin
bo‘lgan holatlar aniqlangan taqdirda ularga nisbatan (Tizimda ishtirok etishni
to‘xtatishgacha bo‘lgan) ta’sir choralarini ko‘rish; - Merchantning tizimi bilan aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan, Merchant o‘z
majburiyatlarini muntazam ravishda bajarmaganligi to‘g‘risidagi shikoyatlar mavjud
bo‘lgan, pullarni so‘ndirishga yo‘naltirishdan boshqa hollarda Elektron pullar bilan
amaliyotlarni bajarishga urinish, Merchantning shaxsiy kabinetiga ruxsatsiz kirishda
gumon qilish, Merchantning Elektron pullari qoldig‘idan ortiq bo‘lgan Elektron pullar
summasini so‘ndirishga urinishlar, Operatorga, boshqa Ishtirokchilarga yoki uchinchi
shaxslarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa hollarda Mijoz Merchantga va/yoki
Merchant manziliga Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirishni rad etishi; - Agentning dasturiy va/yoki apparat vositalari bilan aloqa o‘rnatishning imkoni
bo‘lmagan, Agent DT yordamida amalga oshiriladigan to‘lov xizmati bilan aloqa
o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan, Agent dasturiy ta’minotidan foydalangan holda bir
martalik amaliyotlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston qonunchiligida, Qoidalarda
belgilangan chegaradan oshib ketadigan summada amaliyotni amalga oshirishga urinish,
Agentning autentifikatsiya ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanishda gumon mavjud bo‘lgan,
Agentning Elektron pullari qoldig‘idan oshib ketadigan summaga Agentning DTdan
foydalangan holda amaliyotni bajarishga urinish, Agentning Elektron pullari qoldig‘idan
ortiq bo‘lgan Elektron pullar summasini so‘ndirishga urinish; Operatorga, boshqa
Ishtirokchilarga yoki uchinchi shaxslarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan boshqa
hollarda Agentga va/yoki Agent manziliga amaliyotni amalga oshirishni rad etish; - solishtirishni amalga oshirish uchun Merchantlar, Agentlar, Emitentlardan Elektron
pullardan foydalangan holda amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha hisobotni so‘rash; - amaliyotlar bajarilishi davomida Mijozlar tomonidan kiritiladigan shaxsiy ma’lumotlarni
to‘plash, saqlash va qayta ishlash, ushbu ma’lumotlarni, bunday uzatish ular bilan
tuzilgan shartnomani ijro etish uchun zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek Mijozlarning
shaxsiy ma’lumotlari bilan amalga oshiriladigan boshqa barcha amaliyotlarni bajarish
uchun Merchantlarga uzatish; - Operator Merchantning amaldagi qonunchilikka zid bo‘lgan va/yoki Qoidalarni va/yoki
tuzilgan shartnoma shartlarini qo‘pol ravishda buzadigan amaliyotlarni amalga
oshirganligi faktini aniqlasa, Merchantni Tizimda bloklash; - Operator Agent tomonidan amaldagi qonunchilikka zid bo‘lgan va/yoki Qoidalarni va/yoki
tuzilgan shartnoma shartlarini qo‘pol ravishda buzadigan harakatlarni amalga
oshirayotganligini aniqlasa Agentni Tizimda bloklash; - Emitent tomonidan Elektron pullar to‘liq yoki o‘z vaqtida so‘ndirilmagan taqdirda,
Ishtirokchilar nomidan va ularning manfaatlarini ko‘zlab, Elektron pullarning bunday
so‘ndirilmasligi sabablari to‘g‘risida hisobot talab qilish; - Qoidalarda belgilangan tartibda va shartlarda Ishtirokchilarni individuallashtirish
vositalaridan foydalanish. - tizim Ishtirokchisi tomonidan Elektron pullardan to‘lov vositasida foydalanilishini
to‘xtatish va / yoki to‘xtatib qo‘yish:- ishtirokchidan olingan xabarnoma, jumladan, elektron hamyonning yo‘qolganligi
o‘g‘irlanishi, yoki ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot asosida; - ishtirokchi tomonidan Elektron pullarni ishlatish tartibi buzilganda.
- qonunchilikda va tuzilgan Shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa asoslar
bo‘yicha.
- ishtirokchidan olingan xabarnoma, jumladan, elektron hamyonning yo‘qolganligi
- Elektron pul egasi elektron hamyonining bloklanishi elektron hamyon bloklanishiga qadar
paydo
bo‘lgan uning majburiyatlari va Emitentning majburiyatlarini tugatmaydi. Elektron hamyon
bloklangan hollarda Operator va Emitent Elektron pul egasining elektron hamyon
bloklanishidan oldin vujudga kelgan majburiyatlarining to‘liq bajarilishini ta’minlaydi. - elektron hamyonni blokirovka qilishga sabab bo‘lgan holatlar to‘liq bartaraf etilgandan
so‘ng elektron hamyon foydalanish uchun qayta tiklanadi (faol holatga o‘tkaziladi).
- Dasturiy ta’minotni modifikatsiya qilish va Tizim Ishtirokchilariga eskirgan dasturiy
- 5.9
Tizim Operatori quyidagi majburiyatlarga ega: -
- tizimning boshqa Ishtirokchilarining internet resurslarida chop qilgan materiallarining
mazmuni,
ishonchliligi va aniqligi uchun; - boshqa Ishtirokchilar tomonidan uchinchi shaxslarning mualliflik va boshqa huquqlari
buzilishi uchun.
- tizimning boshqa Ishtirokchilarining internet resurslarida chop qilgan materiallarining
- 5.10
To‘lov tashkiloti hisoblangan Operator Agentlar orqali ular bilan tuzilgan shartnoma asosida
pulli xizmatlarni ko‘rsatish huquqiga ega. - 5.11
Operator Mijozlarga shaxsiy elektron hamyonidan Elektron pullarni sotish huquqini olish,
shuningdek, Tizim Mijozidan Elektron pullarni sotib olish huquqini qo‘lga kiritib, Tizim Agenti
sifatida ishtirok etishga haqli hisoblanadi. - 5.12
Operator Tizim Agenti sifatida chiqib, quyidagi to‘lov xizmatlarini ko‘rsatadi: -
- elektron pullarni sotish (tarqatish) xizmatlari;
- elektron pullarni sotib olish xizmatlari;
- 5.13
Agent Tizimdagi faoliyati doirasida quyidagi amaliyot turlarini amalga oshiradi va amaldagi
qonunchilik va Operator tomonidan o‘rnatilgan cheklov va limitlarni hisobga olgan holda xizmat
majburiyatlarini bajaradi: -
- Tizimda ro‘yxatdan o‘tish va Tizim Agenti sifatida faoliyatni amalga oshirishda
Operatorni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operator Agentning o‘zi noto‘g‘ri
ma’lumotlarni taqdim etishi natijasida Agentning ko‘rgan zarari uchun javobgar emas; - Operatorga Agent DTga kirish nuqtalarining to‘liq ro‘yxatini, ularning joylashuvi va ish
vaqtini ko‘rsatib taqdim etadi. Mijozlarning Agent DTga kirish apparat vositalari
uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. - ⦁O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq Elektron pullarni olish va sotishni amalga oshiradi.
Mijozga Elektron pullarni sotadi (tarqatadi) va undan sotib oladi; - elektron pullar sotilgan taqdirda Elektron pullarning egasini Elektron pullar bilan
amaliyotlarni bajarish tartibi va Elektron pullarni ishlatishda yuzaga keladigan
tavakkallar, e’tirozlarni
berish usullari, ularni ko‘rib chiqish tartibi, shuningdek, Elektron pullardan
foydalangan holda amaliyotlar o‘tkazilganda olinadigan komission haq to‘lash turlari va
o‘lchamlari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtiradi; - Elektron pullar bilan har qanday amaliyotlarni amalga oshirishda u jismoniy shaxslarga
Tizim doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlarni taqdim etish shartlari bilan istalgan mavjud
usulda tanishish imkoniyatini taqdim etadi. - hamyondagi Elektron pul qoldig‘ini kuzatib boradi, Agentga tegishli Hamyonni o‘z vaqtida
to‘ldiradi va elektron hamyonni to‘ldirishda sezilarli kechikishlarga yo‘l qo‘ymaydi; - Agent Elektron pullarni identifikatsiya qilingan va identifikatsiya qilinmagan Tizim
Mijozlari – Elektron pullar egalariga sotishda hamda identifikatsiya qilingan Tizim
Mijozlari – Elektron pullar egalaridan sotib olishda O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan cheklovlar buzilishiga yo‘l
qo‘ymaydi; - Mijozga Elektron pul sotilganligi va Elektron pullarni ro‘yxatdan o‘tgan Mijozning
elektron hamyoniga kiritilganligi va/yoki Merchant foydasiga to‘lov amalga
oshirilganligi faktini tasdiqlovchi savdo kvitansiyasini beradi. - Mijozning elektron hamyonini to‘ldirish jarayonida unga sotilgan Elektron pullar
Emitenti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mijozga taqdim etadi; - emitentga Elektron pullarni to‘lashga taqdim etadi;
- tizim ishtirokchilaridan Tizimda Elektron pullarni sotish (tarqatish) va sotib olish
bilan bog‘liq
bajarilgan amaliyotlarning alohida turlari uchun komission haq (mukofot) oladi. - Operator, Emitentning so‘roviga binoan, identifikatsiya qilingan Mijozlar – jismoniy
shaxslar bilan
Elektron pullar bo‘yicha Agent tomonidan amalga oshirilgan bitimlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni taqdim etadi. Agent Elektron pul bilan amaliyotlarni amalga
oshirishda/o‘tkazishda ishtirok etuvchi Tizim Mijozlari – jismoniy shaxslarga nisbatan
so‘ralgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilmagani uchun javobgar bo‘ladi, bu esa
Emitent, Operator vakolatli davlat organlari oldidagi o‘z majburiyatlarini lozim
darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin; - o‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan mahfiy
ma’lumotlarni oshkor etmaslik; - o‘zining autentifikatsiya ma’lumotlarining xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlaydi
va Agent nomidan Tizimda faoliyat yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxslarning bunday
ma’lumotlardan foydalangan holda shaxsiy kabinetga kirishini cheklaydi; - soliq organlariga mustaqil ravishda hisobot beradi, Mijozlardan qabul qilingan naqd pul
mablag‘larini inkassatsiya qilishni tashkil qiladi.
- Tizimda ro‘yxatdan o‘tish va Tizim Agenti sifatida faoliyatni amalga oshirishda
- 5.14
Agent quyidagi huquqlarga ega: -
- Emitent tomonidan Elektron pullarni chiqarish tashabbusi bilan chiqish;
- Tizim Mijozlariga elektron pullarni sotish;
- Bir nechta Tizim Emitentlarida bank hisob raqamlariga ega bo‘lish, turli Tizim
Emitentlaridan
Elektron pullarni sotib olish va sotish; - Sotiladigan elektron pul uchun to‘lov sifatida pullarni naqd va naqdsiz holda qabul
qilish; - quyidagi hollarda Tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxsga elektron pullarni sotib olishda
bir
tomonlama rad etadi:- tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxsning mazkur Qoidalarning talablariga rioya
qilmaganda; - to‘lov rekvizitlarini to‘ldirishda belgilangan qonunchilik
talablari buzilganda; - elektron pullarni sotib olishga pul miqdori yetarli bo‘lmaganda yoki Tizim
Ishtirokchisi – jismoniy
shaxs ularni sotib olishi uchun mavjud bo‘lgan elektron pul miqdoridan ortiq
bo‘lganda (elektron pullarning identifikatsiyalangan va identifikatsiyalanmangan
egalari uchun Qoidalarda belgilangan cheklovlarga muvofiq);
- tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxsning mazkur Qoidalarning talablariga rioya
- tizim Ishtirokchilari – jismoniy shaxslardan Operatorning tariflariga muvofiq Agent
tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun (EPni sotish, EPni xarid qilish) komission
mukofot olish; - naqd pullarni qabul qilish, naqd pullarni qabul qilish puntlari va boshqa usullari
bo‘yicha amaliyotlarni bajarishga imkon beruvchi elektron terminallar orqali elektron
pullarni sotishni va sotib olishni amalga oshirish. - Jismoniy shaxslardan elektron pullarni sotib olishga;
- Operatordan 5 (besh) yilgacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha
hisobotni so‘rash; - Operatordan dasturiy ta’minotning ishlashi bo‘yicha maslahat xizmatlarini olish;
- 5.15Tizimda faoliyat olib borish doirasida Mijoz quyidagi amaliyotlarni amalga oshiradi:
-
- tizimda Elektron pullar bilan bog‘liq amaliyotlarni sodir etishga ruxsat berilishini
taqdim etadigan Tizim Qoidalari, Emitent va Operatorning talablarini bajaradi; - mustaqil ravishda Tizimga shaxsan ulanishni ta’minlaydi;
- operatorga, Agentga Elektron pullarni sotib oladi va sotadi (Elektron pullarni sotish
imkoni faqat identifikatsiya qilingan Mijozlar uchun mavjud); - to‘lovlarni Elektron pullar orqali tovar yoki Merchant tomonidan ko‘rsatilgan ishlar va
xizmatlarga
to‘lov sifatida amalga oshiradi; - o‘zining elektron hamyonidagi Elektron pullarni boshqa Elektron pullarning
identifikatsiyalangan
egasining elektron hamyoniga o‘tkazilishini amalga oshiradi; - tizimda Elektron pullar bilan amaliyotlarni bajarish uchun komission mukofot to‘lovini
(mavjudligida) olib boradi; - shaxsiy mualliflik o‘lchamlari to‘g‘risidagi axborotni (foydalanuvchining ismi, paroli)
boshqa shaxslarga fosh etmaydi/bermaydi. Bunda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha
xarajatlar
va zararlar uchun Mijoz mustaqil o‘zi javobgar hisoblanadi va Operator/Emitentdan
ularning qoplanishini talab etish huquqiga ega emas; - elektron hamyonlarga ruxsatsiz kirish aniqlanganda yoki ularga kirishga shubha uyg‘ongan
taqdirda Tizim orqali Elektron pullar bilan amaliyotlarni bajarishni blokirovkalash
maqsadida zudlik bilan Operator/Emitentni bevosita Tizim orqali xabardor qilish; - ruxsatsiz kirish aniqlangan taqdirda o‘zining elektron hamyonlarining holatini nazorat
qiladi, har bir ish vaqtidan so‘ng Tizim bilan ishlash uchun ochiq bo‘lgan Internet
tarmog‘ining barcha ulanish sessiyalarining yopilishini ta’minlaydi; - elektron pullardan foydalangan holda to‘lovni amalga oshirish zarur bo‘lgan hollarda
Operatorning amaldagi tariflariga muvofiq to‘lovni va komission mukofotni olib borish
uchun etarli Elektron pullar bilan ta’minlaydi; - elektron pullardan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlar yoki o‘tkazmalar
sifatida foydalanmaydi; - Tizimda identifikatsiyadan o‘tishda Operator talablariga qat’iy rioya qilish;
- savollar tug‘ilganda, Operatorning internet-manbasida joylashtirilgan aloqa telefonlari
va
elektron manzillari orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish; - Tizimda O‘zbekistonning amaldagi qo‘nunchiligiga zid bulmagan majud amaliyotlarning
boshqa
turlarini amalga oshiradi;
- tizimda Elektron pullar bilan bog‘liq amaliyotlarni sodir etishga ruxsat berilishini
- 5.16
Mijoz quyidagi huquqlarga ega: -
- Qoidalarda ruxsat etilgan har qanday mavjud usullar bilan Elektron pullar sotib olish,
Elektron pullarni elektron hamyonga kiritish, fuqarolik-huquqiy bitimlar bo‘yicha
to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga,
Qoidalarga va Operator bilan tuzilgan Shartnomaga zid bo‘lmagan boshqa usullar bilan
boshqa Mijoz yoki boshqa jismoniy shaxsga da’vo qilish huquqini yon berish. - Tizimning barcha xizmatlaridan o‘zining maqomiga va Operator tomonidan o‘rnatilgan
boshqa cheklovlarga muvofiq foydalanish huquqiga ega bo‘lish. - mazkur Tizim Qoidalari va Oferta shartlarida nazarda tutilgan shartlarda Tizim orqali
Elektron pullar bilan amaliyotlarni bajarish; - elektron pullarni undan sotib olishi uchun Operatorga, Agentga beradi;
- operator, Emitent va Agentdan Tizim Qoidalari va Oferta shartlariga muvofiq o‘z
majburiyatlarini
tegishli bajarishlarini talab qilish; - Mijozga tegishli elektron hamyonning holati, elektron hamyonga nisbatan Mijozning
harakatlari, elektron hamyondagi o‘zgarishlar tarixi va Tizimdan foydalanishda
ahamiyatli bo‘lgan
boshqa ma’lumotlarni olish; - texnik va axborot yordamini olish;
- Operatorga Tizim ishtirokchilarining harakatlari va Operatorning aralashuvini talab
qiladigan
boshqa holatlar yuzasidan shikoyatlar yuborish; - Tizimdan Tizimning boshqa ishtirokchilari, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini buzmaydigan va ularga dahl qilmaydigan, shuningdek qonun hujjatlari
me’yorlarini
buzmaydigan boshqa usulda foydalanish; - tizim Qoidalari va Oferta shartlariga muvofiq Tizimdagi elektron hamyonlarni yopgan
holda Tizim
xizmatidan bosh tortish.
- Qoidalarda ruxsat etilgan har qanday mavjud usullar bilan Elektron pullar sotib olish,
- 5.17
Tizimdagi faoliyati doirasida Merchant quyidagi amaliyotlarni amalga oshiradi va amaldagi
qonunchilik va Operator tomonidan belgilangan cheklovlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda
xizmat majburiyatlarini bajaradi: -
- Tizimdan boshqa Ishtirokchilarning, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini buzmaydigan va ularga dahl qilmaydigan, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi
qonunchiligi normalarini buzmaydigan tarzda foydalanadi; - Mijozdan to‘lovlarni Elektron pullar bilan tovarning qiymati yoki fuqarolik-huquqiy
bitimlar bo‘yicha ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlarga to‘lov sifatida qabul qiladi;∆ - Mijozdan to‘lovlarni Elektron pullar bilan tovarning qiymati yoki fuqarolik-huquqiy
bitimlar bo‘yicha ko‘rsatilgan ishlar va xizmatlarga to‘lov sifatida qabul qiladi; - Emitentlar tomonidan Merchantga tegishli Elektron pullar qoldig‘ini (uning bir qismini)
to‘langanidan keyingi pullar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan kamida bitta bank hisob
raqamiga egadir; - tovarlar, ishlar, xizmatlarni amalga oshirish to‘xtatib qo‘yilgan yoki to‘xtagan kundan
kechikmagan
holda Tizim Operatori va Emitentni xabardor qiladi; - pulni naqd pulsiz to‘lash tartibida bank hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan berish
uchun
Emitentga, Operatorga komission mukofot to‘laydi; - o‘zining reklama-axborot materiallarida Tizimning tovarlar/ishlar/xizmatlarga to‘lov
qilish
usullariga tegishli ishonchli axborotni joylashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi; - Tizimdan foydalanish maqsadida Operator, Emitent tomonidan unga berilgan maxfiy
ma’lumotlarni uzatmaydi, shu jumladan uchinchi shaxslarga o‘z Hamyonidan foydalanish
imkoniyatini bermaydi, o‘zining autentifikatsiya ma’lumotlarini oshkor qilmaydi; - o‘zining autentifikatsiya ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlaydi va Merchant nomidan
Tizimda
faoliyat yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxslarning bunday ma’lumotlardan
foydalangan holda Hamyonga kirishini cheklaydi, shuningdek, Merchant nomidan Tizimga
kirish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning ma’lumotlari o‘zgarganda o‘zining autentifikatsiya
ma’lumotlariga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritadi va Operatorni bunday shaxsning
ma’lumotlari o‘zgarishi haqida o‘z vaqtida xabardor qilish; - Tizimga kirish qurilmasining ishlashi va axborot xavfsizligi to‘g‘risida lozim darajada
g‘amxo‘rlik qilish; - Tizimda ro‘yxatdan o‘tish va Merchant sifatida faoliyatni amalga oshirishda Operatorni
ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operator Merchant tomonidan ishonchsiz
ma’lumotlar taqdim etilishi natijasida Merchantning ko‘rgan zarari uchun javobgar emas;
“A-Рay” electron pullar tizimining qoidalari - Elektron pullardan foydalangan holda tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitimlarga muvofiq Mijoz
oldidagi o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda bajaradi; - Mijozga Elektron pul yordamida amalga oshirilgan to‘lovni tasdiqlovchi savdo chekini
beradi; - O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, tegishli shartnoma shartlari va Qoidalarga
muvofiq
Mijozga pul mablag‘larini qaytarishni amalga oshiradi; - bajarilgan amaliyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va amaliyotlar amalga
oshirilganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni ular amalga oshirilganidan keyin kamida 5 (besh) yil davomida
saqlaydi; - mazkur Qoidalar va Merchant va Operator o‘rtasida imzolangan shartnomaning shartlariga
muvofiq Merchantga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi.
- Tizimdan boshqa Ishtirokchilarning, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy
- 5.18
Merchant quyidagi huquqlarga ega: -
- mazkur Qoidalar va Merchant va Operator o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq
Tizim ishtirokchisiga aylanish; - Mijozlardan fuqarolik-huquqiy amaliyotlar uchun to‘lov sifatida Elektron pullarni qabul
qilish. - uning ixtiyorida bo‘lgan Elektron pullarni Merchant va Operator o‘rtasida tuzilgan
shartnomada
nazarda tutilgan shartlarga muvofiq Emitent tomonidan yopilishiga taqdim etish. - o‘z ma’lumotlariga, shuningdek, sotiladigan tovarlar, ishlar, xizmatlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga
o‘zgartirishlar kiritish; - Mijoz bilan tuzilgan bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkonli bo‘lmagan hollarda
Mijozdan
to‘lovni qabul qilishni rad etish; - Operatordan 5 (besh) yilgacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilgan amaliyotlar bo‘yicha
hisobotni so‘rash;
- mazkur Qoidalar va Merchant va Operator o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq
- 5.19
Merchant Elektron pullarni chiqargan Emitentlardan qat’iy nazar ularni qabul qilishi va Elektron
puldan foydalangan holda tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitimlarga muvofiq Mijoz oldidagi o‘z
majburiyatlarini lozim darajada bajarishga majbur.
6. «A-PAY» ELEKTRON PULLAR TIZIMIGA QO‘SHILISH TARTIBI
6.1
Tizim Ishtirokchilarining Tizimga qo‘shilishi va ular tomonidan elektron pullarni ishlatish
Tizimning mazkur Qoidalari va tuzilgan shartnomlar, jumladan, Oferta shartlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
- 6.2
Jismoniy shaxslarning Tizimga ulanish tartibi: - 6.2.1
Tizimda ro‘yxatdan o‘tgan «A-Pay» Elektron pullaridan Tizimda foydalanish to‘g‘risidagi
Shartnomani tuzish huquqiga ega va uni tuzishga layoqatli har qanday jismoniy shaxs Tizim
Ishtirokchisiga aylanishi mumkin. - 6.2.2
Tizimga qo‘shilish va Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirish uchun jismoniy shaxsni
ushbu Qoidalar, Tariflar va Tizimning internet-manbasida va/yoki mobil ilovasida joylashtirilgan
Oferta shartlari bilan tanishtirish va uning roziligini olish zarur. - 6.2.3
Jismoniy shaxsning Operator bilan Ofertani tan olishi, uning Tizimga qo‘shilishi va uning ushbu
Qoidalar shartlarini, Tariflarni tan olishi, jismoniy shaxs Qoidalar, Oferta, Tariflar bilan
kelishilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yish orqali Tizimda ro‘yxatdan o‘tganda, ro‘yxatdan o‘tish
shaklining tegishli maydonida Operator internet-manbasida ro‘yxatdan o‘tish shakllarini
to‘ldirishda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Oferta shartlariga rozi bo‘lish jismoniy shaxs
tomonidan Qoidalar, Shartnomalar, Tariflar shartlari bilan tanishganligi, ularni cheklovlarsiz
to‘liq va so‘zsiz ongli qabul qilishini anglatadi va yozma ravishda shartnoma tuzishga teng.
Ommaviy shartnomaning barcha shartlari qabul qilingan paytdan boshlab, Mijoz Qoidalarda nazarda
tutilgan barcha huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni zimmasiga oladi. Ommaviy shartnomani
imzolash orqali Mijoz Tizim Operatori va Elektron pullar Emitentiga shaxsiy ma’lumotlarni
to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatishga rozilik beradi. - 6.2.4
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Mijozga Tizimdagi Elektron pullar egasining «shaxsiy kabineti»
funksiyalariga ega elektron hamyonga kirish uchun mijoz tomonidan yaratilgan login (telefon
raqami) va parolga ega bo‘lgan elektron hamyon ochiladi. Tizim operatori ro‘yxatdan o‘tish uchun
qo‘shimcha parametrlarni o‘rnatishi mumkin, ular Tizim saytida joylashtiriladigan tegishli
yo‘riqnomada ko‘rsatilgan. Operator va Tizim xizmatlaridan foydalanish jarayonida elektron
hamyonni ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng ham Operator tomonidan Mijozdan qo‘shimcha ma’lumot talab
qilinishi mumkin. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs Tizimda elektron
pullarning identifikatsiyalanmagan egasi maqomini olib, unga Tizim tomonidan taklif etilayotgan
ayrim amaliyotlar imkonli bo‘ladi. - 6.2.5
Elektron pullarning identifikatsiyalanmagan egasi Operatorga Elektron pullarning identifikatsiya
qilingan egasi maqomini olish uchun ushbu shaxs bilan Tizim xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida
shartnoma tuzish faktini aniqlash yoki tasdiqlash imkonini beruvchi ma’lumot va tegishli
hujjatlarni taqdim etish orqali maxsus identifikatsiyalash taomilidan o‘tishi mumkin. Tizimda
foydalaniladigan identifikatsiyalash usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Operator tomonidan Tizim
saytida joylashtiriladi. - 6.2.6
Ro‘yxatdan o‘tish taomili tugaganligi va elektron hamyon ochilganligi Operator tomonidan Tizim
ishtirokchisiga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga tegishli xabar
yuborish yoki elektron xabarnoma orqali tasdiqlanadi. - 6.2.7
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng Tizimda, mobil ilovada mavjud usullardan foydalangan holda Elektron
pullarni xarid qilish mumkin. Mijozni Tizimda ro‘yxatdan o‘tkazgandan va Elektron pullarni sotib
olgandan so‘ng, Mijoz elektron hamyon turi va maqomiga muvofiq to‘lovlarni amalga oshirish uchun
elektron hamyondan foydalanish huquqiga ega.
6.3
Agentlarning Tizimga ulanish tartibi:
- 6.3.1
Tizimda ro‘yxatdan o‘tish taomilidan o‘tgan yuridik shaxs Tizimning agentiga aylanishi mumkin.
Tizimda ro‘yxatdan o‘tish ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda bevosita
Operatorning internet-manbasida amalga oshiriladi. - 6.3.2
Tizimga Agent sifatida qo‘shilish va Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirish uchun
yuridik shaxs Tizim Qoidalari, Ommaviy Oferta va Tariflar bilan tanishishi kerak. Qoidalar,
Ommaviy Oferta shartlari, Tariflar Tizimning internet-manbasida va/yoki mobil ilovada
joylashtirilgan. Qoidalar, Ommaviy Oferta va Tariflar bilan tanishib chiqqach, barcha shartlarga
to‘liq va so‘zsiz rozi bo‘lgan taqdirda, yuridik shaxs Qoidalarga, Ommaviy Ofertaga, Tariflarga
o‘z roziligini bildiradi va Operatorga yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni
tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi: yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, Agent nomidan shartnoma tuzish va boshqa harakatlarni
amalga oshirish vakolati ega bo‘lgan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar
nusxasi (rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq yoki hujjatlarni imzolashga vakolatli shaxsga
ishonchnoma), shaxsiy guvohnoma nusxasi, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan
taqdirda litsenziya nusxasi, Operator tomonidan belgilanadigan boshqa hujjatlar. - 6.3.3
Operator yuridik shaxs to‘g‘risida hamma uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlarni to‘playdi,
Agent bilan ishchi aloqalarini o‘rnatish uchun identifikatsiya qilish taomilini amalga oshiradi.
Identifikatsiya qilishning natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda Operator yuridik shaxsni Tizimda
Agent sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi, Agent uchun elektron hamyonni ro‘yxatdan o‘tkazadi va
Agentga Qoidalarda nazarda tutilgan huquq va imkoniyatlarni taqdim etgan holda ochiq va
ro‘yxatdan o‘tgan elektron hamyonni boshqarish uchun zarur ma’lumotlarni beradi. - 6.3.4
Zarur hollarda Operator va Agent axborot tizimlarini, texnik vositalarni integratsiyalash
bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi va shartnoma majburiyatlarini bajarishga kirishadi. Ommaviy
shartnomani imzolash orqali Agent Tizim Operatori va Elektron pullar Emitentiga shaxsiy
ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatishga rozilik beradi. - 6.3.5
Operator Qoidalarda va/yoki amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha,
shuningdek Operator xixishiga ko‘ra boshqa asoslar bo‘yicha yuridik shaxsga Shartnoma tuzish va
Tizimga Agent sifatida qo‘shilishni rad etishga haqli. - 6.4
Merchantlarning Tizimga ulanish tartibi: - 6.4.1
Tizimda ro‘yxatdan o‘tish taomilidan o‘tgan yuridik shaxs va/yoki yakka tartibdagi tadbirkor
Tizim Merchantiga aylanishi mumkin. Tizimda ro‘yxatdan o‘tish, ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha
ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda bevosita Operatorning internet-manbasida amalga oshiriladi. - 6.4.2
Tizimga Merchant sifatida qo‘shilish va Elektron pullar bilan amaliyotlarni amalga oshirish
uchun yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor Tizim Qoidalari, Ommaviy Oferta bilan tanishishi
va Tarif rejasini tanlashi kerak. Qoidalar, Ommaviy oferta shartlari, Tariflar Tizimning
internet-manbasida va/yoki mobil ilovada joylashtirilgan. Qoidalar, Ommaviy oferta bilan
tanishgandan so‘ng va Tarif rejasini tanlagandan so‘ng, barcha shartlarga to‘liq va so‘zsiz rozi
bo‘lgan taqdirda, yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor Qoidalar, Ommaviy Oferta, tanlangan
Tarif rejasi bo‘yicha o‘z roziligini bildiradi va Operatorga yuridik shaxs, yakka tartibdagi
tadbirkor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. Yuridik
shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, Agent nomidan shartnoma tuzish va boshqa harakatlarni
amalga oshirish vakolati ega bo‘lgan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi
(rahbarni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq yoki hujjatlarni imzolashga vakolatli shaxsga
ishonchnoma), shaxsiy guvohnoma
nusxasi, litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan taqdirda litsenziya nusxasi, Operator
tomonidan belgilanadigan boshqa hujjatlar. Yakka tartibdagi tadbirkor quyidagi hujjatlarni
taqdim etadi: yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, jismoniy
shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatning
nusxasi, Operator tomonidan belgilanadigan boshqa hujjatlar. - 6.4.3
Operator yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risida hamma uchun ochiq bo‘lgan
ma’lumotlarni to‘playdi, Merchant bilan ishchi aloqalarini o‘rnatish uchun identifikatsiya
qilish taomilini amalga oshiradi. Identifikatsiya qilishning natijasi ijobiy bo‘lsa, Operator
yuridik shaxsni, yakka tartibdagi tadbirkorni Tizimda Merchant sifatida ro‘yxatdan o‘tkazadi,
Merchant uchun elektron hamyonni ro‘yxatdan o‘tkazadi va Merchantga Qoidalarda nazarda tutilgan
huquq va imkoniyatlar hajmini taqdim etgan holda ochiq va ro‘yxatdan o‘tgan elektron hamyonni
boshqarish uchun zarur ma’lumotlarni beradi. - 6.4.4
Zarur hollarda Operator va Merchant axborot tizimlarini, texnik vositalarni integratsiyalash
bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi va shartnoma majburiyatlarini bajarishga kirishadi. Ommaviy
shartnomani imzolash orqali Merchant Tizim Operatori va Elektron pullar Emitentiga shaxsiy
ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va uzatishga rozilik beradi. - 6.4.5
Operator yuridik shaxsga, yakka tartibdagi tadbirkorni Qoidalarda va/yoki amaldagi qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar, shuningdek boshqa asoslar bo‘yicha Shartnoma tuzish va
Tizimga Merchant sifatida qo‘shishdan va Operatorning ixtiyoriga ko‘ra boshqa asoslarda bosh
tortishga haqli.
7. TIZIM MIJOZI – JISMONIY SHAXSNI IDENTIFIKATSIYALASH
- 7.1
Mijozni identifikatsiya qilish – O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda
Mijozning shaxsini aniqlash taomili bo‘lib hisoblanadi. - 7.2
Mijoz – jismoniy shaxs o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda Operatorga murojaat etib,
identifikatsiyalash jarayonidan o‘tishi mumkin. Agentlardan Elektron pullarni sotib olish va
Tizim Mijozi – jismoniy shaxs tomonidan Elektron pullar bilan identifikatsiyalanmagan Elektron
pul egasi uchun o‘rnatilgan cheklovlarni oshiruvchi to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish
imkoniyati uchun, shuningdek, Elektron pullarni to‘lash yoki chiqarish uchun Tizim Mijozi –
jismoniy shaxs majburiy tartibda identifikatsiyalashdan o‘tishi shart. - 7.3
Operator tomonidan Mijozni identifikatsiyalash uning Tizimda identifikatsiya qilinishini
anglatadi, bu esa ushbu Mijozni Tizimning Identifikatsiyalangan Emitentlari sifatida tan olish
uchun zarur va yetarli shartdir. - 7.4
Identifikatsiyalash tartibini o‘tkazish uchun Tizim Mijozi –jismoniy shaxs Operatorga hujjat
egasining surati va hujjatdagi ma’lumotlar (seriya raqami, FISh, berilgan sanasi va boshqalar)
aniq ko‘rinib turgan pasportining yoki ID kartasining old tomoni skanirlangan/suratga olingan,
hujjatning yorqin va yopiq joylarisiz, shaklini, shuningdek, identifikatsiyalanadigan jismoniy
shaxsning yuzi yonida yoki uningsiz tushgan surati (selfi) (suratga tushish bo‘yicha yo‘riqnoma
A-Pay ilovasida rasmlar va har bir harakatlarni ifodalagan holda ko‘rsatilgan). - 7.5
Tizim Mijozi – jismoniy shaxs pasporti yoki ID kartasida ko‘rsatilgan shaxsiy
(identifikatsiyalangan) ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritgan hollarda Elektron pullar bilan
amalni bajarguniga qadar Operatorga yangi identifikatsiya ma’lumotlarini va qo‘shimcha
identifikatsiyadan o‘tish maqsadida (Tizimdagi identifikatsiya ma’lumotlarini yangilish)
shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini taqdim etishi shart. - 7.6
Tizimdan foydalanuvchining maqomini identifikatsiyalanmagandan identifikatsiyalangan elektron
hamyon egasiga o‘zgartirish Operator tomonidan amalga oshiriladi. - 7.7
Identifikatsiya qilish taomili jarayonida to‘plangan barcha ma’lumotlar qonunchilik, Qoidalar,
Tizim Sayti yoki mobil ilova orqali taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar egasining bevosita
ko‘rsatmalari talablariga muvofiq qayta ishlanadi, saqlanadi va uzatiladi.
8. EMITENTLARNI TIZIMGA ULASHDA MUNOSABATLAR TARTIBI
- 8.1
Emitentlarning Tizimga qo‘shilishi Emitent va Operator o‘rtasida tizim doirasida elektron
pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va so‘ndirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish Operator
bilan shartnoma tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. EMITENT TOMONIDAN ELEKTRON PULLARNING HISOBI
- 9.1
Emitent Elektron pullar Egasidan tushadigan pul mablag‘larining alohida hisobini Elektron pullar
bilan amaliyotlar bo‘yicha pul mablag‘larini hisobga olish uchun mo‘ljallangan tegishli
ixtisoslashtirilgan hisobvaraqda yuritadi.
10. OPERATORNING MERCHANTLAR BILAN O‘ZARO ALOQASI
- 10.1
Operator va Merchant o‘rtasida tuzilgan shartnoma va mazkur Qoidalar asosida Merchant va
Operator o‘rtasida o‘zaro aloqa amalga oshiriladi. - 10.2
Merchantlar tomonidan Elektron pullarga egalik qilish/ Elektron hamyonlarni to‘ldirish
taqiqlanadi. Merchantlar faqat sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, ishlar uchun
o‘zlarining ochiq elektron hamyonlariga Tizim Mijozlaridan – jismoniy shaxslardan Elektron
pullarni qabul qiladilar. - 10.3
O‘z xohishiga ko‘ra Operator to‘lov amalga oshirgan yuridik shaxs hisoblangan Tizim Mijoziga
tovar yetkazib berilishi yoki xizmat ko‘rsatilishi to‘g‘risida Merchantdan tasdiqni talab qilish
huquqiga ega. - 10.4
Emitent Merchant va Operator o‘rtasida tuzilgan sharnoma shartlariga muvofiq bankdagi hisob
raqamiga naqdsiz to‘lov orqali mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan Merchantlarning Elektron pullari
qaytarilishini bajaradi.
11. ELEKTRON PULLARNI CHIQARISH ЧИҚАРИШГ
- 11.1Elektron pullarni chiqarish (emissiya) Emitent tomonidan Tizim Agenti hisoblangan Operatordan
pul olganidan so‘ng amalga oshiriladi. Emitent shuningdek, Operator bilan Tizimda agentlik
xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi tuzilgan Agentlarga Elektron pullarni chiqarishni amalga
oshiradi. - 11.2
Agentning Emitentdan Elektron pullarni sotib olishi Emitentning ixtisoslashtirilgan hisobiga
naqd bo‘lmagan pul o‘tkazmasi yo‘li bilan amalga oshiriladi, shundan so‘ng Emitent Operatorga
Emitentning ixtisoslashtirilgan hisobi to‘ldirilgan qiymat va Agentning rekvizitlari
to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etadi. Operator Emitentning chiqarilgan Elektron pullarini
Agentning elektron hamyoniga avtomatik tarzda o‘tkazilishini amalga oshiradi. - 11.3
Emitent Elektron pullarning egalaridan uning ixtisoslashtirilgan hisobida ifoda etilgan qabul
qilingan pullarning umumiy qiymati Tizimning Elektron pullariga mutanosibligini ta’minlaydi. - 11.4
Tizim Ishtirokchisi – Agentning Elektron pullari Emitent tomonidan Tizim Ishtirokchisi –
Agentning elektron hamyonidagi Elektron pullarning mumkin bo‘lgan qiymati to‘g‘risidagi axborot
ifoda etilgan paytdan boshlab chiqarilgan hisoblanadi.
12. JISMONIY SHAXSLARNING TIZIMDA ELEKTRON HAMYONLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHI VA OCHISHI. JISMONIY
SHAXSLARNING TIZIMDA AMALIYOTLARNI O‘TKAZISHINING CHEKLOVLARI
- 12.1
Jismoniy shaxsning Tizimda ro‘yxatdan o‘tishi bevosita Operatorning internet resursida yoki
Operatorning mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnomalarga rioya etgan holda amalga
oshiriladi. Mazkur tartib bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs Tizimda elektron pullarning
identifikatsiyalanmagan egasi maqomiga ega bo‘ladi. Elektron pullarning identifikatsiyalangan
egasi maqomini olish uchun jismoniy shaxs identifikatsiyalash tartibidan o‘tishi lozim. - 12.2
Jismoniy shaxs qayd etish bo‘yicha tartiblarni bajarib bo‘lganidan so‘ng Tizim Ishtirokchiga –
jismoniy shaxsga elektron hamyon ochadi va elektron hamyonga o‘ziga xos identifikatsiya raqamini
beradi. Tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxsning o‘zining elektron hamyonini boshqarishi
Tizimning veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali olib boriladi. - 12.3
Tizimning ro‘yxatdan o‘tgan Ishtirokchisi – jismoniy shaxsning identifikatsiyadan o‘tganligi
yoki o‘tmaganligiga qarab Tizim unga quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishni taqdim etadi: -
- elektron pullarning identifikatsiyalanmagan egasi (Tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxs
identifikatsiya tartibidan o‘tmadi); - elektron pullarning identifikatsiyalangan egasi (Tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxs
identifikatsiya tartibidan o‘tdi).
- elektron pullarning identifikatsiyalanmagan egasi (Tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxs
- 12.4
Tizimda uning Ishtirokchilari – jismoniy shaxslar uchun Elektron pullar bilan amaliyotlar
qiymati bo‘yicha (jumladan, Operator, Agentdan Elektron pullarni sotib olish) cheklovlar amal
qilib, unga ko‘ra quyidagi hollarda Elektron pullar bilan bir marotabalik amaliyotlar qiymati
oshib ketmasligi kerak: -
- Elektron pullarning identifikatsiyalangan egasi – jismoniy shaxs tomonidan amalga
oshirilgan bitta amaliyotning yuqori qiymati bazaviy hisob qiymatining yuz karrali
miqdoriga teng qiymatdan oshmasligi lozim. - Elektron pullarning identifikatsiyalangan egasi – jismoniy shaxsning bitta elektron
moslamasida saqlanayotgan Elektron pullarning yuqori qiymati bazaviy hisob qiymatining
besh yuz karrali miqdoriga teng qiymatdan oshmasligi lozim - Elektron pullarning identifikatsiyalanmagan egasi – jismoniy shaxs tomonidan amalga
oshirilgan bitta amaliyotning yuqori qiymati bazaviy hisob qiymatining besh yuz karrali
miqdoriga teng qiymatdan oshmasligi lozim. Mazkur summa oshib ketgan taqdirda Elektron
pullarning egasini identifikatsiyalashni amalga oshirish zarur. - Identifikatsiya qilinmagan Elektron pul egasi – jismoniy shaxsning elektron moslamasida
saqlanayotgan Elektron pullarning maksimal qiymati asosiy hisoblangan qiymatdan besh
baravar miqdoriga tenga bo‘lgan qiymatdan oshmasligi lozim.
- Elektron pullarning identifikatsiyalangan egasi – jismoniy shaxs tomonidan amalga
- 12.5
Jismoniy shaxs Tizimda ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng uning Elektron pullar bilan to‘langan barcha
to‘lovlari va boshqa amaliyotlari Tizimda saqlanadi va Tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxs
Tizimga kirganida tunu kun kirish huquqiga ega bo‘ladi. - 12.6
Jismoniy shaxs bir yoki bir necha hamyonlarni ochish huquqiga ega, bunda jismoniy shaxs
identifikatsiyalangan taqdirda elektron hamyonlarning egasi hamyonlarga identifikatsiyalangan
maqomini berish maqsadida ulardan qay biri unga tegishli ekanligini ma’lum qilishi mumkin.
Buning uchun u mazkur hamyonga kirish huquqiga egaligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etishi
shart.
13. AGENTLAR VA MERCHANTLARNING ELEKTRON HAMYONLARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH VA OCHISH
- 13.1
Tizimda ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Operatorning internet-manbasida yoki Operatorning
mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi. - 13.2
Agentlarni Tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga elektron hamyonlarni ochish Operator tomonidan
Agentda Operator bilan o‘zaro shartnoma mavjudligida va Operatorga talab qilingan hujjatlarni
taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi. - 13.3
Agentlarda elektron hamyonlar mavjud bo‘lib, ularning amaliyotlari jismoniy shaxslardan va
jismoniy shaxslarga Elektron pullarni sotib olish va sotish bilan cheklanadi. Bundan tashqari,
Agentning shaxsiy kabineti Agentning hamyonidagi Elektron pullarning harakatini nazorat qilish
imkonini beradi. - 13.4
Operator tomonidan Agentdan olinadigan komissiya to‘lovining tartibi Agent va Operator o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga tegishli Tariflar bo‘yicha belgilanadi. - 13.5
Merchantlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga Tizimda elektron hamyonlarni ochish Operator
tomonidan Merchantda Operator bilan o‘zaro shartnoma mavjudligida va Operatorga talab qilingan
hujjatlarni taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi. - 13.6
Operator tomonidan Merchantga maxsus elektron hamyon shakllantiriladi. Merchantning maxsus
elektron hamyoniga faqat tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan tushgan Elektron pullar
ularning nominal qiymatiga teng miqdordagi pul mablag‘larini keyinchalik bank hisobvaraqlariga
o‘tkazish maqsadida qabul qilinadi. - 13.7
Merchantning maxsus elektron hamyonidagi Elektron pullarni Tizimda qayta sotishga yo‘l
qo‘yilmaydi. - 13.8
Fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirish paytida Tizimdan Elektron pul olgan Merchant
Emitentdan qabul qilingan to‘lov miqdoridagi pul da’vosini talab qilishga haqli. - 13.9
Emitent Merchant va Operator o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, Merchantlarning
Elektron pullarini naqd pulsiz to‘lov yo‘li bilan so‘ndiradi. - 13.10
Operator tomonidan Merchantdan olinadigan komissiya to‘lovining tartibi Merchant va Operator
o‘rtasida tuzilgan shartnomaga tegishli Tariflar bo‘yicha belgilanadi.
14. TIZIM ISHTIROKCHILARI – JISMONIY SHAXSLARGA ELEKTRON PULLARNING TIZIM AGENTI SIFATIDA ISHTIROK
ETUVCHI OPERATOR TOMONIDAN SOTILISHI
- 14.1
Tizim Mijozlari – jismoniy shaxslar tomonidan elektron pullarni Tizim Mijozi – jismoniy
shaxsning ochiq elektron hamyoniga o‘tkazish uchun sotib olish Tizim Agenti sifatida faoliyat
olib boruvchi Operator orqali amalga oshiriladi. - 14.2
Tizimi Agenti sifatida qatnashayotgan Operator Tizim Mijozlarining Elektron pullarini shaxsiy
hamyonidan sotib oladi, shuningdek, Mijozning Elektron pullarini sotib olishni amalga oshiradi. - 14.3
Elektron pullarni sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishida quyidagi harakatlar bajariladi: -
- Tizim Mijozi – jismoniy shaxsdan unga Elektron pullar sotish hisobiga pul olish;
- Sotilgan Elektron pullarni o‘tkazish uchun Mijozdan elektron hamyonning identifikatsion
raqamini olish; - Operator (Tizim Agenti) ning elektron hamyonidagi pullarni Mijozga sotilgan Elektron
pullar
hajmida hisobdan chiqarish; - Tizim Mijozining elektron hamyoniga tizim Operatori (Agenti) tomonidan sotilgan Elektron
pullarni o‘tkazish. - Mijozning elektron hamyonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun komission mukofotni
(mavjudligida)
o‘chirish; - Mijozga Elektron pullar o‘tkazilgan elektron hamyonni ko‘rsatgan yoki qayta tuzilgan
elektron
hamyonning identifikatsion ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda amaliyot bajarilganligini
tasdiqlovchi kvitansiya (chek) ni berish.
15. ELEKTRON PULLARNI TIZIM ISHTIROKCHILARI-JISMONIY SHAXSLARGA AGENTLAR ORQALI SOTISH
- 15.1
Tizim Ishtirokchilari – jismoniy shaxslar tomonidan Tizimning Mijozi – jismoniy shaxsning ochiq
elektron hamyoniga o‘tkazish uchun Elektron pullarning sotib olinishi Tizim Operatori bilan
Agentlik shartnomasini tuzgan Agent orqali amalga oshiriladi. - 15.2
Tizim Mijozi – jismoniy shaxs Agentga pul kiritgan yoki o‘tkazganda uning tomonidan sotib
olingan Elektron pullarni o‘tkazish uchun Tizimda ochilgan elektron hamyonning identifikatsion
kodini ko‘rsatadi. - 15.3
Tizim Ishtirokchisi – jismoniy shaxsning elektron hamyoniga uchinchi shaxslar tomonidan Elektron
pullarni o‘tkazish uchun pul kiritilgan taqdirda sotib olingan/bepul olingan Elektron pullarga
nisbatan elektron hamyon egasining huquq va majburiyatlari paydo
bo‘ladi. Uchinchi shaxslarning mazkur harakatlari Agent tomonidan uchinchi shaxsning elektron
hamyon egasi manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilgan deb baholanadi va uchinchi shaxslar va
Agent o‘rtasida huquq hamda majburiyatlarni yuzaga keltirib chiqarmaydi. - 15.4
Tizim Mijozi – uchinchi shaxsining Elektron pullarni sotishida Agent komission mukofot puli
olish huquqiga ega bo‘ladi. - 15.5
Tizim Mijozi – jismoniy shaxs tomonidan Elektron pullar sotib olinganda unga kvitantsiya
beriladi.
16. ELEKTRON PULLARNI BIR ELEKTRON HAMYONDAN BOSHQASIGA O‘TKAZISH BO‘YICHA AMALIYOTLARNI O‘TKAZISH
TARTIBI
- 16.1
Tizim Mijozi Elektron pullarni Tizimning boshqa Mijoziga Mijozning elektron hamyonidagi Elektron
pul qoldig‘i doirasida o‘tkazmani amalga oshirishga haqli. - 16.2
Elektron pullarni boshqa elektron hamyonga (boshqa Mijozga) o‘tkazmasini amalga oshirishda Tizim
Operatoriga Operator tomonidan so‘ralayotgan o‘tkazma uchun qayd etilgan shakldagi ma’lumotlarni
taqdim etish bilan amaliyot olib borilganligi to‘g‘risida ko‘rsatma jo‘natishi lozim. - 16.3
O‘tkazmaning eng kam va eng yuqori miqdori Tizim Operatori tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligi va mazkur Qoidalar doirasida cheklanadi. - 16.4
Agar Tizim Operatorida o‘tkazmaning haqqoniyligigi shubha tug‘ilgudek bo‘lsa, shuningdek,
vakolatli davlat idorasi tomonidan taqdim etilgan terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirish
bilan bog‘liq ma’lumotlar mavjudligida Tizim Operatori oluvchi Mijozning Elektron pullarini
to‘xtatib qo‘yishga haqli hisoblanadi. - 16.5
Elektron pullarni o‘tkazish Tizim Operatori tomonidan jo‘natuvchi Mijozdan so‘rovnomani qabul
qilib olgandan so‘ng zudlik bilan amalga oshiriladi - 16.6
Tizim Operatori tomonidan Mijozdan Elektron pullarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma qabul
qilinganidan so‘ng amaliyot qaytarilmas va yakuniyga aylanadi. - 16.7
Tizim Operatori Mijozning Elektron pullar o‘tkazilishini amalga oshirish to‘g‘risidagi
topshirig‘ini bajarganidan so‘ng unga qayd etilgan topshirig‘i bajarilganligi to‘g‘risida
tasdiqnoma jo‘natadi.
17. TIZIMDA ELEKTRON PULLARNI CHIQARIB OLISH VA QAYTARISH
- 17.1
Elektron pullarning Egalari – Mijoz, Merchant, Agent istalgan vaqtda Operator orqali elektron
pullarning emissiyasini amalga oshiradigan Emitentdan Elektron pullarni qaytarishni talab
qilishga haqli. - 17.2
Elektron pul egalari – jismoniy shaxslar Emitentdan Elektron pullarni qaytarishni amalga
oshirmasliklari, balki Agentga ulardan Elektron pullarni sotib olishini taklif qilishlari mumkin
(o‘z xohishiga ko‘ra). - 17.3
Elektron pullarning qaytarilishida mazkur pullarni qaytarishga taqdim etayotgan Elektron pullar
Egasiga beriladigan pul miqdori qaytarishga taqdim etilgan pul qiymatiga mos bo‘lishi lozim. - 17.4
Elektron pullar egasining bank hisob raqamiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tegishli pul qiymati
o‘tkazilgan vaqtdan boshlab Elektron pullar Bank tomonidan qaytarilgan hisoblanadi. - 17.5
Tizim Mijozi – jismoniy shaxs tomonidan Operator, Agentning Tizimning internet resursida
joylashtirilgan tariflariga muvofiq Elektron pullarni qaytarishi/kiritishida Operator, Agent
komission mukofot (pul) ni olib qolishi mumkin. - 17.6
Merchantlarning sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, ishlar uchun olgan Elektron pullarini
qaytarish Emitent tomonidan Merchantning bank hisob raqamiga naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan
Tizim Operatoridan olgan axborotga asosan amalga oshiriladi. - 17.7
Agentning Elektron pullarini qaytarish Emitent tomonidan Agentdan u va Operator o‘rtasida
tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda Elektron pullarning belgilangan qiymatini
qaytarishning zarurligi to‘g‘risida olingan xabar asosida amalga oshiriladi. Agentning Elektron
pullarini qaytarish Agentning bank hisob raqamiga naqdsiz to‘lov bilan amalga oshiriladi. - 17.8
Elektron pullar Emitent tomonidan tegishli pul qiymatini Elektron pul Egasiga unga o‘tkazilishi
lozim bo‘lgan Elektron pul Egasining bank hisob raqamiga o‘tkazmasi amalga oshirilgan vaqtdan
boshlab qaytarilgan hisoblanadi.
18. ELEKTRON PULLARDAN FOYDALANGAN HOLDA TO‘LOVLARNI VA BOSHQA AMALIYOTLARNI BAJARISH
- 18.1
Elektron pullardan foydalangan holdagi to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining respublikada
Elektron pullardan foydalanish tartibini tartibga soluvchi qonunchiligi talablariga rioya qilgan
holda amalga oshiriladi. - 18.2
Elektron pullar bilan hisob-kitob qilish o‘zida bank hisob raqamini ochmagan holda Elektron
pullarni o‘tkazishni amalga oshiradigan, naqd pulsiz hisobni ifoda etadi. - 18.3
Tizimda Elektron pullarni o‘tkazish Tizim Ishtirokchilari-jismoniy shaxslar/Agentlarning
Tizimning boshqa Ishtirokchilari – Elektron pullarni oluvchilarning foydasiga nisbatan
ko‘rsatmalari asosida bajariladi. - 18.4
Elektron pul egasining o‘zining elektron hamyoniga kirishi Tizim sayti va/yoki Elektron
pullarning egasining mobil ilovasiga Tizim Operatori tomonidan Elektron pul egalarini ro‘yxatdan
o‘tishi
uchun ularning identifikatsiyalovchi rekvizitlari va Tizimda saqlanayotgan ma’lumotlarning
kiritilgan ma’lumotlar bilan solishtirib ko‘rishni nazarda tutuvchi ro‘yxatdan o‘tiladigan
tartiblardan o‘tganidan so‘ng ruxsat beriladi. - 18.5
Elektron hamyonga muvaffaqiyat bilan kirganidan so‘ng Elektron hamyon egasi quyidagi
imkoniyatlarga ega bo‘ladi: -
- o‘zining elektron hamyonining holatini (balansini), to‘lovlarni olib borish tarixini
ko‘rishi; - to‘lovlarni va Elektron pullarning o‘zkazmalarini amalga oshirishi;
- elektron pullar bilan boshqa mumkin bo‘lgan amaliyotlarni bajarishi.
- o‘zining elektron hamyonining holatini (balansini), to‘lovlarni olib borish tarixini
- 18.6
Operator tomonidan Elektron pul egalarining Elektron pullarni o‘tkazish to‘g‘risidagi
ko‘rsatmasini ijro etish quyidagi shartlarga rioya qilgan taqdirda amalga oshiriladi: -
- elektron so‘rovning autentifikatsiyasini o‘tkazish;
- tizimda elektron pullarni jo‘natuvchi va oluvchi sifatida elektron so‘rovda ko‘rsatilgan
elektron
hamyonlarning mavjudligi; - elektron pullarning egalari – Elektron pullarni jo‘natuvchi va qabul qilib
oluvchilarning elektron
hamyonlarining faoliyati to‘xtatilgani yo‘q; - elektron so‘rovda ko‘rsatilgan Elektron pullar o‘tkazmasining qiymati Mijozlarning
elektron hamyonlardan/tegishli Mijozning elektron hamyoniga amaliyotlarni o‘tkazish
qiymatidagi maqomiga qarab belgilangan cheklovlardan oshmaydi; - elektron so‘rovda ko‘rsatilgan o‘tkazma qiymati Tizim Operatori komissiyasini hisobga
olgan holda Elektron pullarni jo‘natuvchining elektron hamyonidagi qoldiqdan oshmaydi.
- 18.7
Elektron pullarni bir hamyondan boshqasiga o‘tkazish amaliyoti Tizimda amaliyotlarni to‘xtatish
yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan asoslar
bo‘yicha ularni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan hollardan tashqari zudlik bilan bajariladi. - 18.8
Elektron pullarning Egasi hisoblangan Tizim Mijozi – jismoniy shaxs o‘zining elektron hamyonida
qolgan qoldiq doirasidagi Elektron pullardan foydalangan va mazkur Qoidalarda, jumladan quyidagi
amaliyotlarda belgilangan identifikatsiyalangan va identifikatsiyalanmagan Elektron pullar
egalari uchun cheklovlarni inobatga olgan holda to‘lovlar va boshqa amaliyotlarni amalga
oshiradi: -
- merchant foydasi uchun to‘lovlar – tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lov;
- elektron pullarni Tizimning boshqa Ishtirokchilari – jismoniy shaxslar va Agentlar
foydasiga o‘tkazish.
- 18.9
Elektron pullardan foydalangan holda to‘lovni amalga oshirish Elektron pullar egasining
Operatorning internet resursi va/yoki mobil ilovasidagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish
shartlariga muvofiq shakllantirilgangan va Tizimdan uzatilgan tegishli ko‘rsatmasiga asosan olib
boriladi. - 18.10
Elektron pullar bilan amaliyotlarni olib borish uchun Operator Tizim Ishtirokchilari bilan
shartnoma va Operatorning Tariflariga muvofiq komission mukofot olishi mumkin. - 18.11
Tizimda Ishtirokchining (EP jo‘natuvchi) Elektron pullari qoldig‘ining kamayishi va Tizimning
boshqa Ishtirokchisi (EP oluvchi) ning Elektron pullari qoldig‘ining ko‘payishi bir vaqtning
o‘zida Elektron pullar o‘tkazmalari qiymatida sodir bo‘lganda o‘tkazma yakunlanadi. O‘tkazmaning
mazkur Qoidalarda o‘rnatilgan miqdordagi qiymatidan Elektron pullarning qoldig‘i bir vaqtning
o‘zida oshib ketgan holat istisnoli holat hisoblanadi. - 18.12
Elektron pullarni Tizimda oluvchining elektron hamyonidan jo‘natuvchining elektron hamyoniga
qaytarish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: - qoidalarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, xususan:
-
- elektron pullarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilgan ruxsatsiz to‘lov fakti
aniqlanganda; - Agar Tizimda pul o‘tkazmalarini qabul qiluvchining rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan
bo‘lsa (jo‘natuvchi qabul qiluvchining rekvizitlarini to‘g‘ri ko‘rsatgan hollarda); - agar Elektron pullar o‘tkazmasini ko‘rsatish takror berilgan bo‘lsa.
- elektron pullarni jo‘natuvchi tomonidan elektron pullarni o‘tkazish bo‘yicha
ko‘rsatmasida xatoga yo‘l qo‘ygan taqdirda (xususan, elektron hamyonning raqami
noto‘g‘ri ko‘rsatilganda).
- elektron pullarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilgan ruxsatsiz to‘lov fakti
- 18.13
Elektron pullarni qaytarish imkoni uchun Elektron pullarni jo‘natuvchi Operatorga yozma ravishda
yoki o‘tkazma jo‘natuvchisini identifikatsiyalovchi va amaliyot olib borilganligini tasdiqlovchi
(chek/ kvitansiya yoki ko‘chirma) hujjatlarni taqdim etgan holda elektron xabar yo‘li bilan
murojaat etishi lozim. Shundan so‘ng Operator o‘tkazmani oluvchini jo‘natuvchi tomonidan yo‘l
qo‘yilgan xato va Elektron pullarni mazkur shaxsga qaytarish zarurligi to‘g‘risida xabardor
qiladi. Elektron pullarni jo‘natuvchiga qaytarish oluvchi tomonidan Tizimda Elektron pullarni
jo‘natuvchiga qaytarish to‘g‘risidagi xato o‘tkazma ko‘rsatilganligiga asosan (agar oluvchi
Merchant bo‘lsa – faqat uning Elektron hamyonidan pullarni akseptsiz olishga roziligi asosida)
amalga oshiriladi, bunda komissiya to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha xarajatlar (ular mavjudligida)
o‘tkazishda qaytarilmaydi; - 18.14
Tizim Mijozi-jismoniy shaxs va Merchant o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha tuzilgan fuqarolik-huquqiy bitim buzilgan holda, xususan,
Tizim Mijozi tomonidan Merchantning Elektron pullardan foydalanib qo‘lga kiritgan
fuqarolik-huquqiy bitimining predmetini rad etgan va bunday rad etish Merchant tomonidan qabul
qilingan taqdirda quyida majburiy shartlar mavjudligida Elektron pullar qaytariladi: -
- Merchant va Mijoz – Tizim Ishtirokchisi Operatorga Elektron pullarni qaytarishni so‘rab,
bunday qaytarish sabablarini va Tizim Mijozi Elektron hamyonining identifikatsion
raqamini ko‘rsatgan holda arizani taqdim etishadi; - tizim Merchanti va Mijozidan Elektron pullarni qaytarish bo‘yicha arizalarini olish
vaqtiga kelib, qayd etilgan Elektron pullar Emitent tomonidan Merchantga qaytarilmagan
bo‘lsa.
- Merchant va Mijoz – Tizim Ishtirokchisi Operatorga Elektron pullarni qaytarishni so‘rab,
- 18.15
Shartlarga rioya qilinganda va Tizim Merchanti va Mijoz tomonidan ko‘rsatilgan arizalarda
Elektron pullarni qaytarish sababi mazkur Qoidalarning bandostilarida nazarda tutilgan qaytarish
sababiga to‘g‘ri kelsa, Tizimda 2 (ikki) ish kuni ichida Elektron pullar Merchantning Elektron
hamyonidagi Mijozning Elektron hamyoniga (Merchantdan bunday o‘tkazmaga hech qanday qo‘shimcha
ko‘rsatma olinmagan holda) o‘tkaziladi. Tizim Mijozidan Elektron pullarni Merchant hisobiga
o‘tkazishda Operatorga berilgan komission mukofot qaytarilmasligi lozim. - 18.16
Agar Merchant va Tizim Mijozi ariza taqdim etilganda Merchantning Elektron pullari Emitent
tomonidan qaytarilmagan bo‘lsa, u holda Elektron pullarni qaytarish amalga oshirilmaydi. Qayd
etilgan holatda Merchant mustaqil Tizim Mijozi bilan muddatlarni kelishgan tarzda unga Tizim
Mijozi tomonidan tovar/ish/xizmatlar uchun Elektron pullar orqali to‘langan teng qiymat
miqdoridaga pullarni qaytaradi (Tizim Mijozi tomonidan Operatorga Tizim Mijoziga qaytarilishi
lozim bo‘lmagan o‘tkazma vaqtida to‘langan komissiya hisobga olinmagan holda). - 18.17
Tizim Ishtirokchilarining pul mablag‘lari va Elektron pullar bilan amaliyotlarni o‘tkazish
to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi u Emitent/Tizim Operatori tomonidan ijro etilganidan so‘ng chaqirib
olinishi mumkin emas. O‘tkazilgan amaliyotlar yakuniy va tugallangan hisoblanadi.
19. ELEKTRON HAMYONLARNI BLOKIROVKALASH TARTIBI
- 19.1
Operator Elektron pullar Egalarining elektron hamyonlarini blokirovkalashni amalga oshiradi.
Elektron hamyonlarni blokirovkalash quyidagi hollarda amalga oshiriladi: -
- elektron pul egasidan elektron hamyonini yo‘qotgani, o‘g‘irlatgani yoki undan ruxsatsiz
foydalanilganligi to‘g‘risida xabar olinganda; - elektron pullar egasining shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarmaganida;
- amaliyotlarni qonunchilikning belgilangan talablari va Elektron pullardan foydalanish
shartlarini
buzgan holda bajarish; - qonunchilikda, Tizim Qoidalari, mazkur bo‘lim va Elektron pullar egasi va Operator
o‘rtasida
tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha.
- elektron pul egasidan elektron hamyonini yo‘qotgani, o‘g‘irlatgani yoki undan ruxsatsiz
- 19.2
Hamyon Egasi/uchinchi shaxslarning tovlamachilik harakatlariga shubha uyg‘onganda, dasturiy-
ta’minot vositalarida nosozlik aniqlanganda Elektron pullar Tizimining xavfsizligini ta’minlash
maqsadida Operator mustaqil ravishda elektron hamyonni blokirovkalaydi. - 19.3
Agar Operatorning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur Qoidalarning
talablari, shuningdek, elektron hamyon Egasi va Operator o‘rtasida tuzilgan Oferta va (yoki)
boshqa shartnomalarning shartlarida nazarda tutilgan hollarga rioya qilish zarur bo‘lgan
taqdirda Operator Elektron pullar Egasining hamyonga kirishi yoki Elektron pullardan foydalangan
holda amaliyotlarni bajarishini vaqtincha blokirovka qilishga haqli hisoblanadi. - 19.4
Elektron pullar Egasining Tizimning mazkur Qoidalarida belgilangan Elektron pullar bilan bog‘liq
amaliyot turlari va qiymatini suiiste’mol qilishi, shuningdek, Operator tomonidan elektron
hamyon Egasining o‘zining shaxsiy mualliflik o‘lchamlari (foydalanuvchining ismi, paroli)
haqidagi axborotni boshqa shaxslarga berganligi aniqlangan taqdirda elektron hamyon
blokirovkalanishiga olib keladi. - 19.5
Elektron hamyonga ruxsatsiz kirish yoki undan Elektron pullarning o‘g‘irlanishiga tahdid yuzaga
kelgan taqdirda Elektron pullarning Egasi o‘zining Tizimdagi shaxsiy Kabineti orqali elektron
hamyonini mustaqil ravishda blokirovkalashi yoki Operatorga elektron hamyoninini
blokirovkalashini so‘rab telefon yoki yozma talab qilishi mumkin. - 19.6
Elektron hamyonni blokirovka qilinishiga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilganda Operator
Elektron pullar Egasining arizasiga binoan elektron hamyon blokirovkasining bekor qilinishini
amalga oshiradi. Agar blokirovka Operator tomonidan Emitetnning elektron hamyonni blokirovkalash
to‘g‘risidagi so‘roviga asosan amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda Operator blokirovkani echishni
Emitent bilan kelishgan holda bajaradi.
20. ELEKTRON HAMYONLARNI YOPISH TARTIBI
- 20.1
Emitent Elektron hamyonlarning yopilishini amalga oshirmaydi. Mazkur vazifa faqat Operatorga
tegishlidir. - 20.2
Elektron hamyon Egasining elektron hamyonning identifikatsiyalash kodi va shaxsiy kabinetiga
kirish paroli ko‘rsatilgan arizasi asosida yoki Emitentning talabi bilan Elektron hamyonni
yopish Operator tomonidan amalga oshiriladi. - 20.3
Elektron hamyon faqat unda Elektron pullar yo‘qligidagina Operator tomonidan yopiladi. - 20.4
Tizim faoliyati to‘xtatilgan taqdirda Operator Tizim yopilishidan 1 oy oldin tegishli xabarlarni
joylashtirish va (yoki) sms xabarlarini tarqatish orqali elektron hamyon Egalarini xabardor
qiladi. Elektron hamyon egalari ularning elektron hamyonlaridagi Elektron pullarni to‘lash
huquqiga ega, buning uchun ular Operator/Emitentga murojaat qilishlari lozim. - 20.5
Tizim faoliyati to‘xtatilgan taqdirda Operator Markaziy Bankni Tizim faoliyati to‘xtatilganligi
haqida tizim yopilishidan 1 oydan kechikmagan holda xabar qilishi shart.
21. ELEKTRON PULLAR EGASINI AUTENTIFIKATSIYALASH
- 21.1
Elektron hamyonlarga kirish va ulardan foydalangan holda har qanday amaliyotlarni bajarish faqat
Elektron pullar egasini autentifikatsiyalagandan so‘nggina amalga oshirilishi mumkin. - 21.2
Elektron pullar Egasining elektron hamyonga kirishda autentifikatsiyalash Tizimning dasturiy
ta’minoti orqali Elektron pul Egasining ro‘yxatdan o‘tgan ma’lumotlaridan ixtiyoriy yoki
kombinatsiyali ko‘rinishda logini, paroli, biomertik ma’lumotlari, uyali aloqa telefonining
raqami, zarurat tug‘ilganda, maxsus SMS xabarlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
22. TO‘LOV XIZMATLARI (TARIFLARI) NING QIYMATI
- 22.1
Operatorning «A-Pay» Tizimida taqdim etiladigan xizmatlar bo‘yicha xizmatlari pulli hisoblanadi. - 22.2
Tizim Ishtirokchilari Operator ko‘rsatgan xizmatlar uchun Operator tomonidan o‘rnatilgan miqdor
va tartibda to‘lovni bajarish majburiyatini oladilar. - 22.3
Komission mukofot ko‘rsatilgan Tariflar Operatorning rasmiy sayti va mobil ilovasida
joylashtiriladi.
23. TO‘LOV TASHKILOTLARI TOMONIDAN KO‘RSATILADIGAN TO‘LOV XIZMATLARINI TEXNOLOGIK JIHATDAN TAMʹ
INLAYDIGAN UCHINCHI SHAXSLARNING O‘ZARO HAMKORLIGINING TARTIBI
- 23.1
To‘lov xizmatlarini ta’minlash xizmatini ko‘rsatuvchi uchinchi shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik
Tizim Operatori sifatida «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» AJning shartnomaviy
munosabatlariga asoslanadi. - 23.2
Uchinchi shaxslar bilan texnik hamkorlik Operatorning tizim integratsiyasi va uchinchi
shaxslarning to‘lov xizmatlarini taqdim etish xavfsizligiga rioya qilish uchun yetarli
darajadagi shifrlash shartnomasi asosida olib boriladi..
24. MAXFIYLIK, AXBOROT XAVFSIZLIGI CHORALARIGA RIOYA QILINISHINING TARTIBI
- 24.1
Foydalanuvchilarning elektron hamyonlari xavfsizligi login va parol asosida, shuningdek, zarur
hollarda biometrik ma’lumotlardan foydalangan holda foydalanuvchining roziligi bilan amalga
oshiriladi. - 24.2
Tizimda tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun foydalanuvchi SMS yoki PUSH xabarlari yordamida
operatsiyani tasdiqlashi kerak. - 24.3
Internet-do‘kondan to‘lovlarni amalga oshirish xavfsizligi foydalanuvchining xohishiga ko‘ra
tanlangan SHA yoki MD5 shifrlash bilan ta’minlanadi. - 24.4
Barcha tizim ulanishlari boshqa serverlar bilan shifrlangan tunnel ulanishlariga asosan amalga
oshiriladi. - 24.5
Ushbu Qoidalarga qo‘shilish munosabati bilan Tizim Ishtirokchilariga ma’lum bo‘lgan Tizimning
boshqa Ishtirokchilari to‘g‘risidagi hammaga ochiq bo‘lmagan ma’lumotlarga nisbatan agar
quyidagi hollardan tashqari maxfiylikka rioya qilish majburiyatini oladi: -
- mazkur axborotning Egasi hisoblangan Tizim Ishtirokchisining talabi yoki ruxsati bilan
fosh etilganda; - mazkur Qoidalarga nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hajmda
uchinchi shaxslarga taqdim etish mumkin; - qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha fosh etilishini talab qiladi.
- mazkur axborotning Egasi hisoblangan Tizim Ishtirokchisining talabi yoki ruxsati bilan
- 24.6
Quyidagi hollarda Tizim Ishtirokchilarining maxfiyligi va xavfsizligi buzilmagan hisoblanadi: -
- huquqni muhofaza qilish va boshqa vakolatli davlat idoralarining qonuniy talablari
bo‘yicha maxfiy axborotni taqdim etish.
- huquqni muhofaza qilish va boshqa vakolatli davlat idoralarining qonuniy talablari
- 24.7
Ishtirokchi Tizim Operatori Ishtirokchi o‘zining ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bergan,
qasddan o‘zining Shaxsiy kabinetiga kirish imkonini berish yoki mazkur Ishtirokchining boshqa
maxfiylikni buzganlik holatlarida Ishtirokchi oldida javobgar emasligini tan oladi. - 24.8
Mijoz unga taqdim etilgan kodning faolligi yo‘qolgan taqdirda mumkin bo‘lgan oqibatlari uchun
Tizim Operatori javobgar hisoblanmasligini tan oladi. - 24.9
Ishtirokchi uning roziligisiz amalga oshirilgan har qanday amaliyot to‘g‘risida zudlik bilan
Tizim Operatorini xabardor qilishga majbur (Tizim Operatorining Foydalanuvchilarini
qo‘llab-quvvatlash Xizmatiga murojaat qilish va Tizim Operatori xodimi tomonidan amaliyot sodir
bo‘lgan vaqtdan boshlab 3 soat davomida bunday murojaatning tasdiqlanishi). Tegishli xabarnoma
amaliyot bajarilgan vaqtdan boshlab 3 soat davomida taqdim etilmagan va Ishtirokchiga tegishli
xabarnoma jo‘natilmagan taqdirda amaliyot Ishtirokchi tomonidan amalga oshirilgan hisoblanadi. - 24.10
Agar Tizim Operatoriga elektron hamyonga uchinchi shaxsning kirishi holati aniqlanishi
munosabati bilan uni blokirovkalash to‘g‘risida ko‘rsatma kelib tushsa, biroq blokirovkalash
to‘g‘risida ariza bergan shaxs elektron hamyonning egasi ekanligini isbotlay olmasa, Tizim
Operatori mazkur elektron hamyon bilan bog‘langan to‘lov manbalari orqali yoki ular bilan amalga
oshiriladigan barcha amaliyotlarini to‘xtatadi. Amaliyotni tugallash va/yoki bekor qilish
elektron hamyon egasining shaxsi tasdiqlangandan va undan amaliyotni tugatish va/yoki bekor
qilish to‘g‘risida ko‘rsatma olganidan so‘ng amalga oshiriladi. - 24.11
Tizim Operatori Mijozning shaxsiy kabineti, elektron hamyonini Qoidalarda ko‘rsatilgan hollarda
va Mijoz bilan kelishgan holda, shuningdek, Mijozning so‘rovnomasi bilan blokirovkalab qo‘yishi
mumkin. - 24.12
Tomonlar autentifikatsiya ma’lumotlarini Ishtirokchining shaxsiy kabineti, elektron hamyoniga
kirish huquqini tasdiqlashda zarur va yetarli sharti hisoblangan qo‘lda yozilgan imzoning
analogi sifatida e’tirof etadilar. - 24.13
Uch marotaba parol noto‘g‘ri kiritilganda ilovaga kirish 1 daqiqaga bloklanadi, kirishga urinish
amalga oshirilgan o‘n marotaba IP manzilga noto‘g‘ri parolning terilishi natijasida 24 soatga
bloklanadi. Manzillarning bloklanishi Mijoz Tizimning Foydalanuvchilarni Qo‘llab-quvvatlash
Xizmatiga murojaati va uning shaxsi aniqlanganidan so‘ng yechiladi. - 24.14
Mijoz tomonidan tovlamachilik harakatlari sodir etilganda va/yoki shunday harakatlarga shubha
uyg‘onganda, banka kartalari Emitentining so‘rovnomasi bilan Tizim Operatori hech qanday
cheklovlarsiz Mijozlarning bunday harakatlari va Tizimdagi faolligi bo‘yicha axborotni tegishli
Emitentlarga berish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilish huquqini
o‘zida saqlab qoladi.
25. TAVAKKALCHILIKLARNI BOSHQARISH USULLARI
- 25.1
Tavakkalchiliklarni boshqarish usullari tashkilotning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlangan
«Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi» ichki hujjati bilan belgilanadi.
26. TIZIMNING UZLUKSIZ ISHLASHINI VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
- 26.1
Operator profilaktik ishlar o‘tkazilishidan tashqari «A-Pay» elektron pullar Tizimining uzluksiz
24/7/365 (kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun, yilda 365 kun) rejimda ishlashini ta’minlaydi. - 26.2
Operator axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullarini, unga Tizimdagi faoliyati
davomida ma’lum bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq majburiy
himoyalanishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar va boshqa axborotlarning himoyalanishini
ta’minlaydi. - 26.3
Tizim Ishtirokchilari almashinuvi Tizimda amalga oshiriladigan yoki Tizim Ishtirokchilariga
Tizimda foydalanishlarida foydalanadigan axborotlar va hujjatlarning xavfsiziligi va himoyasi
bo‘yicha, shuningdek, tovlamachilikni aniqlash (oldini olish) va jinoiy yo‘llar bilan olingan
daromadlarni qonuniylashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha
barcha zarur chora- tadbirlarni ko‘rish majburiyatini oladi. - 26.4
Tizimda qo‘llaniladigan himoyaning texnik vositalarini ham hisoblaganda dasturiy-ta’minot
vositalariga ruxsatsiz kirishning oldini olishga qaratilgan vositalar va choralar qonunchilikda
belgilangan talablarga muvofiq axborotni himoya qilish hamda uning maxfiyligini saqlash
darajasini ta’minlashi lozim. Tizim Ishtirokchilari maxfiylikni saqlash, ruxsatsiz
foydalanishning oldini olish va uchinchi shaxslarning identifikatsiya ma’lumotlariga ruxsatsiz
kirishlaridan himoya qilish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish majburiyatini oladilar. - 26.5
Ishtirokchi tomonidan mualliflikdan o‘tgan ma’lumotlar yo‘qotilgan taqdirda Operator
Ishtirokchiga uning tomonidan Operator o‘rnatgan shakl bo‘yicha tegishli arizani berish yo‘li
bilan elektron hamyonga kirishini tiklash imkonini taqdim etadi. Bunda elektron pullarning
identifikatsiyalanmagan Egasi – jismoniy shaxs elektron hamyoniga kirishni tiklash uchun
Operator tomonidan o‘rnatilgan shaklda ariza beradi, shuningdek, kirish tiklanadigan elektron
hamyon egasi ekanligi va foydalanishi uchun dalillarni taqdim etadi (masalan, hamyondan
foydalangan holda amalga oshirilgan so‘nggi amaliyotlar ro‘yxatini taqdim etish, uyali aloqa
operatori bilan shartnomani taqdim etgan holda), bunda ko‘rsatilgan dalillarning ishonchligigi
Operatorning mutlaqo xohishiga ko‘ra aniqlanadi.
27. ELEKTRON XABARLARNI ALMASHISH
- 27.1
Emitent, Operator, Agentlar va Merchantlar o‘rtasida elektron xabarlarni almashish Operator
tomonidan o‘rnatilgan ma’lumot uzatish shaklida Tizimda olib boriladi. Tizimda elektron xabarlar
bilan almashinuv tartibi Operator tomonidan belgilanadi. - 27.2
Operator elektron xabarlarning autentifikatsiya tartibini ishlab chiqadi va unga rioya
etilishini nazorat qiladi. - 27.3
Elektron xabarlar davlat tilida yoziladi. Boshqa tillardan foydalanish imkoniyati Operator
tomonidan belgilanadi. - 27.4
Elektron xabarlar shakllangan va uzatilganda Tizim Ishtirokchilari ular o‘rtasidagi
shartnomalarda o‘rnatilgan ruxsatsiz to‘lovlardan himoyalash harakatlarining tartibiga rioya
qiladilar. - 27.5
Operator, Emitentlar, Agentlar yuborilgan va qabul qilingan elektron xabarlarning ishchi
munosabatlar tugatilgan vaqtdan boshlab kamida 5 (besh) yil davomida saqlanishini ta’minlaydi.
28. TIZIM ISHTIROKCHILARINING MAS’ULIYATI:
- 28.1
Emitentlar Tizim Ishtirokchilari oldida Elektron pullarni chiqarish va so‘ndirish bo‘yicha
o‘zlari olgan majburiyatlari doirasida Tizim Ishtirokchilari tomonidan Elektron pullarni
Chiqarish va So‘ndirish uchun javobgar bo‘ladilar.
29. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
- 29.1
Operator va/yoki Emitent agar Elektron pul Egasining tegishli ko‘rsatmasini bajarish O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi, Qoidalar va Tizim Ishtirokchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning
talablari buzilishiga olib kelsa, u holda Elektron pullar bilan amaliyotlar o‘tkazilishini
to‘xtatadi yoki rad qiladi. - 29.2
Operator Elektron pullar bilan amaliyotlar o‘tkazilishi to‘xtatilganligi/rad etilganligi
to‘g‘risida zudlik bilan Elektron pullar Egasini unga rad etilish sababi ko‘rsatilgan elektron
habarni jo‘natish yo‘li bilan xabardor qiladi. - 29.3
Tizim Ishtirokchilari yuzaga kelgan barcha masalalar bo‘yicha Operatorning Qo‘llab-quvvatlash
xizmatiga aloqa telefonlari va Operator yoki Emitentning internet resursida joylashgan elektron
manzillariga murojaat qilishlari mumkin. - 29.4
Tizim Ishtirokchilari o‘rtasida Tizimda ishtirok etish va Elektron pullardan foydalangan holda
to‘lov hamda boshqa amaliyotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq e’tirozlar qonunchilik, mazkur
Qoidalar va ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq hal qilinadi. Tizim Ishtirokchilari
da’volari Ishtirokchilar oldidagi majburiyatlarga muvofiq Operatorga yoki Emitentga yuboriladi. - 29.5
Operator yoki Emitent tomonidan Ishtirokchilarning Tizimda ishtirok etishi va Elektron pullar
bilan amaliyotlarni olib borishi bilan bog‘liq da’volarini ko‘rib chiqish tartibi: - 29.6
Da’voda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: -
- jismoniy shaxslar uchun – ism, familiya, otasining ismi, elektron hamyon raqami,
elektron manzili,
javob yuborilishi kerak bo‘lgan yashash joyidagi ro‘yxatdan o‘tish manzili, jismoniy
shaxs imzosi (agar da’vo yozma tarzda yuborilgan bo‘lsa), aloqa uchun telefon raqami,
shuningdek, murojaatni tasdiqlovchi mavzu, mohiyat va holatlar; - yuridik shaxslar uchun – nomlanishi, yuridik manzil, elektron hamyon raqami, shuningdek,
yozishmalarni yuborish uchun pochta manzili, ishonchnoma bo‘yicha rahbar yoki shaxsning
imzosi (agar da’vo yozma tarzda yuborilgan bo‘lsa), aloqa uchun telefon raqami, da’vo
tuzilgan sana va manzil; murojaatni tasdiqlovchi mavzu, mohiyat va holatlar.
- jismoniy shaxslar uchun – ism, familiya, otasining ismi, elektron hamyon raqami,
- 29.7
Ariza beruvchi da’vo arizasida ilova qilayotgan zarur hujjatlarning nusxalarini (to‘lov qog‘ozi,
to‘lov qog‘ozidan ko‘chirma, kvitansiya va cheklar) ham birga taqdim etadi. - 29.8
Operator da’voni ko‘rib chiqadi va Ishtirokchining tegishli da’vosi qabul qilingan kundan
boshlab 5 (besh) kalendar kuni ichida da’vogar tomonidan ko‘rsatilgan manzil/elektron manzilga
da’voga javob yuboradi. - 29.9
Agar da’vo asosli deb topilgan bo‘lsa, aniqlangan kamchiliklar Operator tomonidan oqilona muddat
ichida bartaraf etilishi kerak. - 29.10
Tizim Ishtirokchilari bahsli muammolarni xolis ko‘rib chiqish uchun o‘zaro kelishuv asosida
Operator ishtirokida ekspert komissiyalarini tuzishi mumkin. Ekspert komissiyalari aniq bahsni
ko‘rib chiqish uchun tuziladi. Ekspert komissiyasining yig‘ilish vaqti haqida Ishtirokchilar –
manfaatdor tomonlar Operator tomonidan o‘z vaqtida (2 (ikki) ish kunidan kam bo‘lgan muddatda)
xabardor qilinishi shart. Komissiya ishlarining natijalari ekspert xulosasi shaklida
rasmiylashtiriladi. Ekspert xulosasida Tomonlarning qabul qilingan qarorni bajarish muddatlari,
komissiya qarorini bajarish bilan bog‘liq majburiyatlarni taqsimlash (zarurat tug‘ilganda –
Tomonlar o‘rtasida moddiy xarajatlarni taqsimlash tartibi) ko‘rsatilishi shart. - 29.11
E’tirozni ko‘rib chiqish rad etilganda yoki bahsni sud ishtirokisiz hal qilish imkoni bo‘lmagan
taqdirda Ishtirokchi o‘zining qonuniy huquqlari qa manfaatlarini himoya
qilinishini so‘rab Toshkent shahrining iqtisodiy masalalar bo‘yicha tumanlararo sudiga murojaat
qilishga haqlidir.
30. MAZKUR QOIDALARGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TARTIBI
- 30.1
Operator Tizim doirasida xizmatlaridan foydalanishda qabul qilingan o‘zgarishlarni Tizimning
internet resursida u kuchga kirguniga qadar 15 (o‘n besh) kalendar kun ichida chop etish
majburiyati bilan mazkur Qoidalar va Tariflarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish huquqiga ega
bo‘ladi. - 30.2
Qoidalar, Tariflarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar yangi tahrirdagi Qoidalar, Tariflarni
tasdiqlash yo‘li bilan ham, Qoidalar, Tariflarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalarga matn
tayyorlash yo‘li bilan ham kiritilishi mumkin. - 30.3
Operator o‘zining internet resursida Qoidalar, Tariflarga kiritilgan o‘zgartirishlar va/yoki
qo‘shimchalar to‘g‘risidagi tegishli axborotni joylashtirish yo‘li bilan Ishtirokchilarni
xabardor qiladi. - 30.4
Ishtirokchi Qoidalar, Tariflarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar bilan rozi bo‘lmagan
taqdirda o‘zidagi mavjud Elektron pullarni o‘chirib (to‘lab) va Tizimdagi elektron hamyonini
yopib, kelgusida Tizimdan foydalanishdan bosh tortishga haqli hisoblanadi. - 30.5
Qoidalar, Tariflarga kiritilgan har qanday o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kuchga kirganidan
so‘ng Tizimdan kelgusida foydalanish Ishtirokchilarning bunday o‘zgartirish/to‘ldirishlarga
roziligini anglatadi. - 30.6
O‘zgarishlarning kuchga kirish muddati agar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga
o‘zgartirishlar kiritilgudek bo‘lsa, qisqarishi va ijro etish zarurligi hamda Tizim faoliyatini
amaldagi qonunchilikka va (yoki) qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarning talablariga
muvofiqlashtirish lozim bo‘ladi.
31. QO‘SHIMCHA SHARTLAR
- 31.1
Operator Emitentga ularning o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan tartib va muddatlarda
Emitent tomonidan chiqarilgan elektron pullarni sotish, ishlatish va to‘lash bo‘yicha zarur
ma’lumotlarni taqdim etadi. - 31.2
Tizim ishtirokchilari quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar: -
- «A-Pay» Tizimi orqali noqonuniy bo‘lgan moliyaviy amaliyotlarni, noqonuniy savdoni,
jinoiy
yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan daromadlarni legallashtirish (yuvish),
terrorizm/ekstremizmni
moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishini moliyalashtirishni amalga
oshirmaslik; - noqonuniy savdo qilish, noqonuniy moliyaviy amaliyotlar, jinoiy yo‘l bilan qo‘lga
kiritilgan
daromadlarni legallashtirish (yuvish) ga, va terrorizm/ekstremizmni moliyalashtirish,
ommaviy
qirg‘in qurollari tarqatilishini moliyalashtirishga yo‘naltirgan amaliyotlarning oldini
olish; - Elektron pullar egasi «A-Pay» Tizimidan noqonuniy foyda olish yoki daromadlarni
yashirishga
qaratilgan amaliyotlarni amalga oshirish huquqiga ega emas. Elektron pullar egasi
tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini
buzgan holda, yoki litsenziya talablarini buzganlik uchun jinoiy va ma’muriy
javobgarlikka tortilish to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor hisoblanadi.
- «A-Pay» Tizimi orqali noqonuniy bo‘lgan moliyaviy amaliyotlarni, noqonuniy savdoni,
- 31.3
Mazkur Qoidalarda tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va
tuzilgan shartnomalarda belgilangan tartibda hal qilinadi. - 31.4
Tizim Ishtirokchilari mazkur Qoidalarning barcha bandlari, Tizim Tariflari bilan tanishib
chiqqanliklari, va barcha shartlarni to‘liq tushunganliklarini, shuningdek hech qanday
istisnolarsiz ularni qabul qilishlarini tasdiqlaydilar. - 31.5
Ishtirokchilar Operatorlar va boshqa ishtirokchilar tomonidan shaxsiy ma’lumotlar, ya’ni
Ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan elektron, qog‘oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd
etilgan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish hamda ishlov berishga o‘zlarining so‘zsiz va qaytarilmas
roziliklarini taqdim etadi. Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish va unga ishlov berish quyidagi
ma’lumotlarni cheklamagan holda Tizimda nazarda tutilgan to‘lovlar, o‘tkazmalar va boshqa
amaliyotlarni, Emitent va/yoki Tizimning boshqa Ishtirokchilari tomonidan marketing
kommunikatsiyalarini bajarish, shuningdek, boshqa zarur hollarda Tizim faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida shaxsiy ma’lumlotlarni yig‘ish, tizimlashtirish,
to‘plash, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, o‘zgartirish), tarqatish, blokirovkalash, yo‘q
qilishni amalga oshirilishini anglatadi. - 31.6
Tizim Ishtirokchilari Operatorga ma’lumotlarni, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni, Tizim
Ishtirokchilariga xabarlarni, shu jumladan, reklama ko‘rinishidagi xabarlarni, mobil telefon
raqamiga, Elektron hamyonni va Tizimning sayti va/yoki mobil ilovasida Ishtirokchini ro‘yxatdan
o‘tkazish vaqtida elektron pochta manzillarini topshirishga rozilik beradi.
TO’LOV TASHKILOTI
«CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY
AND INNOVATION» AJ.
«A-Pay» ELEKTRON PULLAR
TIZIMI OPERATORI.
100090, O zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A.
Qahhor k., 1a-uy
STIR: 306 344 019
h/r: 2020 8000 0050 659 4001
АКБ «HAMKORBANK»
Bank STIRi: 200 242 936
FAA: 00083 IFUT: 58290
Tel: (+99855) 500 11 10