“Hamkorbank” ATB va “A-Pay” elektron mablagʻlar emissiyasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihani ishga tushirishini e’lon qildi. Ushbu qadam foydalanuvchilar uchun hisob raqamlari o‘rtasida pul mablag‘larini oson o‘tkazish, tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish, shuningdek, boshqa foydalanuvchilardan to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatini taqdim etish orqali moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirish va tezlashtirishga yoʻnaltirilgan.
Elektron pullar bu — raqamli formatda ishlatiladigan muqobil qiymat. Virtual hamyonlar bank kartasisiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, toʻlov qilib, keshbek ham olish mumkin, bu esa ko‘plab foydalanuvchilar uchun juda qulay.
Loyiha shaffof va samarali moliyaviy tizimni yaratish orqali O‘zbekistonda moliyaviy inklyuziya va raqamli transformatsiyani mustahkamlashga yoʻnaltirilgan.
Ikkala kompaniya rahbarlari loyihaning muvaffaqiyatli joriy etilishiga ishonch bildirmoqda va uning raqamli to‘lovlar bozorini rivojlantirish uchun muhimligini ta’kidlashmoqda. “Elektron pullar bu — moliyaviy xizmatlarning kelajagi sanaladi hamda Hamkorbank bilan hamkorligimiz A-Pay’ning moliyaviy texnologiyalar sohasida ilgʻor kompaniya mavqeyini yanada mustahkamlaydi”, – deydi A-Pay bosh direktori Andrey Ko.