Murojaat turini tanlang

Murojaatingiz uchun rahmat!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Savol, shikoyat yoki taklifingizni yuboring

Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

upload_selfie_uz

Murojaat yuborildi!

Murojaat raqami:
Zarurat tugʻilganda, mutaxassislarimiz siz bilan bogʻlanishadi.

Raqamni o’zgartirish uchun ariza

upload_selfie_uz

A-Pay elektron hamyoni: u nimaga kerak bo‘lishi mumkin?

11 Fevral, 2022

Yaqinda Gulzodaning ish haqi kartasidan pul o‘g‘irlandi. U o‘z ma’lumotlarini fishing havolasi orqali kiritgandi. Yaxshiyamki, o‘sha paytda kartadagi pul miqdori kam edi. Hozir esa Gulzoda internet orqali qilgan xaridlari uchun, to‘lovni amalga oshirish va shu bilan birga o‘z mablag‘ini yo‘qotmaslik haqida o‘ylayapti.

Elektron hamyonlar bunday hollarda qanday yordam berishi mumkinligini sodda qilib tushuntirib o‘tamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “ELEKTRON PULLARNING CHIQARILISHI VA MUOMALADA BO‘LISHI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”gi qaroriga ko‘ra, elektron hamyonlar ham bank kartalari kabi, elektron to‘lov vositasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, biz uchun odatiy bo‘lgan tangalar va banknotalarni o‘rnini bosuvchi vosita hisoblanadi.

Elektron hamyondan foydalanib, naqd pulsiz va bank hisobvarag‘isiz, pul o‘tkazmalarini yuborishingiz yoki qabul qilishingiz, tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Hamyonlar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari bir zumda amalga oshiriladi, bunda ko‘plab tizimlar turli valyutalarda o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beradi.

Elektron hamyonsiz ham to‘lovlar qila olamanku, u menga nima uchun kerak? 

Elektron pullar bir qancha afzalliklarga ega, ayniqsa siz onlayn to‘lovlarni amalga oshirgan paytingiz.

Ochish oson

Elektron hamyondan foydalanish uchun bankda hisob raqam ochishning keragi yoʻq. Siz hatto uyingizdan chiqishingiz ham shart emas, shunchaki dasturni yuklab olib, ro‘yxatdan o‘ting va hamyon foydalanishga tayyor.

Hamyon ochish uchun pul to‘lanmaydi va sizga omonat qo‘yish majburiyatini qoʻyishmaydi. Hamyonga texnik xizmat ko‘rsatish mutlaqo bepul. Elektron hamyonni ochib, A-Pay kartasiga buyurtma bersangiz, siz salom-bonuslariga ega bo‘lishingiz mumkin: 50 000 APS, do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring, ularni bonus hisobingizga X2 karra qilib qaytarib oling va maxsus bonus peshtaxtasidagi Apple Watch yoki PS 5ni qo‘lga kiritish uchun APS jamg‘arib boring.

Mablag‘laringiz xavfsizligi

Ko‘pgina xizmatlar elektron hamyonlardan onlayn to‘lovlarni qabul qiladi xolos. A-Pay elektron hamyoni yordamida siz nafaqat onlayn xaridlar, balki oflayn xaridlar uchun ham to‘lovlarni amalga oshirishingiz va butun O‘zbekiston bo‘ylab mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Biz allaqachon 17 000 ta savdo nuqtalariga ulandik.

Siz internetda to‘lovlar uchun maxsus hamyon ochishingiz va sotuvchiga o‘tkazmani amalga oshirishdan oldin, kerakli miqdordagi mablag‘ni hamyonga qo‘yishingiz mumkin. Bu ish haqi kartasi bilan to‘lashdan ko‘ra ancha xavfsizroq. Siz karta raqami, uning amal qilish muddati yoki maxfiy kodini kiritishingiz shart emas. Bu degani, siz xuddi Gulzoda kabi fishing havolasiga kirsangiz ham, firibgarlar bank hisobingizga daxl qila olmaydi.

Pul ishlash mumkin boʻlgan karta

A-Pay kartasida siz barcha onlayn xaridlar, to‘lovlar va hamkorlarimiz orqali joydagi to‘lovlar uchun 2%li keshbek olishingiz mumkin. Agar sizda kredit, ish haqi yoki shaxsiy kartalaringiz bo‘lsa ham, elektron hamyoningiz uchun alohida kartangiz bo‘lishi foydadan xoli boʻlmaydi. Siz u bilan nafaqat internetda, balki oddiy do‘konlar, restoranlar va boshqa muassasalarda ham to‘lovlarni amalga oshirishingiz, bonuslar hamda naqd pul olishingiz mumkin. Siz ilova orqali kartaga buyurtma berishingiz mumkin, buning uchun ro‘yxatdan va identifikatsiyadan o‘tishingiz, kartani qabul qilib olish usulini va aniq manzilni ko‘rsatishingiz lozim.