Siz uzoq vaqtdan beri mablagʻlaringizni tejayman deysiz-u, lekin uddasidan chiqa olmayapsizmi? Buning yoʻli oson. Moliyangizni teng ravishda taqsimlab, uning bir qismini katta xarajatlarga ajratishingizga imkon beruvchi oddiy usul mavjud.
Maqolamizda siz yangi usulda pul yigʻishni boshlash uchun kerak boʻlgan barcha zaruriy tavsiyalarga ega boʻlasiz!
Usulning mohiyati oddiy:
Daromadingizni (ish haqi, stipendiya, nafaqa) olishingiz bilan siz ularni beshta konvertga taqsimlashingiz kerak. Ular qogʻoz konvertlar yoki elektron (bank hisoblari yoki alohida kartalar) koʻrinishda boʻlishi mumkin.
Siz har bir konvertni qaysi ehtiyojlar uchun tanlashni oʻzingiz mustaqil hal qilasiz. Biz taxminiy variantni taklif qilamiz:
Birinchi konvert (60%)
Majburiy toʻlovlar: ijara, kommunal xizmatlar, kredit toʻlovlari, shuningdek oziq-ovqat xarajatlari.
Ikkinchi konvert (10%)
Kelgusidagi katta xarajatlar uchun (yirik xarid, sayohat).
Uchinchi konvert (10%)
Oʻyin-kulgi uchun: kafe va restoranlar, film, konsertlar.
Toʻrtinchi konvert (10%)
Taʼmirlash yoki tibbiy xizmatlar kabi koʻzda tutilmagan xarajatlar uchun.
Beshinchi konvert (10%)
Kelajak uchun (moliyaviy yostiq).
Siz shu tarzda barcha moliyaviy ehtiyojlaringizni teng ravishda qoplaysiz. Kelajak uchun tejaymi yoki hayotdan zavqlanib yashash uchun sarflaymi? deb bosh qotirishingizga hojat yoʻq. Bu yerda bari mukammal oʻylangan!
Usul bir nechta majburiy qoidalarga ega:
Hech qachon bir konvertdan boshqasining xarajatlarini qoplash uchun pul sarflamang (hattoki sarflangan miqdorni keyinroq oʻrniga qoʻyishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz ham). Aynan shu taqsimot usulning mohiyatini tashkil etadi.
Agar bir konvertdagi pul tugagan boʻlsa, boshqa konvertlardan olish mumkin emas.
Siz har oyda bir marotaba konvertlardagi mablagʻ taqsimotini qayta koʻrib chiqishingiz va shunga muvofiq xarajatlaringiz balansini moslashingiz mumkin. Ammo belgilangan kunga qadar sabrli boʻlishingiz kerak. Hattoki, konvertlarning birida mablagʻ tugayotgan boʻlsa ham.
Agar oy oxirida konvertlarda pul qolgan boʻlsa, uni oʻz xohishingizga koʻra sarflashingiz mumkin: ragʻbat sifatida sarflang (gʻalabani nishonlash natijani mustahkamlaydi), kelajak uchun olib qoʻying yoki oʻsha konvertlarning oʻzida qoldiring.
Siz A-Pay ilovasi yordamida daromadlaringizni qulay usulda tejashingiz, shu bilan birga haftalik topshiriqlarni bajarib, daromadga ega boʻlishingiz ham mumkin. Shuningdek, sizni 2% va undan ortiq keshbeklar kutmoqda! Buning uchun xaridlaringizni hamkorlarimizning savdo nuqtalarida APS-hamyon bilan amalga oshirishingiz kerak boʻladi.